OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURATURASI HUZURIDAGI SOLIQ, VALYUTAGA OID JINOYATLARGA VA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA QARShI KURAShISh DEPARTAMENTI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURATURASI HUZURIDAGI SOLIQ, VALYUTAGA OID JINOYATLARGA VA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA QARShI KURAShISh DEPARTAMENTI
Qarori
POChTA ALOQASI OPERATORLARI, PROVAYDERLARI UChUN JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA VA TERRORIZMNI MOLIYALAShTIRIShGA QARShI KURAShISh BOʻYIChA IChKI NAZORAT QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 3-noyabrda 2032-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 5-iyuldagi 176-mh 28-sonli “Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3061, 28.08.2018-y.) asosan 2018-yil 30-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi).
Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 4-son, 139-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-331-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 18-son, 147-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 215-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 220-modda) muvofiq Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladilar:
1. Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2009-yil 13-oktabr,
10-8/4270-son
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi Z. DOʻSANOV
Toshkent sh.,
2009-yil 13-oktabr,
33-09-son
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 10-8/4270,3-09-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat
QOIDALARI
Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 43-son, 451-modda) muvofiq pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalarini qabul qilish va yetkazib berish (topshirish)da pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
benefitsiar mulkdor — pirovard natijada mulk huquqiga ega boʻlgan yoki pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchini aniq nazorat qiladigan jismoniy shaxs, shu jumladan, uning manfaatlari yoʻlida pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalari bilan bogʻliq operatsiya amalga oshirilayotgan yuridik shaxs;
ichki nazorat — pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalarini qabul qilish va yetkazib berish (topshirish)ni amalga oshiruvchi pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlarining maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyatidir;
identifikatsiyalash — foydalanuvchilarning lozim darajadagi tekshiruvini amalga oshirish maqsadida ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida foydalanuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan aniqlanishi;
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar — ichki nazoratni oʻtkazish davomida pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan shubhali deb topilgan, sodir etilayotgan va tayyorlanayotgan pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalari bilan operatsiyalar;
shubhali operatsiya — pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalari bilan bogʻliq, tayyorlash, sodir etish jarayonida boʻlgan yoki sodir etib boʻlingan, mazkur Qoidalarni amalga oshirishda pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi toʻgʻrisida shubha paydo boʻlgan operatsiya;
pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchi (bundan keyin — foydalanuvchi) — pochta aloqasi xizmatlarining isteʼmolchisi hisoblanadigan yuridik yoki jismoniy shaxs;
pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmasi (bundan keyin — pul oʻtkazmasi) — pochta aloqasi operatori yoki provayderining pochta aloqasi va telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda pul mablagʻlarini joʻnatish va yetkazib berish (topshirish) boʻyicha xizmati;
maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti nomidan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boshqarmasi (bundan keyingi oʻrinlarda Departament deb yuritiladi).
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ichki nazoratni amalga oshirish maqsadi quyidagilar hisoblanadi:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qaratilgan pul oʻtkazmalari bilan bogʻliq operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;
pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlarining qasddan yoki qasddan boʻlmagan jinoiy faoliyatga jalb qilinishiga yoʻl qoʻymaslik;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha qonun hujjatlari talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Ichki nazoratni amalga oshirishda pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlari, ushbu Qoidalarga muvofiq foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish choralarini amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
benefitsiar mulkdorlarni, shuningdek, operatsiyalarni bajarishda foydalaniladigan pul mablagʻlarining kelib chiqish manbalarini aniqlash va oʻrganish;
ushbu Qoidalarning 20-bandida belgilangan mezonlar asosida shubhali operatsiyalarni aniqlash;
ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan va xabar qilinishi lozim boʻlgan shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotlar (hujjatlar)ni Departamentga oʻz vaqtida taqdim etish;
alohida hollarda xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni bu operatsiya bajarilishi lozim boʻlgan sanadan eʼtiboran uch ish kuniga toʻxtatib turish hamda bunday operatsiya haqida operatsiya toʻxtatib turilgan kunning oʻzida Departamentni xabardor etish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash;
pul oʻtkazmalari bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotning, shuningdek, identifikatsiyalash maʼlumotlari va foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida saqlanishini taʼminlash;
shubhali operatsiyalarning amalga oshirilishi yoki amalga oshirishga urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan foydalanuvchilar bilan bogʻliq shaxslar (rahbarlar, taʼsischilar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq bunday axborot bilan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning oʻzaro almashinuvi;
soʻrovnoma boʻyicha mijozlar bazasidan terrorchilik faoliyatini moliyalashtirish bilan bogʻliq boʻlgan shaxslarni aniqlash.
