1-ILOVA
1-ILOVA
|
Ipoteka krediti berish toʻgʻrisida | |||
| |
___-son |
| |
| |
|
| |
|
______________ |
|
20__ yil “__” ________ | |
|
(aholi punkti) |
| | |
|
Keyingi oʻrinlarda “Bank” deb ataladigan, Nizom va 20__ yil “__” ___dagi __-son bosh shartnoma asosida faoliyat koʻrsatadigan ___________________________________________________ filialining _______________________________ boshqaruvchisi nomidan “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki, bir tomondan va keyingi oʻrinlarda “Qarz oluvchi” deb ataladigan, 20__ yil “__” ______da berilgan pasporti seriyasi _____________ №_________ raqamli Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, ikkinchi tomondan, keyingi oʻrinlarda “Birgalikda qarz oluvchi” deb ataladigan, 20__ yil “__” ______da berilgan pasporti seriyasi _____________ №_________ raqamli, uchinchi tomondan, birgalikda “Tomonlar” deb ataladiganlar ushbu shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar: | |||
|
1. Shartnomaning predmeti | |||
|
1.1. Bank Qarz oluvchiga (Birgalikda qarz oluvchiga) “Qishloq qurilish invest” ixtisoslashtirilgan shoʻba injiniring kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda “injiniring kompaniyasi” deb ataladi) ishtirokida ushbu shartnomada nazarda tutilgan shartlarda Oʻzbekiston Respublikasi, __________ viloyati, __________ tumanidagi _______________ aholi punktida umumiy maydoni ___ kv metr, turarjoy maydoni ____ kv metr boʻlgan ___ xonali ___-son uyni (keyingi oʻrinlarda uy-joy deb ataladi) yakka tartibdagi uy-joyni qurish uchun maqsadli mablagʻlar hisobidan ___________ (_______________________________) soʻm miqdorida ipoteka krediti beradi, Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) esa ipoteka kreditidan kredit olishning umumiy prinsiplariga (maqsadining xarakteri, moddiy taʼminlanganligi, muddatliligi, qaytariluvchanligi va toʻlovliligiga) rioya etgan holda foydalanadilar. | |||
|
2. Umumiy tushunchalar | |||
|
2.1. Ushbu shartnoma matnining keyingi oʻrinlarida uchraydigan barcha atamalar, agar kontekstdan boshqacha maʼno anglanmasa, quyidagi boʻlimda bayon qilingan tushunchalarni anglatadi: | |||
|
ipoteka krediti — barpo etilayotgan uy-joy garovi ostida, injiniring kompaniyasi ishtirokida, tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha qishloq joylarda yakka tartibda uy-joy qurishga beriladigan uzoq muddatli kredit; | |||
|
yakka tartibdagi uy-joy — doimiy yashash, dam olish va xoʻjalik yuritish uchun moʻljallangan, bitta yer uchastkasida joylashgan, oʻziga qarashli boʻlgan yordamchi-xoʻjalik imoratlari va hovli inshootlari bilan birgalikdagi bir yoki bir nechta turarjoylar (keyingi oʻrinlarda uy-joy deb ataladi); | |||
|
qarz oluvchi — qishloq joyda yashaydigan, injiniring kompaniyasi ishtirokida qishloqda turarjoy qurishga ipoteka krediti oladigan va olingan summani kredit shartnomasida belgilangan shartlarda qaytarish majburiyatini oladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi; | |||
|
birgalikda qarz oluvchi — Qarz oluvchining ipoteka krediti boʻyicha va uning boʻyicha foizlarni har oyda toʻlashda qatnashadigan, shuningdek ipoteka krediti boʻyicha birgalikda javob beradigan eri (xotini) va yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, farzandlari); | |||
|
pudratchi — tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha qishloq joyda uy-joy qurilishini amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan pudrat qurilish tashkiloti; | |||
|
toʻlovga qodirlik — Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning kredit shartnomasi boʻyicha oʻz toʻlov majburiyatlarini yalpi daromadlari tahlilidan kelib chiqqan holda belgilangan oʻz vaqtida va toʻliq bajarish qobiliyati; | |||
|
kredit boʻyicha taʼminlash — qurilayotgan yakka tartibdagi uy-joyni yer uchastkasi bilan birga belgilangan tartibda garovga qoʻyish; | |||
|
boshlangʻich badal — Qarz oluvchining qurilayotgan uy-joy smetadagi qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning yoki yuridik shaxs — Qarz oluvchi ish beruvchisining bankdagi qarz oluvchi nomidagi omonat hisob raqamiga qoʻyilgan pul mablagʻlari tarzidagi oʻz mablagʻlari; | |||
|
ipoteka — yer uchastkasi bilan birga qurilayotgan uy-joy ipotekasi ostida belgilangan tartibda beriladigan ipoteka kreditini olish maqsadidagi koʻchmas mulk garovi; | |||
|
ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma — tomonlarning kredit shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni taʼminlashda ipotekani belgilash toʻgʻrisidagi bitimi; | |||
|
kredit boʻyicha foizlar — kreditdan foydalanganlik uchun toʻlov; | |||
|
imtiyozli davr — kredit boʻyicha asosiy qarzni boʻlib-boʻlib toʻlash uchun berilgan davr; | |||
|
kreditni berish sanasi — mablagʻlarni ssuda hisob raqamidan injiniring kompaniyaning depozit hisob raqamiga oʻtkazish sanasi; | |||
|
kreditni toʻlash sanasi — Qarz oluvchining Bank oldidagi majburiyatlarini toʻliq bajarishiga olib keladigan ipoteka krediti boʻyicha hisoblangan foizlarning jami qoldigʻini va qarz qoldigʻini qoplaydigan oxirgi toʻlov tushgan sana; | |||
|
toʻlov majburiyatlari — Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning ipoteka krediti, uning boʻyicha foizlarni ushbu shartnomada koʻrsatilgan summada va muddatlarda hamda boshqa toʻlovlar (ipotekani rasmiylashtirish, sugʻurtalash va shu kabilar uchun xarajatlar) boʻyicha majburiyatlar; | |||
|
kredit boʻyicha toʻlov muddati oʻtgan qarz — Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan belgilangan muddatlarda toʻlanmagan, ipoteka krediti yoxud uning bir qismi, kreditdan foydalanganlik boʻyicha hisoblangan foizlar, penyalar va boshqa toʻlov majburiyatlari boʻyicha qarzlar summasi; | |||
|
