OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
buyrugʻi
OBODONLASHTIRISH VA KOʻKALAMZORLASHTIRISH ISHLARIDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 18-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1971]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta koʻrib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish Dasturi” (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarida mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Vazir v.b. A. XAITOV
Toshkent sh.,
2009-yil 8-iyun,
29/B-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 8-iyundagi 29/B-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarida mehnatni muhofaza qilish
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) muvofiq obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarida (bundan keyingi oʻrinlarda obodonlashtirish ishlari deb yuritiladi) ishlovchi xodimlarning (bundan keyingi oʻrinlarda xodimlar deb yuritiladi) mehnatini muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar mulkchilik shaklidan va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, barcha obodonlashtirish ishlarida xizmat koʻrsatuvchi korxonalarga (bundan keyingi oʻrinlarda korxonalar deb yuritiladi) taalluqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Qoidalar arxitektura-qurilish meʼyorlari va qoidalari, sanitariya normalari va qoidalari, milliy standartlarning mehnatni muhofaza qilishga oid qoidalari hamda maʼlum turdagi ishlarni bajarish boʻyicha boshqa qonunchilik hujjatlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 12-iyundagi 33-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1971-2, 16.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2023-y., 10/23/1971-2/0391-son — 2023-yil 5-noyabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunchilik hujjatlariga va mazkur Qoidalarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati, bunga maxsus vakolat berilgan davlat idoralari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa, mehnat jamoalari va kasaba uyushmalari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
(2 va 3-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
4. “Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil etish toʻgʻrisida”gi Namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq korxonalarda quyidagilar nazorat qilinishi lozim:
ish joylarining ahvoli;
mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi;
baxtsiz hodisalarning oʻz vaqtida va toʻgʻri oʻrganib chiqilishi;
mehnatni muhofaza qilishga ajratilgan mablagʻlarning toʻgʻri sarflanishi;
mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishi va boshqalar.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Xavfsizlikning umumiy talablari
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
5. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil qilish “Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil qilish toʻgʻrisida”gi Namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq ishlovchilar soni 50 va undan ortiqni tashkil qiluvchi korxonalarda maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil qilinadi. Ishlovchilar soni 50 dan kam boʻlgan korxonalarda mehnatni muhofaza qilish funksiyalarini bajarish korxona rahbarlaridan birining zimmasiga yuklatiladi.
Mehnatni muhofaza qilish xizmati vazifalariga korxonada mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi boʻyicha barcha ishlarni muvofiqlashtirish va ushbu ishlar oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Mehnatni muhofaza qilish xizmati oʻz maqomiga koʻra korxonaning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbari yoki bosh muhandisiga boʻysunadi hamda korxonaning faoliyati tugatilgan taqdirda tugatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Korxonalarda “Mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar), (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-y., 1-son) talablariga muvofiq har bir mutaxassislik boʻyicha, shuningdek har bir bajariladigan ish turlari uchun alohida mehnat muhofazasiga oid yoʻriqnomalarning ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Korxonalarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni oʻrganish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1997-y., 6-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
2-§. Mehnat muhofazasi boʻyicha qoʻshimcha talablar qoʻyiladigan oʻta xavfli ishlar roʻyxati
10. Har bir korxonada ishlab chiqarishning aniq shart-sharoitlari hisobga olingan holda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining roʻyxati tuziladi.
11. Korxonalarda shikastlanish, kasallik yoki ish qobiliyatining pasayishiga olib keladigan, xodimlarga taʼsir oʻtkazadigan xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari quyidagilardan iborat:
ishlab turgan elektr uzatgich liniyalari yaqinida olib boriladigan ishlar;
kuchlanish ostidagi elektr kabellar oʻtkazilgan uchastkalarda yer qazish ishlarini bajarish;
xlorni transportirovka qilish, xlordan foydalanish va boshqa kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalardan foydalanish bilan bogʻliq ishlarni bajarish;
ftordan foydalanish va uni chiqarish bilan bogʻliq ishlarni bajarish;
yerning patogen zararlangan uchastkalari (chiqindi toʻplanadigan joylar, mol oʻlikxonalari, qabrlar va boshqa shu kabi joylar)da yer qazish ishlarini bajarish;
balandlikda ishlarni bajarish va balandlikka koʻtarilish bilan bogʻliq ishlarni bajarish;
daraxtlarni kesish bilan bogʻliq ishlarni bajarish;
daraxtlarni transport vositalariga ortish, tushirish va ularga birlamchi ishlov berish bilan bogʻliq ishlarni bajarish;
transport vositalarining qatnovi vaqtida yoʻl harakati joylarida daraxtlarni antiseptik va yongʻindan himoya vositalari bilan toʻydirish ishlarini bajarish.
