Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 09.07.2009 yildagi 188-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IQTISODIYOTNING REAL SEKTORI KORXONALARINI QOʻLLAB-QUVVATLAShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2008-yil 28-noyabrdagi PF–4058-son Farmonida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, 2009-2010-yillarda xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31-martdagi 165-son qarori bilan tasdiqlangan Narxlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning qoʻllanishini nazorat qilish tartibi hamda Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-sentabrdagi 364-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlari (ishlari, xizmatlari)ga narxlar (tariflar) belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizom doirasida texnologik jarayonlarni va xomashyo, materiallar va energiya resurslari sarfi normalarini maqbullashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga tannarxni pasaytirish, quvvatlardan foydalanish darajasini va mehnat unumdorligini oshirish, foydalanish xarajatlari va qoʻshimcha xarajatlarni qisqartirish, xarid qilinadigan xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar narxini kamaytirish, xodimlar sonini maqbullashtirish natijasida qoʻshimcha daromad (foyda) olinishi qonun buzilishlari deb hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq olingan qoʻshimcha daromad (foyda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining inqirozga qarshi tadbirlarga doir qarorlarida nazarda tutilgan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha eng muhim loyihalarni amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxini va pirovard narxini yanada pasaytirishga hamda xodimlarni belgilangan tartibda mukofotlashga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 9-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
188-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 28-son, 328-modda)