kredit boʻyicha qarz— kreditning hammasi yoxud Qarz oluvchi tomonidan foydalanilgan ipoteka kreditining qoldigʻi, tegishli hisob raqamlarida Qarz oluvchiga ochilgan hisob raqamlaridagi ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun hisoblab yozilgan foizlar. | |||
|
3. Qarz oluvchining tasdiqlari | |||
|
3.1. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) ushbu bilan quyidagilarni tasdiqlaydi: | |||
|
kreditni rasmiylashtirish va olish uchun bankka taqdim etilgan/taqdim etiladigan barcha hujjatlar va maʼlumotlar bunday hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etilgan sanada haqiqiy va ishonchli hisoblanadi; | |||
|
hozirgi vaqtda Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ga qarshi maʼmuriy, sud harakatlari qoʻzgʻatilmagan; | |||
|
Qarz oluvchi ushbu shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish huquqiga ega va ushbu majburiyatlar haqiqiy hisoblanadi; | |||
|
Birgalikda qarz oluvchi majburiyatlar boʻyicha ushbu shartnoma doirasida birgalikda javob beradi va bu majburiyatlar haqiqiy hisoblanadi; | |||
|
Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning ushbu shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishi Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning ushbu shartnomaga va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻlishiga olib keladi; | |||
|
Agar Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) ushbu shartnomada belgilangan toʻlovni amalga oshirishga yoki belgilangan har qanday talablardan istalganini bajarishga qodir boʻlmasa Bank kreditni muddatidan oldin qaytarishni va hisoblangan foizlarni, shuningdek boshqa toʻlovlarni toʻlashni talab qilish huquqiga ega. Bu holda bank undirishni kredit boʻyicha taʼminlashga va Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning boshqa mol-mulkiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaratish huquqiga ega; | |||
|
Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) Bankni kredit boʻyicha istalgan taʼminlashni realizatsiya qilishga va undan foydalanishga va/yoki Bankning oʻz huquqlarini amalga oshirishi uchun barcha zarur choralarni koʻrishga chaqirib olishsiz va soʻzsiz tartibda vakil qiladi. | |||
|
4. Kredit summasi va kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi | |||
|
4.1. Taqdim etilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq qurilayotgan uy-joyning umumiy qiymati ____________ (________) soʻmni tashkil qiladi. | |||
|
Ipoteka krediti summasi ____________ (________) soʻmni tashkil qiladi, bu qurilayotgan uy-joy qiymatining __________foiziga tengdir. | |||
|
Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning boshlangʻich badali____________ (________) soʻmni tashkil qiladi, bu qurilayotgan uy-joy qiymatining __________foiziga tengdir. | |||
|
4.2. Ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi. | |||
|
4.3. Ipoteka krediti boʻyicha foizlar Bank tomonidan har kuni, ushbu shartnomaning 4.2-bandida belgilangan foiz stavkasidan va kredit berilgan sanadan boshlab haqiqiy kunlar sonidan kelib chiqqan holda, Bank tomonidan Qarz oluvchining ssuda hisob raqamida hisobga olinadigan kredit summasi qoldigʻiga hisoblab yoziladi. | |||
|
5. Ipoteka krediti boʻyicha taʼminlash | |||
|
5.1. Ushbu shartnoma boʻyicha berilgan kredit belgilangan tartibda yer uchastkasi bilan birga qurilayotgan uy-joy ipotekasi bilan taʼminlanadi. | |||
|
5.2. Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlashning bir nechta usullarining mavjud boʻlishi bir-biriga zid hisoblanmaydi, majburiyatlarni bajarishning har qaysi usuli mustaqil hisoblanadi va bir-biriga bogʻliq boʻlmaydi. | |||
|
5.3. Undirishni majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash usullariga qaratish zarur boʻlgan taqdirda tanlash huquqi Bankda qoladi, u oʻz ixtiyoriga koʻra majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash usullaridan istalganiga yoki barcha usullariga talab qoʻyishi mumkin. | |||
|
5.4. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) kreditni taʼminlashni kredit summasining kamida 125 foizi darajasida tutish, shuningdek kredit shartnomasini oʻz hisobiga va kredit shartnomasi amal qiladigan muddatga, ipoteka predmetini uning toʻliq qiymatida yoʻqotish va shikastlanish xavfi yuzasidan sugʻurta qilish majburiyatini oladi. | |||
|
5.5. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) kreditning qaytarilishini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni zarur darajada rasmiylashtirish boʻyicha har qanday xarajatlarni oʻz zimmasiga oladi. | |||
|
5.6. Kreditning taʼminlanishini belgilaydigan hujjatlar ushbu shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi. | |||
|
5.7. Uy-joy injiniring kompaniyasi tomonidan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi boʻyicha Qarz oluvchiga berilgandan keyin Qarz oluvchi bir oy muddatda: | |||
|
a) Bankka tuman hokimining yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi qarori nusxasini taqdim etishi; | |||
|
b) “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi organlarida qurilgan uy-joyga mulkchilik huquqining davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlashi, soʻngra Bankka uy-joyga mulkchilik huquqining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasini taqdim etishi; | |||
|
v) uy-joyni kredit shartnomasi amal qiladigan muddatga yoʻqotish va shikastlanish xavfidan sugʻurta qilishi, soʻngra Bankka sugʻurta shartnomasini va sugʻurta polisini taqdim etishi; | |||
|
g) Bank bilan uy-joy ipotekasi toʻgʻrisidagi shartnomani tuzishi, uni notarial tasdiqlatishi va roʻyxatdan oʻtkazishi, soʻngra Bankka ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomani taqdim etishi shart. | |||
|
6. Ipoteka kreditini berish tartibi | |||
|
6.1. Kredit olti oylik imtiyozli davr bilan 15 yilgacha boʻlgan muddatga beriladi. Ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun foizlarni toʻlash kredit berilgan sanadan keyingi oydan boshlanadi. | |||
