06.10.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2011
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining qarori, 06.10.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2011
Кучга кириш санаси
16.10.2009
Hujjat 19.03.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 6-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2011]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori Sh. JAVLONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 4-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39/QQ-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMAILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 4-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27/QQ-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2009-yil 4-sentabrdagi 39/QQ va 27/QQ-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari bitiruvchi oʻquvchilarining (bundan buyon matnda oʻquvchilar deb yuritiladi) yakuniy davlat attestatsiyasini (bundan buyon matnda yakuniy attestatsiya deb yuritiladi) tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarida (bundan buyon matnda taʼlim tashkilotlari deb yuritiladi) yakuniy attestatsiya:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning bilim, malaka va koʻnikma darajasining davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiqligini kompleks baholash;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarga taʼlim tashkilotini tugatganligi toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom berish masalasini hal etish maqsadlarida oʻtkaziladi.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yakuniy attestatsiya taʼlim tashkilotlarida tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi (bundan buyon matnda DAK deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yakuniy attestatsiyani oʻtkazish uchun DAKdan tashqari davlat imtihonlari oʻtkaziladigan har bir fandan alohida Imtihon komissiyalari tashkil etiladi. Imtihon komissiyalari faoliyat yuritishda DAKga boʻysunadi hamda hisobot beradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. DAKning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning bilim, malaka va koʻnikma darajasining davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiqligini kompleks baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAK bayonnomalarini rasmiylashtirish, yakuniy hisobot va tahliliy xulosalarini tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat imtihonlarini oʻtkazish kuni va sinov ishlarining shaklini aniqlash;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topshiriqlar toʻplamini va baholash mezonlarini tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tashkilotini tugatganligi toʻgʻrisida oʻquvchiga davlat namunasidagi diplom berish masalasini hal etish.
(4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. DAK oʻz faoliyatini mazkur Nizom va oʻquvchilarning tayyorgarlik darajasi hamda taʼlim mazmuniga qoʻyilgan Davlat taʼlim standartlari talablarini bajarishga yoʻnaltirilgan boshqa qonunchilik hujjatlariga tayangan holda olib boradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Taʼlim dasturlarini toʻliq oʻzlashtirgan oʻquvchilar, shuningdek taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar yakuniy attestatsiyadan oʻtishlari majburiy.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Yakuniy attestatsiya sinovlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yakuniy attestatsiya sinovlari davlat imtihonlari shaklida amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yakuniy attestatsiya sinovlarining tarkibiy qismlari va ularni oʻtkazish muddati taʼlim tashkilotlarining namunaviy oʻquv rejasiga muvofiq belgilanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat imtihonlarini oʻtkazish jadvali taʼlim tashkiloti direktori tomonidan yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida oʻttiz kun oldin tasdiqlanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat imtihonlarining namunaviy savol va topshiriqlari mazmuni, hajmi va murakkablik darajasi tegishli fanning malaka talablariga muvofiq oʻquv dasturida nazarda tutilgan materiallarni oʻquvchi tomonidan oʻzlashtirilganlik darajasini aniqlashga yoʻnaltirilgan boʻlishi shart.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. DAK tarkibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. DAK aʼzolari tarkibi 5 yoki 7 kishidan iborat boʻlib, uning uchdan ikki qismi qatnashganda yakuniy attestatsiya vakolatli hisoblanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oliy taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilari, turdosh va mazkur taʼlim tashkilotining tajribali, malakali oʻqituvchilari tarkibidan DAK hamda Imtihon komissiyalari shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihon komissiyalari aʼzolari tarkibining kamida oʻttiz foizini oliy taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilari hamda turdosh taʼlim tashkilotlarining vakillari tashkil etishi lozim.