Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.12.2013 14.10.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2018
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.12.2013
Hujjat 29.10.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMA YoZUVLARINING ShAKLLARI VA ULARNI TOʻLDIRISh BOʻYIChA QOIDALARNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 14-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2018]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq 2013-yil 1-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 23-oktabrdagi 234-mh-sonli “Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2397, 23.10.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini takomillashtirish, ish sifatini yaxshilash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisida nizomga asosan buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 19-oktabrdagi 242-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2018-1, 19.10.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 42-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tugʻilganlik haqida dalolatnoma yozuvining shakli” 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Nikoh tuzilganligi haqida dalolatnoma yozuvining shakli” 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Nikohdan ajralganlik haqida dalolatnoma yozuvining shakli” 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻlim haqida dalolatnoma yozuvining shakli” 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini toʻldirish qoidalari” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatiga olinsin va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (D. Saʼdullayev) hamda Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni 10 kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) 2009-yil noyabr-dekabr oylarida FHDY organlari xodimlari bilan dalolatnoma yozuvlarini toʻgʻri toʻldirish masalasida seminar oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari 2009-yil yakuniga qadar tegishli shaharcha, qishloq va ovullardagi fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) bilan dalolatnoma yozuvlarini toʻgʻri toʻldirish masalasida seminar mashgʻulotlari oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu buyruq 2010-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir R. MUHITDINOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 14-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
229-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2009-yil 14-oktabrdagi 229-mh-son buyrugʻiga
1-ILOVA

2-ILOVA

3-ILOVA

4-ILOVA

5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini toʻldirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI

Mazkur Qoidalar fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini (bundan keyingi oʻrinlarda dalolatnoma yozuvlari deb yuritiladi) toʻldirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dalolatnoma yozuvlari ikki nusxada tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnoma yozuvlarining har bir turi har yilning 1-yanvaridan 31-dekabrigacha tartib bilan ketma-ket raqamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dalolatnoma yozuvlari davlat tilida tushunarli va chiroyli dastxat bilan yoki kompyuter orqali toʻldiriladi. Dalolatnoma yozuvlari standart varaqda (A4 formatdagi qogʻoz) har bir bet hoshiyasi: yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan va oʻngdan 3 sm boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dalolatnoma yozuvlarining barcha ustunlari qisqartirishlarsiz va toʻliq (umumiy qabul qilinganlaridan tashqari) toʻldirilishi kerak. Dalolatnoma yozuvlarini dastxat bilan toʻldirishda siyoh rang ishlatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnoma yozuvlari xatosiz toʻldiriladi. Ulardagi soʻzlarni boʻyash, oʻchirish va chizish yoʻli bilan tuzatish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Dalolatnoma yozuvlari raqami katakchalariga dalolatnoma yozuvining raqami yoziladi. Uni qayd etish kuni, yili raqam bilan oyi esa, soʻzlar bilan toʻldiriladi va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining (bundan keyingi oʻrinlarda FHDY organi deb yuritiladi) shtampi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Dalolatnoma yozuvlarining “Tugʻilgan joyi”, “Doimiy yashash joyi”, “Oʻlgan joyi” ustunlaridagi “davlat”, “viloyat, shahar”, “tuman, shahar”, “shaharcha, qishloq, ovul” nomlari toʻliq yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan: “davlat” ustuniga Oʻzbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Buyuk Britaniya, Turkiya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishliligiga qarab “viloyat, shahar”, “tuman, shahar” va “shaharcha, qishloq, ovul” soʻzlaridan birining