|
6.2. Kreditni berish Qarz oluvchiga alohida ssuda hisob raqami ochish va bir kun muddatda, Qarz oluvchining yozma topshiriqnomasi (arizasi) asosida injiniring kompaniyasining 22626-son “Korxonalar va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari” moliyalashtirish maxsus depozit hisob raqamiga, Qarz oluvchi va injiniring kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan shartnomada belgilangan shartlarda va muddatlarda oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. | |||
|
7. Ipoteka kreditini toʻlash tartibi | |||
|
7.1. Kredit boʻyicha qarzni toʻlash uchun Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan yoʻnaltiriladigan toʻlovlar quyidagicha navbat bilan toʻlanadi: | |||
|
kredit boʻyicha toʻlov muddati oʻtgan foizlarni toʻlash; | |||
|
kredit boʻyicha toʻlov muddati oʻtgan qarzlarni toʻlash; | |||
|
muddatli foizlarni toʻlash; | |||
|
kredit boʻyicha muddatli qarzlarni toʻlash; | |||
|
Qarz oluvchining boshqa toʻlov majburiyatlarini toʻlash. | |||
|
7.2. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) asosiy qarzni va hisoblab yozilgan foizlarni toʻlashni muddatidan oldin — ushbu shartnomada belgilangan toʻlov muddati boshlangungacha yoki tugagungacha amalga oshirish huquqiga ega. | |||
|
Kreditni muddatidan oldin toʻlashda Bank biron-bir qoʻshimcha vositachilik haqlarini undirmaydi. | |||
|
7.3. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) ushbu shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadigan ilova qilinayotgan toʻlovlar jadvaliga muvofiq har oylik toʻlovlarni amalga oshirish yoʻli bilan ipoteka kreditini qaytaradi va kreditdan foydalanganlik uchun hisoblab yozilgan foizlarni toʻlaydi. Kredit boʻyicha asosiy qarz va foizlar oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda toʻlash jadvali toʻlanmagan summalar hisobga olingan holda oʻzgartiriladi. | |||
|
7.4. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan ipoteka kreditini toʻlash: | |||
|
ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiyalar, gonorarlar, dividendlar, foizlar va qimmatli qogʻozlar boʻyicha boshqa daromadlar hisobiga mablagʻlarni naqdsiz shaklda oʻtkazish; | |||
|
naqd pullar toʻlash; | |||
|
mablagʻlarni omonat qoʻyilmalar boʻyicha hisob raqamlaridan oʻtkazish; | |||
|
mablagʻlarni plastik kartochkalardan oʻtkazish yoʻli bilan; | |||
|
pul mablagʻlarini Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning ish beruvchisi tomonidan moddiy yordam va ipoteka kreditini toʻlash uchun ajratilgan boshqa mablagʻlar hisobidan naqdsiz shaklda oʻtkazish yoʻli bilan; | |||
|
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa usullarda amalga oshirilishi mumkin. | |||
|
7.5. Agar ushbu shartnoma boʻyicha istalgan summalarni toʻlash sanasi ish kuni hisoblanmaydigan kunga toʻgʻri kelsa, u holda ushbu summalarni toʻlash keyingi ish kunidan kechikmay amalga oshirilishi kerak. | |||
|
8. Tomonlarning huquqlari | |||
|
8.1. Bankning huquqlari: | |||
|
8.1.1. Qarz oluvchi tomonidan ushbu shartnomaning 5.7-bandidagi shartlar belgilangan muddatlarda bajarilmagan taqdirda Bank ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarning muddatidan oldin bajarilishini talab qilish, ushbu talab bajarilmaganda esa — undirishni qonun hujjatlarida va majburiyatlar bajarilishini taʼminlash shartnomalarida belgilangan tartibda kredit boʻyicha taʼminlashga qaratish huquqiga ega. | |||
|
8.1.2. Kreditdan foydalanishning butun davri mobaynida doimiy monitoringni amalga oshirish. Bank monitoring davomida uy-joyni qurish jadvallariga amal qilinishi hamda kreditdan maqsadli foydalanilishi, ipoteka krediti va uning boʻyicha foizlarning toʻlanishi, garovga qoʻyilgan mol-mulkdan foydalanish va ularni saqlash qoidalariga amal qilinishi, ipoteka predmetining noqonuniy begonalashtirilishiga yoʻl qoʻyilmasligi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi. | |||
|
8.1.3. Bank majburiyatlarning bajarilmasligi hollari boshlangan taqdirda oʻz ixtiyoriga koʻra quyidagi harakatlardan istalganini amalga oshirishi mumkin: | |||
|
Qarz oluvchiga majburiyatlarning bajarilmaslik hollari boshlanganligi toʻgʻrisidagi yozma bildirishnomani uni bartaraf etish uchun muddatni belgilagan holda yuborish; | |||
|
ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini qoʻshimcha ravishda taʼminlanishini talab qilish; | |||
|
Qarz oluvchidan ushbu shartnomada belgilangan tartibda kreditning hammasini yoki uning bir qismini muddatidan oldin qaytarishni talab qilish (qonun hujjatlarida kreditning hammasini yoki uning bir qismini muddatidan oldin qaytarishni talab qilishning boshqacha tartibi belgilangan taqdirda kreditning hammasini yoki uning bir qismini muddatidan oldin qaytarishni talab qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi); | |||
|
undirishni majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash shartnomalarida belgilangan tartibda kredit boʻyicha taʼminlashga qaratish (undirishni taʼminlashga qaratish tartibi majburiyatlar bajarilishini taʼminlashning tegishli shartnomalarida belgilanmagan hollarda undirishni kredit boʻyicha taʼminlashga qaratish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi); | |||
|
ushbu shartnomani mazkur shartnomada belgilangan tartibda bekor qilish (qonun hujjatlarida bunday shartnomani bekor qilishning boshqacha tartibi belgilangan taqdirda ushbu shartnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi); | |||
|
kredit boʻyicha foiz stavkasini oshirish (kredit oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda); | |||
|
ushbu shartnomaga va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa har qanday huquqlardan foydalanish. | |||
|
8.1.4. Bank uy-joyni qurish boʻyicha kredit hisobiga bajarilgan ishlarni nazorat tartibida hisoblab chiqishni amalga oshirish huquqiga ega. | |||