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yakuniy attestatsiyada vasiylik kengashi, fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organlari va ota-onalar vakillari jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. DAK va Imtihon komissiyalari aʼzolari tarkibi taʼlim tashkiloti direktorining vazirlik va idoralar, tegishli oliy taʼlim tashkilotlari va turdosh taʼlim tashkilotlari rahbarlariga yoʻllagan yozma murojaatlariga ularning yuborgan rozilik xati asosida yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida qirq besh kun oldin shakllantiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. DAK raisi yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida ikki hafta oldin bir yil (kalendar yil) muddatga vazirlik, idora yoki oliy taʼlim tashkiloti rahbarining, DAK aʼzolari esa, taʼlim tashkiloti direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. DAK raisi akademik litseylarda tayanch oliy taʼlim tashkiloti rektori bilan kelishilgan holda mazkur oliy taʼlim tashkilotining professor-oʻqituvchilari tarkibidan, shuningdek, turdosh oliy taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilari vakillari tarkibidan tanlanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Bir kishi ketma-ket bir taʼlim tashkilotida ikki martadan ortiq DAK raisi boʻlishi mumkin emas.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Taʼlim tashkilotining direktori yoki uning oʻrinbosarlari (xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosaridan tashqari) DAK raisi oʻrinbosari hisoblanadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. DAK raisi komissiya faoliyatini tashkillashtiradi, nazorat qiladi, uning xulosa va qarorlarini imzolaydi hamda oʻquvchilarga qoʻyilgan talablarning bir xilligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAK raisi oʻrinbosari yakuniy attestatsiyani oʻz vaqtida sifatli oʻtkazishga hamda DAKning ishlashi uchun zarur sharoitlarni yaratishga masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. DAK har yili yakuniy attestatsiyani oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish davridan boshlab keyingi oʻquv yili boshlangunga qadar faoliyat koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakuniy attestatsiyani tashkil etish va oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Yakuniy attestatsiyani tashkil etish va oʻtkazishning umumiy qoidalari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻquv reja va dasturlarining barcha talablarini toʻliq bajargan oʻquvchi taʼlim tashkiloti direktorining buyrugʻiga asosan yakuniy attestatsiyaga qoʻyiladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar tegishli yakuniy attestatsiya topshiriladigan fandan davlat imtihonlarini topshirmaydi va ularga maksimal ball beriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 10-martdagi 100-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2011-5, 19.03.2026-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/2011-5/0268-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Yakuniy attestatsiyada ijobiy baho olgan oʻquvchiga taʼlim tashkilotini tamomlaganligi toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom beriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Oʻquv rejasida nazarda tutilgan fanlardan yakuniy baholarining kamida 86 foizi “aʼlo” va qolgan fanlardan “yaxshi” boʻlgan, yakuniy attestatsiya sinovlaridan “aʼlo” baholar olgan, namunali xulqqa ega boʻlgan hamda jamoat ishlarida faol ishtirok etgan oʻquvchilarga aʼlo darajali diplom beriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Yakuniy attestatsiya sinovlarining birortasidan “2” (qoniqarsiz) baho olgan yoki unga uzrli sabab (oʻquvchining yoki yaqin qarindoshining betobligi (tibbiy maʼlumotnoma asosida), yoʻl-transport hodisasi, yaqin qarindoshining vafoti, yaqin qarindoshining nikoh tuzishi, respublika yoki xalqaro olimpiada va tanlovlarda taʼlim tashkiloti nomidan ishtirok etganligi, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlishi sababli) bilan kelmagan oʻquvchi boshqa sinovlar (davlat imtihonlari)ni topshirish huquqidan mahrum etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy attestatsiya sinovlarining birortasidan “2” (qoniqarsiz) baho olgan yoki unga uzrli sabab bilan ishtirok eta olmagan oʻquvchilarga shu oʻquv yilida DAK faoliyati yakuniga qadar tegishli imtihonni bir marta qayta topshirishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta topshirish jarayonlari attestatsiya tugaganidan soʻng oʻquvchining arizasiga muvofiq bir oy ichida oʻtkaziladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Oʻrta maxsus taʼlimning davlat taʼlim standartiga muvofiq oʻqishning taʼlim dasturini bajargan, biroq yakuniy attestatsiyasida ishtirok etmagan yoki undan oʻtmagan 2-bosqich oʻquvchilari Pedagogik kengash qarori asosida DAK faoliyat koʻrsatayotgan davrda 3 yil mobaynida yakuniy attestatsiyani qayta topshirish huquqiga ega.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Yakuniy attestatsiyani uch yil mobaynida ham topshirmagan oʻquvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, davlat taʼlim standartlari doirasida umumiy oʻrta taʼlim dasturlarini mustaqil oʻzlashtirgan holda eksternat tartibida yakuniy attestatsiyasini topshirish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy davlat attestatsiyasini eksternat tartibida muvaffaqiyatli topshirgan oʻquvchilarga belgilangan tartibda oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi davlat namunasidagi shahodatnoma beriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 10-martdagi 100-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-5, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/2011-5/0268-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Taʼlim tashkilotlarida davlat imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish
