Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasi qoshidagi qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining
buyrugʻi
AKSIYALAR EGALARI REESTRI VA KORPORATIV OBLIGATSIYALAR EGALARI REESTRI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 20-iyulda 1911-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-sonli qarori bilan tasdiqlangan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1997-y., 10-son, 33-modda) 18-bandiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman:
1.Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 30-yanvardagi 2009-05-sonli buyrugʻi (2009-yil 6-fevral, roʻyxat raqami 1911) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 9-son, 100-modda) bilan tasdiqlangan aksiyalar egalari reyestri va korporativ obligatsiyalar egalari reyestri toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor K.TOLIPOV
Toshkent sh.,
2009-yil 19-iyun,
2009-36-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2009-yil 19-iyundagi 2009-36-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Aksiyalar egalari reyestri va korporativ obligatsiyalar egalari reyestri toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 6-bandda:
“a” kichik bandining beshinchi xatboshisi “chiqarilishlarni joylashtirilgan qismining hajmini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) emitentning qimmatli qogʻozlari chiqarilishlari toʻgʻrisidagi axborot:
Chiqarilish(lar)ning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan raqami va sanasi, roʻyxatdan oʻtkazish organi, chiqarilish(lar)ning tartib raqami, qimmatli qogʻozlarning turi va tipi, Markaziy depozitariyning kodifikatsiyasi boʻyicha qimmatli qogʻoz kodi, joylashtirish tugagan sanasi, chiqarilishdagi umumiy son;
“d” kichik bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“joylashtirilgan qismining foizi va ovozlar soni (aksiyalar uchun)”.
2. 1-ilovadagi “aksiyadorlar Reyestri”da:
a) “Emitent toʻgʻrisidagi axborot” boʻlimida:
oʻn uchinchi satrdan “Joylashtirilayotgan aksiyalar soni”, “Nominal” degan soʻzlar;
quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi satrlar bilan toʻldirilsin:
““Chiqarilishning umumiy hajmi: (soʻm)”, “Chiqarilishning umumiy hajmi: (dona)” “, “Nominal”;
“Chiqarilishlarni joylashtirilgan qismining umumiy hajmi (JQ): (soʻm)”;
b) “Emitentning (aksiyalar) chiqarilishlari boʻyicha axborot” jadvali quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Emitentning (aksiyalar) chiqarilishlari boʻyicha axborot:
|
Chiqarilishning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan raqami |
Chiqarilishning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi |
Davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organi |
Chiqarilish raqami |
QQ turi |
QQ kodi |
Joylashtirish tugagan sana |
Chiqarilishdagi soni |
| | | | | | | | |
| | | | | | | JAMI:”; | |
v) “Emitentning qimmatli qogʻozlari boʻyicha axborot” jadvali quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Emitentning qimmatli qogʻozlari boʻyicha axborot
| QQ kodi | QQ turi | Qimmatli qogʻozlar soni | |||
| joylashtirildi (egalarining hisobvaragʻlarida) | Emissiyaviy hisobvaragʻi boʻyicha qoldiq | Chiqarilishning umumiy hajmida hammasi | |||
| Hammasi | Shu bilan birga joylashtirishda | ||||
| | | | | | |
| | | | |
JAMI:”. |
|
3. 2-ilovadagi “aksiyadorlar Reyestri”da:
a) “Egalari (yuridik shaxslar)” jadvalida “UKdagi ulushi” degan soʻzlar “Joylashtirilgan qismining foizi (JQ %)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) “Egalari jismoniy shaxslar)” jadvalida “UKdagi ulushi” degan soʻzlar “Joylashtirilgan qismining foizi (JQ %)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) “Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilari” jadvalida “UKdagi ulushi” degan soʻzlar “Joylashtirilgan qismining foizi (JQ %)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab- quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULAShOV
Toshkent sh.,
2009-yil 15-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 349-modda)