|
8.1.5. Ushbu shartnoma boʻyicha talab qilish huquqini bunga Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning oldindan roziligini olmasdan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda oʻzgaga berishni amalga oshirish. | |||
|
8.2. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning huquqlari: | |||
|
8.2.1. Bankda boʻsh resurslar mavjud boʻlgan taqdirda ipoteka kreditining ushbu shartnomada nazarda tutilgan hajmda, muddatlarda va shartlarda berilishini talab qilish. | |||
|
8.2.2. Olingan kreditni toʻliq qaytarib va uning boʻyicha hisoblab yozilgan foizlarni toʻlab Bank bilan ushbu shartnomani muddatidan oldin bekor qilish. | |||
|
9. Tomonlarning majburiyatlari | |||
|
9.1. Bankning majburiyatlari: | |||
|
9.1.1. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan ipoteka krediti berish uchun barcha zarur shartlar bajarilgan taqdirda ushbu shartnoma shartlariga rioya qilgan holda kreditni berish. | |||
|
9.1.2. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ni kredit berishning rad qilinishi sabablari yoki uning qolgan qismi, kreditni muddatidan oldin undirib olish toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilish. | |||
|
9.2. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning majburiyatlari: | |||
|
9.2.1. Uy-joy injiniring kompaniyasi tomonidan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi boʻyicha Qarz oluvchiga berilgan vaqtdan boshlab 30 (oʻttiz) kungacha boʻlgan muddatda bank xodimi bilan birgalikda quyidagi harakatlarni amalga oshirish: | |||
|
a) ipoteka predmetini yoʻqolish va shikastlanish tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish shartnomasini tuzish; | |||
|
b) ipoteka toʻgʻrisida shartnoma tuzish, uni notarial tasdiqlatish va roʻyxatdan oʻtkazish. | |||
|
9.2.2. Berilgan kreditni kredit shartnomasi shartlariga muvofiq oʻzlashtirish. | |||
|
9.2.3. Ilova qilinayotgan toʻlovlar jadvaliga muvofiq har oylik toʻlovlarni amalga oshirish yoʻli bilan kreditni va uning boʻyicha hisoblab yozilgan foizlarni toʻlash. | |||
|
9.2.4. Bank talabiga koʻra Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning ushbu shartnoma amal qiladigan butun muddat mobaynidagi daromadlari toʻgʻrisida Bankni qoniqtiradigan shakl va mazmun boʻyicha axborot taqdim etish. | |||
|
9.2.5. Ipoteka kreditidan belgilangan maqsadda foydalanilmagan taqdirda Bankka belgilangan maqsadda foydalanilgan summaning 20 foizi miqdorida jarima toʻlash, bu Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ni kreditni toʻlash majburiyatidan ozod qilmaydi. | |||
|
9.2.6. 5 (besh) kun mobaynida Bankka yashash joyi, ish joyi, familiyasi yoki ismi va ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishiga taʼsir koʻrsata oladigan boshqa holatlarning oʻzgarganligi toʻgʻrisida axborot taqdim etish. | |||
|
9.2.7. Ushbu shartnoma amal qiladigan muddat mobaynida Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) Bankning oldindan roziligini olmasdan, shartlari ushbu shartnoma boʻyicha Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning majburiyatiga nisbatan ustun darajada talab qilish huquqiga ega boʻlgan uchinchi tomonning kreditlarini va/yoki qarzlarini jalb etishi kerak emas. | |||
|
9.2.8. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga doimiy yashash uchun joʻnab ketilayotgan taqdirda kreditni va uning boʻyicha hisoblab yozilgan foizlarni muddatidan oldin toʻlash. | |||
|
10. Majburiyatlarni bajarmaslik holatlari | |||
|
10.1. Ushbu bandda qayd etilgan hodisalardan istalgani majburiyatlarni bajarmaslik holati hisoblanadi: | |||
|
kredit resurslaridan belgilangan maqsadda foydalanmaganlik; | |||
|
kredit resurslarini belgilangan muddatlarda oʻzlashtirmaganlik; | |||
|
Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan kredit, foizlar va/yoki boshqa toʻlovlarning ushbu shartnoma, unga toʻlovlar jadvali, shuningdek tuzilishi ushbu shartnomada belgilangan boshqa shartnomalar boʻyicha zarur sanada toʻlashni amalga oshirmaganlik; | |||
|
Bankni haqiqiy boʻlmagan hujjatlar taqdim etish yoʻli bilan ataylab chalgʻitish; | |||
|
Bankka kredit, Bank xulosasi boʻyicha Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan taqdim etilgan har qanday taʼminlashning oʻz qimmatini qisman yoki toʻliq yoʻqotganligi yoki haqiqiy boʻlmay qolganligi; | |||
|
Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) toʻlov qobiliyatining yomonlashishi yoki ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarning muntazam ravishda bajarilmasligiga olib keladigan aniq axborotning yashirilishi; | |||
|
Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning Bank oldidagi majburiyatlari bajarilishiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan boshqa hodisalar; | |||
|
ushbu shartnoma shartlarining buzilishi; | |||
|
ushbu shartnoma bilan bogʻliq boʻlgan boshqa shartnomalar (ipoteka, sugʻurta va shu kabilar) shartlarining buzilishi. | |||
|
11. Undirishni kreditni taʼminlashga qaratish | |||
|
11.1. Tomonlar shunday bitimga kelishdilarki, Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan ushbu shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlari bajarilmagan taqdirda Bank oʻz talablarini, undirishni ipoteka predmetiga qaratish uchun asoslar paydo boʻlgandan keyin, Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) bilan Bank oʻrtasida tuzilgan, notarial tasdiqlangan bitim asosida suddan tashqari tartibda qondiradi. | |||
|
11.2. Bank ushbu shartnoma va ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma shartlari bilan garov bilan taʼminlangan majburiyatning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi tufayli kelib chiqqan talablarni ushbu mulk hisobiga qondirish uchun undirishni majburiyatlarni taʼminlash sifatida garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishga haqlidir. | |||