3-§. Yakka tartibda himoyalanish vositalaridan foydalanishga boʻlgan talablar
12. Korxona maʼmuriyati xodimlarni belgilangan meʼyorlarga muvofiq, kerakli yakka tartibdagi himoya vositalari bilan taʼminlashi, ulardan foydalanish muddatlariga hamda saqlash, yuvish, tozalash va taʼmirlash boʻyicha zaruriy shartlariga rioya qilinishini taʼminlagan holda yakka tartibdagi himoya vositalarini berish hisobini yuritishi shart.
13. Yakka tartibda himoyalanish vositalaridan foydalanishi lozim boʻlgan xodimlar, ularning qoʻllanish usullarini, himoyalanish xususiyatlariga, amal qilish muddatlari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlarga ega boʻlishi hamda ulardan foydalanishga oʻrgatilishi lozim.
14. Korxona rahbariyati quyidagilarni taʼminlashi shart:
amaldagi meʼyorlar boʻyicha mazkur ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan barcha shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasini;
himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishni;
qoʻllanilayotgan himoya vositalarining samaradorligi va sozligini tekshirishni;
shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilishni (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
15. Himoya kiyimi ish vaqtida toʻla tugmalangan boʻlishi, shuningdek ulardan foydalanishda yeng manjetlari va barmoqlari qoʻl himoya vositasi bilan bekitilgan boʻlishi zarur.
16. Xodimlarning sochlari maxsus bosh kiyim (beret, roʻmol va hokazo) bilan bekitilgan va yigʻishtirib olingan boʻlishi lozim.
17. Transport vositalari harakatlanish joylarida ishlarni bajarayotgan xodimlar qoʻshimcha signal vositasi sifatida, sariq rangli ip matodan tikilgan nimchalar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
18. Yakka tartibda himoyalanish vositalari alohida joylarda saqlanishi zarur.
19. Suyuq zaharli kimyoviy vositalar bilan ishlashda organizmni himoya qilish uchun quyidagi vositalardan foydalanish zarur:
kislotadan himoyalovchi vosita bilan toʻydirilgan ip matodan tikilgan maxsus kiyim;
rezinadan tikilgan koʻkrakpeshli fartuk;
rezina etiklar;
rezina qoʻlqoplar;
rezina yeng manjeti.
20. Changsimon, quruq va qattiq zaharli kimyoviy vositalar bilan ishlashda organizmni himoya qilish uchun quyidagi vositalardan foydalanish zarur:
chang oʻtmaydigan matodan tikilgan maxsus kiyim;
maxsus qoʻlqop;
rezina etiklar yoki brezent baxillar.
21. Koʻzni zaharli kimyoviy moddalardan himoyalash uchun PO-2, “Monoblok”, SZZM-bs turdagi himoya koʻzoynaklaridan foydalanish zarur.
22. Zaharli kimyoviy moddalarni nafas olish yoʻllariga kirishidan himoyalash uchun RU-60 M turdagi universal respiratorlar, korobkalari almashtiriladigan sanoat protivogazlari, F-62 III, U-2K, “Lepestok”, “Astra-2” turlaridagi changga qarshi respiratorlardan foydalanish zarur.
Uchuvchanligi yuqori boʻlgan zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlashda korobkali sanoat protivogazlaridan (A, V, G markali) yoki respiratorlardan foydalanish zarur.
Uchuvchan zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlashda RU-60 M turdagi, patronlari almashtiriladigan respiratorlar (A, V markalari) foydalanish zarur.
Uchuvchan boʻlmagan zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlashda changga qarshi U-2K, F-62 III, “Astra”, “Lepestok” turidagi respiratorlardan foydalanish zarur.
4-§. Kasbiy tanlov
23. Korxonalarda kasbiga koʻra tanlov asosida ishga qabul qilinishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
24. Barcha ishchilar oʻta xavfli boʻlgan ishlarni bajarishga kirishishdan oldin, bunday ishlarni amalga oshirish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtishlari, talablar bilan tanishishlari va ularni bajarishning xavfsiz usullarini oʻzlashtirib olgan boʻlishlari zarur.
