Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamentining
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamentining
Qarori
JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA VA TERRORIZMNI MOLIYALAShTIRIShGA QARShI KURAShISh BOʻYIChA LOTEREYaLAR TAShKIL ETISh FAOLIYATINI AMALGA OShIRUVChI TAShKILOTLAR UChUN IChKI NAZORAT QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 5-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2037]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 17-iyundagi 34-son va 2021-yil 16-iyundagi 23-sonli “Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3310, 17.06.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 9-son, 160-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ–331-son “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 18-son, 147-modda) qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzurida Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti qaror qiladi:
1. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun ichki nazorat qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 13-oktabr,
103-son
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi Z. DOʻSANOV
Toshkent sh.,
2009-yil 13-oktabr,
40-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 103 va 40-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun ichki nazorat
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 43-son, 451-modda) Qonuniga muvofiq lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ichki nazorat — maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni aniqlash boʻyicha lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning faoliyati;
ichki hujjatlar — lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadigan ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilovchi hujjatlar;
Keyingi tahrirga qarang.
lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilot (bundan keyingi oʻrinlarda tashkilot deb yuritiladi) — lotereyalar tashkil etish boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan, oʻyin tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlarning butun kompleksini oʻtkazishni tashkil qiluvchi va mablagʻ bilan taʼminlovchi yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti;
mijoz — oʻyin qiymatini toʻlagan, tashkilot bilan shartnoma tuzgan va oʻyinda uni oʻtkazish shartlariga muvofiq qatnashuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
mijozni identifikatsiyalash — tashkilot tomonidan mijoz haqidagi maʼlumotlarni u tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida aniqlash;
mijozni lozim darajada tekshirish — tegishli hujjatlar asosida mijozning shaxsi va vakolatlarini tekshirish, shuningdek, mijozning amaliy ish munosabatlarini doimiy ravishda oʻrganish;
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar — ichki nazoratni oʻtkazish davomida tashkilot tomonidan shubhali deb topilgan sodir etilayotgan va tayyorlanayotgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar;
shubhali operatsiya — mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlardan kelib chiqib tashkilotlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida shubha tugʻdirgan tayyorlash jarayonida boʻlgan, amalga oshirishga moʻljallangan yoki amalga oshirilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar;
ichki nazorat tizimi — jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishni tashkil etish va mazkur Qoidalarga rioya etish boʻyicha tashkilot tomonidan koʻriladigan chora-tadbirlar majmui;
maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti nomidan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boshqarmasi (bundan keyingi oʻrinlarda Departament deb yuritiladi).
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ichki nazoratning maqsadlari quyidagilardan iborat:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni samarali ravishda aniqlash va toʻxtatish;
tashkilotlarning qasddan yoki qasddan boʻlmagan jinoiy faoliyatga jalb etilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Keyingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga yoki terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlari talablariga, shuningdek, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni tayyorlash va amalga oshirishda ichki hujjatlarga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlash.
3. Ichki nazoratning vazifalari quyidagilardan iborat:
qonun hujjatlari, mazkur Qoidalar va ichki hujjatlarga muvofiq mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
mazkur Qoidalarning 22-bandida belgilangan mezonlar asosida shubhali operatsiyalarni aniqlash;
ichki nazoratni amalga oshirishda aniqlangan va xabar qilinishi lozim boʻlgan shubhali operatsiyalar haqidagi axborotlarni (hujjatlarni) Departamentga oʻz vaqtida taqdim etish;
alohida hollarda xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni ushbu operatsiya amalga oshirilishi lozim boʻlgan sanadan boshlab uch ish kuniga toʻxtatib turish va bunday operatsiya haqida u toʻxtatilgan kunda Departamentni xabardor qilish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash;
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar haqidagi axborotni, shuningdek, mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha identifikatsiyalash maʼlumotlarini va materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlanishini taʼminlash;
tashkilot rahbariyatini tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan ishonchli axborot va materiallar bilan tezkor va muntazam ravishda taʼminlab borish;
shubhali operatsiyalarning amalga oshirilishi yoki amalga oshirishga urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar bilan bogʻliq boʻlgan shaxslar (rahbarlar, taʼsischilar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq bunday axborotni davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro ayirboshlash;
Oldingi tahrirga qarang.