|
11.3. Undirishni majburiyatni taʼminlash uchun garovga qoʻyilgan, ipoteka predmeti hisoblanadigan mol-mulkka qaratish Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan toʻlovlarni toʻlash muddatlari muntazam ravishda, yaʼni oʻn ikki oy mobaynida uch martadan koʻp buzilgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin. | |||
|
11.4. “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23, 26 va 28-moddalarda nazarda tutilgan holatlarda Bank ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatlarning muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga, ushbu talab bajarilmagan taqdirda esa — undirishni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishga haqlidir. | |||
|
11.5. Agar garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotishdan olingan summa Bank talablarini qoplash uchun yetarli boʻlmasa, u yetishmagan summani Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning boshqa mol-mulkidan olish huquqiga ega. | |||
|
12. Alohida shartlar | |||
|
12.1. Bank oʻz ixtiyoriga koʻra Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ga nisbatan ushbu shartnoma boʻyicha oʻzi ega boʻlgan huquqlardan istalganini qoʻllashi yoxud qoʻllamasligi mumkin. | |||
|
12.2. Bank tomonidan ushbu huquqlarning qoʻllanmasligi yoxud qisman qoʻllanishi ushbu huquqlardan voz kechishni anglatmaydi va ular kelgusida istalgan vaqtda qoʻllanishi mumkin. | |||
|
13. Qoʻshimcha shartlar | |||
|
13.1. Uy-joyning oʻzboshimchalik bilan qayta qurilganligi yoki qayta rejalashtirilganligi uchun Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi va ushbu uyni oʻz hisobidan avvalgi holatiga keltirishi shart. | |||
|
13.2. Kredit muddati mobaynida uy-joyni sotish, oʻzgaga berishga, ijaraga topshirishga va tekin foydalanish uchun berishga, ipoteka predmeti manzili boʻyicha yaqin qarindoshlarni va uchinchi shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazishga Bankning yozma roziligisiz yoʻl qoʻyilmaydi. | |||
|
13.3. Tomonlar ushbu shartnomaning unga binoan tartibga solinmaydigan qismi yuzasidan munosabatlarini tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tartibga soladi. | |||
|
14. Fors-major holatlari | |||
|
14.1. Tomonlar ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilmasligi shartnoma tuzilgandan keyin, Tomonlar oldindan koʻra bilmagan, oqilona chora-tadbirlar bilan bartaraf eta olishmagan, favqulodda tusdagi hodisalar natijasida paydo boʻlgan yengib boʻlmaydigan kuch holatlari oqibatida sodir boʻlgan taqdirda tomonlar majburiyatlarning qisman yoki toʻliq bajarilmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar. | |||
|
14.2. Tomonlar ularga taʼsir koʻrsata olmaydigan va ularning paydo boʻlganligi uchun javob berishmaydigan, masalan: zilzila, suv toshqini, yongʻin, shuningdek ish tashlash, ushbu shartnoma predmetini bajarishga toʻsqinlik qiladigan har qanday tusdagi Hukumat hujjatlari yoki davlat organlarining qarorlari, harbiy harakatlar yengib boʻlmaydigan vaziyatlardagi hodisalar hisoblanadi. | |||
|
14.3. Yengib boʻlmaydigan kuch vaziyatlariga asoslanadigan Tomon boshqa Tomonni bunday vaziyatlar yuzaga kelganligi toʻgʻrisida yozma shaklda darhol xabardor qilishi shart, shuningdek istalgan Tomonning talabiga koʻra bunday vaziyatlarning yuzaga kelganligi holatini tasdiqlaydigan, tegishli organ tomonidan berilgan hujjat taqdim etilishi kerak. | |||
|
14.4. Agar shartnomaning ushbu boʻlimida koʻrsatilgan yengib boʻlmaydigan vaziyatlar uch oydan ortiq davom etsa, u holda har qaysi Tomon boshqa Tomonni xabardor qilgan holda ushbu shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega. Bunda Tomonlar ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilgan va bajarilmagan qismlari boʻyicha belgilangan tartibda uzil-kesil hisob-kitob qiladilar. | |||
|
15. Shartnomaning amal qilish muddati | |||
|
15.1. Ushbu shartnoma Tomonlar uni imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilgungacha amal qiladi. | |||
|
16. Nizolarni hal etish | |||
|
16.1. Ushbu shartnomada nazarda tutilmagan kelishmovchiliklar va/yoki nizoli vaziyatlar yuzaga kelgan hollarda Tomonlar, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga amal qilgan holda, ularni muzokaralar yoʻli bilan hal qiladilar. Tomonlarning kelishuviga erishilmagan taqdirda nizo Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq koʻrib chiqish uchun sud organlariga oʻtkaziladi. | |||
|
17. Yakuniy qoidalar | |||
|
17.1. Ushbu shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish Tomonlarning kelishuvi boʻyicha yoki Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq sud tartibida amalga oshirilishi mumkin. | |||
|
17.2. Ushbu shartnomaga barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar Tomonlar imzolagan qoʻshimcha bitim tarzida yozma shaklda rasmiylashtiriladi. | |||
|
17.3. Ushbu shartnoma har qaysi Tomon uchun bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan uch nusxada tuzildi. | |||
|
Tomonlarning manzillari, rekvizitlari va imzolari: | |||
|
Bank: |
Qarz oluvchi: |
Birgalikda qarz oluvchi: | |
|
________________ |
________________ |
________________ | |
|
(filialning toʻliq nomi) |
(F.I.O. toʻliq) |
(F.I.O. toʻliq) | |
| | | ||
| ________________ ________________ |
________________ |
________________ ________________ | |
|
(indeks, manzil, tel.) |
(indeks, manzil, tel.) |
(indeks, manzil, tel.) | |
|
________________ |
________________ |
________________ | |
|
(bank rekvizitlari) |
(tugʻilgan sanasi) |
(tugʻilgan sanasi) | |
|
________________ |
________________ |
________________ | |
|
(STIR) |
(tugʻilgan joyi) |
(tugʻilgan joyi) | |
|
________________ |
________________ |
________________ | |
|
(filial boshqaruvchisining F.I.O.) |
(STIR) |
(STIR) | |