tagi chiziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan: Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek “tuman, shahar” yoki Samarqand “viloyat”, Kattaqoʻrgʻon “tuman, shahar”, Chimboy “qishloq, ovul”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Dalolatnoma yozuvlaridagi “Tugʻilgan sanasi” ustuni fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida toʻldiriladi. Kun, oy va yil raqam bilan yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Dalolatnoma yozuvlarining “Millati” ustuni shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar asosida toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolariga nisbatan dalolatnoma yozuvlari qayd etilayotganda millatidan tashqari qaysi davlat fuqarosi ekanligi ham koʻrsatiladi. Millati haqida maʼlumot boʻlmagan taqdirda fuqaroligi toʻgʻrisidagi maʼlumot yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Dalolatnoma yozuvlarining “Fuqaroligi” ustuniga qaysi davlat fuqaroligiga mansubligi koʻrsatiladi. Shaxsning fuqaroligi boʻlmasa, mazkur ustunga “fuqaroligi yoʻq” deb yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Dalolatnoma yozuvlarining “Qayerda va kim boʻlib ishlaydi” ustunida korxona, muassasa va tashkilotning toʻliq nomi hamda lavozimi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan: Moliya vazirligida boʻlim boshligʻi, Toshkent davlat yuridik institutida talaba, yakka tadbirkor yoki uy bekasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshga doir pensiyada boʻlgan shaxslarga nisbatan “pensioner”, harbiy xizmatchilarga nisbatan “harbiy xizmatchi” deb yozib qoʻyiladi. Nogironlik pensiyasidagi shaxslarga nisbatan “pensioner” deb, qaysi guruh nogironligi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Dalolatnoma yozuvlaridagi “Maʼlumoti” ustuni ariza beruvchining koʻrsatmasi asosida toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasasini tugatgan shaxslar uchun “oliy”, oliy taʼlim muassasasini tugatmagan shaxslar uchun “toʻliqsiz oliy”, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejini tugatgan shaxslar uchun “oʻrta maxsus, kasb-hunar”, umumiy oʻrta taʼlim muassasasini (I — IX sinflar) tugatgan shaxslar uchun “umumiy oʻrta”, umumiy oʻrta taʼlim muassasasini tugatmagan shaxslar uchun “toʻliqsiz oʻrta” va maʼlumoti boʻlmagan shaxslar uchun “maʼlumotsiz” soʻzlarining tagi chiziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Dalolatnoma yozuvlaridagi “Berilgan guvohnoma” ustuniga berilgan gerbli guvohnomaning seriyasi va raqami yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Dalolatnoma yozuvlaridagi “Belgilar uchun” ustuniga takroriy berilgan guvohnomaning seriyasi, raqami, berilgan kun, oy va yil hamda guvohnoma bergan FHDY organi xodimining familiyasi yozilib, imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agar dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish, tuzatish, qoʻshimchalar kiritilganda kun, oy, yil yoziladi hamda dalolatnoma yozuvining qaysi ustunlariga va qanday asosga koʻra kiritilganligi izohlanib, berilgan guvohnomaning seriyasi va raqami koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzgartirish, tuzatish, qoʻshimcha kiritgan FHDY organi xodimining familiyasi yozilib, imzolanadi va muhrlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Dalolatnoma yozuvi toʻldirilgandan soʻng FHDY organi mudiri va inspektor tomonidan ularning familiyalari yozilib imzolanadi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvining toʻldirilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. 1-3-ustunlarda tugʻilgan bolaning familiyasi, ismi, ota ismi yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “4. Jinsi” ustunida tegishliligiga qarab “erkak”, “ayol” yoki “nomaʼlum” soʻzlaridan birining tagi chiziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. “5. Tugʻilgan sanasi, vaqti, vazni va boʻyi” ustunida bolaning tugʻilgan kuni, oyi, yili, soati va daqiqasi raqam bilan yoziladi, vazni va boʻyi tibbiyot maʼlumotnomasi asosida toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-ustunning “Doimiy roʻyxatga quyiladigan joyi” qatori mazkur Qoidalarning 5-bandiga muvofiq (ota yoki onaning ogʻzaki koʻrsatmasiga asosan) toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. “7. Nechta bola tugʻildi” ustunida tugʻilgan bolaning (bolalarning) soni raqam bilan yoziladi. Agar ona koʻp homilali boʻlsa, unda tirik tugʻilgan bolalarning soni yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. 8-ustunda “tirik” yoki “oʻlik” soʻzlaridan birining tagi chiziladi. Bittadan ortiq tugʻilgan bolalardan biri oʻlik, qolgani tirik boʻlsa, har bir bolaga alohida dalolatnoma yozuvi qayd etiladi va dalolatnoma yozuvi raqami chiziqcha orqali, yaʼni quyidagi tartibda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, d/yo № 252 bilan Hasan (tirik), d/yo № 252/253 bilan Husan (oʻlik).