(2-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Davlat imtihonlari ona tili va adabiyot, Oʻzbekiston tarixi va taʼlim yoʻnalishining namunaviy oʻquv rejasida belgilangan ikkita chuqurlashtirilgan fanlar boʻyicha oʻtkaziladigan imtihonlardan iborat.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Imtihonlar ona tili va adabiyot fanidan insho, matematika fanidan yozma, Oʻzbekiston tarixi fanidan test va qolgan fanlardan ogʻzaki sinovlar koʻrinishida oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari chuqurlashtirib oʻqitiladigan taʼlim yoʻnalishlarida ona tili va adabiyot hamda Jahon tarixi fanlaridan ogʻzaki imtihonlar ham oʻtkaziladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 10-martdagi 100-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2011-5, 19.03.2026-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/2011-5/0268-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim yoʻnalishlarining xususiyatlaridan kelib chiqib, ayrim yoʻnalishlarda chuqurlashtirilgan fandan davlat imtihoni ijodiy imtihon koʻrinishida oʻtkazilishi mumkin.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Davlat imtihonlari materiallari hamda mezonlari, ijodiy imtihonni oʻtkazish tartibi Imtihon komissiyalari tomonidan ishlab chiqiladi hamda DAK raisi tomonidan tasdiqlanadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Yozma ravishda oʻtkaziladigan davlat imtihonlari uchun ajratiladigan vaqt sarfi Oʻrta maxsus taʼlimning davlat taʼlim standartiga muvofiq tayanch oʻquv rejasida davlat attestatsiyasi uchun koʻzda tutilgan soatlar doirasida amalga oshiriladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(3-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Oʻzbekiston tarixi boʻyicha oʻtkaziladigan test sinovlarini xolisona va adolatli oʻtkazish DAK va Imtihon komissiyasi aʼzolari, auditoriya rahbari va kuzatuvchisi zimmasiga yuklatiladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Auditoriya rahbari va kuzatuvchilar taʼlim tashkilotlarining pedagog oʻqituvchilari (test oʻtkaziladigan fan oʻqituvchilaridan tashqari) hamda taklif etilgan (umumiy oʻrta taʼlim maktablarining oʻqituvchisi, jamoat tashkilotlari vakili va shu kabi)lar orasidan DAK tomonidan tanlab olinadi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Test sinovlari topshiriqlari toʻplami oʻquv dasturlari mazmunini toʻliq qamrab olgan holda taʼlim tashkiloti oʻqituvchilari tomonidan shakllantiriladi, tegishli boʻlim (kafedra)larda muhokama qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim tashkiloti tomonidan test sinovlari topshiriqlari namunalari kamida bir oy oldin oʻquvchilarning eʼtiboriga yetkazilishi lozim.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. DAK test sinovlari topshiriqlari toʻplami asosida test sinovlari variantlarini tuzadi va ularning oshkor etilmasligini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Test sinovlari topshiriqlari fan dasturlari doirasida tuziladi. Test sinovlari topshiriqlari soni oʻquv guruhlari sonidan kam boʻlmasligi kerak.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Test sinovlari boshlangandan keyin hech kim sinov oʻtkazilayotgan auditoriyaga kiritilmaydi, oʻquvchilar test materiallarini oʻrnatilgan tartibda topshirmaguncha auditoriyadan chiqarilmaydi va test topshiriqlari boʻyicha oʻquvchilar bilan savol-javoblar qilinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Test sinovlari topshiriqlarida koʻzda tutilgan vazifalarni bajarish taʼlim tashkilotining ilmiy-pedagogik kengashi qaroriga muvofiq javoblar varagʻi orqali yoki axborot kommunikatsiya vositalari yetarli boʻlgan taʼlim tashkilotlarida kompyuterlar yordamida amalga oshirilishi mumkin.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Test sinovlari topshiriqlari jami 50 ta savoldan iborat boʻladi. Topshiriqlarni bajarish uchun 2 astronomik soat, belgilangan javoblarni javoblar varaqasiga koʻchirish uchun qoʻshimcha 10 daqiqa vaqt beriladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Test sinovlari jarayonida oʻquvchilar tomonidan darslik, oʻquv qoʻllanma, matn, shpargalka, uyali telefon va boshqa aloqa vositalaridan foydalanish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test topshirish qoidalariga rioya qilmagan oʻquvchilar test sinovidan chetlashtiriladi va bu haqda oʻsha zahoti dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan soʻng auditoriya rahbari test sinovi tugaganligini rasman eʼlon qiladi, oʻquvchilardan test materiallarini qabul qilib oladi va ularni yelimlangan paketda DAKga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. DAK tomonidan test sinovlari topshiriqlarini yakuniy baholashda topshiriqlarning 86 — 100 foizi toʻgʻri bajarilgan holda 5 baho, 71 — 85 foizi toʻgʻri bajarilgan holda 4 baho, 56 — 70 foizi toʻgʻri bajarilgan holda 3 baho va 56 foizgacha toʻgʻri bajarilgan holda 2 baho qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. DAKning xulosasi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada test sinovlari boʻyicha berilgan topshiriqlar, oʻquvchining bahosi qayd etiladi. Bayonnoma DAK raisi, aʼzolari va kotibi tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-paragraf Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(V-bob Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Yakuniy attestatsiya sinovlarida olgan bahosiga eʼtiroz bildirgan oʻquvchilarning arizalarini koʻrib chiqish uchun taʼlim tashkiloti direktorining buyrugʻi bilan tegishli oliy taʼlim tashkilotining professor-oʻqituvchilari hamda taʼlim tashkilotining rahbar va pedagog xodimlari tarkibidan 5 kishidan iborat Apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi tarkibidan komissiya raisi va masʼul kotib tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir shaxs bir vaqtning oʻzida Imtihon komissiyasi va Apellyatsiya komissiyasi aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