operatsiyalarning anonimligini oshiruvchi yangi texnologiyalar yordamida qonunga xilof ish qilish, xususan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish uchun tashkilot xizmatlaridan foydalanish tahdidining oldini olishga alohida eʼtibor qaratilishi maqsadida zarur boʻlgan tadbirlar qoʻllash;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 9-iyundagi 48,16-son qaroriga (roʻyxat raqami 2037-1, 08.07.2010-y.) asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 26-27-son, 224-modda)
soʻrovnomalar boʻyicha maʼlumotlar bazasidan terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq shaxslar toʻgʻrisida axborotni aniqlash.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Ichki nazorat tizimini tashkil etish
4. Ichki nazoratni tashkil etish maqsadida tashkilotlarda tashkilot rahbari buyrugʻi bilan mazkur Qoidalarga rioya etilishiga masʼul boʻlgan shaxs (bundan keyingi oʻrinlarda masʼul shaxs deb yuritiladi) tayinlanadi. Buyruq nusxasi buyruq qabul qilingan kundan boshlab besh kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tashkilotlarining ichki nazorat tizimi ularning faoliyat koʻrsatish xususiyatlari, faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, mijozlar va ularning operatsiyalari bilan bogʻliq mijozlar bazasi va tavakkalchilik darajasini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Bunda ichki nazorat tizimi tashkilotning ham Oʻzbekiston Respublikasi hududida, ham uning tashqarisida joylashgan alohida boʻlinmalarining (shoʻba boʻlinmalar, vakolatxonalar, filiallar, boʻlimlar va boshqalar — ular mavjud boʻlsa) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatini ham nazarda tutishi lozim.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 9-iyundagi 48,16-son qarori (roʻyxat raqami 2037-1, 08.07.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 26-27-son, 224-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5-1. Tashkilot:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi xalqaro talablarni bajarmaydigan yoki yetarli darajada bajarmaydigan davlatlarda joylashgan oʻzining chet eldagi alohida boʻlinmalari tomonidan ushbu sohadagi xalqaro standartlarga rioya qilinishiga eʼtibor qaratishi;
oʻzining chet eldagi alohida boʻlinmalaridan ular joylashgan mamlakatlar qonun hujjatlarida tegishli choralar taqiqlanganligi mavjudligi sababli, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tegishli choralarni tatbiq qilish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, bosh ofisga axborot berilishini talab qilishga majburdir. Oʻz navbatida, tashkilot bu haqda Moliya vazirligi va Departamentga xabar berishi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishining suiisteʼmol qilinishini oldini olishga qaratilgan choralarni koʻrishi shart.
(5-1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 9-iyundagi 48,16-son qaroriga (roʻyxat raqami 2037-1, 08.07.2010-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 26-27-son, 224-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5-2. Tashkilotlarning chet eldagi alohida boʻlinmalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda ular joylashgan mamlakat talablariga rioya qilishlari lozim. Agar bunday talablar Oʻzbekiston qonun hujjatlari talablaridan farq qilgan taqdirda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi yuqoriroq standartlar qoʻllaniladi.
(5-2-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 9-iyundagi 48,16-son qaroriga (roʻyxat raqami 2037-1, 08.07.2010-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 26-27-son, 224-modda)
6. Tashkilot oʻz tashkiliy tuzilmasining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda masʼul shaxs boshchilik qiladigan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tarkibiy boʻlinmani (bundan keyingi oʻrinlarda tarkibiy boʻlinma deb yuritiladi) tashkil qilishi va belgilashi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
6-1. Tashkilot boʻlinmalari xodimlarining masʼul shaxs — tarkibiy boʻlinma boshligʻi yoki uning xodimlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabat tartibi tashkilotning ichki hujjatlari bilan belgilanadi.
(6-1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 9-iyundagi 48,16-son qaroriga (roʻyxat raqami 2037-1, 08.07.2010-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 26-27-son, 224-modda)
7. Masʼul shaxsga va tarkibiy boʻlinma xodimlariga quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:
a) masʼul shaxsga — tarkibiy boʻlinma boshligʻiga:
oliy maʼlumotlilik va rahbarlik lavozimlarida 2 yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga ega boʻlishlik;
tashkilot ishining oʻziga xos xususiyatini bilishlik;
b) tarkibiy boʻlinma xodimlariga:
oliy maʼlumotlilik va tashkilotda 2 yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar lavozimlaridagi ish tajribasidan tashqari) ega boʻlishlik, oliy maʼlumot mavjud boʻlmaganda esa — tashkilotda uch yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar lavozimlaridagi ish tajribasidan tashqari) ega boʻlishlik;
tashkilot ishining oʻziga xos xususiyatini bilishlik.