II. Ichki nazorat tizimini tashkil etish
4. Pochta aloqasining operatorlari, provaydyerlari ichki nazoratni tashkil etish, mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun tarkibiy boʻlinmani shakllantirish yoki masʼul shaxslarni belgilashga javobgar boʻladilar.
Mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun masʼul shaxslarga taqdim etiladigan malaka talablari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlarining talablarini hisobga olgan holda tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Ichki nazorat tizimi pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan ularning faoliyat koʻrsatish xususiyatlari, faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, foydalanuvchilar va ularning operatsiyalari bilan bogʻliq tavakkalchilik xavfi darajasini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
6. Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun masʼul shaxslar roʻyxatini har yili 15-yanvargacha Departamentga taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun masʼul shaxslar quyidagi funksiyalarni bajaradilar:
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur Qoidalarga muvofiq ichki nazorat va foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish protseduralarini joriy etish va amalga oshirishni tashkil etadilar;
ichki nazoratni amalga oshirish boʻyicha tadbirlar dasturlarini ishlab chiqadilar va rahbariyatga tasdiqlash uchun kiritadilar (tasdiqlaydilar);
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur Qoidalar va ichki nazorat dasturlarini amalga oshirish natijalari toʻgʻrisidagi hisobotni tashkilot rahbariga belgilangan (yilda bir martadan kam boʻlmagan) muddatlarda taqdim etadilar;
foydalanuvchilarning ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalari yoki xatti-harakatlari toʻgʻrisidagi xabarlarning oʻz vaqtida Departamentga yuborilishini, shuningdek, Departamentning qoʻshimcha axborot taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrovlarini bajarilishini taʼminlaydilar;
mazkur Qoidalar va ichki nazorat dasturlarini amalga oshirish jarayonining maxfiyligini taʼminlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun masʼul shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
oʻz tashkilotlari xodimlaridan ichki nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tashkiliy-boshqaruv, buxgalterlik va boshqa hujjatlarni talab qilish;
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida olingan hujjatlardan nusxa koʻchirish, tashkilotning elektron maʼlumotlar bazalari, mahalliy hisoblash tarmoqlari va avtomatlashtirilgan kompyuter tizimlarida saqlanadigan fayllar va boshqa yozuvlar nusxalarini olish;
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyaga nisbatan keyingi xatti-harakatlar (shu jumladan, foydalanuvchi yoki operatsiya toʻgʻrisidagi qoʻshimcha axborotni olish yoki mavjud axborotni tekshirish maqsadida operatsiya oʻtkazilishini toʻxtatib turish) boʻyicha rahbariyatga takliflar kiritish.
Mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun masʼul shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
9. Mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun masʼul shaxslar quyidagi majburiyatlarga ega:
Keyingi tahrirga qarang.
foydalanuvchilarning lozim darajada tekshiruvini va identifikatsiyalanishini amalga oshirish;
benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash boʻyicha choralarni koʻrish;
shubhali operatsiyalarni hujjatlar bilan qayd qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiyalarni aniqlaganda, belgilangan tartibda Departamentga maʼlumot berish;
olingan axborotning maxfiyligiga rioya qilish;
ichki nazoratni amalga oshirish davomida olingan hujjatlarni saqlanishi va qaytarilishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun masʼul shaxslar zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
10. Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun masʼul shaxslarni oʻqitish hamda malakasini oshirish tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan bir yilda kamida bir marta foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijalarining tahlili oʻtkaziladi. Tahlil natijalari boʻyicha, agar foydalanuvchi tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishni yoki terrorizmni moliyalashtirishni amalga oshirish xavfi yuqori deb baholansa, u holda ushbu foydalanuvchi tomonidan pul oʻtkazmalari boʻyicha oʻtkaziladigan operatsiyalarga kuchaytirilgan eʼtibor qaratishi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish
12. Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari quyidagi hollarda foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish choralarini koʻradilar:
Keyingi tahrirga qarang.
pul oʻtkazmalarini qabul qilish va yetkazib berish (topshirish) boʻyicha xizmatlarni koʻrsatishda;
olib borilayotgan operatsiyalarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadlariga aloqador ekanligiga har qanday shubhalar mavjud boʻlganda;
identifikatsiyalash uchun avval olingan maʼlumotlarning haqiqiyligi va ishonchliligiga shubha mavjud boʻlganda.
13. Foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish xizmatlar koʻrsatishning barcha bosqichlarida amalga oshirilishi shart.
Foydalanuvchini yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash bilan bir qatorda qonun hujjatlariga muvofiq ular tomonidan taqdim etiladigan hujjatlardan foydalangan holda ularning operatsiyalarni amalga oshirishga boʻlgan vakolatlari tekshirilishi shart.
