Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MAJBURIY TARTIBDA SERTIFIKATLANADIGAN MAHSULOT TURLARI ROʻYXATIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Isteʼmolchilarning sogʻligʻini muhofaza qilishni kuchaytirish va ularning huquqlarini himoya qilish, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini nazorat qilish darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-avgust,
241-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-avgustdagi 141-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari roʻyxatiga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. 30-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 30-1-pozitsiya qoʻshilsin.
|
30-1. |
Kazein, kazeinatlar va kazeinning boshqa hosilalari; albumin, albuminat va albuminning boshqa hosilalari; jelatin (yelimshak) va jelatinning hosilalari; pepton va uning hosilalari; oqsil moddalar va ularning boshqa hosilalari; dekstrin va boshqa modifikatsiyalangan kraxmallar; fermentlar; ferment preparatlari |
3501 10 900 0**; |
2. Izohga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“** faqat oziq-ovqat sanoatida, farmatsevtika mahsulotlari va mollar uchun ozuqa ishlab chiqarishda qoʻllaniladiganlari”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 34-son, 375-modda)