8. Tashkilotlar masʼul shaxslarning roʻyxatlarini hisobot davridan keyingi oyning 10-sanasiga qadar bir yilda bir marta Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Hisobot yilida masʼul shaxslar oʻzgarsa, tashkilotlar oʻzgarish qabul qilingan sanadan keyin 5 kun muddat ichida tegishli oʻzgartirishlarni tasdiqlovchi hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi masʼul shaxslarning roʻyxatlarini har yili hisobot yilidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmagan holda Departamentga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar hisobot yili davomida tashkilotlarda masʼul shaxslar oʻzgarsa, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tashkilotlardan tegishli oʻzgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarni olgan kundan boshlab 5 kun ichida Departamentga qoʻshimcha ravishda xabar beradi.
10. Masʼul shaxslarni oʻqitish va malakasini oshirish Departament tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda oʻtkaziladi.
Oʻqitish quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladi:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan tanishish;
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishning uslublari va zamonaviy usullarini oʻrganish;
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 9-iyundagi 48,16-son qaroriga (roʻyxat raqami 2037-1, 08.07.2010-y.) asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 26-27-son, 224-modda)
ichki nazoratni amalga oshirish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar;
masʼul shaxsning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish muammolariga bagʻishlangan konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbir (shuningdek, xalqaro)larda ishtirok etishi (imkoniyat darajasida).
Ichki nazoratni muvaffaqiyatli amalga oshirilishining asosiy sharti bu — mazkur jarayonda har bir xodim oʻz vakolati doirasida qatnashishi nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda oʻqitish oʻtkaziladi.
Oʻqitish muntazam ravishda bir yilda kamida bir marta oʻtkaziladi.
11. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida masʼul shaxs quyidagi funksiyalarni bajaradi:
mazkur Qoidalarga muvofiq ichki nazorat jarayonini va mijozlarni lozim darajada tekshirishni joriy etish va amalga oshirilishini tashkil etadi;
tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ichki nazoratni amalga oshirish boʻyicha ichki hujjatlar va dasturlarni ishlab chiqadi hamda rahbariyatga tasdiqlash uchun kiritadi;
ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan mijozlarning shubhali operatsiyalari toʻgʻrisidagi xabarlarni tashkilot rahbariyati bilan kelishgan holda Departamentga oʻz vaqtida yuborilishini, shuningdek, Departamentning qoʻshimcha axborot taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrovlarining bajarilishini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazoratni amalga oshirish natijasida olingan tegishli maʼlumotlarni (materiallar, hujjatlar va boshqalar) yigʻish, rasmiylashtirish, saqlashni oʻrnatilgan tartibda amalga oshiradi, ularning maxfiyligini taʼminlaydi;
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 9-iyundagi 48,16-son qaroriga (roʻyxat raqami 2037-1, 08.07.2010-y.) asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 26-27-son, 224-modda)
mazkur Qoidalar va ichki nazorat dasturlarini amalga oshirish jarayonining maxfiyligini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Masʼul shaxs quyidagi huquqlarga ega:
oʻz tashkilotining rahbarlari va xodimlaridan ichki nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni talab qilib olish;
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida olingan hujjatlardan nusxa koʻchirish;
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar boʻyicha kelgusidagi xatti-harakatlarga oid (shu jumladan, mijoz yoki operatsiya toʻgʻrisida qoʻshimcha axborot olish yoki mavjud axborotni tekshirish maqsadida oʻtkazilayotgan operatsiyani toʻxtatib turish boʻyicha) takliflarni rahbariyatga kiritish.
Masʼul shaxs qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
13. Masʼul shaxs quyidagilarga majbur:
Keyingi tahrirga qarang.
ichki nazoratni amalga oshirish jarayonida olingan hujjatlarning saqlanishi va qaytarilishini taʼminlash;
mijozlarni lozim darajada tekshirishni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
mijozni lozim darajada tekshirish materiallariga qoʻshib qoʻyiladigan barcha gʻayrioddiy yirik miqdordagi operatsiyalar boʻyicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma ravishda qayd etishi;
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 9-iyundagi 48,16-son qaroriga (roʻyxat raqami 2037-1, 08.07.2010-y.) asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 26-27-son, 224-modda)
shubhali operatsiyalar aniqlanganda, belgilangan tartibda Departamentga xabar berish;
olingan maʼlumotning maxfiyligiga rioya qilish.
Masʼul shaxs zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
III. Mijozlarni lozim darajada tekshirish
14. Tashkilotlar quyidagi holatlarda mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi:
amalga oshirilayotgan operatsiyalarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish maqsadida ekanligiga har qanday shubha mavjud boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
mijoz haqida avval olingan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga shubha mavjud boʻlsa.
Oldingi tahrirga qarang.
14-1. Mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha tashkilotlar tomonidan koʻriladigan chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:
mijozning va u tegishli hujjatlar asosida qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirishni;
mijoz tomonidan amalga oshiriladigan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganish oʻtkazishni.
