Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
qarori
BUDJET MABLAGʻLARI HISOBIGA FUNDAMENTAL, AMALIY TADQIQOTLAR VA INNOVATSION IShLARNING ILMIY-TEXNIKA DASTURLARINI AMALGA OShIRIShDA QATNAShUVChI ILMIY-TADQIQOT MUASSASALARI ILMIY VA RAHBAR XODIMLARINING BAZAVIY LAVOZIM MAOShLARI MIQDORLARINI OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 16-oktabrda 2019-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2009-yil 16-dekabrdagi 13, 80-Q/Q, 116-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi (roʻyxat raqami 2057, 22.12.2009-y.) qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 8-iyuldagi PF-4119-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 28-son, 324-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-sonli “Ilmiy xodimlar mehnatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorini (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 34-son, 370-modda) bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-sonli qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 2009-yilning 1-yanvaridan boshlab amal qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari ilovaga muvofiq oʻzgartirilsin.
3. Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarning ish haqlarini 2009-yil 1-yanvardan amalga kiritilgan hamda 2009-yil 1-avgustdan oʻzgartirilgan bazaviy lavozim maoshlari miqdorini hisobga olgan holda 2009-yilning oxirigacha qayta hisoblanishini va toʻlanishini taʼminlasin.
4. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisi Sh. SALIXOV
Toshkent sh.,
2009-yil 22-sentabr,
11-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Toshkent sh.,
2009-yil 22-sentabr,
59 Q/Q-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 22-sentabr,
96-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2009-yil 22-sentabrdagi 11, 59 Q/Q, 96-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari
| № | Lavozimlarning nomi | Bazaviy lavozim maoshlarining miqdori, soʻm |
| 1. | Institut direktori | |
| | professor | 520 038 |
| | fan doktori | 498 911 |
| | fan nomzodi | 477 899 |
| 2. | Direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, institut va boshqa ilmiy muassasalar filialining direktori | |
| | professor | 477 899 |
| | fan doktori | 460 920 |
| | fan nomzodi | 440 299 |
| 3. | Institutning ilmiy kotibi, Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi (boʻlimi) mudiri | |
| | fan doktori yoki professor | 460 920 |
| | katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan nomzodi | 440 299 |
| | ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan nomzodi | 423 434 |
| 4. | Filial va boshqa ilmiy muassasalar direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari | |
| | fan doktori yoki professor | 440 299 |
| | katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan nomzodi | 423 434 |
| | ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan nomzodi | 406 476 |
| 5. | Bosh ilmiy xodim | |
| | professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan doktori | 440 299 |
| | katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan doktori | 423 434 |
| | ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan doktori | 406 476 |
| 6. | Etakchi ilmiy xodim | |
| | ilmiy unvonga ega boʻlgan fan doktori | 423 434 |
| | ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan doktori | 406 476 |
| | ilmiy unvonga ega boʻlgan fan nomzodi | 386 415 |
| 7. | Katta ilmiy xodim | |
| | ilmiy unvonga ega boʻlgan fan nomzodi | 386 415 |
| | ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan nomzodi | 366 583 |
| | ilmiy darajaga ega boʻlmagan | 347 193 |
| 8. | Kichik ilmiy xodim | |
| | fan nomzodi | 366 583 |
| | ilmiy darajaga ega boʻlmagan (2 yildan ortiq ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan) | 347 193 |
| | ilmiy darajaga ega boʻlmagan (2 yilgacha ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan) | 327 964 |
| 9. | Tajriba orttiruvchi tadqiqotchi | 289 365 |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 43-son, 459-modda)