Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2010 17.07.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1984
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat test markazining qarori, 17.07.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1984
Кучга кириш санаси
27.07.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2010
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM MUASSASALARI TALABALARI OʻQIShINI KOʻChIRISh, QAYTA TIKLASh VA OʻQIShDAN ChETLAShTIRISh TARTIBI VA QOIDALARI TOʻGʻRISIDAGI MUVAQQAT NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 17-iyulda 1984-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, shuningdek idoraviy tasarrufidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha oliy taʼlim muassasalarida talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibini belgilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi va qoidalari toʻgʻrisidagi muvaqqat nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan soʻng oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 16-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
246-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 16-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-255-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test
markazining 2009-yil 16-iyuldagi 246 va 01-255-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi va qoidalari toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MUVAQQAT NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Muvaqqat nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi va qoidalarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Muvaqqat nizom qoidalari idoraviy tasarrufidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha oliy taʼlim muassasalariga taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Talabalar oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash, odatda, yozgi taʼtil davrida, tegishli kurs (semestr)da oʻquv mashgʻulotlari boshlanishiga qadar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Talabalar oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi qoshidagi Talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash idoralararo komissiyasining (keyingi oʻrinlarda Idoralararo komissiyasi deb yuritiladi) ishchi guruhlari yoki oliy taʼlim muassasalari tomonidan hujjatlarni qabul qilish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Idoralararo komissiyasining ishchi guruhlari tomonidan qabul qilingan hujjatlar umumlashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralarga mazkur Muvaqqat nizom talablari asosida vakolat doirasida talabalar oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash boʻyicha qaror qabul qilish uchun taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar talabalar oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash boʻyicha qaror qabul qilish oʻzining vakolati doirasiga kirmaydigan holatlarda hujjatlarni Idoralararo komissiyaga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi hududida taʼlim faoliyatini olib borish uchun litsenziyaga ega boʻlmagan nodavlat oliy taʼlim muassasalari va boshqa mamlakatlar oliy taʼlim muassasalarining filiallari (markazlar, boʻlimlar, oʻquv-maslahat punktlari va boshqalar)dan davlat oliy taʼlim muassasalariga talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Birinchi kursga oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash man etiladi (istisno tariqasida, talabaga kasallik tufayli akademik taʼtil berilishi mumkin).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Talabalar oʻqishini bir oliy taʼlim muassasasi doirasida oliy taʼlimning mos va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilanadigan turdosh yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) boʻyicha koʻchirish va qayta tiklash oliy taʼlim muassasasi rektorining qarori bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Talabalar oʻqishini oliy taʼlimning mos va turdosh yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) boʻyicha bir vazirlik va turli vazirliklar doirasida bir oliy taʼlim muassasasidan boshqa oliy taʼlim muassasasiga koʻchirish va oʻqishga qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy taʼlim muassasasi boʻysunadigan vazirlik (idora) bilan kelishgan holda mazkur oliy taʼlim muassasasi rektorining qarori bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagi hollarda talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash idoraviy tasarruflikdan qatʼi nazar, Idoralararo komissiya qarori bilan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega boʻlgan oliy taʼlim muassasalaridan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oliy taʼlim muassasasi doirasida yoki bir vazirlik (idora) va turli vazirliklar (idoralar) tasarrufidagi oliy taʼlim muassasalariga oliy taʼlimning turdosh boʻlmagan yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oliy taʼlimning turdosh yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) roʻyxatiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻqishning barcha shakllari boʻyicha mos va turdosh taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) boʻyicha davlat grantlari oʻrinlariga koʻchirish va qayta tiklashga, faqatgina davlat grantlari asosida tahsil olayotgan talabalar arizasiga koʻra muayyan taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi)da oliy taʼlim muassasalariga tegishli oʻquv yilidagi qabul qilish kvotalarida belgilangan davlat grantlarining