(87-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 10-martdagi 100-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-5, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/2011-5/0268-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Oʻquvchilar yakuniy attestatsiya sinovlarida olgan baholaridan norozi boʻlgan taqdirda davlat imtihoni baholari eʼlon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida Apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini, u kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyati qabul qilinganligi hamda apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish kuni va vaqti toʻgʻrisida oʻquvchi yoki uning ota-onasi yoxud ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqishda oʻquvchi yoki uning ota-onasi yoxud ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar ishtirok etish huquqiga ega.
(88-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 10-martdagi 100-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-5, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/2011-5/0268-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
881. Apellyatsiya shikoyatini koʻrishda oʻquvchilarning davlat imtihoni natijasida olgan ballarini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
882. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha apellyatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat imtihoni natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat imtihoni natijalariga oʻzgartirish kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
883. Davlat imtihoni natijasini oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisidagi qaror apellyatsiya shikoyatida koʻrsatilgan dalillar oʻz tasdigʻini topmagan hollarda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat imtihoni natijalariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi qaror apellyatsiya shikoyatida koʻrsatilgan dalillar oʻz tasdigʻini topgan hollarda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
884. Oʻquvchi Apellyatsiya komissiyasi yigʻilishida bevosita ishtirok etgan taqdirda komissiya qarori shikoyat koʻrib chiqilgan kunning oʻzida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchi Apellyatsiya komissiyasi yigʻilishida ishtirok etmagan taqdirda komissiya qaroridan koʻchirma bayonnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab bir ish kuni ichida oʻquvchiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
885. Oʻquvchi apellyatsiya komissiyasi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
(881 — 885-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 10-martdagi 100-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2011-5, 19.03.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/2011-5/0268-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Taʼlim tashkiloti ilmiy-pedagogik kengashiga DAK raisi tahliliy hisobot taqdim etadi.
(89-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Ushbu Nizom idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasidagi barcha taʼlim tashkilotlariga tatbiq etiladi, bundan Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylar mustasno.
(90-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Mazkur Nizomda koʻzda tutilgan barcha tadbirlarni amalga oshirish uchun talab etiladigan xarajatlar taʼlim tashkilotlarining tasdiqlangan xarajatlar smetasida ushbu maqsadlarga ajratilgan mablagʻlari doirasida hamda budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar boʻyicha nizolar qonunchilik hujjatlari asosida hal qilinadi.
(92-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 20-avgust
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 19-avgust
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat va sport ishlari vaziri A. JABBOROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 25-avgust
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 18-avgust
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi T. QOʻZIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 27-avgust
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 26-avgust
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK boshqaruv raisi A. RAMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 21-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 41-son, 443-modda; 2013-y., 48-son, 626-modda; 2016-y., 18-son, 209-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 10/18/2011-3/2062-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son; 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son; 19.03.2026-y., 10/26/2011-5/0268-son)