18.08.2009 yildagi 233-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 31.12.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ILMIY XODIMLAR MEHNATINI YANADA RAGʻBATLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy xodimlarning ilmiy tadqiqotlarni ishlab chiqishga va olingan natijalarni amaliyotga joriy etishga qoʻshgan ilmiy va mehnat hissasiga qarab ularni moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi hamda ilmiy-texnika dasturlarini bajaruvchi boshqa vazirliklar va idoralar, ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari, tashkilotlar:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlariga ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini bajarish uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarini hisoblash va taqsimlashda ilmiy va rahbar xodimlar bazaviy lavozim maoshlarining ushbu qaror bilan tasdiqlangan miqdorlariga qatʼiy amal qilsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishni, shu jumladan iqtisodiyot tarmoqlarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini joriy etish samaradorligini oshirish, budjet mablagʻlarini tejash va xoʻjalik hisobidagi faoliyatni amalga oshirishdan olinadigan budjetdan tashqari daromadlarni koʻpaytirish hisobiga yanada kuchaytirish boʻyicha tizimli asosda chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasining ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda ilmiy-texnika dasturlarini bajaruvchi tashkilotlar tomonidan mehnatga haq toʻlash fondining 5 foizi miqdorida ilmiy xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishning maxsus jamgʻarmalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etilayotgan jamgʻarmalar mablagʻlari hisobiga alohida oʻrnak koʻrsatgan, ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishga aniq mehnat va ilmiy hissa qoʻshgan ilmiy xodimlar moddiy ragʻbatlantiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish ular uchun yiliga 2 tadan 5 tagacha bazaviy lavozim maoshlari miqdorida biryoʻla toʻlanadigan mukofotlar belgilash yoʻli bilan Ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari huzuridagi ilmiy kengash qarorlariga binoan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ikki hafta muddatda Ilmiy xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini shakllantirish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibini tasdiqlasinlar, unda ilmiy xodimlarni mukofotlashning ilmiy-texnika dasturlarini ishlab chiqishga, shuningdek tadqiqotlar natijalaridan iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanishga ular qoʻshgan aniq hissa darajasini hisobga oladigan asosiy mezonlar belgilanishini nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 18-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
233-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
miqdorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Lavozimlarning nomi

Bazaviy lavozim maoshlarining

miqdori, soʻm

1.

Institut direktori

professor

1830235

fan doktori

1755878

fan nomzodi

1681928

2.

Direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, institut va boshqa ilmiy muassasalar filialining direktori

professor

1681928

fan doktori

1622171

fan nomzodi

1549598

3.

Institutning ilmiy kotibi, Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi (boʻlimi) mudiri

fan doktori yoki professor

1622171

katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan nomzodi

1549598

ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan nomzodi

1490245

4.

Filial va boshqa ilmiy muassasalar direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

fan doktori yoki professor

1549598

katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan nomzodi

1490245

ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan nomzodi

1430558

5.

Bosh ilmiy xodim

professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan doktori

1549598

katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan doktori

1490245

ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan doktori

1430558

6.

Yetakchi ilmiy xodim

ilmiy unvonga ega boʻlgan fan doktori

1490245

ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan doktori

1430558

ilmiy unvonga ega boʻlgan fan nomzodi

1359956

7.

Katta ilmiy xodim

ilmiy unvonga ega boʻlgan fan nomzodi

1359956

ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan nomzodi

1290160

ilmiy darajaga ega boʻlmagan

1221917

8.

Kichik ilmiy xodim

fan nomzodi

1290160

ilmiy darajaga ega boʻlmagan (2 yildan ortiq ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan)

1221917

ilmiy darajaga ega boʻlmagan (2 yilgacha ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan)

1154242

9.

Tajriba orttiruvchi tadqiqotchi

1018400

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut va boshqa ilmiy muassasalar filialining ilmiy darajaga ega boʻlmagan direktoriga bazaviy lavozim maoshi fan nomzodi darajasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Professor ilmiy unvoni boʻlgan fan nomzodi ilmiy darajasiga ega boʻlgan bosh va yetakchi ilmiy xodimlarga maosh katta ilmiy xodim unvoniga ega boʻlgan fan doktorining bazaviy lavozim maoshi darajasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan bosh va yetakchi ilmiy xodimlarga maosh katta ilmiy xodim unvoniga ega boʻlmagan fan doktorining bazaviy lavozim maoshi darajasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari (boʻlimlari) mudirlari oʻrinbosarlariga bazaviy lavozim maoshi ularga berilgan ilmiy darajalarga va unvonlarga muvofiq ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari (boʻlimlari) mudirlari maoshiga nisbatan 5 foizga kamaytirilgan miqdorda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida loyihalar rahbarlari lavozimlari yoki shunga oʻxshash lavozimlar nazarda tutilgan hollarda ushbu lavozimlarga boʻlimlar mudirlarining bazaviy lavozim maoshlari belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini amalga oshirishga xarajatlar qiymati kalkulyatsiyasini shakllantirishda ilmiy va rahbar xodimlarning mehnatiga haq toʻlash fondi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son qaroriga muvofiq 2009-yil 1-yanvardan boshlab bazaviy lavozim maoshlarining tasdiqlanadigan miqdorlari asosida hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining eng kam oylik ish haqi miqdorini oshirish toʻgʻrisidagi farmonlari qabul qilinishi munosabati bilan bazaviy lavozim maoshlari oʻzgargan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining ilmiy va rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarori chiqariladi.
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2014-yil 25-dekabrdagi 13, 32-q/q, 85-sonli qarori (roʻyxat raqami 2644, 30.12.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 52(I)-son, 644-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 34-son, 370-modda, 43-son, 459-modda; 2012-y., 1-son, 10-modda, 37-son, 432-modda; 2013-y., 6-son, 76-modda; 2014-y., 2-son, 29-modda, 38-son, 486-modda, 52-son, 644-modda; 2015-y., 41-son, 530-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 10/18/2974/0800-son, 16.08.2018-y., 09/18/662/1764-son, 18.01.2019-y., 10/19/3122/2503-son, 03.10.2019-y., 10/19/3186/3847-son; 02.11.2020-y., 10/20/3284/1447-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)