14. Foydalanuvchining operatsiyalarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi topshiriq bilan bir yoki bir necha marotaba murojaat qilganda pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari quyidagilarni bajarishga majbur:
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur Qoidalar yoki boshqa qonun hujjatlarining talablariga muvofiq operatsiya boʻyicha foydalanuvchini yoki naf oluvchini identifikatsiyalash;
foydalanuvchining avvalgi hisobot davri (oy, chorak, yarim yil, yil) mobaynida amalga oshirgan operatsiyalarini, agar bunday operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlsa, oʻrganib chiqish;
operatsiyaning turini va uning foydalanuvchi — yuridik shaxsning taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan faoliyati maqsadi va turlariga muvofiqlik darajasini aniqlash;
operatsiya turini hamda uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan foydalanuvchi — jismoniy shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomasida koʻrsatilgan faoliyat turiga muvofiqlik darajasini aniqlash.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Foydalanuvchi — jismoniy shaxsni identifikatsiyalash shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjat) asosida amalga oshiriladi.
Agar jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor boʻlsa, uning davlat roʻyxatiga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi ham oʻrganilishi kerak.
16. Foydalanuvchi — yuridik shaxsni identifikatsiyalashda zarur hollarda pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari davlat roʻyxatiga olinganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarni, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi, rahbarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek, taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarni tekshirishlari kerak.
17. Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari foydalanuvchi tomonidan taqdim etiladigan axborotni:
davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olingan foydalanuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanish;
foydalanuvchining pochta aloqasining boshqa operatorlari, provaydyerlari bilan oʻzaro munosabatlarini oʻrganish orqali tekshirishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Yuridik va jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash jarayonida pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash boʻyicha, shu jumladan, foydalanuvchi mol-mulkining tuzilishini oʻrganish yoʻli bilan, asoslangan va mumkin boʻlgan chora-tadbirlarni qoʻllashi lozim.
19. Pochta aloqasi operatori, provayderi foydalanuvchilar tomonidan identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, ularga operatsiyalarni amalga oshirishda rad javobini beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Shubhali operatsiyalarni aniqlash mezonlari va tartibi
20. Pul mablagʻlarini qabul qilish, oʻtkazish va toʻlash boʻyicha operatsiya quyidagi hollarda shubhali deb topilishi mumkin:
zarurat tufayli soʻralayotgan, shu jumladan ishonch bildiruvchi shaxs (agar foydalanuvchi ishonchli vakil sifatida ishtirok etsa) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning foydalanuvchi tomonidan taqdim etilishining asossiz rad etilishi (qonun hujjatlarida belgilangan holatlardan tashqari);
foydalanuvchining amalga oshiriladigan bitimga nisbatan maxfiylik masalalari bilan ortiqcha tashvishlanishi;
operatsiyani amalga oshirishda foydalanuvchi talabi bilan qilinayotgan asoslanmagan shoshma-shosharlik;
amalga oshirishning maqsadi qonun hujjatlarida oʻrnatilgan nazorat jarayonlari bosh tortish deb taxmin qilishga asos boʻladigan operatsiyalarning koʻp marotaba bajarilishini aniqlash;
agar foydalanuvchi bir yoki 30 kalendar kuni davomida umumiy summasi eng kam ish haqi miqdorining 1000 barobariga teng boʻlgan summadan oshadigan pul oʻtkazmalarini joʻnatsa yoki olsa;
agar foydalanuvchi chalkash yoki gʻayrioddiy xaraktyerga ega boʻlgan pul oʻtkazmalarini joʻnatayotgan yoki olayotgan boʻlsa (umumiy summasiga bogʻliq boʻlmagan holda bir yoki 30 kalendar kuni davomida 10 va undan ortiq pul oʻtkazmalarini turli manzillar boʻyicha joʻnatish);
agar pul oʻtkazmasini qandaydir sabablarga koʻra adresatga yoki joʻnatuvchiga topshirishning imkoniyati boʻlmasa;
agar foydalanuvchi — yuridik shaxs oʻzaro hisob-kitoblarni naqd pul mablagʻlari bilan oʻtkazishni talab qilsa;
agar foydalanuvchi yoki operatsiya ishtirokchilaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxs boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
operatsiyalarni amalga oshirishda foydalanilgan pul mablagʻlari jinoiy kelib chiqishga egaligi toʻgʻrisidagi har qanday shubhalarning mavjudligi.
