Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.10.2022 27.10.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2024
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining, Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining qarori, 27.10.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2024
Кучга кириш санаси
06.11.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.10.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HARBIY XIZMATChILARNI OLIY HARBIY TAʼLIM MUASSASALARI VA SERJANTLARNI TAYYORLASh MAKTABLARIDA OʻQITIShGA SARFLANGAN BUDJET MABLAGʻLARINI DAVLATGA UNDIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 27-oktabrda 2024-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 7-oktabrdagi 30-son, Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 4-oktabrdagi 44qq-son, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2022-yil 28-sentabrdagi 22-son, Moliya vazirligining 2022-yil 26-sentabrdagi 51-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2022-yil 7-oktabrdagi 19-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 30-sentabrdagi 13/02-22-33-son va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022-yil 4-oktabrdagi 234-mh-sonli ““Harbiy xizmatchilarni oliy harbiy taʼlim muassasalari va serjantlarni tayyorlash maktablarida oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini davlatga undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2024-2, 12.10.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-yanvardagi PQ-257-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Moliya vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat Bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Harbiy xizmatchilarni oliy harbiy taʼlim muassasalari va Serjantlarni tayyorlash maktablarida oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini davlatga undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga asosan tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa vaziri K. BERDIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 16-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 16-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vaziri K. AXMEDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 16-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
281-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 16-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 16-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat Bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 16-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-02/5-27-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 16-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
325-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2009-yil 16-oktabrdagi 10, 12, 281, 100, 90, 01-02/5-27 va 325-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchilarni oliy harbiy taʼlim muassasalari va Serjantlarni tayyorlash maktablarida oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini davlatga undirish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-yanvardagi PQ-257-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi va Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining harbiy xizmatchilaridan (keyingi oʻrinlarda harbiy xizmatchilar deb yuritiladi) oliy harbiy taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda OHTM deb yuritiladi) va Serjantlar tayyorlash maktablarida (keyingi oʻrinlarda STM deb yuritiladi) ularni oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini undirilishini tartibga soladi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Moliya vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 16-maydagi 5, 11, 4, 50, 33, 01-02/5-5, 22-mx-sonli qarori (roʻyxat raqami 2024-1, 15.06.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 24-son, 323-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va harbiy xizmatchilar, shuningdek, ularning ota-onalari OHTM va STMga oʻqishga kirishidan oldin OHTM va STM rahbariyati tomonidan, oʻqishni tamomlagach shartnoma talablarini bajarmaganligi sababli zaxiraga boʻshatilishi, shartnomaning muddatidan ilgari bekor qilinishi yoki sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etilishi holatlarida moddiy masʼulligi toʻgʻrisida yozma holda ogohlantiriladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Harbiy xizmatchilarni oʻqitishga sarflangan mablagʻlarni undirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. OHTM va STMni tamomlagan va harbiy xizmatni oʻtash haqidagi yangi shartnomani imzolagan harbiy xizmatchilar, shartnoma talablarini bajarmaganligi yoki sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etilishi sababli shartnomada koʻrsatilgan muddatdan ilgari zaxiraga boʻshatilsa, ulardan oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlari undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. OHTM va STMda oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlari quyidagi holatlarda