Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
QON BILAN BOGʻLIQ BOʻLGAN KOʻP MAROTABA QOʻLLANILIShI TAQIQLANGAN TIBBIY ANJOM VA USKUNALAR ROʻYXATIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 23-oktabrda 1784-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2013-yil 28-yanvardagi 16-sonli “Qon ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan koʻp marotaba qoʻllanilishi taqiqlangan tibbiy buyum va asboblar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2422, 05.02.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-sonli “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 2-oktabrdagi PQ-700-son “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirning 2008-yil 4-martdagi 91-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Qon bilan bogʻliq boʻlgan koʻp marotaba qoʻllanilishi taqiqlangan tibbiy anjom va uskunalar roʻyxatiga (roʻyxat raqami 1784, 2008-yil 4-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 107-modda) ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-oktabr,
299-son
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2009-yil 9-oktabrdagi 299-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Qon bilan bogʻliq boʻlgan koʻp marotaba qoʻllanilishi taqiqlangan tibbiy anjom va uskunalar roʻyxatiga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Qon bilan bogʻliq boʻlgan koʻp marotaba qoʻllanilishi taqiqlangan tibbiy anjom va uskunalar roʻyxatiga quyidagi mazmundagi 38—43-pozitsiyalar qoʻshilsin:
| 38. | Dializator* |
| 39. | Arteriyadan qon oʻtkazuvchi magistral* |
| 40. | Venaga qon oʻtkazuvchi magistral* |
| 41. | Arteriya qon tomiri uchun dializ ignasi* |
| 42. | Vena qon tomiri uchun dializ ignasi* |
| 43. | Dializ uchun kateter* |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 44-son, 471-modda)