OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI HAYʼATINING
Qarori
IShSIZ ShAXSLARNI KASBGA TAYYORLASh VA QAYTA TAYYORLASh, ULARNING MALAKASINI OShIRIShNI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 24-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 762-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-sonli “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Hayʼati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining 1999-yil 24-apreldagi 2/6-sonli Hayʼat qarori bilan tasdiqlangan Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 762, 1999-yil 2-iyul) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Hayʼat raisi A. XAITOV
Toshkent sh.,
2009-yil 12-iyun,
5/4-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Hayʼatining 2009-yil 12-iyundagi 5/4-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1.1-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 156-modda) muvofiq ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil etish tartibini belgilaydi”.
2. 1.2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. 2.1-banddagi “Mehnat vazirligi, hududiy mehnat organlari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoyalash boshqarmalari)” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4. 2.2-bandning birinchi xatboshisidagi “Mehnat vazirligi” soʻzlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. 3.20-banddagi “Mehnat vazirligining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. 3.24-banddagi “Mehnat vazirligiga” soʻzlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 26-son, 305-modda)