Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 16.05.2008 yildagi 98-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAZIRLAR MAHKAMASINING “AVSTRIYA RESPUBLIKASI BILAN YaQIN ISTIQBOLDAGI HAMKORLIKNI YANADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2008 YIL 18 APRELDAGI 72-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining tashrifi davomida erishilgan ahdlashuvlarni toʻliq koʻlamda va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Avstriya Respublikasi bilan yaqin istiqboldagi hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 18-apreldagi 72-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Avstriya Respublikasi oʻrtasida yaqin istiqboldagi hamkorlikni yanada rivojlantirish tadbirlari rejasining III boʻlimi ilovaga muvofiq bayon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 16-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2008-yil 16-maydagi 98-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Avstriya Respublikasi oʻrtasida yaqin istiqboldagi hamkorlikni yanada rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirlari rejasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Madaniy-gumanitar hamkorlik‎‎‎
3.‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏Turistik qoʻshma charter reyslar tashkil etish hamda Oʻzbekiston vakillarini Avstriya oʻquv yurtlarida oʻqitish yoʻli bilan turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
3.1. Oʻzbekiston va Avstriya aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish, ikkala mamlakat oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri havo aloqasi oʻrnatish masalalarini oʻrganish, shuningdek turistik qoʻshma charter reyslar tashkil etish‎ 2008-2009-yillar‎ “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi‎
3.2. Oʻzbekiston vakillarini Vena va Zalsburg turizm va mehmonxona xoʻjaligi institutlarida oʻqitishni tashkil etish ‎ 2008-2009-yillar‎ “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi‎
3.3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan Avstriya Fanlar akademiyasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni imzolash ‎ 2008-yil ‎ Fanlar akademiyasi
3.4. Oʻzbekistonda arxeologiya ekspeditsiyasini, Oʻzbekiston hududida topilgan qadimiy tangalar katalogini chiqarishni tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasi Sharqshunoslik instituti kolleksiyasidan eng noyob qoʻlyozmalar nashrini tayyorlash ‎ 2008-yil ‎ Fanlar akademiyasi, “Madaniyat va sanʼat forumi” fondi‎
3.5. Avstriya universitetlarining “AKN” va “LKH” klinikalarida Avstriya tomoni hisobiga Oʻzbekiston vrachlarining stajirovkasini tashkil etish 2008-2009-yillar‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi‎
3.6. Avstriya va Oʻzbekiston jamoat tashkilotlari oʻrtasida madaniyat va xayriya sohasidagi sheriklik aloqalarini oʻrnatish 2008-2009-yillar‎ Madaniyat va sanʼat forumi” fondi‎
3.7. Qoʻshma tadbirlarni, shu jumladan Avstriyada “Oʻzbekiston fotografiyasi – 125 yil” koʻrgazmasini, Oʻzbekiston vakillarining oʻquv, tajriba almashish va stajirovka dasturlarida, shu jumladan Oʻzbekistonlik tasviriy va amaliy sanʼat ustalari uchun ixtisoslashtirilgan dasturlarda ishtirokini tashkil etish 2008-2009-yillar‎ Madaniyat va sanʼat forumi” fondi‎
3.8. “Yoshlar yili” davlat dasturi doirasida Oʻzbekistonda sogʻlom onalik va bolalik sohasida loyihani amalga oshirish uchun Avstriyaning tegishli tashkilotlarini jalb etish 2008-yil ‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (FOPSI)‎
3.9. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish va maxsus taʼlim sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish‎ 2008-2009-yillar‎ Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (FOPSI)‎
3.10. 2009-yilda Oʻzbekistonda Avstriya turistik kompaniyalari kongressini tashkil etish 2009-yil ‎ “Oʻzbekturizm” MK, “Madaniyat va sanʼat forumi” fondi‎
3.11. Avstriyaning Pensionerlar uyushmasi bilan pensiya yoshidagi kishilar uchun turizm sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish‎ 2008-2009-yillar‎ “Oʻzbekturizm” MK, “Madaniyat va sanʼat forumi” fondi‎