Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 20.03.2009 yildagi 80-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009 — 2013 YILLARDA O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MUASSASALARI UChUN DARSLIKLAR VA O‘QUV QO‘LLANMALARINI NAShR ETISh DASTURI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini belgilangan standartlarga va zamonaviy talablarga javob beradigan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarining yangi avlodi bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun darsliklar va o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish to‘g‘risida” 2001-yil 16-avgustdagi 341-son qarori talablariga muvofiq 2001 — 2008-yillar davrida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun tiraji 5,1 mln. nusxadan ortiq 984 nomdagi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarining yangi avlodini tayyorlash va nashr etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining 1331 axborot-resurs markazlarini nashr etilgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mualliflarni eng malakali olimlar, o‘qituvchilar va mutaxassislar orasidan tanlov asosida tanlab olish tizimini joriy etish, shuningdek darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari qo‘lyozmalarini mustaqil ekspertizadan o‘tkazishni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining 68 mutaxassisligi uchun darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash va nashr etishga Germaniya taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va Shveysariya konfederatsiyasi Hukumatining grantlarini jalb qilish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan ishlab chiqilgan 2009 — 2013-yillarda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini nashr etish dasturi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1, 2-ilovalar rus tilida berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun umumta’lim fanlari bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini 5 yilda bir marta, kasb-hunar fanlari bo‘yicha esa — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi taklifi bo‘yicha yangilash (nusxasini ko‘paytirish) davriyligi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009 — 2013-yillarda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari nashr etishning 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlangan prognoz ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib har yili 1-dekabrgacha kelgusi yilda nashr etish mo‘ljallangan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarining aniq ro‘yxati va tirajini aniqlashni va tasdiqlashni, o‘qitish tillari bo‘yicha o‘quvchilar soni o‘zgarishini hisobga olgan holda ularning parametrlariga tuzatish kiritilishini (zaruriyat bo‘lganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlari hamda darsliklar va o‘quv qo‘llanmalariga qo‘yiladigan talablar asosida 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan muddatlarda darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari ishlab chiqilishi va nashr etilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari qo‘lyozmalarining dastlabki ekspertizasiga oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari, ilmiy va jamoat tashkilotlari, ishlab chiqarish korxonalarining eng tajribali mutaxassislari va pedagoglari keng jalb qilinishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qitish tillari bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlanganligining doimiy asosda monitoringini olib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda zarur darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini nashr etish uchun grant va kredit mablag‘lari, shu jumladan xalqaro moliyaviy institutlar hisobiga grant va kredit mablag‘lari jalb etish ishlarini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki yil mobaynida respublikaning bir qancha akademik litseylari va kasb-hunar kollejlarida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarini ijara asosida darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlash tizimini joriy etish bo‘yicha eksperiment o‘tkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan shakllantiriladigan prognoz kvotalar asosida har yil 1-avgustgacha zarur nomdagi va hajmdagi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini, ularni chakana savdo tarmog‘i orqali erkin sotishni hisobga olgan holda bosib chiqarish uchun tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining kutubxona fondini o‘qitish tillari bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari bilan 15 foizga to‘ldirish uchun mablag‘larni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini nashr etish va qayta nashr etishga tanlov (tender) savdolari o‘tkazishda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilish ustidan nazorat qilishni kuchaytirsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini yetkazib berish xizmatlariga narxlar, shuningdek o‘quv adabiyotlariga deklaratsiya to‘ldirishda uni tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarida nazarda tutilgan o‘quv adabiyotlarining ayrim turlariga narxlar sun’iy ravishda oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan nazorat o‘rnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv adabiyotlarini yangilashda ularning narxlari dinamikasi monitoringini olib borsin hamda ular bo‘yicha ma’lumotlarni Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi o‘quv dasturlari, darsliklar yaratish va ularni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha Hukumat komissiyasiga kiritsin.
(8.1.-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-maydagi 141-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 22-son, 281-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 20-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-martdagi 80-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari ro‘yxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun darsliklar va o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish to‘g‘risida” 2001-yil 16-avgustdagi 341-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2002-yil 28-avgustdagi 305-son qarorining 7-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 8-son, 49-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qaroriga 2-ilovaning 17-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 43-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 13-son, 145-modda; 2010-y., 23-son, 182-modda; 2013-y., 22-son, 281-modda)