(14-1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 9-iyundagi 48,16-son qaroriga (roʻyxat raqami 2037-1, 08.07.2010-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 26-27-son, 224-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
15. Mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar mijoz tomonidan taqdim etilgan maʼlumot va hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Mijozni tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga imkon beruvchi barcha hujjatlar ular taqdim etilgan sanaga haqiqiy boʻlishi lozim.
16. Mijozlarni lozim darajada tekshirish operatsiyalarni amalga oshirishning barcha bosqichlarida olib borilishi lozim.
Mijozni identifikatsiyalash bilan bir qatorda u tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etiladigan hujjatlardan foydalangan holda uning operatsiyalarni amalga oshirishga boʻlgan vakolatlari tekshirilishi shart.
17. Mijoz bir yoki bir necha marta murojaat qilganda, tashkilot quyidagilarga majbur:
mijozni qonun hujjatlari va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq identifikatsiyalash;
oʻtgan hisobot davrida (oy, chorak, yarim yil, yil) mazkur mijozning ilgari lotereya boʻyicha yutuqlarini oʻrganib chiqish, agar uning tasarrufida bunday operatsiyalar toʻgʻrisida axborot mavjud boʻlsa.
18. Mijoz — jismoniy shaxsni identifikatsiyalash uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjat) asosida amalga oshiriladi.
Agar mijoz — jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor boʻlsa, uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi ham oʻrganilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Mijoz — yuridik shaxsni identifikatsiyalashda tashkilot uning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarni, rahbariyati haqidagi, shuningdek, taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarni olishlari lozim.
Bunda, agar mijoz — yuridik shaxs nomidan qonun hujjatlariga muvofiq jismoniy shaxs ish koʻrayotgan boʻlsa, tashkilot bunday jismoniy shaxsni identifikatsiyalash boʻyicha ham maʼlumotlarni olishi lozim.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish chora-tadbirlarining oʻtkazilishi talab qilinmaydi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 9-iyundagi 48,16-son qarori (roʻyxat raqami 2037-1, 08.07.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 26-27-son, 224-modda)
20. Tashkilot mijoz tomonidan taqdim etilayotgan axborotni:
davlat organlari va boshqa tashkilotlardan mijoz toʻgʻrisida olingan maʼlumotlardan foydalanish;
mijozning avvalgi tashkilot bilan oʻzaro munosabatlarini oʻrganish;
mijozning ishchanlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish orqali tekshirish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Tashkilot quyidagi hollarda mijozga pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirishni rad etadi:
Mijoz — jismoniy shaxsning oʻzining doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyi (pasport maʼlumotlariga muvofiq) boʻyicha mavjud boʻlmaganida;
shak-shubhasiz notoʻgʻri boʻlgan hujjatlar taqdim etilganda yoki qonun hujjatlariga muvofiq tashkilot tomonidan soʻraladigan hujjatlar taqdim etilmaganda.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 9-iyundagi 48,16-son qarori (roʻyxat raqami 2037-1, 08.07.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 26-27-son, 224-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Xabar berilishi lozim boʻlgan operatsiyalarni aniqlash mezonlari va tartibi
22. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya quyidagi holatlarda shubhali deb topilishi mumkin:
bir vaqtning oʻzida tashkilot tomondan yirik pul yutuqlarini (eng kam oylik ish haqining 1500 baravaridan yuqori) ikki yoki undan ortiq yutuqli biletlar egalariga toʻlashda (berishda);
mijoz haqidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligiga shubha mavjud boʻlsa;
yutuqni olishda qalbaki lotereya bilet taqdim etilayotganligiga shubha uygʻonsa.
23. Operatsiyani shubhali deb topish har bir aniq holatda ushbu Qoidalar bilan oʻrnatilgan shubhalilik mezonlaridan foydalangan holda oʻtkaziladigan kompleks tahlil asosida, shuningdek, mijoz shaxsi, uning obroʻsi, amaliy ish munosabatlarining xususiyati, bitimning asoslari, maqsadlari, hajmi va turi, uni amalga oshirish usuli bilan hamda shubhali operatsiyani toʻgʻri aniqlash uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa holatlar asosida aniqlanadigan tavakkalchilik xavfiga bogʻliq ravishda amalga oshiriladi.
24. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq har qanday operatsiya, shu operatsiyalarning taraflaridan biri:
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoki amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs ekanligi haqida belgilangan tartibda olingan axborot mavjud boʻlsa, Departamentga xabar qilinishi va toʻxtatib turilishi kerak.
