Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 26-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009-yil 28-avgustda maʼqullangan
Senat tomonidan 2009-yil 28-avgustda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi 223-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 76-modda; 1992-yil, № 9, 363-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 640-modda) 18-moddasi birinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “qimmatbaho qogʻozlarga” degan soʻzlar “qimmatli qogʻozlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida”gi 285-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-mayda qabul qilingan 77-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 148-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 410-modda) 6-moddasi va 13-moddasi ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi oʻzbekcha matnidagi “qimmatbaho qogʻozlar” va “qimmatbaho qogʻozlarni” degan soʻzlar tegishincha “qimmatli qogʻozlar” va “qimmatli qogʻozlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi 734-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-mayda qabul qilingan 78-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 149-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 9, 417-modda) 10-moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “boshqaruv kompaniyalari” degan soʻzlar “investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi 841-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan 556-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 6-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 3-moddaning uchinchi qismidagi “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida” degan soʻzlar “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 8-moddaning beshinchi qismidagi “va muvofiqlashtirish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi 1054-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 24-aprelda qabul qilingan 474-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 5, 63-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 414-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 133-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 170-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining bankrotligi toʻgʻrisidagi ishda, ushbu Qonunning 36-moddasida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari, qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi ham ishtirok etuvchi shaxs deb hisoblanadi”;
2) 171-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining bankrotligi toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud boshqaruvchisi mazkur faoliyatni amalga oshirish uchun sud boshqaruvchisi sifatida attestatsiyadan oʻtishi, shuningdek unda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining malaka guvohnomasi boʻlishi kerak”.
Keyingi tahrirga qarang.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi 154-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 247-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 496-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda) oʻzbekcha matniga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 3-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “qimmatbaho qogʻozlar” degan soʻzlar “qimmatli qogʻozlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 17-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisidagi “qimmatbaho qogʻozlar” degan soʻzlar “qimmatli qogʻozlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) VIII boʻlimning nomidagi “QIMMATBAHO QOGʻOZLAR” degan soʻzlar “QIMMATLI QOGʻOZLAR” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 50-modda:
nomidagi “qimmatbaho qogʻozlar” degan soʻzlar “qimmatli qogʻozlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi, uchinchi qismining ikkinchi jumlasidagi va toʻrtinchi qismidagi “qimmatbaho qogʻozlar”, “Qimmatbaho qogʻozlar” va “qimmatbaho qogʻozlar” degan soʻzlar tegishincha “qimmatli qogʻozlar”, “Qimmatli qogʻozlar” va “qimmatli qogʻozlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 53-moddaning toʻrtinchi qismidagi “qimmatbaho qogʻozlar” degan soʻzlar “qimmatli qogʻozlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 223-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 61-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2007-yil, № 7, 325-modda, № 12, 598, 606, 608-moddalar; 2008-yil, № 9, 489-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 27-modda birinchi qismining oʻninchi xatboshisidagi “investitsiya institutlari” degan soʻzlar “qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 41-moddaning oʻn birinchi qismidagi “investitsiya institutlari” degan soʻzlar “qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 61-moddaning ikkinchi qismidagi “investitsiya instituti” degan soʻzlar “qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 114-modda birinchi qismining:
uchinchi xatboshisidagi “investitsiya institutlari” degan soʻzlar “qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisi oʻzbekcha matnidagi “qatnashchilarining” degan soʻz “ishtirokchilarining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi 222-II-sonli Qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 6-7, 105-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2007-yil, № 7, 323-modda, № 9, 416-modda) 1-ilovaning:
qirq uchinchi xatboshisi oʻzbekcha matnidagi “Qimmatbaho qogʻozlar” degan soʻzlar “Qimmatli qogʻozlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
qirq toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyat”.
Keyingi tahrirga qarang.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrda qabul qilingan OʻRQ–136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, 12-songa 1-ilova; 2008-yil, № 12, 639-modda) 147-moddasining 26-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26) investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar, davlat ishonchli boshqaruvchilari va davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar xizmatlarining qiymatini hamda ularga mukofotlar toʻlashga doir xarajatlar”.
Keyingi tahrirga qarang.
10-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-sentabr,
OʻRQ-216-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 37-son, 403-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son; 26.02.2021-y., 03/21/677/0155-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son; 13.04.2022-y., 03/22/763/0306-son)