25. Oʻta xavfli ishlar bilan shugʻullanish, belgilangan tartibga muvofiq korxona rahbari tomonidan tasdiqlanib, ruxsat etilgan xodimlar tomonidangina amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Oʻn sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qoʻllanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari roʻyxatiga (roʻyxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 3-noyabrdagi 184-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1971-1, 06.11.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son, 402-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
27. “Ayollar mehnatidan foydalanish qisman yoki toʻliq taqiqlangan noqulay mehnat sharoitiga ega ishlar roʻyxati”ga (roʻyxat raqami 865, 2000-yil 5-yanvar), (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-yil, 1-son) muvofiq ayollar zararli va noqulay mehnat sharoitiga ega boʻlgan ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Korxona maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) xodimlarni kasbiy tanlovdan oʻtkazishda quyidagilarni tashkil etishi zarur:
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2000-yil 6-iyundagi 300-son “Xodimlarni ishga kirishdan oldin dastlabki va davriy tibbiy koʻriklardan oʻtkazish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 937, 2000-yil 23-iyun) asosan ishga kirishdan oldin va davriy ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtkazib turish;
Keyingi tahrirga qarang.
malakali saralashdan oʻtgan xodimlarning kasbga adaptatsiyasi jarayonini nazorat qilib borish;
xodimlarning amaliy koʻnikmalarini kasb talablariga muvofiqligini tekshirib turish.
5-§. Xodimlarga yoʻl-yoʻriq berish, oʻqitish va ularning bilimlarini tekshirish ishlarini tashkil etish
29. Xodimlar oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, yoʻl-yoʻriqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan oʻtkazishlari hamda kasbiy-texnik tayyorgarlikdan oʻtgan boʻlishlari shart.
30. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish “Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻgʻrisida”gi Namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Korxona maʼmuriyati barcha ishga kirayotganlar, shuningdek boshqa ishga oʻtkazilayotgan xodimlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz usullarini tashkil etishlari hamda ularga mehnatni muhofaza qilish va baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarga yordam koʻrsatish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berishlari shart.
6-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
32. Obodonlashtirish ishlariga belgilangan tartibda dastlabki va davriy tibbiy koʻrikdan oʻtgan hamda tibbiy jihatdan sogʻlom boʻlgan shaxslar qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Korxona rahbariyati (yoki ish beruvchi) har yili davriy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda ularning tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
34. Tibbiy koʻriklar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Korxona rahbariyati tibbiy koʻrik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, hamda dalolatnomada koʻzda tutilgan barcha tadbirlar va koʻrsatmalarni bajarishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Davriy tibbiy koʻriklarni oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra berilgan tavsiyalarning bajarilishi uchun javobgarlik korxona maʼmuriyati zimmasiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Xodim tibbiy koʻrikdan oʻtishdan boʻyin tovlagan yoki tibbiy komissiyalar tomonidan oʻtkazilgan tekshirishlar natijalariga koʻra berilgan tavsiyalarni bajarmagan taqdirda, korxona maʼmuriyati ushbu xodimni ishga qoʻyishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Korxonalarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2000-yil 6-iyundagi 300-son “Oʻzbekiston Respublikasida xodimlarni ishga qabul qilishda dastlabki va davriy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 937, 2000-yil 23-iyun) asosida amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Obodonlashtirish ishlarini bajarish jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
1-§. Obodonlashtirish ishlarini bajarishda xodimlarning mehnat xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
39. Yoʻl qoplamasiga nitroboʻyoq bilan chiziqlarni chizish ishlari kombinezon, himoya koʻzoynaklari va respirator kiygan xodimlar tomonidan bajariladi. Boʻyoqlar bilan ishlaydigan barcha xodimlar ularning xususiyati va xavfsizlik texnikasi boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazilgan boʻlishi lozim.
40. Belgi chiziqlarini chizish ishlarini bajarayotgan xodimlar brigadasida birinchi tibbiy yordam koʻrsatishga moʻljallangan tibbiy aptechka boʻlishi shart.
41. Daraxtlarga shakl berish jarayonida gulqaychi, qoʻlarralar, elektr arralar hamda benzin bilan ishlaydigan arralardan foydalanishga, faqatgina ulardan xavfsiz foydalanish usullarini oʻzlashtirgan xodimlarga ruxsat etiladi.
42. Xodimlarning tegishli dielektrik oyoq kiyimi, rezina qoʻlqoplar va boshqa himoya vositalarisiz elektr toki bilan ishlaydigan asbob-uskunalarda ishlashlari man etiladi.
43. Ob-havoning yogʻingarchilik paytlarida elektr asbob-uskunalarda ishlarni bajarish taqiqlanadi.
44. Xodimlar tomonidan pichoqlari maxsus himoya vositalari bilan jihozlanmagan avtomatik oʻt oʻrish uskunalaridan foydalanish taqiqlanadi.
45. Xodimlar tomonidan mehnat xavfsizligi boʻyicha qoʻshimcha (kuchaytirilgan) talablar qoʻyiladigan ishlar (daraxtlarga shakl berish, daraxtlarni agʻdarish va boshqalar) belgilangan tartibda ruxsatnoma orqali amalga oshiriladi.
