Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 08.05.2008 yildagi 93-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008 YILDA MEVA-SABZAVOT, POLIZ MAHSULOTLARI VA UZUM RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meva, sabzavot, poliz mahsulotlari, kartoshka va uzum resurslaridan oqilona foydalanish, ular bilan birinchi navbatda ichki bozorni toʻldirish, mamlakatimizning qayta ishlash korxonalari ehtiyojlarini taʼminlash, shuningdek mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni puxta tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagi tartib belgilansin, unga muvofiq meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish, birinchi navbatda ular bilan ichki isteʼmol bozorini toʻldirishni hisobga olgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hoʻl meva-sabzavot, poliz mahsulotlari va uzum eksporti — “Oʻzulgurjisavdoinvest” uyushmasi, “Matlubotsavdo” hududiy aksiyadorlik kompaniyalari va ularning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan boʻlinmalari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quritilgan va muzlatilgan meva-sabzavot, poliz mahsulotlari va uzum, shuningdek dukkakli mahsulotlar eksporti— mulkchilik shaklidan qatʼi nazar yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meva-sabzavot, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilish kontrakt asosida, erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada, valyutani tartibga solish boʻyicha amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, ularning bajarilishini qatʼiy nazoratga olgan holda, amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublikaning ichki bozorida meva, sabzavot, poliz mahsulotlari, kartoshka, uzum va dukkakli mahsulotlardan oqilona foydalanish, shuningdek ularni eksportga yetkazib berishni tashkil etish masalalarini hal etish uchun ilovaga muvofiq tarkibda ishchi guruh tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar ishchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavot, poliz mahsulotlari, kartoshka va uzum yetishtirish va ulardan foydalanishning 2008-yil uchun tasdiqlangan asosiy prognoz parametrlari bajarilishini tanqidiy koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki isteʼmol bozorini meva-sabzavot, poliz mahsulotlari, kartoshka, uzum va dukkakli mahsulotlar bilan zarur hajmda va assortimentda barqaror ravishda va uzluksiz toʻldirish masalalarini hal etish, shuningdek mazkur mahsulotlarga narxlar monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport uchun tavsiya etilayotgan meva-sabzavot, poliz mahsulotlari va uzum hajmlari va assortimentini belgilash, shuningdek “Oʻzulgurjisavdoinvest” uyushmasining va “Matlubotsavdo” hududiy kompaniyalarining mahsulotlarni chetga chiqarish boʻyicha takliflarini mahsulotlar hajmlari, turlari va narx omili asoslanganligini hisobga olgan holda koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavot, poliz mahsulotlari va uzumni eksportga yuklab joʻnatish uchun vagonlar va refrijeratorlarni oʻz vaqtida ajratish, bojxonada rasmiylashtirish va ular boʻyicha hisobotlar taqdim etishni tashkil qilish bilan bogʻliq masalalarni tezkorlik bilan koʻrib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishchi guruh (Sh.M.Mirziyoyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlar rejasini hamda joriy yilning may — dekabr oylarida meva-sabzavot, poliz mahsulotlari, uzum va dukkakli mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni tashkil etish bilan bogʻliq masalalarni tezkorlik bilan hal qilish mexanizmini bir hafta muddatda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paydo boʻladigan barcha masalalarni tezkorlik bilan koʻrib chiqish yuzasidan ishchi guruh majlislari har oʻn kunda oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda har haftada “Oʻzulgurjisavdoinvest” uyushmasi va “Matlubotsavdo” hududiy aksiyadorlik kompaniyalariga, shuningdek boshqa manfaatdor korxonalarga asosiy import qilinadigan mamlakatlar va meva-sabzavot, poliz mahsulotlari va uzum nomenklaturasi boʻyicha eksport narxlarining quyi chegaralarini belgilab bersin va ularga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda “Oʻzulgurjisavdoinvest” uyushmasi va “Matlubotsavdo” hududiy aksiyadorlik kompaniyalari boʻlinmalariga Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkalaridan ortiq boʻlmagan stavkalar boʻyicha kredit resurslari, shuningdek keyinchalik eksport qilish uchun aholidan meva, sabzavot, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish uchun zarur hajmda naqd mablagʻlarning tezkorlik bilan berilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ishchi guruh qabul qilgan qarorlarga muvofiq “Oʻzulgurjisavdoinvest” uyushmasi va “Matlubotsavdo” hududiy aksiyadorlik kompaniyalari va boshqa eksport qiluvchilarning buyurtmanomalari boʻyicha meva-sabzavot, poliz mahsulotlari va uzumni tashish uchun vagonlarning oʻz vaqtida ajratilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan kontraktlar boʻyicha “Oʻzulgurjisavdoinvest” uyushmasi va “Matlubotsavdo” hududiy kompaniyalari boʻlinmalari tomonidan chetga chiqariladigan hoʻl meva, sabzavot, poliz mahsulotlari va uzum uchun yuklab joʻnatish hujjatlarining oʻz vaqtida (bir kun muddatda) rasmiylashtirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavot, poliz mahsulotlari va uzumni, shuningdek dukkakli mahsulotlarni eksportga yuklab joʻnatishga doir axborotning har oʻn kunda ishchi guruhga taqdim etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari rahbarlari zimmasiga hoʻl meva-sabzavot, poliz mahsulotlari va uzumning bojxonada rasmiylashtirish davrida yaroqsizlanishiga yoʻl qoʻyilmasligi yuzasidan javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi mintaqalar va mahsulot turlari boʻyicha ichki bozorda sotiladigan hoʻl meva, sabzavot, poliz mahsulotlari va uzum, shuningdek dukkakli mahsulotlar narxlari darajasi yuzasidan doimiy monitoring olib borilishini hamda har haftada ishchi guruhga axborot taqdim etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda respublika hududidan meva-sabzavot mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlarini noqonuniy olib chiqishning oldini olish boʻyicha ishlarni kuchaytirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh., ,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 8-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 8-maydagi 93-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikaning ichki bozorida meva, sabzavot, poliz mahsulotlari, kartoshka va uzum, shuningdek dukkakli mahsulotlardan oqilona foydalanish hamda ularni eksportga yetkazib berishni tashkil etish masalalarini hal etish boʻyicha ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirziyoyev Sh.M.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, ishchi guruh rahbari‎
Aripov A.N.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari‎
Abidov Z.N.‎ —‎ Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentining shuʼba mudiri, ishchi guruh kotibi‎
Salimov A.H.‎ —‎ Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari‎
Tursunov Y.E.‎ —‎ Moliya vazirining oʻrinbosari‎
Kamalov A.S.‎ —‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining oʻrinbosari‎
Nosirov S.X.‎ —‎ Davlat bojxona qoʻmitasining raisi‎
Toʻrayev B.E.‎ —‎ Davlat statistika qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari ‎
Hasanov Z.A.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi MXXning Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari‎
Rofiyev Q.T.‎ —‎ Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari‎
Fayziyev Z.O.‎ —‎ “Oʻzulgurjisavdoinvest” uyushmasi raisi‎
Ramatov O.J.‎ —‎ “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi‎
Sherqobilov Sh.Sh.‎ —‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining boshqarma boshligʻi‎
lavozimiga koʻra‎ —‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari‎
lavozimiga koʻra‎ —‎ “Matlubotsavdo” hududiy aksiyadorlik kompaniyalari raislari‎