Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
GʻIShT XOM AShYoSINI GEOLOGIK JIHATDAN OʻRGANISh, TAJRIBA-SANOAT VA SANOAT ASOSIDA KAVLAB OLISh UChUN YER QAʼRI UChASTKALARIDAN FOYDALANISh HUQUQINI BERADIGAN LITSENZIYALAR BERIShNING SODDALAShTIRILGAN TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI VAQTINChALIK NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli “Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar berish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Devorbop materiallar ishlab chiqarishni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish va sifatini yaxshilash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 19-iyundagi PQ-1134-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek energiyani tejaydigan zamonaviy texnologiyalar asosida pishiq gʻisht ishlab chiqarayotgan korxonalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Gʻisht xomashyosini geologik jihatdan oʻrganish, tajriba-sanoat va sanoat koʻlamida kavlab olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar berishning soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda 2010-yil 1-fevralgacha energiyani tejaydigan zamonaviy texnologiyalar asosida pishiq gʻisht ishlab chiqarayotgan ishlab turgan korxonalarga ularning buyurtmanomalari boʻyicha gʻisht xomashyosini geologik jihatdan oʻrganish, tajriba-sanoat va sanoat asosida kavlab olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar berilishini taʼminlasin.
Belgilab qoʻyilsinki, energiyani tejaydigan zamonaviy texnologiyalar asosida pishiq gʻisht ishlab chiqaradigan korxonalar gʻisht xomashyosini geologik jihatdan oʻrganish, tajriba-sanoat va sanoat asosida kavlab olish huquqini beradigan litsenziya olingunga qadar, biroq 2010-yil 1-fevraldan kech boʻlmagan muddatgacha ishlab chiqarish faoliyatini davom ettirish huquqiga ega.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 27-oktabr,
284-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 27-oktabrdagi 284-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Gʻisht xomashyosini geologik jihatdan oʻrganish, tajriba-sanoat va sanoat asosida kavlab olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar berishning soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisida
VAQTINChALIK NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Devorbop materiallar ishlab chiqarishni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish va sifatini yaxshilash borasida qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 19-iyundagi PQ-1134-son qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-iyundagi PQ-649-son qarori bilan tasdiqlangan Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq ishlab chiqilgan va gʻisht xomashyosini geologik jihatdan oʻrganish, tajriba-sanoat va sanoat asosida kavlab olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar berishning soddalashtirilgan tartibini belgilaydi.
II. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar berish tartibi va shartlari
2. Umumiy tarqalgan foydali qazilma sifatida gʻishtning xomashyo bazasini tashkil etish va kengaytirish, gʻisht xomashyosini tajriba-sanoat va sanoat asosida kavlab olish maqsadida geologik jihatdan oʻrganish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Davlat geologiya qoʻmitasi deb yuritiladi) nostandart, tejamsiz pechlarni maxsus energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarga almashtirgan holda, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etgan pishiq gʻisht ishlab chiqaradigan korxonalar bilan toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar olib borish natijalariga koʻra beriladi.
3. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyani olish uchun litsenziya talabgori Davlat geologiya qoʻmitasiga buyurtmanoma taqdim etadi (litsenziya berish sxemasi ushbu Nizomga ilovada keltirilgan).
Buyurtmanomada soʻralayotgan yer qaʼri uchastkasining nomi, joylashgan joyi (mintaqa, tuman, yaqin aholi punktigacha, temir yoʻl stansiyasigacha boʻlgan masofa) hamda yer qaʼridan foydalanishning nazarda tutilayotgan turi koʻrsatiladi.
Buyurtmanomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:
yuridik shaxs — litsenziya talabgori davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxalari;
faoliyatning asosiy turlarini bajarish va mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha litsenziya talabgorining texnik va texnologik imkoniyatlari, bunday ishlarni bajarish uchun litsenziya talabgori tomonidan pudratchilar sifatida jalb etiladigan korxonalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, zaruriyat boʻlganda — yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalar (ruxsatnomalar) nusxalari;
soʻralayotgan yer qaʼri uchastkasidan foydalanish bilan bogʻliq ishlarni bajarish imkoniyatini tasdiqlaydigan litsenziya talabgorining moliyaviy holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (mavjud boʻlganda — keyingi uch yil uchun yillik balanslar va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotlar), zaruriyat boʻlganda, bank yoki boshqa kredit beruvchining kredit berilishi toʻgʻrisidagi kafolati;
“Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasining litsenziya talabgori pishiq gʻisht ishlab chiqarish boʻyicha maxsus pechlar (aylanma, tunnelsimon va boshqalar)dan foydalangan holda energiyani tejaydigan zamonaviy texnologiyalarga egaligini yoki ularni ishlab chiqarishga joriy etish jarayoni borayotganligini tasdiqlaydigan ekspert xulosasi.
4. Ekspertiza “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan litsenziya talabgoridan tegishli murojaat tushgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida oʻtkaziladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi buyurtmanoma qabul qilinganligi yoki asosli rad etilganligi toʻgʻrisida litsenziya talabgorini buyurtmanoma tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida yozma ravishda xabardor qiladi.
6. Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya berilishi yuzasidan berilgan buyurtmanoma koʻrib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida yigʻim undiriladi. Buyurtmanoma koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasining hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Buyurtmanoma quyidagi hollarda, agar:
talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda haqiqiy boʻlmagan yoki buzilgan maʼlumotlar mavjud boʻlsa;
ariza beruvchi yer qaʼri uchastkasidan foydalanish uchun zarur moliyaviy va texnik vositalarga egaligi yoki kelgusida ega boʻlishining isbotini taqdim etmagan boʻlsa yoki taqdim etishi mumkin boʻlmasa rad etilishi mumkin.