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. “9. Onaning nechanchi bolasi” ustunida onaning ilgari tugʻilgan bolalari va vafot etgan bolalari ham hisobga kiritilib, raqam bilan yoziladi. Oʻlik tugʻilganlar hisobga kiritilmaydi. Ikkita yoki undan ortiq bolalar tugʻilganda dalolatnoma yozuvlari tartib bilan roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. “10. Tibbiy maʼlumotnoma” ustunida tibbiy maʼlumotnomaning raqami, berilgan kuni, oy va yili raqam bilan yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy maʼlumotnoma bergan tibbiyot muassasasining nomi toʻliq yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan: № 15; 10.03.2007-y., Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tuman 6-sonli akusherlik kompleksi (majmuasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. 11 — 17, 20-ustunlar qonuniy nikohda turgan ota-onadan tugʻilgan bola ota-onasining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (pasport, harbiy guvohnoma) va nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma taqdim etilmaganda avvalgi bolalarining tugʻilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvlari asosida toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onalardan birining shaxsini tasdiqlovchi hujjati boʻlmagan hollarda FHDY organi tugʻilganlikni qayd etishni rad qilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Bola yolgʻiz (nikohda boʻlmagan) onadan tugʻilganida ota ustuni onaning koʻrsatmasiga asosan toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ota-onalari oʻrtasida nikoh qayd etilmagan boʻlsa (tugʻilganlikni qayd etishda otasi ishtirok etmagan taqdirda) bolaning otasi haqidagi yozuv onaning notarial yoki tibbiy muassasa tomonidan tasdiqlangan arizasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. “20. Otasi haqida maʼlumotni yozish uchun asos” ustunining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a) nikoh qachon va qayerda qayd etilgan” bandida ota-onaning nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasiga asosan nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvining raqami, qayd etilgan kuni, oy va yili raqam bilan hamda FHDY organining nomi toʻliq yoziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nikoh boshqa davlatda qayd etilgan boʻlsa, uni qayd etgan organning nomi yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b) otalikni belgilash toʻgʻrisida ariza” bandida arizaning roʻyxatga olingan (kirim) tartib raqami, kun, oy va yili raqam bilan toʻldiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v) onaning arizasi” bandida yolgʻiz ona arizasining roʻyxatga olingan (kirim) raqami, kun, oy, yili va pasport maʼlumotlari raqam bilan toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. “21. Ariza bilan murojaat qilgan shaxsning F.I.O., manzili va imzosi (aloqadorligi)” ustunida tugʻilganlikni qayd ettirish uchun murojaat etgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash manzili ariza muallifining ogʻzaki koʻrsatmasiga asosan toʻliq, qisqartirishlarsiz yoziladi va ariza muallifi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan: Rahmonov Aziz Rustamovich (bobosi), Samarqand viloyati, Jomboy tumani, S. Rahimov koʻchasi, 77-uy — imzo.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvining toʻldirilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. 1—3-ustunlarda nikohlanuvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, harbiy guvohnoma) asosida nikohgacha va nikohdan keyingi familiyasi, ismi, otasining ismi qisqartirishlarsiz koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. “Nikohdan keyingi familiyasi” qatori nikohlanuvchilarning oʻz xohishlariga koʻra nikohga kirish haqidagi arizalari asosida toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. “5. Yoshi” ustuniga nikohlanuvchilarning yoshi nikoh qayd etiladigan kun, oy va yilga qarab belgilangan holda toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar nikoh qayd etiladigan oy nikohlanuvchilarning tugʻilgan oyidan keyin boʻlsa (tugʻilgan oy bilan nikoh belgilangan oy bir boʻlsa, kuniga qarab belgilanadi) ularning yoshi qayd etiladigan yil bilan tugʻilgan yil oʻrtasidagi farqqa teng boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar nikoh qayd etiladigan oy nikohlanuvchilarning tugʻilgan oyidan oldin boʻlsa, unda ularning yoshi nikoh qayd etiladigan yil bilan tugʻilgan yil oʻrtasidagi farqdan bir yilga kam boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, 2007-yil 8-fevralda nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvi