Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 18.08.2009 yildagi 234-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISTEʼMOL BOZORINI YoZUV DAFTARLARI BILAN TAʼMINLAShNI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika isteʼmol bozorini, shu jumladan taʼlim muassasalari oʻquvchi va talabalarini “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga hamda milliy maʼnaviyatimiz va qadriyatlarimizga mos sifatli yozuv daftarlari bilan taʼminlash ishlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Respublika taʼlim muassasalarini yozuv daftarlari bilan taʼminlashni takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar Dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur, deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dasturda belgilangan tadbirlarning oʻz vaqtida, sifatli bajarilishi uchun tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari shaxsan masʼul ekanliklari belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi Dasturning bajarilishi yuzasidan tegishli monitoring oʻrnatsin va amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari roʻyxatiga 2-ilovaga muvofiq qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.N. Aripov va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 18-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
234-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 234-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika taʼlim muassasalarini yozuv daftarlari bilan taʼminlashni takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎ Chora-tadbirlar‎ Bajarish muddati‎ Bajarish uchun masʼullar‎ Chora-tadbirlarni amalga oshirish mexanizmi
I. Ishlab chiqarilayotgan yozuv daftarlari sifatini oshirish
1.1‎ Amaldagi TSt 29-011:2005 “Umumiy daftarlar. Texnikaviy shartlar” va TSt 29-036:2007 “Maktab daftarlari. Texnikaviy talablar” standartlariga daftarlarni bezatishda taʼlim jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan hamda milliy qadriyatlarimizga zid, oʻsib kelayotgan yosh avlod ongi, tafakkuri hamda tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan maʼlumotlar aks ettirilishi mumkin emasligini inobatga olgan holda belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.‎ 2009-yil sentyabr Matbuot va axborot agentligi, “Oʻzstandart” agentligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi‎ Tegishli standartlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha meʼyoriy hujjat‎
1.2‎ Yozuv daftarlari uchun gigiyenik talablarni belgilovchi sanitariya qoida va meʼyorlarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish.‎ 2009-yil sentyabr Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi, Matbuot va axborot agentligi‎ Sanitariya-gigiyena normalari va qoidalari‎
II. Yozuv daftarlari ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlarning faoliyatini takomillashtirish
2.1‎ Yozuv (shu jumladan kundalik, rasm) daftarlarini bezatishning taʼlim jarayoni talablariga javob berishini taʼminlash boʻyicha ishchi guruhini tashkil qilish. ‎ 2009-yil sentyabr Matbuot va axborot agentligi, Respublika maʼnaviyat targʻibot markazi, Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi‎ Idoralararo harakat dasturini tasdiqlash‎
2.2‎ Yozuv (shu jumladan kundalik, rasm) daftarlari sifatini nazorat qilishda, xomashyoni qabul qilishda va ularni ishlab chiqarishda tegishli talablarga rioya etish boʻyicha soha mutaxassislarini oʻqitish kurslarini tashkil etish.‎ Doimiy ravishda‎ Matbuot va axborot agentligi, “Oʻzstandart” agentligi, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish instituti, yozuv daftarlari ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar‎ Idoralararo kelishilgan ish rejasi dasturi‎
III. Yozuv daftarlari ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash
3.1‎ Ishlab chiqaruvchilar yozuv (shu jumladan kundalik, rasm) daftarlarini ishlab chiqarish uchun import qilinadigan qogʻoz boʻyicha qoʻshimcha qiymat soligʻidan ozod qilish, shuningdek import qilinadigan boshqa xomashyo, texnologik asbob-uskunalar va ehtiyot qismlar boʻyicha bojxona toʻlovlarini maqbullashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritish.‎ 2009-yil sentyabr Matbuot va axborot agentligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi Tegishli qaror loyihasi‎
3.2‎ Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish maqsadida daftar va boshqa idora mahsulotlarini respublikaga olib kirishda toʻlanadigan bojxona toʻlovlarini maqbullashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.‎ 2009-yil sentyabr Matbuot va axborot agentligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi Tegishli qaror loyihasi‎
IV. Milliy maʼnaviyatga zid hamda sifatsiz yozuv daftarlarining respublikaga keltirilishining oldini olish va ularning sotilishini taqiqlash
4.1‎ Milliy maʼnaviyatimizga, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga zid boʻlgan axborotga, dizaynga ega boʻlgan va meʼyoriy hujjatlar talablariga javob bermaydigan yozuv daftarlarining respublikamizga keltirilishining oldini olish tadbirlarini amalga oshirish hamda ichki bozorni bunday mahsulotlardan tozalash.‎ Tegishli mexanizmlar joriy etilgandan soʻng doimiy ravishda Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari‎ Vazirlik va idoralar hamkorligidagi tadbirlar rejasi‎
4.2‎ Sotuvga chiqarilgan oʻquv anjomlari sifati yuzasidan doimiy monitoring olib borish.‎ Doimiy ravishda Matbuot va axborot agentligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi‎ Monitoring tadbirlari‎
4.3‎ Respublika hududiga yozuv daftarlari va boshqa idora mahsulotlari noqonuniy keltirilishining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish.‎ Doimiy ravishda Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita, Davlat bojxona qoʻmitasi‎ Tadbirlar rejasi‎
4.4‎ Noqonuniy yoʻllar bilan respublikaga keltirilgan va tegishli hujjatlari boʻlmagan yozuv (shu jumladan kundalik, rasm) daftarlarini va boshqa idora mahsulotlarini respublikamiz bozorlarida sotilishini taqiqlash chora-tadbirlarini kuchaytirish.‎ Doimiy ravishda Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi‎ Tadbirlar rejasi‎
V. Milliy maʼnaviyatga zid hamda sifatsiz yozuv daftarlaridan respublika taʼlim muassasalarida foydalanishni taqiqlash ishlarini kuchaytirish
5.1‎ Mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan milliy maʼnaviyatimizga, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga javob beradigan yozuv (shu jumladan kundalik, rasm) daftarlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.‎ 2009-yil avgust oyidan boshlab doimiy ravishda Matbuot va axborot agentligi, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi‎ Yozuv (shu jumladan kun�alik, rasm) daftarlari ishlab chiqarish‎
5.2‎ Taʼlim muassasalarida maʼnaviyatga zid hamda sifatsiz daftarlardan foydalanmaslik boʻyicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.‎ Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi‎ Kompleks chora-tadbirlar‎
5.3‎ Isteʼmol bozorini yozuv daftarlari bilan taʼminlashni takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish.‎ Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniya‎ Televideniye, radio hamda bosma ommaviy axborot vositalarida koʻrsatuvlar, ruknlar, maqolalar va h. k.‎
5.4‎ Yozuv daftarlari bezaklarining mazmun-mohiyati boʻyicha alohida talablarni ishlab chiqish va taʼlim muassasalari rahbarlari, ota-onalar hamda oʻquvchi-talabalarga yetkazish.‎ Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi‎ Tegishli talablar roʻyxati, ota-onalar, oʻquvchi-talabalar bilan uchrashuvlar, suhbatlar‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 234-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari roʻyxatiga kiritilayotgan qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari roʻyxatiga quyidagi tahrirdagi 40-1 pozitsiya qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

40-1.‎

Yozuv, kundalik, rasm daftarlari‎

4820 10 500 0,
‎4820 20 000 0

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 34-son, 371-modda)