Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 05.11.2009 yildagi 291-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JIZZAX VA SIRDARYO VILOYATLARIDA CHORVACHILIK-SUT KOMPLEKSLARI QURISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollar koʻpaytirishni ragʻbatlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2008-yil 21-apreldagi PQ-842-son va “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni toʻldirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 26-yanvardagi PQ-1047-son qarorlarini amalga oshirish, shuningdek Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida zamonaviy chorvachilik komplekslari qurish yoʻli bilan chorva mollari bosh sonini va sut mahsulotlari yetishtirish hajmini yanada koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo kompaniyalari tomonidan Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida chorvachilik komplekslari qurish (500 bosh molga) loyihalarini amalga oshirish uchun qishloq xoʻjaligi uchun III xalqaro mini texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalarning “Uzbekistan Agrominitech Expo — 2008” ixtisoslashtirilgan koʻrgazma-sotuvida oʻtkazilgan tanlash asosida “Van der Pioeg International B.V.” (Gollandiya), “DELAVAL EXPORT SERVICE AB” (Shvetsiya) va “CONEXX” Sp.z o.o. (Polsha) kompaniyalari bilan yigʻma metall konstruksiyalari va maxsus asbob-uskunalar yetkazib berishga Doiraviy bitimlar imzolanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) imzolangan Doiraviy bitimlarni bajarish yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzprommashimpeks” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan “Van der Pioeg International B.V.” kompaniyasi (Gollandiya) oʻrtasida yigʻma metall konstruksiyalari va maxsus asbob-uskunalar yetkazib berishga 2008-yil 19-sentabrda 1283-200/2008 IM-1107-son kontrakt imzolanganligi (Sirdaryo viloyatida chorvachilik kompleksi qurilishi uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“DELAVAL EXPORT SERVICE AB” kompaniyasi (Shvetsiya) bilan “Markazsanoateksport” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi oʻrtasida maxsus asbob-uskunalar yetkazib berishga 2008-yil 13-oktabrda 310842-son va “CONEXX” Sp.z o.o. kompaniyasi (Polsha) bilan — yigʻma metall konstruksiyalari yetkazib berishga 2008-yil 13-avgustda 0015-son kontraktlar imzolanganligi (Jizzax viloyatida chorvachilik kompleksi qurilishi uchun) maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining chorvachilik komplekslari qurilishi va ularni jihozlash uchun maxsus asbob-uskunalar va yigʻma metall konstruksiyalari oʻtkazilgan tanlov asosida tashqi savdo kompaniyalari tomonidan sotib olinishi hamda xaridlarni maqsadli qarz berish haqida tashqi savdo kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomalar asosida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining maxsus hisob raqamida jamlanadigan “KfV” bankining (Germaniya) notijorat valyuta kreditlari mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) chorvachilik komplekslari qurish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyatida — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining “O'zmarkazimpeks” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi va “Markazsanoateksport” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan “Milkfoods” masʼuliyati cheklangan jamiyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyatida — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining “Uzinterimpeks” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi va “Uzprommashimpeks” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan “Inter Milk” masʼuliyati cheklangan jamiyat buyurtmachilar etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) chorvachilik komplekslari qurish boʻyicha bosh pudratchi etib — “Kamol” koʻp tarmoqli qurilish korxonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha bosh loyihalovchi etib — “Oʻzqishloqqurilishloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyat belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini hamda loyiha va qurilish-montaj ishlarining sifati, shuningdek davlat standartlari talablariga qurilish normalari va qoidalariga rioya qilinishi ustidan doimiy davlat arxitektura-qurilish nazorati olib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda chorvachilik komplekslari qurilishi va ularning ozuqa bazasi tashkil etilishi uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni obodonlashtirish, irrigatsiya, koʻkalamzorlashtirish, mavjud muhandislik kommunikatsiyalarini rekonstruksiya qilish va Yangi muhandislik kommunikatsiyalari qurish yoʻllari bajarilishida amaliy yordam koʻrsatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 5-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
291-son