Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLI PUNKTLARINING MAʼMURIY-HUDUDIY TUZILIShINI TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish, toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarining maʼmuriy-hududiy tuzilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 14-iyuldagi PQ-120-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari viloyat Kengashlarining qarorlari bilan ilovaga* muvofiq qishloq aholi punktlari shahar posyolkalari toifasiga kiritilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda aholi punktlari toifalarining oʻzgartirilishi bilan bogʻliq ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlasinlar;
shahar posyolkalari toifasiga kiritilgan aholi punktlariga nisbatan qoʻyiladigan shaharsozlik talablariga rioya etilishini taʼminlasinlar va muhandislik, transport hamda ijtimoiy infratuzilmalarni oqilona joylashtirish masalalarini hal etish boʻyicha tadbirlarni ikki oy muddatda belgilasinlar;
shahar posyolkalari toifasiga kiritilgan aholi punktlari nomlarini “Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish, toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasi talablariga muvofiqlashtirish boʻyicha bir oy muddatda chora-tadbirlar koʻrsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi ushbu qarorga muvofiq, ilovaga kiritilgan qishloqlar va shaharlar aholi punktlarining statistik koʻrsatkichlariga ikki hafta muddatda, belgilangan tartibda zarur oʻzgartirishlar kiritsin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda, qishloq aholi punktlarining shahar posyolkalari toifasiga kiritilishi munosabati bilan, vrachlar, provizorlar, oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga ish haqi tayinlashda hamda ular pensiyaga chiqqanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarining maʼmuriy-hududiy tuzilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 14-iyuldagi PQ–120-son qarorining 5-bandida nazarda tutilgan imtiyozlarning qoʻllanishini taʼminlasinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 13-mart,
68-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 12-son, 130-modda)