Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASI HUZURIDA MUQADDAS QADAMJOLARNI SAQLASH VA OBOD ETISH XAYRIYA JAMGʻARMASINI TASHKIL QILISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-164-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Muqaddas islom dini, islom falsafasi va madaniyati rivojiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk ulamo va aziz-avliyolarning tabarruk nomlari bilan bogʻliq Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Hazrati Imom, Shohi Zinda, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy, Koʻk gumbaz, Dorus-saodat, Qosim shayx kabi mamlakatimiz hududidagi qutlugʻ ziyoratgoh va qadamjolarni talab darajasida saqlash va obodonlashtirish, ularning infratuzilmasini takomillashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi hamda “Nuroniy” jamgʻarmasining Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzurida Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamgʻarmasini tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
3. Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish jamgʻarmasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
yurtimizda yashab oʻtgan, yodgorlik va qadamjolari qutlugʻ ziyoratgohga aylanib ketgan aziz-avliyo va mutafakkirlarning qoldirgan bebaho merosini xalqimiz, avvalo yoshlarimizning qalbi va ongiga chuqur singdirish;
noyob tarixiy-meʼmoriy majmualar boʻlmish mazkur ziyoratgohlarni saqlash, tiklash-taʼmirlash va yanada obodonlashtirish, ularning infratuzilmasini rivojlantirish;
ushbu qadamjolarning musulmon dunyosidagi nufuzini yanada oshirish, bu maskanlarga mahalliy va xorijiy fuqarolarning keng koʻlamdagi ziyoratlarini uyushtirish, ziyoratchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
diniy taʼlim muassasalari uchun mutaxassislar tayyorlash hamda diniy sohada faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish masalasida moliyaviy koʻmak berish.
4. Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish jamgʻarmasi faoliyatining moliyaviy manbalari quyidagilardan iborat boʻlishi belgilab qoʻyilsin:
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy tashkilotlar, shuningdek, yurtimizdagi idora va muassasalar, ijtimoiy tashkilotlar, korxonalar, tijorat banklari va fuqarolarning xayriya mablagʻlari;
xorijiy mamlakatlarning xayriya tashkilotlari, jamgʻarmalar, davlat rahbarlari, din arboblari va boshqa shaxslarning xayr-ehsonlari.
5. Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan xayriya mablagʻlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida maxsus hisob raqami ochilsin.
6. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamgʻarmasiga tushadigan mablagʻlar soliqqa tortilmaydi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-avgustdagi “Din sohasidagi maʼnaviy-maʼrifiy, taʼlim ishlarini va faoliyatini yanada takomillashtirishda ijtimoiy koʻmak va imtiyozlar berish toʻgʻrisida”gi 364-sonli qarori ikkinchi bandining ikkinchi abzatsida qayd etilgan Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzurida tashkil etilgan maxsus jamgʻarma haqidagi punkt oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Maxsus jamgʻarmaning mol-mulki va moliyaviy mablagʻlarini yangitdan tuzilayotgan Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamgʻarmasi balansiga oʻtkazish haqidagi Oʻzbekiston musulmonlari idorasining taklifi maʼkullansin.
9. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va uning tasarrufidagi diniy tashkilotlar uchun kommunal xizmatlar (tabiiy gaz, ichimlik suvi, issiqlik energiyasi, elektr energiyasi, telefon, oqava suv va maishiy chiqindilarni tashish) boʻyicha belgilangan toʻlov imtiyozlari hisobidan hosil boʻlgan mablagʻlar Oʻzbekiston musulmonlari idorasi budjetiga oʻtkazilsin.
10. Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamgʻarmasining Oʻzbekiston musulmonlari idorasining maʼmuriy binosiga joylashtirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Uzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamgʻarmasi nizomini belgilangan tartibda ruyxatdan oʻtkazsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 7-avgust,
PQ-938-son
Oʻzbekiston Respublikasi 2008-yil 7-avgustdagi PQ-938-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston musulmonlari vdorasi huzuridagi Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamgʻarmasi
Vasiylik kengashi TARKIBI
| O. Yusupov | — | Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi vazifasini bajaruvchi, kengash raisi |
| U. Alimov | — | Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, kengash raisi oʻrinbosari |
| J. Nuriddinov | — | Oʻzbekiston musulmonlari idorasi taʼlim boʻlim mudiri, kengash masʼul kotibi |
| R. Qurbonov | — | Madaniyat va sport ishlari vaziri |
| J. Qoʻchqorov | — | Moliya vazirining oʻrinbosari |
| R. Abdullayev | — | Toshkent islom universiteti rektori |
| N. Baxtiyorov | — | Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari |
| E. Boqiboyev | — | “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi |
| A. Ahmedov | — | “Mahalla” jamgʻarmasi raisi |
| A. Qodirov | — | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari |
| A. Alimov | — | “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisi |
| Z. Hakimov | — | “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi |
| Oʻ. Xolmuhamedov | — | “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori |
Izoh: joylardagi hokim oʻrinbosarlari kengash aʼzolari hisoblanadi. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-sentabrdagi PF-5194-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Oʻzbekiston Respublikasi 2008-yil 7-avgustdagi PQ-938-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Muqaddas kadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamgʻarmasi
ijrochi direksiyasining TUZILMASI
| 1. | Ijrochi direktor | 1 |
| 2. | Bosh hisobchi — kassir | 1 |
| 3. | Ekspert-taʼmirshunos | 1 |
| 4. | Ziyoratlarni tashkil qilish boʻyicha mutaxassis | 2 |
|
| ||