Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 20.03.2009 yildagi 80-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 02.06.2010 10 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009 — 2013 YILLARDA OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MUASSASALARI UChUN DARSLIKLAR VA OʻQUV QOʻLLANMALARINI NAShR ETISh DASTURI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini belgilangan standartlarga va zamonaviy talablarga javob beradigan darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarining yangi avlodi bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi uchun darsliklar va oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish toʻgʻrisida” 2001-yil 16-avgustdagi 341-son qarori talablariga muvofiq 2001 — 2008-yillar davrida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun tiraji 5,1 mln. nusxadan ortiq 984 nomdagi darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarining yangi avlodini tayyorlash va nashr etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining 1331 axborot-resurs markazlarini nashr etilgan darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mualliflarni eng malakali olimlar, oʻqituvchilar va mutaxassislar orasidan tanlov asosida tanlab olish tizimini joriy etish, shuningdek darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari qoʻlyozmalarini mustaqil ekspertizadan oʻtkazishni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining 68 mutaxassisligi uchun darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlash va nashr etishga Germaniya taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va Shveysariya konfederatsiyasi Hukumatining grantlarini jalb qilish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan ishlab chiqilgan 2009 — 2013-yillarda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini nashr etish dasturi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1, 2-ilovalar rus tilida berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun umumtaʼlim fanlari boʻyicha darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini 5 yilda bir marta, kasb-hunar fanlari boʻyicha esa — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi taklifi boʻyicha yangilash (nusxasini koʻpaytirish) davriyligi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009 — 2013-yillarda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari nashr etishning 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlaridan kelib chiqib har yili 1-dekabrgacha kelgusi yilda nashr etish moʻljallangan darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarining aniq roʻyxati va tirajini aniqlashni va tasdiqlashni, oʻqitish tillari boʻyicha oʻquvchilar soni oʻzgarishini hisobga olgan holda ularning parametrlariga tuzatish kiritilishini (zaruriyat boʻlganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat taʼlim standartlari hamda darsliklar va oʻquv qoʻllanmalariga qoʻyiladigan talablar asosida 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan muddatlarda darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari ishlab chiqilishi va nashr etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari qoʻlyozmalarining dastlabki ekspertizasiga oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari, ilmiy va jamoat tashkilotlari, ishlab chiqarish korxonalarining eng tajribali mutaxassislari va pedagoglari keng jalb qilinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻqitish tillari boʻyicha darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari bilan taʼminlanganligining doimiy asosda monitoringini olib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda zarur darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini nashr etish uchun grant va kredit mablagʻlari, shu jumladan xalqaro moliyaviy institutlar hisobiga grant va kredit mablagʻlari jalb etish ishlarini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki yil mobaynida respublikaning bir qancha akademik litseylari va kasb-hunar kollejlarida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilarini ijara asosida darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari bilan taʼminlash tizimini joriy etish boʻyicha eksperiment oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan shakllantiriladigan prognoz kvotalar asosida har yil 1-avgustgacha zarur nomdagi va hajmdagi darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini, ularni chakana savdo tarmogʻi orqali erkin sotishni hisobga olgan holda bosib chiqarish uchun tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining kutubxona fondini oʻqitish tillari boʻyicha darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari bilan 15 foizga toʻldirish uchun mablagʻlarni nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarining narxi sunʼiy ravishda oshirilishiga yoʻl qoʻyilmasligi ustidan muntazam qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 182-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 20-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-martdagi 80-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi uchun darsliklar va oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish toʻgʻrisida” 2001-yil 16-avgustdagi 341-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 28-avgustdagi 305-son qarorining 7-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 8-son, 49-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qaroriga 2-ilovaning 17-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 43-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 13-son, 145-modda; 2010-y., 23-son, 182-modda; 2013-y., 22-son, 281-modda)