8. Buyurtmanoma qabul qilingandan keyin Davlat geologiya qoʻmitasi litsenziyaga kiritiladigan yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlari loyihasini oʻn kun mobaynida ishlab chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlari loyihasi materiallar tushgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida bir vaqtning oʻzida Davlat geologiya qoʻmitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi va “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan kelishiladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
9. Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlarining kelishilgan loyihasi tanishish uchun talabgorga beriladi.
10. Talabgor yer qaʼridan foydalanishning taklif etilayotgan shartlariga rozi boʻlgan taqdirda unga besh kun muddatda:
yer qaʼri tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlarida gʻisht xomashyosini geologik jihatdan oʻrganish, shuningdek tajriba-sanoat asosida kavlab olish uchun berilgan taqdirda — yer qaʼri uchastkasidan foydalanish boʻyicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni;
yer qaʼri gʻisht xomashyosini kavlab olish uchun berilgan taqdirda — yer qaʼri uchastkasidan foydalanish boʻyicha dastlabki texnik-iqtisodiy asosni tayyorlash uchun yetarli boʻlgan soʻralayotgan uchastka boʻyicha geologik maʼlumotlar va boshqa maʼlumotlar belgilangan tartibda taqdim etiladi.
11. Kelishilgan muddatlarda talabgor yer qaʼri uchastkasidan foydalanishning ishlab chiqilgan shartlari va yer qaʼridan foydalanish maqsadlari hisobga olingan holda:
Oldingi tahrirga qarang.
yer qaʼri uchastkasidan foydalanish boʻyicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni yoki dastlabki texnik-iqtisodiy asoslashni tayyorlaydi hamda ularni ekspertizadan oʻtkazish uchun Davlat geologiya qoʻmitasi va “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga taqdim etadi;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
moʻljallanayotgan faoliyatning atrof muhitga taʼsirini baholash loyihasini tayyorlaydi va davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazish uchun Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va (yoki) dastlabki texnik-iqtisodiy asoslashning ekspertizasi ular taqdim etilgan paytdan boshlab oʻn kun muddatda bir vaqtning oʻzida Davlat geologiya qoʻmitasi va “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Atrof muhitga taʼsirni baholash loyihasining davlat ekspertizasi ham Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan materiallar taqdim etilgan paytdan boshlab oʻn kun muddatda amalga oshiriladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Ekspertiza natijalari boʻyicha talabgor kelishilgan muddatlarda yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va (yoki) dastlabki texnik-iqtisodiy asoslashga zarur tuzatishlar kiritadi hamda ularni kelishish uchun Davlat geologiya qoʻmitasi va “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga yuboradi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
14. Ijobiy ekspertiza xulosasi olingan yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va (yoki) dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash talabgor tomonidan Davlat geologiya qoʻmitasiga taqdim etiladi.
15. Davlat geologiya qoʻmitasi oʻn kun muddatda zarur materiallarni tayyorlaydi va talabgorga yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan tegishli litsenziyani beradi.
16. Yer qaʼridan foydalanuvchiga litsenziya berilgandan keyin yer qaʼri uchastkasidan foydalanish boʻyicha uzil-kesil texnik-iqtisodiy asoslashni belgilangan tartibda ishlab chiqish uchun foydalanishga berilgan yer qaʼri uchastkasi boʻyicha geologik maʼlumotlar va boshqa maʼlumotlarning toʻla turkumi tayyorlanadi.
17. Gʻisht xomashyosini geologik jihatdan oʻrganish, tajriba-sanoat va (yoki) sanoat asosida kavlab olish uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya ikki yil muddatga beriladi, keyinchalik litsenziya egasining arizasiga binoan yer qaʼridan foydalanish muddati uzaytiriladi.
18. Davlat geologiya qoʻmitasi har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasiga gʻisht xomashyosini geologik jihatdan oʻrganish, tajriba-sanoat va sanoat asosida kavlab olish uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan yangidan berilgan litsenziyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
III. Yakunlovchi qoidalar
19. Ushbu Vaqtinchalik nizom 2012-yil 1-yanvargacha amal qiladi.
20. Ushbu Vaqtinchalik nizomda nazarda tutilgan maqsadlarda yer qaʼridan foydalanish huquqini cheklash, toʻxtatib turish va toʻxtatish tartibi va yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish bilan bogʻliq boshqa masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-iyundagi PQ-649-son qarori bilan tasdiqlangan Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizom bilan tartibga solinadi.
Vaqtinchalik nizomga
ILOVA
ILOVA
Foydali qazilmalarni (gʻisht xomashyosini) geologik jihatdan oʻrganish, tajriba-sanoat va sanoat asosida kavlab olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar berishning soddalashtirilgan tartibi
SXEMASI
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
* Izoh. Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini olishga talabgor (ariza beruvchi) foydali qazilmalarni kavlab olish uchun ajratilgan uchastkaning foydali qazilmalari konlari zaxirasini oʻz balansiga qabul qilib oladi va har chorakda Davlat geologiya qoʻmitasiga “shakl — 5GR” boʻyicha hisobot taqdim etadi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 44-son, 468-modda; 2010-y., 51-son, 486-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)