Ruxsatnoma mavjud ish hajmlarini bajarish muddatiga beriladi. Ishlarni bajarishda bir sutkadan ortiq vaqt tanaffus qilinganda yoki bajarilayotgan ishlarning shart-sharoitlari oʻzgargan hollarda ruxsatnoma bekor qilinadi va ishlarni qayta boshlash uchun yangi ruxsatnoma beriladi.
2-§. Obodonlashtirish ishlarini bajarishda foydalaniladigan asbob-uskunalar va transport vositalarga qoʻyiladigan talablar
46. Obodonlashtirish ishlarida foydalaniladigan asbob-uskunalarga quyidagi talablar oʻrnatiladi:
mehnat xavfsizligi standartlari tizimi talablariga javob berishligi;
texnik koʻrikdan va sinovlarda oʻtganligi;
belgilangan talablarga muvofiq holda joylashtirilganligi;
foydalanish jarayonida ularga profilaktika xizmati koʻrsatib borilganligi;
belgilangan muddatlarda joriy va mukammal taʼmirdan oʻtganligi.
47. Foydalanishda boʻlgan barcha turdagi avtomashinalar, shuningdek obodonlashtirish sohasida ishlatiladigan texnik vositalar (gidravlik, teleskopik) shotilar, koʻchatlarni sugʻorishga ixtisoslashgan avtosuvtashuvchi vositalar va nasos-kuchlanish uskunalari va tirkamalar texnik jihatdan soz holatda boʻlishi lozim.
48. Xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlamaydigan, texnik jihatdan eskirgan hamda yaroqsiz holga kelgan jihozlar almashtirilishi va hisobdan chiqarilishi lozim.
3-§. Ish rejimiga qoʻyiladigan talablar. Dam olish va mehnat qilish tartibi
49. Xodimlarning optimal darajadagi ish rejimi va dam olishini taʼminlashga quyidagilar orqali erishiladi:
ish sharoitlari zararli boʻlgan ish joylari va uchastkalarini aniqlash;
ish va dam olishning belgilangan rejimiga rioya etish;
mehnatkashlarning yuqori samaradorlik bilan ishlashini taʼminlaydigan ish va dam olish rejimlarini taʼminlash;
shamol kuchi va tashqi havo haroratidan kelib chiqib, ishda tanaffuslar qilish yoki ishlarni vaqtincha toʻxtatishni taʼminlash;
shamol kuchi va tashqi havo haroratidan kelib chiqib, ishda tanaffuslar qilish yoki ishlarni vaqtincha toʻxtatishni taʼminlash zarur;
ish sharoitlaridan kelib chiqib, zararli ish sharoitlari uchun qoplama toʻlovlar va imtiyozlar taqdim etiladigan xodimlar kontingentini aniqlash va ularga ushbu imtiyozlarni taqdim etish.
Oldingi tahrirga qarang.
51. Ishning kun tartibi, ish haftasi, dam olish va tanaffus vaqti qonunchilik hujjatlariga asosan belgilanishi kerak.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
52. Ishlash va dam olish tartibini tuzayotganda ishning xususiyatini, zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari, mehnat turi va ogʻirlik darajasini ham inobatga olish lozim.
53. Dam olish va mehnat qilish tartibi bir necha turlardan iborat boʻlishi kerak. Dam olish uchun berilgan vaqt, mehnatning ogʻir va yengilligi, jismoniy va aqliy ish turlariga qarab belgilanishi kerak.
Kunning issiqlik harorati 33oS dan oshgan vaqtlarda, tashqarida ishlovchi xodimlarning ish kuni rejimiga belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
IV. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
54. Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunchilik hujjatlari hamda mazkur Qoidalarga rioya qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi korxonalar zimmasiga yuklatiladi.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
55. Mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmagan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
56. Ishlarni bajarish bilan bogʻliq holda xodimlarning salomatligiga yetkazilgan zararlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
V. Yakuniy qoida
57. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasi, “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi va “Oʻzkommunxizmat” agentligi bilan kelishilgan.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 5-iyun
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi B. ULASHOV
Toshkent sh.,
2009-yil 5-iyun
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi I. XOLMATOV
Toshkent sh.,
2009-yil 5-iyun
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Toshkent sh.,
2009-yil 5-iyun
Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori Oʻ. XALMUXAMMEDOV
Toshkent sh.,
2009-yil 5-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 25-son, 293-modda; 2010-y., 44-45-son, 402-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 17.06.2023-y., 10/23/1971-2/0391-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)