Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.08.2012 05.08.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1993
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi qarori, 05.08.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1993
Кучга кириш санаси
15.08.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.08.2012
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BOShOQLI DON EKINLARI URUGʻINI ETIShTIRUVChI XOʻJALIKLARNI, ShUNINGDEK ILMIY MUASSASALAR — NAVLAR ORIGINATORLARINI, SELEKSIYA VA URUGʻChILIK SOHASI OLIMLARINI RAGʻBATLANTIRISh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 5-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1993]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2012-yil 11-iyuldagi 3/2, 46, 8-sonli “Boshoqli don ekinlari urugʻini yetishtiruvchi xoʻjaliklarni, shuningdek ilmiy muassasalar — navlar originatorlarini, seleksiya va urugʻchilik sohasi olimlarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1993-1, 25.07.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-sentabrdagi 209-sonli “Qashqadaryo viloyatida gʻallachilik va paxtachilikning ilmiy bazasini yanada mustahkamlash va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 37-38-son, 379-modda) qaroriga muvofiq, respublikada urugʻlik boshoqli don tayyorlashda qatnashayotgan subyektlar manfaatini oshirish va urugʻlik don sifatini yaxshilash maqsadida qaror qilamiz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Boshoqli don ekinlari urugʻini yetishtiruvchi xoʻjaliklarni, shuningdek ilmiy muassasalar — navlar originatorlarini, seleksiya va urugʻchilik sohasi olimlarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingandan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 6-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 6-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 6-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining 2009-yil 6-iyuldagi 3, 55 va 18-sonli qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshoqli don ekinlari urugʻini yetishtiruvchi xoʻjaliklarni, shuningdek ilmiy muassasalar — navlar originatorlarini, seleksiya va urugʻchilik sohasi olimlarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 130-modda), “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 156-modda) qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 26-yanvardagi PQ-1046-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 5-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-sentabrdagi 209-son “Qashqadaryo viloyatida gʻallachilik va paxtachilikning ilmiy bazasini yanada mustahkamlash va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 37-38-son, 379-modda) muvofiq boshoqli don ekinlari urugʻini yetishtiruvchi xoʻjaliklarni, shuningdek ilmiy muassasalar — navlar originatorlarini, seleksiya va urugʻchilik sohasi olimlarini ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom qoidalari boshoqli don ekinlarining mahalliy nav urugʻlarini (keyingi oʻrinlarda boshoqli don ekinlari urugʻi deb yuritiladi) yetishtiruvchi xoʻjaliklarni, shuningdek ilmiy muassasalar — navlar originatorlarini, seleksiya va urugʻchilik sohasi olimlarini (keyingi oʻrinlarda boshoqli don ekinlari urugʻini yetishtiruvchilar deb yuritiladi) ragʻbatlantirishga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Boshoqli don ekinlari urugʻini yetishtiruvchilarni ragʻbatlantirish urugʻchilik xoʻjaliklari tomonidan yetishtirilgan va boshoqli don ekinlari urugʻlarini qabul qiladigan, saqlaydigan va sotadigan ixtisoslashtirilgan don qabul qilish korxonalariga (keyingi oʻrinlarda don korxonalari deb yuritiladi) aprobatsiya dalolatnomasi asosida topshirilgan boshoqli don ekinlari urugʻlarining hajmidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Etishtirilgan boshoqli don ekinlari urugʻlarining hajmini aniqlash va ularni xarid qilish, shuningdek ular boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish Urugʻchilik fermer xoʻjaliklarida yetishtirilgan boshoqli don ekinlarining superelita va elita urugʻlarini toʻliq hajmda xarid qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1789, 2008-yil 11-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 115-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Boshoqli don ekinlari urugʻlarining don korxonalariga qabul qilish Urugʻlik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 1499, 2005-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 30-31-son, 237-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Boshoqli don ekinlari urugʻini yetishtiruvchilarni ragʻbatlantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan va istiqbolli navlar roʻyxatiga kiritilgan hamda don korxonalari tomonidan qabul qilib olingan boshoqli don ekinlari urugʻlarining tovar holatidagi xarid narxiga ustamalar qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Boshoqli don ekinlari urugʻlarining davlat standarti talablariga mos kelishi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Oʻzdavurugʻnazoratmarkaz” tomonidan sertifikat berilganidan soʻng, urugʻlik uchun hisoblangan ustamaning 5 foizi tayyorlanadigan urugʻlik sifatini yaxshilash tadbirlari uchun “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimiga kiradigan don korxonalarining ixtiyorida qoldiriladi, 80 foizi boshoqli don ekinlari urugʻlari yetishtirilgan urugʻchilik xoʻjaliklarining hisobvaraqlariga va qolgan 15 foizi ilmiy muassasalar — navlar originatorlarini, seleksiya va urugʻchilik sohasi olimlarini ragʻbatlantirish uchun Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining hisob raqamiga oʻtkazilgan 15 foiz ustama mablagʻ — 100 foiz deb hisoblanib, ushbu mablagʻlar don korxonalariga topshirilgan boshoqli don ekinlarining tayyorlangan urugʻlikdagi ulushiga mutanosib ravishda ilmiy muassasalar — navlar originatorlarini ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi va quyidagicha taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 foizi — nav mualliflarini ragʻbatlantirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40 foizi — ilmiy muassasalarni moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45 foizi — ilmiy muassasalarda boshoqli don ekinlarining yuqori hosilli, qurgʻoqchilikka chidamli va yuqori sifatli yangi istiqbolli navlarini yaratish xarajatlariga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi don korxonalarining rahbarlari va bosh hisobchilari don korxonalariga topshirilgan boshoqli don ekinlari urugʻlari uchun hisob-kitoblarni oʻz vaqtida va toʻgʻri amalga oshirilishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Nizom “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi raisi E QUDRATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 3-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi direktori Sh. NURMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 3-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 32-33-son, 366-modda; 2012-y., 30-son, 353-modda)