qayd etildi. Kuyovning tugʻilgan sanasi 1978-yil 1-yanvar boʻlsa, 2007 – 1978 = 29 yosh. Kelinning tugʻilgan sanasi 1986-yil 5-iyun boʻlsa, 2007 – 1986 – 1= 20 yosh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. “11. Oilaviy ahvoli” ustunida “nikohda boʻlmagan”, “beva”, “tul” yoxud “ajrashgan” soʻzlaridan birining tagi chiziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. “12. Umumiy farzandlar toʻgʻrisida maʼlumot” ustunida nikohlanuvchilarning umumiy farzandi boʻlsa, tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida farzandining familiyasi, ismi, tugʻilgan sanasi, tugʻilganligini qayd etgan FHDY organining nomi, qayd etilgan sanasi, dalolatnoma yozuvining raqami yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy farzandlari ikki yoki undan ortiq boʻlgan hollarda, ulardan faqat birining maʼlumotlari koʻrsatilib, qolganlarining soni yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan: 3 ta. Karimov Doniyor — 20-aprel 2005-yil Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tuman FHDY boʻlimi, 25.04.2005-yil d/yo № 705.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy farzandlari boʻlmasa “yoʻq” deb yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. “13. Doimiy yashash joyi” ustuni nikohlanuvchi shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. “14. Taqdim etilgan hujjatlar” ustuni nikohlanuvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari boʻyicha toʻldiriladi va ularning seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. 15-ustun bilan nikohlanuvchilar tanishtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. “16. Nikohga kiruvchilarning nikohgacha familiyasi va imzosi” ustunida nikohlanuvchilarning nikohgacha boʻlgan familiyalari yoziladi va nikohlanuvchilar tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. “17. Guvohlarning familiyasi va imzosi” ustuni nikohlanuvchilarning istaklariga binoan guvohlar ishtirokida nikoh qayd etilganda guvohlarning familiyalari yozilib imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. “19. Belgilar uchun” ustunida quyidagilardan biri koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari nikohda boʻlgan shaxsning avvalgi nikohi bekor qilinganligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning nikohdan ajratish haqidagi hal qiluv qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nikohni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er (xotin)ning oʻlimi haqidagi guvohnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, mazkur ustunda nikohdan ajralganlik va oʻlim haqidagi guvohnomalar qayd etilgan sana, dalolatnoma yozuvining raqami va qaysi FHDY organida roʻyxatga olinganligi koʻrsatiladi. Sudning qonuniy kuchga kirgan qarorining sanasi va qaysi sud tomonidan chiqarilganligi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvining toʻldirilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. 1—3-ustunlarda nikohdan ajralish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilgan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (pasport, harbiy guvohnoma) asosida familiyasi, ismi, ota ismlari qisqartirishlarsiz koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. “Nikohdan ajralgandan keyingi familiyasi” qatori er yoki xotindan birining nikohgacha boʻlgan familiyasiga qaytish toʻgʻrisida nikohdan ajralish haqidagi arizasida koʻrsatilishi boʻyicha toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 1998-yil 1-sentabrigacha qonuniy kuchga kirgan qarori boʻyicha nikohdan ajralishni qayd etish haqida er-xotindan biri FHDY boʻlimiga murojaat qilgan paytda FHDY organiga kelmagan er yoki xotinning “Nikohdan ajralgandan keyingi familiyasi” qatori toʻldirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. “5. Yoshi” ustuniga nikohdan ajralayotganlarning yoshi (nikohdan ajralganlik qayd etilayotgan kun, oy va yilga qarab) yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar nikohdan ajralishni qayd etiladigan oy nikohdan ajraluvchilarning tugʻilgan oyidan keyin boʻlsa (tugʻilgan oy bilan nikohdan ajratilishi belgilangan oy bir boʻlsa, kuniga qarab belgilanadi), ularning yoshi qayd etiladigan yil bilan tugʻilgan yil oʻrtasidagi farqqa teng boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar nikohdan ajralganlik qayd etiladigan oy nikohdan ajraluvchilarning tugʻilgan oyidan oldin boʻlsa, ularning yoshi nikohdan ajralish qayd etiladigan yil bilan tugʻilgan yil oʻrtasidagi farqdan bir yilga kam boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan: 2006-yil 12-aprelda nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etildi. Erning tugʻilgan vaqti 1976-yil 18-fevral boʻlsa, 2006 – 1976 = 30 yosh. Xotinning tugʻilgan vaqti 1982-yil 