Bunday hollarda tashkilot pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyani bu operatsiya bajarilishi lozim boʻlgan sanadan eʼtiboran uch ish kuniga toʻxtatib turishga va ushbu operatsiya haqida uni toʻxtatib qoʻyilgan kunning oʻzida Departamentni xabardor qilishga majbur. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyani toʻxtatish haqida Departamentning koʻrsatmasi boʻlmaganda, koʻrsatilgan muddat tugashi bilan tashkilot toʻxtatilgan operatsiyani tiklashga kirishadi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Mijozning operatsiyasi shubhali deb topilgandan soʻng, masʼul shaxs shubhali operatsiyani amalga oshirishga tayyorgarlik koʻrilayotganligini yoki amalga oshirilganligini tasdiqlovchi asoslangan hujjatlarni tayyorlaydi va tashkilot rahbariga koʻrib chiqish uchun taqdim etadi, rahbar mijozga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar haqida qaror qabul qiladi, jumladan:
shubhali operatsiya toʻgʻrisida Departamentga xabar berish haqida;
mijoz bilan operatsiya oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi haqida.
26. Shubhali operatsiya toʻgʻrisidagi xabar operatsiya shubhali deb topilgan vaqtdan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq tashkilot tomonidan Departamentga taqdim etiladi.
27. Har bir shubhali operatsiya toʻgʻrisidagi maʼlumot masʼul shaxs tomonidan qogʻoz va elektron koʻrinishda yuritiluvchi maxsus jurnalga kiritiladi.
28. Tashkilotlar tegishli operatsiyadan shubhani tasdiqlovchi yoki olib tashlovchi har qanday maʼlumotni Departamentga kechiktirmay topshirishlari zarur.
V. Ichki nazoratni amalga oshirish natijasida olingan axborot va hujjatlarni rasmiylashtirish, saqlash, maxfiyligini taʼminlash
Oldingi tahrirga qarang.
28-1. Tashkilot ichki nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumot va hujjatlarni har bir operatsiya boʻyicha, jumladan lozim darajada tekshirish natijalari boʻyicha shubhali deb tan olinmagan operatsiyalar boʻyicha mijozdan talab qilib oladi va yigʻadi.
28-2. Tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari, faoliyatning asosiy yoʻnalishlarini hisobga olgan holda, hamda mazkur Qoidalar va ichki hujjatlar asosida ichki nazoratni amalga oshirish jarayonida olingan maʼlumotlar va hujjatlarni shakllantiradi.
28-3. Taqdim qilingan hujjatlar nusxalarining toʻgʻriligiga gumon yoki boshqa zarurat paydo boʻlgan taqdirda, tashkilot tanishish uchun hujjatlarning asl nusxalari taqdim qilinishini talab qilish huquqiga ega.
28-4. Lozim darajada tekshirish jarayonida olingan barcha maʼlumotlar va hujjatlar tashkilotning mijozlarni identifikatsiyasini amalga oshiruvchi xodimlariga mijoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirish uchun ochiq boʻlishi lozim.
28-5. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar zarurat tugʻilgan taqdirda operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.
28-6. Mijozni lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijasida olingan maʼlumotlar har yili yangilanib borilishi lozim.
(28-1 — 28-6-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 9-iyundagi 48,16-son qaroriga (roʻyxat raqami 2037-1, 08.07.2010-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 26-27-son, 224-modda)
29. Tashkilotlar pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek, mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha identifikatsiyalash maʼlumotlarini va materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan, lekin operatsiyalar amalga oshirilganidan yoki mijoz bilan munosabatlar toʻxtatilganidan keyin besh yildan kam boʻlmagan muddatlar mobaynida saqlashlari shart.
30. Tashkilotlar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan axborotdan erkin foydalanishni cheklaydilar, uni tarqalib ketmasligini taʼminlaydilar hamda yuridik va jismoniy shaxslarga, ularning operatsiyalari haqida Departamentga maʼlumot berilganligi toʻgʻrisida axborot berishga haqli emaslar.
Tashkilotlar oʻz xodimlari tomonidan ichki nazorat boʻyicha funksiyalarini bajarish jarayonida olingan axborotlarni boshqalarga oshkor qilmasliklarini (yoxud shaxsiy maqsadlar yoki uchinchi shaxslar manfaatlari uchun foydalanishga ruxsat berilmasligini) taʼminlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Yakuniy qoidalar
31. Tashkilotlar tomonidan mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat Moliya vazirligi tomonidan Departament bilan birgalikda amalga oshiriladi.
32. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlari buzilganligi hollarini yashirishda, shuningdek, mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 45-son, 495-modda; 2010-y., 26-27-son, 224-modda; 2015-y., 15-son, 188-modda)