|
M.Oʻ. |
| | |
|
________________ |
________________ |
________________ | |
|
(imzo) |
(imzo) |
(imzo) | |
|
20_ yil “__” ____ |
20__ yil “__” ____ |
20__ yil “__” ___ | |
2-ILOVA
| |
Ipoteka toʻgʻrisida |
| |
| |
____-son Namunaviy shartnoma |
| |
|
_____________ |
| 20__ yil “__” ________ | |
|
(aholi punkti) |
| | |
|
| |||
|
1. Ipoteka tomonidan taʼminlanadigan majburiyat | |||
|
1.1. Ushbu shartnoma Tomonlar oʻrtasida Ipoteka krediti berish toʻgʻrisida 20__ yil “__” ______da tuzilgan _____-son shartnoma boʻyicha (keyingi oʻrinlarda “kredit shartnomasi” deb yuritiladi) Ipotekaga qoʻyuvchining Ipotekaga oluvchi oldidagi majburiyatlari bajarilishini taʼminlash maqsadida tuzildi. | |||
|
1.2. Kredit shartnomasi boʻyicha Ipotekaga qoʻyuvchi Qarz oluvchi (Qarzdor), Ipotekaga oluvchi esa — Kredit beruvchi sifatida ishtirok etadi. | |||
|
Kredit beruvchi kredit shartnomasiga muvofiq kredit shartnomasida nazarda tutilgan shartlarda Qarz oluvchiga “Qishloq qurilish invest” ixtisoslashtirilgan injiniring shoʻba kompaniyasi ishtirokida uy-joy qurish uchun __________ (________________) soʻm miqdorida ___ (_________) muddatga yillik ______ foizli ipoteka krediti berish majburiyatini, Qarz oluvchi esa olingan ipoteka kreditini qaytarish va kredit shartnomasining qarzni qaytarish jadvaliga asosan unga 20__ yil “__” ______gacha muddatda foizlarni toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. | |||
|
1.3. Ipotekaga oluvchi Ipotekaga qoʻyuvchiga kredit shartnomasidan kelib chiqadigan oʻzining pul mablagʻlari talablarining Ipotekaga qoʻyuvchining boshqa kreditorlaridan ustun darajada Ipotekaga qoʻyuvchining ushbu shartnoma boʻyicha qoʻyilgan mol-mulki qiymatidan qondirilishi huquqiga ega. | |||
|
2. Ipoteka tomonidan taʼminlangan talablar | |||
|
2.1. Ushbu shartnomaga muvofiq belgilangan ipoteka, agar Ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan kredit shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlari buzilgan taqdirda Ipotekaga oluvchiga berilishi kerak boʻlgan quyidagi summalar: | |||
|
qarzning asosiy summasini va kreditdan toʻliq foydalanganlik uchun foizlar toʻlash hisobiga; | |||
|
Kreditga qoʻyuvchi tomonidan kredit shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlari zarur darajada bajarilmaganda zararlarni va neustoyka (jarima, penya) toʻlash hisobiga; | |||
|
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasiga muvofiq boshqalarning pul mablagʻlaridan foydalanganlik uchun foizlar tarzida; | |||
|
undirishni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishga sabab boʻlgan sud xarajatlari va boshqa xarajatlarni qoplash; | |||
|
garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotish xarajatlarini qoplash tarzida Ipotekaga oluvchiga toʻlanishini taʼminlaydi. | |||
|
2.2. Ushbu shartnoma bilan Ipotekaga oluvchining talablari garovga qoʻyilgan mol-mulk hisobiga ularni qondirish paytida qanday boʻlgan boʻlsa, oʻsha hajmda taʼminlanadi. | |||
|
3. Ipoteka predmeti | |||
|
3.1. Ipotekaga qoʻyuvchi kredit shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlari bajarilishini taʼminlash uchun Ipotekaga oluvchiga quyidagi koʻchmas mulkni: | |||
|
3.1.1. Oʻzbekiston Respublikasi, ______ viloyati, ________ tumani, __________ aholi punktidagi -uyda joylashgan ___ kv.m maydondagi yer uchastkasida kredit hisobiga barpo etilgan umumiy maydoni ___ kv.m boʻlgan, shu jumladan yashash maydoni ___ kv.m boʻlgan yakka tartibdagi uy-joyni (keyingi oʻrinlarda “mulk” deb yuritiladi); | |||
|
3.1.2. Ushbu shartnomaning 3.1.1-kichik bandida koʻrsatilgan mol-mulk joylashgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqini garovga qoʻydi. | |||
|
3.2. Ushbu shartnomaning 3.1-bandida koʻrsatilgan mol-mulk __yil “__”_________da _______________ tomonidan berilgan seriyasi ___ raqami ______ boʻlgan Egalik huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnoma bilan tasdiqlanadigan va umrbod meros qilib qoldiriladigan mulkchilik huquqini tasdiqlaydigan _____yil “__”_________da _______________ tomonidan berilgan seriyasi ___ raqami ______ boʻlgan Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnoma bilan tasdiqlanadigan mulkchilik huquqi bilan Ipotekaga qoʻyuvchiga tegishlidir. | |||
|
3.3. Mol-mulk Ipotekaga qoʻyuvchining egaligida va foydalanuvida qoladi. | |||
|
4. Ipoteka predmetini baholash | |||
|
4.1. Shartnomaning 3.1-bandida koʻrsatilgan mol-mulkning inventarizatsiya qiymati _____ (___________________) soʻmni tashkil etadi, bu ____________ tomonidan __yil “__”_________da berilgan ____-son maʼlumotnoma va ____________ tomonidan __yil “__”_________da berilgan –son maʼlumotnoma bilan tasdiqlanadi. | |||
|
4.2. Shartnomaning 3.1-bandida koʻrsatilgan mol-mulk tomonlarning kelishuviga koʻra _____ (_________________) soʻm miqdorida baholanadi. | |||
|
5. Ipotekaga qoʻyuvchining huquq va majburiyatlari | |||
|
5.1. Ipotekaga qoʻyuvchi quyidagi huquqlarga ega: | |||
|
5.1.1. Garovga qoʻyilgan mol-mulkka egalik qilish va undan belgilangan maqsadda foydalanish. | |||
|
5.1.2. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni vasiyat qilib qoldirish. | |||
|
5.2. Ipotekaga qoʻyuvchi quyidagilarga majbur: | |||
|
5.2.1. Garovga qoʻyilgan mol-mulkning saqlanishi boʻyicha xarajatlarni koʻtarish. | |||
|
5.2.2. Garovga qoʻyilgan mol-mulkning saqlanishini taʼminlash, shu jumladan uni uchinchi shaxslar tajovuzidan himoya qilish, yongʻindan, tabiiy ofatlardan saqlash. | |||
|
5.2.3. Garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqotilishi yoki shikastlanishining aniq xavfi boʻlganda, bu toʻgʻrida Ipotekaga oluvchini xabardor qilish. | |||
|
5.2.4. Garovga qoʻyilgan mol-mulk qiymatining kamayishiga olib keladigan xatti-harakatlarni sodir etmaslik. | |||
|