15-avgust boʻlsa, 2006 – 1982 – 1 = 23 yosh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. “11. Nechanchi nikohi” ustunida nikohdan ajraluvchilarning nechanchi nikohi ekanligiga qarab “birinchi”, “ikkinchi”, “uchinchi va undan ortiq” soʻzlaridan birining tagi chiziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. “12. Ajratilayotgan nikoh” ustunida nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvining raqami, kuni, oyi, yili raqam bilan toʻldiriladi. Nikoh qaysi FHDY organida va qayerda qayd etilganligi toʻliq yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. “13. Dalolatnoma yozuvi uchun asos” ustunining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a” bandida er-xotinning birgalikda bergan arizasi, uning berilgan kuni, oy, yili va kirim raqami yoziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b” bandida nikohdan ajratish toʻgʻrisida qaror chiqargan sudning toʻliq nomi, qaror chiqqan kun, oy, yil yoziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v” bandida fuqaroni bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topgan sudning nomi va fuqaroning familiyasi, ismi va ota ismi, qaror chiqqan kun, oy, yili yoziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“g” bandida fuqaroni ozodlikdan mahrum qilish toʻgʻrisida hukm chiqargan sudning toʻliq nomi va fuqaroning familiyasi, ismi, ota ismi, hukm chiqqan kun, oy, yil yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. “14. 18 yoshga toʻlmagan umumiy bolalari soni” ustuni raqamlarda toʻldiriladi. Agar bolalari boʻlmasa, katakcha ichiga chiziq tortiladi va “yoʻq” deb yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. “15. Undirilgan davlat boji summasi va toʻlanganligi toʻgʻrisida belgi” ustunida toʻlangan davlat bojining summasi, toʻlov qogʻozining (patta) raqami va toʻlangan kuni, oy, yili koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. “16. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar” ustuni nikohdan ajraluvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari (pasport yoki harbiy guvohnoma) boʻyicha toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. “17. Ajraluvchilar imzosi” ustuni ajraluvchilar tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvining toʻldirilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. 1—3-ustunlarda marhumning familiyasi, ismi, otasining ismi qisqartirishlarsiz yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. “4. Jinsi” ustunidagi “erkak” yoki “ayol” soʻzlaridan birining tagi chiziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. “5. Millati” ustuni marhumning shaxsini tasdiqlovchi hujjati boʻyicha toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shaxsini tasdiqlovchi hujjati boʻlmasa, chiziq tortiladi. Belgilar uchun ustuniga “pasport topshirilmadi” deb yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. “7. Oʻlgan vaqti” ustunida oʻlim haqidagi tibbiy guvohnoma asosida marhumning vafot etgan sanasi (kun, oy va yil raqam bilan) koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. “8. Oʻlgan joyi” ustunida marhum vafot etgan joy nomi toʻliq yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. “9. Oʻlimning sababi” ustuni oʻlim haqidagi tibbiy guvohnoma asosida toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. “10. Tugʻilgan sanasi va joyi” ustuni marhumning tugʻilgan joyi va sanasi shaxsini tasdiqlovchi hujjati va(yoki) oʻlim haqidagi tibbiy guvohnoma asosida toʻldiriladi. Bu ustunda davlat, viloyat, tuman, shahar, shaharcha, qishloq, ovul soʻzlarining tagi tegishligiga qarab chiziladi va nomlari toʻliq yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. “11. Yashagan joyi (manzili) va shaxsini tasdiqlovchi maʼlumotlar” ustunida vafot etgan shaxsning yashagan joyi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar boʻyicha koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pasport seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi koʻrsatiladi, agar pasport FHDY organiga taqdim etilmagan boʻlsa, bu band toʻldirilmasdan, chiziq tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan hollarda oʻlim haqidagi tibbiy guvohnoma asosida yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 yoshga toʻlmay vafot etganlarga nisbatan oʻlimni qayd etish uning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi asosida amalga oshiriladi, guvohnomaning seriyasi, raqami va dalolatnoma yozuvining raqami, qachon va qaysi FHDY organi tomonidan berilganligi yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshi” katakchalarida marhumning yoshini toʻldirishda marhumning vafot etgan oyi tugʻilgan oyidan keyin boʻlsa, yosh toʻliq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, vafot