Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.10.2018 29.06.2009 yildagi 181-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.10.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

O‘quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz respublika sport musobaqalarini o‘tkazish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-oktabrdagi 864-sonli “O‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqib joriy etilgan uch bosqichli yagona sport o‘yinlari tizimi — “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” musobaqalari yosh avlodni sog‘lom turmush tarzi tamoyillari asosida tarbiyalash, ularning sportga qiziqishini, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini oshirish borasida beqiyos ahamiyat kasb etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘tgan davr mobaynida bu musobaqalar yoshlarimiz hayotining ajralmas qismiga aylandi hamda ular uchun tajriba va mahorat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu sport o‘yinlarining aniq dastur asosida yurtimizning barcha hududlarida muntazam o‘tkazib kelinayotganligi, joylarda zamon talablariga javob beradigan, yangicha qiyofadagi muhtasham sport maskanlari, stadionlar, suzish havzalarining barpo etilishi qishloq va shaharlarning yanada obod bo‘lishida alohida ahamiyat kasb etayotganligini qayd etish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarda sportga bo‘lgan havas va intilishni, jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini kuchaytirish, o‘quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb etish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida umumta’lim maktablari o‘quvchilarining “Umid nihollari”, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining “Barkamol avlod” hamda oliy ta’lim muassasalari talabalarining “Universiada” respublika sport musobaqalarining final bosqichini davriy ravishda o‘tkazish tizimi shakllanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan shakllantirilgan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” respublika sport musobaqalarining final bosqichlarini o‘tkazish rejasi 1-ilovaga, ushbu musobaqalarni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitalar tarkiblari 2 — 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashkiliy qo‘mitalarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur sport musobaqalarini o‘tkazish yuzasidan alohida dasturlar ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu dasturlarda quyidagilar nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport musobaqalari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga sport va jismoniy tarbiya tadbirlariga ajratiladigan mablag‘lar doirasida, shuningdek, homiylarning mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etgan holda o‘tkazilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport musobaqalarining respublika final bosqichlari bo‘lib o‘tadigan hududlar va u erda joylashgan infratuzilma obyektlarini talab darajasida tayyorlash va zamonaviy asosda jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport musobaqalari davomida har qaysi ishtirokchining qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini kamol toptirish, buyuk ajdodlarimizning mardlik va jasurlik an’analarini munosib davom ettirishga qodir insonlar bo‘lib yetishishiga xizmat qiladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlar dasturini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatiga sport musobaqalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tadigan hamda qatnashchilar yashaydigan joylarda jamoat va transport harakati xavfsizligini ta’minlash vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi sport musobaqalari ishtirokchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va musobaqalar davrida tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etsin, sportchilarning dam olish, ovqatlanish joylarida sanitariya va gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi Tashkiliy qo‘mitalar buyurtmasiga binoan sport musobaqalari ishtirokchilari va ijodiy guruh a’zolarini imtiyozli tariflar asosida chiptalar bilan ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mazkur sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish jarayonini keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 29-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181-son

Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-iyundagi 181-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘quvchi va talaba yoshlarning “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarining hududlarda respublika final bosqichlarini o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJASI

Yillar‎ “Umid nihollari”‎ “Barkamol avlod”‎ “Universiada”‎
2012‎ Navoiy viloyati‎
2013‎ Buxoro viloyati‎
2014‎ Namangan viloyati‎
2015‎ Xorazm viloyati‎
2016‎ Farg‘ona viloyati‎
2017‎ Jizzax viloyati‎
2018‎ Toshkent viloyati‎
2019‎ Samarqand viloyati‎
2020‎ Qashqadaryo viloyati‎
2021‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi
2022‎ Toshkent shahri‎
2023‎ Sirdaryo viloyati‎
2024‎ Surxondaryo viloyati‎
2025‎ Andijon viloyati‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-iyundagi 181-son qaroriga
2-ILOVA

Umid nihollari” sport musobaqalarining Respublika final bosqichini o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI

Shermatov Sh.X.

xalq ta’limi vaziri, hamrais

Kuranbayev K.K.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiraisi

Kasimov O.O.

jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari

Axmatdjanov U.M.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi

Rafikov Q.M.

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

Ergashev R.M.

ichki ishlar vazirining o‘rinbosari

Lavozimiga ko‘ra

Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari

Nuritdinov X.B.

