02.11.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2029
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining qarori, 02.11.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2029
Кучга кириш санаси
12.11.2009
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI FAN VA TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRISHNI MUVOFIQLASHTIRISH QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

ILMIY XODIMLARNI MODDIY RAG‘BATLANTIRISH JAMG‘ARMASINI SHAKLLANTIRISH VA UNING MABLAG‘LARIDAN FOYDALANISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 2-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2029]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-sonli “Ilmiy xodimlar mehnatini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y. 34-son, 370-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ilmiy xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasini shakllantirish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi ijro apparati rahbari M. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2009-yil 29-sentabr,

12-son

Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 29-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97-son

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 29-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60-QQ-son

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 29-sentabrdagi 12, 97, 60-QQ-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasini shakllantirish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-sonli “Ilmiy xodimlar mehnatini yanada rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 34-son, 370-modda) muvofiq, ilmiy xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi (bundan keyingi o‘rinlarda jamg‘arma deb yuritiladi) mablag‘larini shakllantirish va foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jamg‘arma fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari ilmiy-texnik dasturlari loyihalarini budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshirish uchun kalendar yilda moliyalashtirishga erishgan ilmiy-tadqiqot, ta’lim muassasalari hamda ilmiy-texnik dasturlarni bajaruvchi-tashkilotlarda (bundan keyingi o‘rinlarda — bajaruvchi-tashkilotlar deb yuritiladi) tashkil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamg‘arma mablag‘lari ilmiy-texnik dasturlar bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga aniq mehnat va ilmiy hissasini qo‘shgan alohida farqlangan ilmiy xodimlarni ularga bir martalik mukofot belgilash yo‘li bilan moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tayinlangan bir martalik mukofotlarning summasi ularga qonunchilik tomonidan o‘rnatilgan tartibda yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblash yo‘li bilan bajaruvchi-tashkilotlarning mehnatga haq to‘lash umumiy fondiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarning jamg‘arma mablag‘lari hisobidan olgan daromadlarini soliqqa tortish o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Jamg‘armani shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlarining ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi bajaruvchi-tashkilotlar uchun kalendar yilda ko‘zda tutilgan mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining 5 foizi miqdoridagi budjet mablag‘lari Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbaalari hisoblanadi. Shu bilan birga faqat ilmiy-texnik dasturlarni amalga oshirish uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari hisobidan shakllantiriladigan mehnatga haq to‘lash fondi hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xodimlarga bir martalik mukofotlarni tayinlash va to‘lash yillik ish natijalari bo‘yicha, odatda joriy yilning dekabr oyida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bir martalik mukofotlarni tayinlash va to‘lash kalendar yil uchun Jamg‘armada ko‘zda tutilgan mablag‘lar chegarasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hisobot yilining oxirgi ish kuni yakunida foydalanilmagan jamg‘arma mablag‘lari Respublika budjetiga qaytarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Mukofotlarni belgilash tartibi va ko‘rsatkichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ilmiy xodimlarga bir martalik mukofotlar to‘lash to‘g‘risidagi qaror bajaruvchi-tashkilot qoshidagi ilmiy kengash yoki bunga mutasaddi bo‘lgan kollegial organ (bundan keyingi o‘rinlarda Ilmiy kengash deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ilmiy kengashning bir martalik mukofotlar to‘lash to‘g‘risidagi qarori kengash a’zolari yig‘ilishidagi ishtirokchilar sonidan kelib chiqib, ochiq muhokama qilish sharoitida oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Agar uning qabul qilinishida ilmiy kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan bo‘lsa, qaror kuchga ega hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy kengashning a’zosi hisoblanadigan ilmiy xodimni mukofotlash masalasini ko‘rib chiqishda u to‘g‘risidagi qaror o‘sha xodim ovozini hisobga olmagan holda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bajaruvchi-tashkilotdagi rahbar xodimlarni bir martalik mukofotlash agar ular ilmiy-texnik dasturni amalga oshirishda ilmiy xodim sifatida qatnashgan bo‘lsalargina amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ilmiy xodimlarga bir martalik mukofot bajaruvchi-tashkilotdagi rahbarning buyrug‘i bilan ilmiy kengashning qarori asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ilmiy xodimlarni mukofotlash uchun asosiy ko‘rsatkichlar bo‘lib ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqish doirasida ular erishgan alohida natijalar va ularning aniq qo‘shgan hissasining darajasi hisoblanadi, shu qatorda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi yirik ilmiy natijalarga erishishda (yangi qonuniyatlar, effektlar, hodisalarni kashf qilish va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi salmoqli amaliy natijalarga erishishda (yangi materiallar, texnologiyalar, uskunalar, mashinalar, qurilmalar va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqorida aytilgan tadqiqot natijalarini iqtisodiyot tarmog‘ida amalda joriy qilishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan ilmiy natijalar xalqaro tan olinganida (olingan ilmiy natijalarning tan olingani xalqaro nashriyotlarda chop etilishi, olingan ilmiy natijalar bo‘yicha xalqaro patentlarni olish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ilmiy-texnik dasturlarni amalga oshirishda qatnashadigan bajaruvchi-tashkilotlar sanab o‘tilgan asosiy ko‘rsatkichlar asosida va o‘z faoliyatining xususiyatlaridan kelib chiqib u yoki bu ko‘rsatkichlarning salmog‘ini aniqlash, ularni aniq detallashtirish va miqdoriy baholashda individual yondashuvga amal qilinishini ta’minlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Ilmiy xodimlarga belgilanadigan mukofotlar miqdorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bajaruvchi-tashkilotlarning ilmiy xodimlarini bir martalik mukofotlash mazkur Nizomning 11-bandida ko‘zda tutilgan ko‘rsatkichlarga mosligiga qarab 2 dan 5 gacha bazaviy lavozim maoshi miqdorida ularga mukofot to‘lash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ilmiy xodimga to‘lanadigan mukofotning aniq miqdori bajaruvchi-tashkilotning ilmiy kengashi qarori bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Jamg‘arma mablag‘larini sarflash bo‘yicha javobgarlik va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Jamg‘arma hisobidan bir martalik mukofotlar to‘lashni belgilashning obyektivligi va to‘g‘riligi uchun Ilmiy kengashlar raislari javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini tekshirish qonunchilik bilan o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 45-son, 484-modda)