21. Operatsiyaning shubhali deb topilishi har bir aniq holatda ushbu Qoidalarda oʻrnatilgan shubhalilik mezonlaridan foydalangan holda oʻtkaziladigan kompleks tahlil asosida, shuningdek, foydalanuvchining shaxsi, pul oʻtkazmasining maqsadlari va miqdori bilan hamda shubhali operatsiyalarni toʻgʻri aniqlash uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa holatlar asosida aniqlanadigan tavakkalchilik xavfiga bogʻliq ravishda amalga oshiriladi.
22. Pul oʻtkazmalari bilan bajariladigan har qanday operatsiya, bu operatsiyaning taraflaridan biri:
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilikni amalga oshirayotgan yoki amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs ekanligi haqida belgilangan tartibda olingan axborot mavjud boʻlsa, Departamentga xabar qilinishi lozim.
Bunday hollarda pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari pul oʻtkazmalari bilan bogʻliq operatsiyalarni bu operatsiya bajarilishi lozim boʻlgan sanadan eʼtiboran uch ish kuniga toʻxtatib turish hamda bunday operatsiya haqida operatsiya toʻxtatib turilgan kunning oʻzida Departamentni xabardor qilishga majburdirlar. Pul oʻtkazmalari bilan bogʻliq operatsiyani toʻxtatib turish toʻgʻrisida Departamentning koʻrsatmasi boʻlmasa, koʻrsatilgan muddat oʻtgach, pochta aloqasi operatori, provayderi toʻxtatib turilgan operatsiyani bajarishga kirishadi.
23. Foydalanuvchi operatsiyasi shubhali deb topilganidan keyin mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun masʼul shaxs foydalanuvchiga nisbatan koʻriladigan keyingi harakatlar toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, shu jumladan:
shubhali operatsiya toʻgʻrisida Departamentga xabar qilish;
foydalanuvchi bilan bogʻliq operatsiyalarni oʻtkazishga alohida eʼtiborni qaratish zarurligi;
Keyingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlariga yoki foydalanuvchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq u bilan munosabatlarni toʻxtatish.
24. Shubhali operatsiyalar haqidagi maʼlumotlar pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan Departamentga shubhali operatsiyalar deb topilgan paytdan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan shaklda beriladi.
Shubhali operatsiyaga nisbatan har bir xabar toʻgʻrisidagi axborot mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun masʼul shaxs tomonidan qogʻoz va (yoki) elektron koʻrinishda yuritiladigan maxsus daftarga kiritiladi.
25. Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari, shuningdek, tegishli operatsiyaga nisbatan shubhalarni tasdiqlashi yoki olib tashlovchi har qanday axborotni darhol Departamentga xabar berishi zarur.
V. Ichki nazoratni amalga oshirish natijasida olingan axborot va hujjatlarni rasmiylashtirish, topshirish, saqlash, maxfiyligini taʼminlash
26. Qonun hujjatlari va ushbu Qoidalarga muvofiq Departamentga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar boʻyicha quyidagilar hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi:
operatsiya turi va uni bajarish asoslari;
operatsiyani bajarish sanasi va qanday summaga bajarilganligi;
operatsiyani bajarayotgan foydalanuvchini identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
topshirigʻiga koʻra va nomidan operatsiyani bajarayotgan foydalanuvchini identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
foydalanuvchini nomidan operatsiyani bajaruvchi, bu shaxsning vakili (ishonchli vakili)ni identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
pul mablagʻlari bilan operatsiyalar boʻyicha oluvchini va uning vakilini identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar.
27. Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari pul mablagʻlari bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek, identifikatsiyalash maʼlumotlarini va foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan, lekin operatsiyalar amalga oshirilganidan yoki foydalanuvchilar bilan munosabatlar toʻxtatilganidan keyin besh yildan kam boʻlmagan muddat davomida saqlashlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq axborotdan erkin foydalanishni cheklaydilar, uni tarqalib ketmasligini taʼminlaydilar hamda yuridik va jismoniy shaxslarni ularning operatsiyalari toʻgʻrisidagi xabarlar Departamentga taqdim etilganligi toʻgʻrisida xabardor qilishga haqli emaslar.
Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari ularning xodimlari tomonidan ichki nazorat boʻyicha funksiyalarni bajarish jarayonida olingan axborotning oshkor etilmasligi (yoki shaxsiy maqsadlarda yoxud uchinchi shaxslar manfaatlarida foydalanmaslik)ni taʼminlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Yakuniy qoidalar
29. Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan ushbu Qoidalarning talablariga rioya qilinishining monitoringi va nazorati Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan Departament bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik faktlarini yashirishda, shuningdek, ushbu Qoidalar talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 45-son, 490-modda; 2010-y., 48-son, 450-modda; 2013-y., 28-son, 371-modda; 2015-y., 16-son, 200-modda)