Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “2007 — 2011 YILLARDAGI DAVRDA QURILISh MATERIALLARI SANOATI KORXONALARINI MODERNIZATSIYA QILISh, TEXNIKAVIY VA TEXNOLOGIK QAYTA JIHOZLASh DASTURI TOʻGʻRISIDA” 2007-YIL 1 IYuNDAGI PQ-646-SON QARORIGA QOʻShIMChA KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Devorbop materiallar ishlab chiqarishni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish va sifatini yaxshilash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 19-iyundagi PQ-1134-son qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2007 — 2011-yillardagi davrda qurilish materiallari sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash Dasturi toʻgʻrisida” 2007-yil 1-iyundagi PQ-646-son qaroriga 4-ilovasi uning 1-bandiga berilayotgan quyidagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Nostandart, tejamsiz pechlarni energiya tejaydigan maxsus texnologiyalarga almashtirmagan, shuningdek solishtirma sarf-xarajatlarning belgilangan normalaridan ortiq hajmda tabiiy gaz isteʼmol qiladigan pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalarga tabiiy gazning berilishi amaldagi ulgurji narxlar boʻyicha amalga oshiriladi”.
2. Belgilansinki, kiritilayotgan oʻzgartish 2010-yilning 1-yanvaridan boshlab kuchga kiradi.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 19-avgust,
PQ-1175-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 34-son, 368-modda)