Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.12.2018 25.01.2002 yildagi PF-3017-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.12.2018
Hujjat 25.01.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AHOLINING IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ QATLAMLARINI ANIQ YOʻNALTIRILGAN TARZDA QOʻLLAB-QUVVATLAShNI KUChAYTIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PF-5607-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan tarzda qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, ularning moddiy farovonlik darajasini oshirish, keksa avlod manfaatlarining himoya qilinishini taʼminlash, oʻsib kelayotgan yosh avlodning jismoniy, aqliy va maʼnaviy jihatdan barkamol insonlar boʻlib voyaga yetishi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ish stajining toʻliq pensiya tayinlash uchun talab etiladigan miqdoridan ortiq qismini hisoblab chiqishdagi mavjud cheklashlar 2002-yil 1-yanvardan boshlab bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bola ikki yoshga toʻlgunga qadar uni parvarish qilish boʻyicha onalarga beriladigan oylik nafaqalar miqdori 2002-yilning 1-fevralidan boshlab eng kam ish haqining 170 foizi, 2003-yilning 1-yanvaridan boshlab esa 200 foizi miqdorida belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 16 yoshgacha bolalari boʻlgan nafaqa oluvchi oilalar toifasi kengaytirilib, umumtaʼlim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʻqiydigan 18 yoshgacha bolalari boʻlgan muhtoj oilalar ham shu toifaga qoʻshimcha ravishda kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 4-martdagi PF-1383-sonli Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida ushbu Farmonda koʻzda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 25-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3017-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 32-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 52-son, 586-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 06/18/5504/1629-son)