O‘zbekiston milliy teleradio kompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari

Yusupaliyev B.Q.

sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari

Niyazov R.S.

“Vatanparvar” tashkiloti raisi

Nazarbekov O.A.

madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari

Ko‘chimov A.K.

Milliy axborot agentligi bosh direktori

Xusanov U.A.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari v.b.

Sagdullayev F.F.

“O‘zbekistontemiryo‘llari” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari

Inomova S.T.

“Sog‘lomavloduchun” xalqaro xayriya fondi boshqaruvi raisi

Lavozimiga ko‘ra

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi ijro etuvchi direktori

Javlonov Sh.S.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari

Bakiyev Z.A.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining mas’ul xodimi

Bayazitov K.F.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Jismoniy tarbiya va sport shu’basi mudiri

Toirov T.A.

Xalq ta’limi vazirligi “Yoshlik” ko‘ngilli sport jamiyati markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, mas’ul kotib.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: “Umid nihollari” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi o‘tkaziladigan mintaqalarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari musobaqa Tashkiliy qo‘mitasining hamraisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy qo‘mita tarkibiga kiruvchi shaxslar boshqa ishga o‘tgan taqdirda tegishli lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-iyundagi 181-son qaroriga
3-ILOVA

“Barkamol avlod” sport musobaqalarining Respublika final bosqichini o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Madjidov I.U.

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, hamrais

Xolmuxamedov M.M.

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari, rais o‘rinbosari

Kuranbayev K.K.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi

Kasimov O.O.

jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari

Axmatdjanov U.M.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi

Rafikov Q.M.

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

Ergashev R.M.

ichki ishlar vazirining o‘rinbosari

Lavozimiga ko‘ra

Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari

Nuritdinov X.B.

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari

Yusupaliyev B.Q.

sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari

Niyazov R.S.

“Vatanparvar” tashkiloti raisi

Nazarbekov O.A.

madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari

Ko‘chimov A.K.

Milliy axborot agentligi bosh direktori

Xusanov U.A.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari v.b.

Sagdullayev F.F.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari

Inomova S.T.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi boshqaruvi raisi

Lavozimiga ko‘ra

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi ijro etuvchi direktori

Bakiyev Z.A.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining mas’ul xodimi

Bayazitov K.F.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Jismoniy tarbiya va sport shu’basi mudiri

Qodirov E.I.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi” raisining birinchi o‘rinbosari, mas’ul kotib

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: “Barkamol avlod” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi o‘tkaziladigan mintaqalarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari musobaqa Tashkiliy qo‘mitasining hamraisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy qo‘mita tarkibiga kiruvchi shaxslar boshqa ishga o‘tgan taqdirda tegishli lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-iyundagi 181-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Universiada” sport musobaqalarining respublika final bosqichini o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I.U. Madjidov

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, hamrais

K.K. Quronboyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi

O.O. Qosimov

Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari

U.M. Axmatdjanov

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi

Q.M. Rafiqov

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

R.M. Ergashev

Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari

Lavozimi bo‘yicha

Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinb�sari

X.B. Nuritdinov

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari

B.Q. Yusupaliyev

Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari

R.S. Niyazov

“Vatanparvar” tashkiloti raisi

O.A. Nazarbekov

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari

A.K. Ko‘chimov

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

U.A. Husanov

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari v.b.

F.F. Sagdullayev

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari

Lavozimi bo‘yicha

Oliy ta’lim muassasalari rektorlar kengashining raisi

Z.A. Bakiyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining mas’ul xodimi

K.F. Bayazitov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Jismoniy tarbiya va sport shu’basi mudiri

E.I. Qodirov

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi” raisining birinchi o‘rinbosari, mas’ul kotib

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: “Universiada” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi o‘tkaziladigan mintaqalarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari musobaqa Tashkiliy qo‘mitasining hamraisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy qo‘mita tarkibiga kiruvchi shaxslar boshqa ishga o‘tgan taqdirda tegishli lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar Tashkiliy qo‘mita tarkibiga kiritiladi.
(4-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 27-son, 315-modda; 2014-y., 19-son, 215-modda; 2017-y., 20-son, 367-modda, 37-son, 1002-modda, 37-son, 996-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)