soni doirasida ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa hollarda oʻqishni koʻchirish yoki qayta tiklash toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Talabalarning oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash haqidagi arizalari mazkur Muvaqqat nizomga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻqishni koʻchirish yoki qayta tiklash haqidagi arizaga talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma nusxalari ilova etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Talabalarning oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish natijalari oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasining majlis bayonnomasiga kiritiladi va ariza mualliflari eʼtiboriga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Talabalarning oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklashni rasmiylashtirishda oliy taʼlim muassasasi rektori oʻrnatilgan tartibda oʻquv rejalari va dasturlardagi mavjud akademik qarzlarni yoki farqlarni (umumkasbiy va ixtisoslik fanlari boʻyicha farqlar 4 tadan oshmasligi lozim) topshirish tartibi va muddatlarini (oʻquv yili boshlangandan keyin ikki oydan ortiq emas) belgilaydi hamda oʻqitish kursi va oʻqishga qabul qilishning boshqa shartlarini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Shartli ravishda talabalarning oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat oliy taʼlim muassasalarida oʻqishni koʻchirish yoki qayta tiklash jarayoni bepul amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Toʻlov-kontrakt asosida talabalar oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklashda kontraktni tuzish tartibi va shartlari, jumladan, toʻlov mablagʻlari va muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi haqidagi nizomga (roʻyxat raqami 795, 1999-yil 6-avgust) muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Talabalar oʻqishini koʻchirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat grantlari asosida tahsil olayotgan talabalar oʻqishini oʻz taʼlim yoʻnalishidan boshqa turdosh boʻlmagan taʼlim yoʻnalishiga koʻchirish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Boshqa oliy taʼlim muassasasiga oʻqishni koʻchirish istagidagi talaba ushbu oliy taʼlim muassasasi rektoriga, tegishli vazirlik (idora)ga, mazkur Muvaqqat nizomning 8-bandida koʻrsatilgan hollarda esa Idoralararo komissiyaning ishchi guruhlariga ariza bilan murojaat etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza oliy taʼlim muassasasiga, tegishli vazirlik (idora)ga yoki Idoralararo komissiyasiga ishchi guruhlaridan kelib tushgandan soʻng bir oylik muddat ichida koʻrib chiqilishi lozim. Masala ijobiy hal etilgan taqdirda, tegishli vazirlik (idora) yoki Idoralararo komissiya oliy taʼlim muassasasiga belgilangan shaklda xat yoʻllaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli vazirlik (idora) yoki Idoralararo komissiyaning xati asosida oliy taʼlim muassasasi rektorining buyrugʻi bilan oʻqishi koʻchirilayotgan talaba darslarga qoʻyiladi hamda ushbu oliy taʼlim muassasasi tomonidan talaba ilgari taʼlim olgan oliy taʼlim muassasasiga uning shaxsiy yigʻma jildini joʻnatish haqida soʻrovnoma yuboriladi. Soʻrovnoma olingandan soʻng, talaba ilgari taʼlim olgan oliy taʼlim muassasasi rektorining talabalar safidan chetlashtirish haqida buyrugʻi asosida uch kun muddatda talabaning shaxsiy yigʻmajildi (roʻyxati bilan) uni oʻqishga qabul qilgan oliy taʼlim muassasasiga joʻnatiladi. Oliy taʼlim muassasasida esa talabaning akademik maʼlumotnomasi, reyting daftarchasi, oʻquv kartochkasi, shuningdek joʻnatilayotgan hujjatlar roʻyxatining nusxasi qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasasi rektorining talabani talabalar safiga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyrugʻi talaba ilgari taʼlim olgan oliy taʼlim muassasasidan uning shaxsiy yigʻmajildi olinib, akademik farqlar bartaraf etilgandan soʻng 10 kun muddatda chiqariladi. Shaxsiy yigʻma jild joʻnatilishi mumkin boʻlmagan hollarda (yopiq yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlash), talabani oʻqishga qabul qilish, oliy taʼlim muassasasi rektori tomonidan imzolangan va gerbli muhr bilan tasdiqlangan akademik maʼlumotnoma olingandan soʻng amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oliy taʼlim muassasasida yuridik shaxs bilan tuzilgan toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalar oʻqishini koʻchirish faqat buyurtmachining roziligi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Oʻqishni qayta tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oliy taʼlim muassasasi oʻqishga qayta tiklash toʻgʻrisidagi ariza kelib tushgan kundan boshlab ikki haftalik muddatda uni koʻrib chiqadi va murojaat qilgan shaxsni talabalikka qayta tiklash kursi (semestri) hamda qayta tiklashning boshqa shartlarini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oliy taʼlim muassasasida taʼlim oluvchilar soni doirasida boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlmaganligi va shaxsning akademik qarzdorligi hamda shaxsning tegishli mutaxassislik boʻyicha zarur bilimlarni oʻzlashtirishiga toʻsqinlik qilish darajasidagi oʻquv rejalari va dasturlarida farq mavjud boʻlgan taqdirda talabalikka qayta tiklashni soʻrab murojaat qilgan shaxsga rad javobi berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ilgari oliy taʼlim muassasalaridan maʼmuriyatning tashabbusi bilan chetlashtirilgan shaxslarni, barcha oʻquv shakllari boʻyicha talabalar