O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
“QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 26-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009-yil 28-avgustda ma’qullangan
Senat tomonidan 2009-yil 28-avgustda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi 223-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 76-modda; 1992-yil, № 9, 363-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 640-modda) 18-moddasi birinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “qimmatbaho qog‘ozlarga” degan so‘zlar “qimmatli qog‘ozlarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi 285-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-mayda qabul qilingan 77-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 148-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 410-modda) 6-moddasi va 13-moddasi ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi o‘zbekcha matnidagi “qimmatbaho qog‘ozlar” va “qimmatbaho qog‘ozlarni” degan so‘zlar tegishincha “qimmatli qog‘ozlar” va “qimmatli qog‘ozlarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-fevraldagi O‘RQ-677-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 27-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2021-y., 03/21/677/0155-son)
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi 841-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan 556-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 6-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 3-moddaning uchinchi qismidagi “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida” degan so‘zlar “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 8-moddaning beshinchi qismidagi “va muvofiqlashtirish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 12-aprelrdagi O‘RQ-763-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 03/22/763/0306-son)
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi 154-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 247-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 496-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda) o‘zbekcha matniga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 3-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “qimmatbaho qog‘ozlar” degan so‘zlar “qimmatli qog‘ozlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 17-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisidagi “qimmatbaho qog‘ozlar” degan so‘zlar “qimmatli qog‘ozlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) VIII bo‘limning nomidagi “QIMMATBAHO QOG‘OZLAR” degan so‘zlar “QIMMATLI QOG‘OZLAR” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 50-modda:
nomidagi “qimmatbaho qog‘ozlar” degan so‘zlar “qimmatli qog‘ozlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi, uchinchi qismining ikkinchi jumlasidagi va to‘rtinchi qismidagi “qimmatbaho qog‘ozlar”, “Qimmatbaho qog‘ozlar” va “qimmatbaho qog‘ozlar” degan so‘zlar tegishincha “qimmatli qog‘ozlar”, “Qimmatli qog‘ozlar” va “qimmatli qog‘ozlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 53-moddaning to‘rtinchi qismidagi “qimmatbaho qog‘ozlar” degan so‘zlar “qimmatli qog‘ozlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 223-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 61-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2007-yil, № 7, 325-modda, № 12, 598, 606, 608-moddalar; 2008-yil, № 9, 489-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 27-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisidagi “investitsiya institutlari” degan so‘zlar “qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 41-moddaning o‘n birinchi qismidagi “investitsiya institutlari” degan so‘zlar “qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 61-moddaning ikkinchi qismidagi “investitsiya instituti” degan so‘zlar “qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 114-modda birinchi qismining:
uchinchi xatboshisidagi “investitsiya institutlari” degan so‘zlar “qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshisi o‘zbekcha matnidagi “qatnashchilarining” degan so‘z “ishtirokchilarining” degan so‘z bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi O‘RQ-701-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi O‘RQ-601-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
10-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-sentabr,
O‘RQ-216-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 37-son, 403-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son; 26.02.2021-y., 03/21/677/0155-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son; 13.04.2022-y., 03/22/763/0306-son)