Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻquvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz respublika sport musobaqalarini oʻtkazish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-oktabrdagi 864-sonli “Oʻquvchi va talaba yoshlar oʻrtasida oʻtkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Mamlakatimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqib joriy etilgan uch bosqichli yagona sport oʻyinlari tizimi — “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” musobaqalari yosh avlodni sogʻlom turmush tarzi tamoyillari asosida tarbiyalash, ularning sportga qiziqishini, milliy gʻurur va iftixor tuygʻusini oshirish borasida beqiyos ahamiyat kasb etmoqda.
Oʻtgan davr mobaynida bu musobaqalar yoshlarimiz hayotining ajralmas qismiga aylandi hamda ular uchun tajriba va mahorat maktabi boʻlib xizmat qilmoqda.
Bu sport oʻyinlarining aniq dastur asosida yurtimizning barcha hududlarida muntazam oʻtkazib kelinayotganligi, joylarda zamon talablariga javob beradigan, yangicha qiyofadagi muhtasham sport maskanlari, stadionlar, suzish havzalarining barpo etilishi qishloq va shaharlarning yanada obod boʻlishida alohida ahamiyat kasb etayotganligini qayd etish lozim.
Yoshlarda sportga boʻlgan havas va intilishni, jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzi tamoyillarini kuchaytirish, oʻquvchi va talaba yoshlarni sportga jalb etish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining “Umid nihollari”, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarining “Barkamol avlod” hamda oliy taʼlim muassasalari talabalarining “Universiada” respublika sport musobaqalarining final bosqichini davriy ravishda oʻtkazish tizimi shakllanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan shakllantirilgan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” respublika sport musobaqalarining final bosqichlarini oʻtkazish rejasi 1-ilovaga, ushbu musobaqalarni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitalar tarkiblari 2 — 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tashkiliy qoʻmitalarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur sport musobaqalarini oʻtkazish yuzasidan alohida dasturlar ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi yuklansin.
Ushbu dasturlarda quyidagilar nazarda tutilsin:
sport musobaqalari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga sport va jismoniy tarbiya tadbirlariga ajratiladigan mablagʻlar doirasida, shuningdek, homiylarning mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etgan holda oʻtkazilishi;
sport musobaqalarining respublika final bosqichlari boʻlib oʻtadigan hududlar va u erda joylashgan infratuzilma obyektlarini talab darajasida tayyorlash va zamonaviy asosda jihozlash;
sport musobaqalari davomida har qaysi ishtirokchining qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini kamol toptirish, buyuk ajdodlarimizning mardlik va jasurlik anʼanalarini munosib davom ettirishga qodir insonlar boʻlib yetishishiga xizmat qiladigan madaniy-maʼrifiy tadbirlar dasturini amalga oshirish.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatiga sport musobaqalari, madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtadigan hamda qatnashchilar yashaydigan joylarda jamoat va transport harakati xavfsizligini taʼminlash vazifasi yuklansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi sport musobaqalari ishtirokchilarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va musobaqalar davrida tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkil etsin, sportchilarning dam olish, ovqatlanish joylarida sanitariya va gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlasin.
6. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi Tashkiliy qoʻmitalar buyurtmasiga binoan sport musobaqalari ishtirokchilari va ijodiy guruh aʼzolarini imtiyozli tariflar asosida chiptalar bilan taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mazkur sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish jarayonini keng yoritib borish tavsiya etilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 29-iyun,
181-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-iyundagi 181-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻquvchi va talaba yoshlarning “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarining hududlarda respublika final bosqichlarini oʻtkazish
REJASI
| Yillar | “Umid nihollari” | “Barkamol avlod” | “Universiada” |
| 2012 | Navoiy viloyati | | |
| 2013 | | | Buxoro viloyati |
| 2014 | | Namangan viloyati | |
| 2015 | Xorazm viloyati | | |
| 2016 | | | Fargʻona viloyati |
| 2017 | | Jizzax viloyati | |
| 2018 | Toshkent viloyati | | |
| 2019 | | | Samarqand viloyati |
| 2020 | | Qashqadaryo viloyati | |
| 2021 | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | | |
| 2022 | | | Toshkent shahri |
| 2023 | | Sirdaryo viloyati | |
| 2024 | Surxondaryo viloyati | | |
| 2025 | | | Andijon viloyati |
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-iyundagi 181-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining “Umid nihollari” sport musobaqalarining Respublika final bosqichini oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
| Shoumarov Gʻ.B. | — | Xalq taʼlimi vaziri, hamrais |
| Kutnbayev E.M. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi oʻrinbosari |
| Babayev M.Q. | — | Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi |
| Jahongirova D.N. | — | Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi |
| Qoʻldoshev A.X. | — | Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari |
| Gʻulomov Sh.T. | — | Milliy xavfsizlik xizmati raisining birinchi oʻrinbosari |
| Quronov M. | — | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari |
| Lavozimiga muvofiq | — | Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari |
| Lavozimiga muvofiq | — | “Vatanparvar” tashkiloti raisi |
| Axmedov B.M. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri oʻrinbosari — “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktori |
| Hazratqulov M. | — | Milliy axborot agentligi bosh direktori |
| Polvonov E.M. | — | “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari |
| Abdullayev A.A. | — | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari |
| Alimov A.M. | — | “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisi |
| Inomova S.T. | — | “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi boshqaruvi raisi |
| Achilov A.M. | — | Xalq taʼlimi vazirining oʻrinbosari — Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori |
| Axmedov A.A. | — | Respublika “Mahalla” jamgʻarmasi boshqaruvi raisi |
| Yusupova I.T. | — | Oʻzbekiston bolalar jamgʻarmasi boshqaruvi raisi |
| Roʻziqulov N.O. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining masʼul xodimi |
| Xodjayev A.A. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yetakchi mutaxassisi |
| Bobonov A.E. | — | Xalq taʼlimi vazirligi Bolalar sportini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi, masʼul kotib |
Eslatma: “Umid nihollari” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi oʻtkaziladigan mintaqalarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari musobaqa Tashkiliy qoʻmitasining hamraisi hisoblanadi.
Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtganda Tashkiliy qoʻmita tarkibiga ularning oʻrniga yangi tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-maydagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 19-son, 215-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-iyundagi 181-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlari va akademik litseylari oʻquvchilarining “Barkamol avlod” sport musobaqalarining Respublika final bosqichini oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
| Parpiyev A.P. | — | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, hamrais |
| Javlonov Sh.S. | — | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari — Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori, rais oʻrinbosari |
| Kutnbayev E.M. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi oʻrinbosari |
| Babayev M.Q. | — | Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi |
| Jahongirova D.N. | — | Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi |
| Qoʻldoshev A.X. | — | Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari |
| Gʻulomov Sh.T. | — | Milliy xavfsizlik xizmati raisining birinchi oʻrinbosari |
| Quronov M. | — | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari |
| Lavozimiga muvofiq | — | Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari |
| Lavozimiga muvofiq | — | “Vatanparvar” tashkiloti raisi |
| Axmedov B.M. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri oʻrinbosari — “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktori |
| Hazratqulov M. | — | Milliy axborot agentligi bosh direktori |
| Polvonov E.M. | — | “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari |
| Abdullayev A.A. | — | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari |
| Alimov A.M. | — | “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisi |
| Inomova S.T. | — | “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi boshqaruvi raisi |
| Achilov A.M. | — | Xalq taʼlimi vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori |
| Yakubov J.A. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining masʼul xodimi |
| Xodjayev A.A. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yetakchi mutaxassisi |
| Nimatov R.Q. | — | Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktorining birinchi oʻrinbosari, masʼul kotib |
Eslatma: “Barkamol avlod” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi oʻtkaziladigan mintaqalarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari musobaqa Tashkiliy qoʻmitasining hamraisi hisoblanadi.
Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtganda Tashkiliy qoʻmita tarkibiga ularning oʻrniga yangi tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-maydagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 19-son, 215-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-iyundagi 181-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari talabalarining “Universiada” sport musobaqalarining Respublika final bosqichini oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
| Parpiyev A.P. | — | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, hamrais |
| Kutibayev E.M. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi oʻrinbosari |
| Babayev M.Q. | — | Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi |
| Jahongirova D.N. | — | Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi |
| Qoʻldoshev A.X. | — | Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari |
| Gʻulomov Sh.T. | — | Milliy xavfsizlik xizmati raisining birinchi oʻrinbosari |
| Quronov M. | — | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari |
| Lavozimiga muvofiq | — | Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari |
| Lavozimiga muvofiq | — | “Vatanparvar” tashkiloti raisi |
| Axmedov B.M. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri oʻrinbosari — “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktori |
| Hazratqulov M. | — | Milliy axborot agentligi bosh direktori |
| Polvonov E.M. | — | “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari |
| Abdullayev A.A. | — | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari |
| Gʻulomxoʻjayev A.N. | — | Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirining oʻrinbosari |
| Axmedov S.I. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining masʼul xodimi |
| Lavozimiga muvofiq | — | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bosh mutaxassisi |
| Nabiyev E.Gʻ. | — | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boshqarmasi boshligʻi, masʼul kotib |
Eslatma: “Universiada” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi oʻtkaziladigan mintaqalarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari musobaqa Tashkiliy qoʻmitasining hamraisi hisoblanadi.
Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtganda Tashkiliy qoʻmita tarkibiga ularning oʻrniga yangi tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-maydagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 19-son, 215-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 27-son, 315-modda; 2014-y., 19-son, 215-modda; 2017-y., 20-son, 367-modda, 37-son, 1002-modda, 37-son, 996-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)