undirilmaydi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) harbiy xizmatchini shartnoma muddati tugagach, shuningdek, sogʻligʻi tufayli, shtatlar qisqarishi sababli undan harbiy xizmatda foydalanishning imkoniyati yoʻqligi yoki vazirlik va muassasalarning tashabbusi bilan davlat va harbiy sirlardan xabardor boʻlishga rad etilgan yoki shu huquq bekor qilinishi bilan boʻshatilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) harbiy xizmatchining ota-onasidan biri huquq-tartibot organlari xodimi boʻlib xizmat vazifasini oʻtayotganda halok boʻlgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) harbiy xizmatchi halok boʻlganligi munosabati bilan qism shaxsiy tarkibi roʻyxatidan oʻchirilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. OHTMni tamomlagan va 5 yil davomida harbiy xizmatni oʻtagan harbiy xizmatchi, uni oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini undirishdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OHTMni tamomlagach, shartnoma tuzmasdan harbiy xizmatni oʻtagan va 2006-yilning 1-sentabrigacha zaxiraga boʻshatilgan harbiy xizmatchilar, ularni oʻqitish uchun sarflangan budjet mablagʻlarini toʻlashdan ozod etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Undiriladigan toʻlovlarning hajmi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oldin muddatli harbiy xizmatni oʻtagan OHTM kursantini oʻqitish uchun sarflangan budjet mablagʻlari va undiriladigan mablagʻlar hajmi 5 yillik oʻqish uchun — zaxiraga boʻshatilgan vaqtida Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 430 baravari, 4 yil uchun — 350 baravariga teng.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldin muddatli harbiy xizmatni oʻtamagan OHTM kursantidan 5 yillik oʻqish muddati uchun — zaxiraga boʻshatilgan vaqtida Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 350 baravari, 4 yil uchun — 270 baravariga teng hajmda mablagʻlar undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchining STMda oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlari hajmi uning zaxiraga boʻshatilgan vaqtida Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 40 baravariga teng darajada undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Undiriladigan budjet mablagʻlari ofitserlar uchun xizmatni oʻtagan davrining OHTMni tamomlab, yangi shartnoma boʻyicha 5 yil xizmat, STM bitiruvchilari uchun — amaldagi shartnomaning oʻtalmagan muddati nisbatidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan holatlarda harbiy xizmatchilarni zaxiraga boʻshatilishi toʻgʻrisidagi buyruqda uni oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini undirish zarurligi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikda belgilangan tartibda buyruq ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Zaxiraga boʻshatilgan harbiy xizmatchilar OHTM va STMda ularni oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini boʻshatish toʻgʻrisidagi buyruq eʼlon qilingan kundan eʼtiboran respublika budjetiga 30 kun ichida maxsus hisobga pul toʻlash orqali qaytaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchilarni oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlari zaxiraga boʻshatilgan harbiy xizmatchilar, yuridik (davlat tashkilotlaridan tashqari) yoki jismoniy shaxslar tomonidan qaytarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kerakli pul mablagʻlari belgilangan muddatda toʻlanmasa, qarz qonunchilikda belgilangan tartibda sud orqali undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. OHTM va STMda oʻqish uchun sarflangan xarajatlarni toʻlaganlikni tasdiqlovchi hujjatlar zaxiraga boʻshatilgan harbiy xizmatchilar tomonidan pul mablagʻlari toʻlovi amalga oshirilgandan keyin uch ish kuni ichida soʻnggi xizmat joyiga taqdim etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Buyruq bekor qilinganda, undirilgan mablagʻlar harbiy xizmatchiga yoki toʻlovni amalga oshirgan shaxslarga respublika budjetidan belgilangan tartibda qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Harbiy xizmatni oʻtashdan bosh tortishi, shartnoma talablarini bajarmaganligi yoki sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etilishi munosabati bilan harbiy xizmatdan boʻshatilgan harbiy xizmatchilarga ushbu Nizom talablari hamda vazirliklar va muassasalar tomonidan belgilagan tartibga koʻra, oliy harbiy taʼlim muassasasini tugatganligi haqidagi davlat namunasidagi diplom va unga ilova, oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlari undirilgandan soʻng beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻqish uchun sarflangan budjet mablagʻlarini qaytarmagan shaxslarga keyinchalik ishga joylashish uchun diplomning vaqtinchalik berilmaslik sabablari koʻrsatilgan va oliy maʼlumotga ega ekanligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma hamda oʻzlashtirgan oʻquv fanlari roʻyxati, ularning hajmi va baholari qayd qilingan diplom ilovasidan koʻchirma beriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 44-son, 473-modda; 2013-y., 24-son, 323-modda)