Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 30.08.2009 yildagi 252-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMTNING TARAQQIYOT DASTURI ISHTIROKIDAGI “ZARAFSHON DARYOSI HAVZASIDA SUV RESURSLARINI INTEGRATSIYALI BOSHQARISH VA SUVNI TEJASH REJASI” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv resurslaridan oqilona foydalanishga yoʻnaltirilgan suv resurslarini integratsiyali boshqarish prinsiplarini bosqichma-bosqich joriy etish, ularning isrof boʻlishini qisqartirish, suvni tejashni ragʻbatlantirish, iqtisodiyot sektorlarini suv bilan barqaror va balansli taʼminlash tizimini yaratish, shuningdek BMTning Taraqqiyot dasturida berilayotgan grant mablagʻlaridan maqsadli foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Zarafshon daryosi havzasida suv resurslarini integratsiyali boshqarish va suvni tejash rejasi” loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga BMTning Taraqqiyot dasturida 1259245 AQSH dollari miqdorida grant mablagʻlari ajratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha komponentlarini moliyalashtirish 1-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
grant mablagʻlarini va loyiha xodimlarini boshqarish BMT Taraqqiyot dasturi tartibotlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Loyihani amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha yechimlarini joriy etishni jadallashtirish boʻyicha tavsiyalar va tadbirlar ishlab chiqqan holda, ajratilayotgan mablagʻlarning samarali oʻzlashtirilishi yuzasidan nazoratni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning tegishli komponentlarini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhlar tarkibini ikki oy muddatda, belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning amalga oshirilishini muntazam ravishda koʻrib borsin hamda zarurat boʻlganda, uning samarali va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga BMT Taraqqiyot dasturi tartibotlariga muvofiq grant mablagʻlaridan oʻz vaqtida va maqsadli foydalanilishini taʼminlash, shuningdek loyihani samarali amalga oshirish yuzasidan javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi loyihani amalga oshirish guruhini (loyiha xodimlarini) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ulushi sifatida ofis binosi va zarur telekommunikatsiya vositalari bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi loyihani amalga oshirish davrida, loyiha xodimlarini ofis binosi bilan taʼminlash va telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish bilan bogʻliq xarajatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi uchun tasdiqlangan budjet mablagʻlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ulushi sifatida moliyalashtirishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalarining belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi buyurtmanomalariga binoan, loyihaning xorijiy mutaxassislari uchun koʻp martalik kirish vizalari rasmiylashtirilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 30-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
252-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-avgustdagi 252-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMTning Taraqqiyot dasturi ishtirokidagi “Zarafshon daryosi havzasida suv resurslarini integratsiyali boshqarish va suvni tejash rejasi” loyihasi komponentlarini moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(AQSH dollarida)

T/r Komponentlar nomi Xarajatlar toifasi Hammasi shu jumladan yillar boʻyicha
xodimlar ofis xizmatlari toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlar (tashkiliy texnika, idora ashyolari, avtotransport ijarasi) uchrashuvlar, seminarlar va tanishish safarlari hisobotlar va tahliliy tadqiqotlar namoyish qilish va tajriba loyihalari safarlar va transport 2009-2010-yillar 2010-2011-yillar 2011-2012-yillar
I

BMT Taraqqiyot dasturining grant mablagʻlari

1.‎ Oʻzbekistonda suv resurslarini integratsiyali boshqarish uchun qonunchilik bazasini va tashkiliy bazani takomillashtirish 133 240‎ —‎ 11616‎ 59800‎ 20000‎ —‎ 31600‎ 256256‎ 136584‎ 79696‎ 39976‎
2‎ Zarafshon daryosi havzasida kommunal xoʻjaligi xizmatlarini takomillashtirish 131 360‎ —‎ 15223‎ 15400‎ 20000‎‎ 50000‎ 37850‎ 269833‎ 103076‎ 111711‎ 55046‎
3.‎ Zarafshon daryosi havzasida suv resurslarini integratsiyali boshqarish va suvni tejash rejasi 158 820‎ —‎ 14080‎ 15400‎‎ 100000‎ 400000‎ 44856‎ 733156‎ 302793‎ 341651‎ 88712‎
Jami 423 420‎ 40919‎ 90600‎‎ 140000‎‎ 450000‎‎ 114306‎‎ 1259245‎ 542453‎ 533058‎ 183734‎
II‎ Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ulushi —‎ 46206‎ —‎ —‎ —‎ —‎ 46206‎ 15402‎ 15402‎‎ 15402‎‎
Jami 423 420‎ 46206‎ 40919‎ 90600‎ 140000‎ 450000‎ 114306‎ 1305451‎

557855‎

548460‎

199136‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani amalga oshirish davomida uning budjeti boʻyicha xarajatlar BMTning Taraqqiyot dasturi bilan kelishgan holda qayta taqsimlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-avgustdagi 252-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMTning Taraqqiyot dasturi ishtirokidagi “Zarafshon daryosi havzasida suv resurslarini integratsiyali boshqarish va suvni tejash rejasi” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamrayev Sh.R.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi‎
Anita Nirodi‎ —‎ BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi Vakolatxonasi boshligʻi, Muvofiqlashtiruvchi kengashning hamraisi (kelishuv boʻyicha)‎
Salimov A.X‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari‎
Tursunov Yo.E.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari‎
Xabirov R.S.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi‎
Qodirov B.Sh.‎ —‎ “Oʻzgidromet” markazi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari‎
Mavlonov A.A.‎ —‎ “GIDROINGEO” instituti direktori‎
Ahmedov O.Yu.‎ —‎ “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktorining oʻrinbosari‎
Abdurahmanov B.‎ —‎ “Oʻzbekenergo” DAK boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari‎
Mahmudov E.J.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Suv muammolari instituti direktori‎
lavozimi boʻyicha‎ —‎ Samarqand, Jizzax, Navoiy, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari‎
Mirhabibov Sh.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining boshqarma boshligʻi, Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibi‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.