03.08.2009 yildagi PQ-1167-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 11.01.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq joylarda uy-joy qurilishi koʻlamini kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturini ijro etish hamda qishloq aholi punktlarining bosh rejalari va arxitekturaviy rejalashtirishni tashkil etish loyihalariga muvofiq tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi koʻlamini kengaytirish asosida qishloq aholisining turar-joy sharoitlarini tubdan yaxshilash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joy va ijtimoiy ahamiyatdagi obyektlar qurishning tajriba loyihalarini amalga oshirish uchun qishloq xoʻjaligi hamda oʻrmon fondi yerlari toifasiga kirmaydigan 42 ta yer massivi tanlab olindi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-2010-yillarda 260,5 mlrd.soʻm, shu jumladan, 2009-yilda — 65,5 mlrd. soʻm miqdorida tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha qishloq aholi punktlarida yakka tartibdagi uy-joy qurilishini kreditlash manbalari aniqlab olindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Qishloq qurilish bank” OATBning namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joy qurilishida yakka tartibda imorat quruvchilarga koʻmak berish uchun respublikaning har bir mintaqasida oʻz filialiga ega “Qishloq qurilish invest” ixtisoslashtirilgan shuʼba injiniring kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin, uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy bozorini marketing jihatdan oʻrganish va buning asosida qurish massivlarini, barpo etiladigan uy-joylar, ijtimoiy ahamiyatdagi obyektlar va muhandislik infratuzilmalari tarkibi hamda tuzilmasini tanlab olish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq aholi punktlarida yakka tartibdagi yangi uy-joylar, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatdagi obyektlar va muhandislik infratuzilmalarini “tayyor holda topshirish” shartlarida buyurtmachi funksiyalarini shartnoma asosida bajarish, jumladan, moliyalashni tashkil etish va qurilishning borishi ustidan texnik nazorat oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi buyurtmanomalariga muvofiq uy-joylar, shuningdek, namunaviy loyihalar boʻyicha “tayyor holda topshirish” shartlarida ijtimoiy ahamiyatdagi obyektlar va muhandislik infratuzilmasi obyektlarini qurish buyurtmalarini obyektlarni sifatli qurishni taʼminlab bera oladigan amaldagi va yangitdan tashkil etilayotgan pudratchi qurilish tashkilotlari oʻrtasida tanlov asosida joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyinchalik “Qishloq qurilish bank” OATB tomonidan beriladigan imtiyozli kreditlar hisobidan uzil-kesil hisob-kitob qilingan holda namunaviy loyihalar boʻyicha qurilgan yakka tartibdagi uylarni aholiga berish, shuningdek, muhandislik infratuzilmasi, ijtimoiy-madaniy va sanitariya-maishiy ahamiyatdagi obyektlarni ekspluatatsiya tashkilotlariga topshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagi tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda uy-joy bozorini marketing jihatdan oʻrganish hamda aholining buyurtmanomalari asosida har yili 1-oktabrgacha mintaqalar doirasida quriladigan uy-joylar va ijtimoiy ahamiyatdagi obyektlar hajmi, tarkibi va tuzilmasi boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan marketing jihatdan oʻrganish natijalari asosida 1-noyabrgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan kelishilgan holda qishloq xoʻjaligi hamda oʻrmon fondi yerlari toifasiga kirmaydigan yer massivlari tanlab olinadi hamda keyinchalik ular namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy va ijtimoiy ahamiyatdagi obyektlar qurish uchun “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasiga topshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq yer uchastkasi va namunaviy loyihani tanlagan yakka tartibda imorat quruvchi “tayyor holda topshirish” sharti bilan turar-joy binosini qurishda buyurtmachi vazifasini bajarishi uchun “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi bilan shartnoma tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibda imorat quruvchi bilan tuzilgan shartnoma asosida “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi buyurtmachi sifatida “tayyor holda topshirish”sharti bilan namunaviy loyiha boʻyicha yakka tartibdagi turar-joy binosi qurilishi yuzasidan barcha ishlar kompleksini tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi va yakka tartibda uy-joy quruvchi oʻrtasida shartnoma tuzilganidan keyin yakka tartibda uy-joy quruvchiga yer uchastkasini ajratish tuman (shahar) hokimining qarori bilan kimoshdi savdosi oʻtkazilmasdan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga rasmiylashtiriladi.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 11-yanvardagi PQ-1683-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (B.A.Xoʻjayev) “Qishloq qurilish bank” OATB, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibdagi uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Qishloq qurilish bank” OATB:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda ixtisoslashtirilgan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda “Qishloq qurilish invest” kompaniyasining zarur moddiy-texnika bazasi yaratilishini nazarda tutgan holda uning ustav kapitalini shakllantirsin, shuningdek, kompaniyaning malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda, bank ustav jamgʻarmasi mablagʻlarini garov tariqasida qaytarish asosida ajratib berilishini nazarda tutgan holda “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasini ushbu jamgʻarma mablagʻi hisobidan aylanma mablagʻlar bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi uy-joy qurilishi massivlarida ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari qurilishi investorlar mablagʻlari va tijorat banklari kreditlari hisobidan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy infratuzilma obyektlari va tashqi muhandislik tarmoqlari qurilishi mahalliy budjet va homiylar mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi va uning mintaqaviy filiallariga zarur infratuzilmani tashkil etish uchun shartnoma asosida yer uchastkalarini ajratish tarzida yordam koʻrsatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va “Yergeodezkadastr”davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda, tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurishga tasdiqlangan bosh reja asosida har yili qishloq xoʻjaligi va oʻrmon fondi yerlari toifasiga kirmaydigan yer uchastkalari ajratilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq qurilish bank” OATB kreditlari hisobidan tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi massivlarida barpo etiladigan muhandislik infratuzilmasi va ijtimoiy ahamiyatdagi obyektlarning ildam qurilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlanadigan yer massivlarining muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari bilan taʼminlanganligi, ishga tushiriladigan uy-joy hamda ijtimoiy-madaniy va sanitariya-maishiy obyektlarga boʻlgan amaldagi talabning mavjudligi kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi uy-joy qurilishida qurilish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan qattiq nazoratni amalga oshirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ixtisoslashtirilgan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi 2014-yilning 1-yanvarigacha barcha turdagi soliq toʻlovlaridan hamda Respublika yoʻl jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy toʻlovlardan ozod etilsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 11-fevraldagi PF-4275-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 9-son, 84-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yosh oilalarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2007-yil 18-maydagi PF-3878-son Farmonining 4-bandi qishloq joylarda “Qishloq qurilish bank” OATB kreditlari hisobidan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda imorat quruvchilarga nisbatan tatbiq etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi uy-joy va ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurilishiga ajratilayotgan mablagʻlardan, shu jumladan, “Qishloq qurilish bank”OATBning imtiyozli kreditlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan tizimli ravishda tekshiruvlar olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 3-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1167-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 32-33-son, 358-modda; 2011-y., 9-son, 84-modda; 2012-y., 3-4-son,26-modda; 2013-y., 2-son, 17-modda, 47-son, 615-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; 2015-y., 1-son, 1-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2018-y., 07/18/3863/1544-son; 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son)