etgan vaqti 2006-yil 23-iyul, tugʻilgan vaqti 1926 yil 10-may boʻlsa, yoshi 2006 – 1926 = 80 yosh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar marhumning vafot etgan oyi tugʻilgan oyidan oldin boʻlsa, unda marhumning yoshi (bir xil oylarda — kun), vafot etgan vaqti bilan tugʻilgan vaqtidagi farq 1 (bir) yilga kam boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvi 2006-yil 27-iyunda toʻldirilayotgan va marhumning tugʻilgan vaqti 1937 yil 29-dekabr boʻlsa, 2006 – 1937 – 1 = 68 yosh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tugʻilgan vaqti deb, tugʻilgan kun va oyi koʻrsatilmay, tasdiqlovchi hujjatlarda (pasport, harbiy guvohnoma) faqat yili koʻrsatilgan boʻlsa, tugʻilgan vaqti boʻlib, shu yilning 1-iyul kuni hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar vafot etgan shaxsning tugʻilgan kuni, oyi va yili nomaʼlum boʻlsa yoki shaxsi aniqlanmaganlarning oʻlimini qayd etishda tibbiy muassasaning xulosasida yoshi va tugʻilgan joyi haqida maʼlumotlar boʻlmasa 9-ustunga “nomaʼlum” deb yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bir yoshgacha vafot etgan bola” katakchalariga tirik tugʻilib, bir yoshga qadar vafot etgan bolalarning oʻlimiga qadar necha oy, kun yashagani raqam bilan yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Nechanchi bolasi” katakchalarida tugʻilgan bola (vafot etgan bolalari ham hisoblanadi, oʻlik tugʻilganlari hisobga kirmaydi) nechanchi bolasi ekanligi raqam bilan koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Onaning yoshi” katakchalarida yoshi raqam bilan toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bir yoshgacha vafot etgan bola”, “Nechanchi bolasi”, “Onaning yoshi” katakchalari 1 yoshgacha vafot etgan bolalarga nisbatan toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. “12. Oilaviy ahvoli” ustunida “nikohda boʻlmagan”, “beva”, “tul” yoxud “ajrashgan” soʻzlaridan birining tagi chiziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. “13. Ish joyi (qayerda va kim boʻlib ishlagan)” ustunida vafot etgan shaxsning ish joyi va lavozimi yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. “15. Oʻlimni tasdiqlovchi hujjatlar” ustunida oʻlim haqidagi tibbiy guvohnomaning raqami, berilgan kuni, oyi va yili, kim tomonidan (tibbiyot muassasasining nomi) berilganligi toʻliq yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a” bandida oʻlim haqida tibbiy guvohnoma raqami va berilgan sanasi raqam bilan shifokorning familiyasi, ismi va ota ismi toʻliq yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan: № 315, 10.02.2007-y., Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani 9-sonli Oilaviy poliklinika, shifokor Mirzayeva Xalima Tursunovna.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b” bandida fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish haqida qaror chiqargan sudning nomi yoziladi va sanasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, Toshkent shahar fuqarolik ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tumanlararo sudi, 13.03.2006-y.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. “16. Ariza bilan murojaat etgan shaxsning F.I.O, manzili yoki oʻlim haqida ariza bergan muassasaning nomi va manzili” ustunida murojaat etgan shaxsning familiyasi ismi va otasining ismi (muassasaning nomi), yashash manzili (joylashgan yeri), qarindoshligi (aloqadorligi) toʻliq yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. “18. Qabristonga va sugʻurta kassasiga topshirish uchun maʼlumotlarni olganligi toʻgʻrisida belgi” ustuni oʻlim haqidagi guvohnomani, qabriston va sugʻurta kassasiga topshirish uchun maʼlumotnomalarni olgan shaxs tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. “19. Belgilar uchun” ustuniga nomaʼlum shaxs va shaxsi aniqlanmaganlarning oʻlimi qayd etilganda “murdaning shaxsi aniqlanmagan”, “pasport” yoki “tugʻilganlik haqidagi guvohnoma topshirilmadi”, tugʻilib vafot etgan yoki 1 yoshgacha vafot etgan bolalarga “oʻlim haqidagi guvohnoma berilmagan”ligi haqida belgi quyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Dalolatnoma yozuvlari toʻldirilgandan soʻng ariza bilan murojaat qilgan shaxs tomonidan oʻqib chiqiladi va imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat statistika qoʻmitasi raisi Gʻ. QUDRATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 22-sentabr

Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 22-sentabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 23-sentabr

Xalq taʼlimi vaziri Gʻ. ShOUMAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 23-sentabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 42-son, 455-modda; 2011-y., 42-son, 458-modda; 2012-y., 43-son, 501-modda)