5.2.5. Ushbu shartnomaning amal qilish davrida Ipotekaga oluvchining garovga qoʻyilgan mol-mulkni koʻzdan kechirishiga toʻsqinlik qilmaslik. | |||
|
5.2.6. Ipotekaga oluvchiga unga garovga berilgan mol-mulkning garov bilan taʼminlangan majburiyat toʻliq hajmda bajarilgunga qadar qayta garovga qoʻyilmasligiga kafolat berish. | |||
|
5.2.7. Ipoteka predmetida boʻlgan oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi, ipoteka predmetiga uchinchi shaxslarning tajovuzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Ipotekaga oluvchiga zudlik bilan xabar qilish. | |||
|
5.2.8. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni uchinchi shaxslar ixtiyoriga bermaslik va uni Ipotekaga oluvchining yozma roziligisiz ijaraga, boshqa foydalanishga bermaslik. Garovga qoʻyilgan mol-mulkning Ipotekaga oluvchining roziligi bilan Ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan boshqa shaxsga foydalanishga berilishi Ipotekaga qoʻyuvchini ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi. | |||
|
5.3. Ipotekaga qoʻyuvchi ushbu shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulkning tasodifan yemirilishi va tasodifan shikastlanishi xavfi yuzasidan javob beradi. | |||
|
6. Ipotekaga oluvchining huquqlari | |||
|
6.1. Ipotekaga oluvchi quyidagi huquqlarga ega: | |||
|
6.1.1. Ushbu shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulkning hujjatlar boʻyicha haqiqiy mavjudligini, ularning holatini va saqlash shartlarini tekshirish. | |||
|
6.1.2. Ipotekaga qoʻyuvchidan garovga qoʻyilgan mol-mulkni saqlash uchun zarur choralar koʻrilishini talab qilish. | |||
|
6.1.3. Agar garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqotilgan boʻlsa yoki uning shikastlanganlik darajasi oqibatida ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatlarning bajarilishi jiddiy ravishda yomonlashgan taqdirda ipoteka bilan taʼminlash majburiyatlarini muddatidan oldin bajarishni talab qilish. | |||
|
6.1.4. Qarz oluvchi (Qarzdor) tomonidan garov bilan taʼminlangan majburiyatlarning bir qismi bajarilgan taqdirda garovga qoʻyilgan barcha mol-mulkka boʻlgan huquqni saqlab qolish. | |||
|
6.1.5. Ushbu shartnoma boʻyicha talab qilish huquqini Ipotekaga qoʻyuvchining bunga oldindan roziligisiz boshqaga berish. | |||
|
7. Ipotekaga oluvchining huquqlari kafolati | |||
|
7.1. Ipotekaga qoʻyuvchi ushbu shartnomaning 3.1-bandida koʻrsatilgan mol-mulk davlat roʻyxatidan oʻtkazilgunga qadar hech kimga garovga qoʻyilmaganligi, sotilmaganligi, ijaraga topshirilmaganligi va foydalanish huquqi cheklanmaganligini, nizoda va taqiq ostida (xatlovda) emasligini, uchinchi shaxslarning har qanday huquqlaridan erkin ekanligini kafolatlaydi. | |||
|
8. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni sugʻurta qilish | |||
|
8.1. Ushbu shartnomaning 3.1-bandida koʻrsatilgan mol-mulk Ipotekaga qoʻyuvchi va _______________ sugʻurta kompaniyasi oʻrtasidagi 20_yil “__”_________da tuzilgan ___-son sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta qilingan, bu 20_yil “__”_________dagi amal qilish muddati 20_yil “__”_________gacha boʻlgan ____-son sugʻurta polisi bilan tasdiqlanadi. | |||
|
8.2. Ipotekaga oluvchi ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatlar boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqolganligi yoki shikastlanganligi uchun oʻz talablari mol-mulk kimning foydasiga sugʻurta qilinganligidan qatʼi nazar va qonunda belgilangan Ipotekaga qoʻyuvchining boshqa kreditorlarining foydasiga amalga oshirilgan boshqa shaxslarning talablaridan ustun darajada, qonunda belgilangan chiqarib tashlashlar bundan mustasno, bevosita sugʻurta qoplamasidan qondirilishi huquqiga ega. | |||
|
9. Undirishni ipoteka predmetiga qaratish | |||
|
9.1. Ipotekaga oluvchi ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi tufayli yuzaga keladigan talablarni ushbu shartnomaning 2.1-bandida koʻrsatilgan mol-mulk hisobiga qondirish uchun ushbu shartnomaga koʻra undirishni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish huquqiga ega boʻladi. | |||
|
9.2. Toʻlovlarni toʻlash muddatlari doimiy ravishda buzilganda, yaʼni oʻn ikki oy mobaynida uch martadan ortiq buzilganda, ushbu shartnomaga koʻra undirish garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratilishi mumkin. | |||
|
9.3. “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23, 26 va 28-moddalarida nazarda tutilgan hollarda Ipotekaga oluvchi ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatlarni muddatidan oldin bajarishni talab qilish, ushbu talab bajarilmaganda esa — undirishni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish huquqiga ega. | |||
|
9.4. Ipotekaga oluvchining talabiga koʻra undirish Ipotekaga oluvchi bilan Ipotekaga qoʻyuvchining notarial tasdiqlangan undirishni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish toʻgʻrisidagi bitimi asosida qaratiladi. | |||
|
9.5. Ipotekaga oluvchi tomonidan undirishning garovga qoʻyilgan uy-joyga qaratilishi va ushbu mol-mulkning sotilishi Ipotekaga qoʻyuvchining va ushbu uy-joyda birgalikda yashaydigan oila aʼzolarining, shu jumladan sobiq oila aʼzolarining foydalanish huquqi toʻxtatilishi uchun asos hisoblanadi. | |||
|
9.6. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotishdan tushgan summa Ipotekaga oluvchining talabini qoplash uchun yetarli boʻlmasa, u yetmaydigan summani Qarzdorning boshqa mol-mulkidan olish huquqiga ega. | |||
|
10. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazish | |||
|
10.1. Mazkur shartnoma notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak. | |||
|
10.2. Mazkur shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda _______________________ ___________________________________________________ | |||
|
(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning nomi) | |||
|
tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab tuzilgan deb hisoblanadi va kuchga kiradi. | |||
|
10.3. Ushbu shartnomani va uning huquqlaridan kelib chiqadigan huquqlarni notarial tasdiqlash, davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ipoteka toʻgʻrisidagi qayd yozuviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish bilan bogʻliq xarajatlar Ipotekaga qoʻyuvchi hisobidan toʻlanadi. | |||
|
10.4. Ushbu shartnoma Ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan kredit shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlari toʻliq bajarilgunga qadar amal qiladi. Ipotekaga qoʻyuvchi kredit shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni toʻliq bajargandan keyin Tomonlar ipoteka toʻgʻrisidagi qayd yozuvini qaytarib olish uchun ________________________________________________________________ ga | |||
|
(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning nomi) | |||
|
birgalikda ariza beradilar. | |||
|
11. Nizolarni hal etish | |||
|
11.1. Ushbu shartnomani bajarish natijasida Tomonlar oʻrtasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan barcha nizolar va kelishmovchiliklar muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi. | |||
|
11.2. Ipotekaga oluvchining talabi sudga murojaat etmasdan, undirishni ipoteka predmetiga qaratish uchun asos yuzaga kelgandan keyin Ipotekaga qoʻyuvchi va Ipotekaga oluvchi oʻrtasida notarial tasdiqlangan bitim asosida qondiriladi. | |||
|
11.3. Ipotekaga qoʻyuvchi undirishni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish toʻgʻrisidagi notarial tasdiqlangan bitimni tuzishdan bosh tortgan taqdirda Ipotekaga oluvchi oʻz talabini sud tartibida qondirish huquqiga ega. | |||
|
11.4. Ushbu shartnoma va unga qoʻshimcha bitimlar bilan tartibga solinmagan masalalar boʻyicha Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga amal qiladilar. | |||
|
12. Yakuniy qoidalar | |||
|
12.1. Ushbu shartnoma Tomonlarning yozma kelishuviga koʻra oʻzgartirilishi yoki toʻxtatilishi mumkin. | |||
|
12.2. Ushbu shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar Tomonlarning tegishli tartibda vakolat berilgan vakillari tomonidan imzolangan, muhrlar bilan tasdiqlangan, notarial tasdiqlangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan Tomonlarning yozma shakldagi qoʻshimcha bitimlari bilan rasmiylashtiriladi. Bunday oʻzgartirishlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab kuchga kiradi. | |||
|
12.3. Har ikkala tomon tarafidan kelishilgan shartnomaga barcha ilovalar uning ajralmas qismi hisoblanadi. | |||
|
12.4. Ushbu shartnoma ___ varaqda, bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan 5 (besh) nusxada, har bir Tomon uchun bir nusxadan tuziladi, bir nusxasi ____________ shahri _________manzilida joylashgan _______________ notariusning yigʻmajildida saqlanadi, ikki nusxasi ___________________________________________ ga | |||
|
(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning nomi) | |||
|
beriladi. | |||
|
12.5. Ushbu shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulkni kelgusida ipotekaga qoʻyish taqiqlanadi. | |||
|
12.6. Notarial idora ushbu shartnomani tasdiqlash bilan bir vaqtda ipoteka predmetini oʻzgaga berishni taqiqlab qoʻyadi. | |||
|
12.7. Mol-mulk ushbu shartnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab ipotekaga berilgan deb hisoblanadi. | |||
|
Tomonlarning manzili va rekvizitlari: | |||
| Ipotekaga qoʻyuvchi: | |||
| ____________________________________________________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________ | |||
| Ipotekaga oluvchi: | |||
| ____________________________________________________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________ | |||
|
| |||
|
Ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan |
Ipotekaga oluvchi tomonidan | ||
|
___________________________ |
___________________________ | ||
|
(F.I.O.) |
(lavozimi, F.I.O.) | ||
|
___________________________ |
___________________________ | ||
|
(STIR) |
(STIR) | ||
|
___________________________ |
___________________________ | ||
|
(imzo) |
(imzo) | ||
|
M.Oʻ. | |||
|
20__ yil “__” ______ |
20__ yil “__” ______ | ||
|
| |||
|
Tomonlar shartnomani mening ishtirokimda imzoladilar. Shartnomani imzolovchilarning shaxsi, ularning muomalaga layoqatliligi, shuningdek “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankining huquqiy layoqati, uning vakili vakolatlari aniqlandi, garovga qoʻyilayotgan mol-mulkning mansubliligi tekshirildi. | |||
|
Shartnoma ________________________________________________________ ________________________________________________________________da | |||
|
(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning nomi) | |||
| davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim. | |||
| Reyestrda ______-son bilan roʻyxatdan oʻtkazildi. | |||
| ______ soʻm miqdorida davlat boji undirildi. | |||
| Notarius__________________ . | |||
3-ILOVA
| 1. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi oʻrinbosari, viloyat hokimining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari | — | komissiya raisi |
| 2. | “Qishloq qurilish invest” ixtisoslashtirilgan shoʻba injiniring kompaniyasi hududiy filialining rahbari | — |
komissiya raisining oʻrinbosari |
| 3. | Tuman hokimining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari | — |
komissiya aʼzosi |
| 4. | Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hududiy organi rahbari | — | komissiya aʼzosi |
| 5. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi, viloyat arxitektura va qurilish hududiy bosh boshqarmasi rahbari | — | komissiya aʼzosi |
| 6. | Tuman hokimligi moliya boʻlimining boshligʻi | — | komissiya aʼzosi |
| 7. | “Qishloq qurilish invest” ixtisoslashtirilgan shoʻba injiniring kompaniyasi vakili | — | komissiya aʼzosi |
2-ILOVA