safiga qayta tiklash toʻlov-kontrakt asosida mazkur Muvaqqat nizomning 6-7-bandlari talablariga rioya qilingan holda, rektorning buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻqishdan chetlashtirilgan oʻquv yilida talabani oʻqishga qayta tiklashga yoʻl qoʻyilmaydi. Talabani oʻqishga qayta tiklashda uning ilgari taʼlim olgan oliy taʼlim muassasasi roziligi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan etimlar, I va II-guruh nogironlari, shuningdek muddatli harbiy xizmatni oʻtagan shaxslar (zaxiraga boʻshagan kunlaridan boshlab uch yil mobaynida), istisno tariqasida, oʻqishga davlat grantlari oʻrinlariga qayta tiklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oʻqishdan chetlatilgandan keyin 5 yildan ortiq muddat (harbiy xizmatda boʻlganlik, uch yoshgacha boʻlgan bolalarni parvarishlash bilan bogʻliq mehnat taʼtili hamda sogʻliqni qayta tiklash vaqtlari ushbu muddatga kirmaydi) oʻtgan hollarda talabalar oʻqishini qayta tiklash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi yoki Idoralararo komissiyaning ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Xorijiy davlatlarning tegishli oliy taʼlim muassasalaridan ilgari chetlashtirilgan shaxslarni respublika oliy taʼlim muassasalari talabalari safiga qayta tiklash faqat Idoralararo komissiyaning ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Talabalar safidan chetlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Talaba oliy taʼlim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oʻz xohishiga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻqishning boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirilishi munosabati bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiyasi maʼlumotnomasi asosida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) akademik oʻzlashtirolmaganligi (qarzdorligi) uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) oʻquv intizomini va oliy taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) shartnoma bandlarini bajarmaganligi tufayli (toʻlov-kontrakt boʻyicha tahsil olayotganlar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) talaba tomonidan jinoyat sodir etilganligi, shuningdek, sud tomonidan oʻqishini davom ettirish imkoniyatidan (ozodlikdan) mahrum etilganligi munosabati bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) vafot etganligi sababli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatni oʻtayotgan, salomatligini tiklayotgan, homiladorlik va tugʻish, shuningdek bolalarni parvarishlash taʼtillari davrida talabaga akademik taʼtil berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Oliy taʼlim muassasasi maʼmuriyati tashabbusi bilan talabalarni oʻqishdan chetlashtirish talabalar kasaba uyushmasining yozma roziligini inobatga olgan holda amalga oshiriladi. Shuningdek, talaba mazkur Muvaqqat nizomning 28-bandi “d” kichik bandiga koʻra chetlashtirilayotgan holda, taʼlim muassasasining “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlangʻich tashkiloti bilan ham kelishilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Talaba oliy taʼlim muassasasidan chetlashtirilganda, unga shaxsiy hujjatlari, belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma topshiriladi va ularning nusxasi shaxsiy yigʻma jildiga tikib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Talabalar oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash jarayonida hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan yoki belgilangan talablarga javob bermaydigan hujjatlar aniqlangan hollarda oliy taʼlim muassasasi rektori mazkur hujjatlarni tekshirish va buyruq chiqarmaslik huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Oliy taʼlim muassasalari har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga zarur miqdordagi akademik maʼlumotnoma blanklariga buyurtmalar beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik maʼlumotnoma blanklari qatʼiy hisobda yuritiladi. Akademik maʼlumotnomalar blanklarining oliy taʼlim muassasalarida saqlanishi, roʻyxatga olinishi va berilishi oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish toʻgʻrisidagi qarorlardan norozi boʻlgan holda oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga yoki sudga murojaat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish toʻgʻrisidagi taqdim etilgan hujjatlarning toʻgʻri rasmiylashtirilishi va ularning qonuniyligi uchun javobgarlik ishchi guruhlar va oliy taʼlim muassasalari zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat boʻlganda rektor hujjatlarni yuborgan oliy taʼlim muassasalaridan rasmiy xat bilan maʼlumotlar toʻgʻriligini tasdiqlashni soʻrashi mumkin. Soxta hujjatlarni toʻgʻriligini tasdiqlab bergan oliy taʼlim muassasasi qonun hujjatlariga asosan javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Oliy taʼlim muassasalariga talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklashiga asos boʻlgan barcha hujjatlar vakolat doirasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar, shuningdek oliy taʼlim muassasalarida 3 yil davomida saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Mazkur Muvaqqat nizom talablarini buzgan shaxslar qonun hujjatlariga asosan javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Mazkur Muvaqqat nizom Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan maʼqullangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Mazkur Muvaqqat nizom 2010-yil 1-yanvargacha amal qiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 348-modda)