Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.04.2020 08.06.2009 yildagi 156-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.04.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AYLANMA MABLAGʻLARNI TOʻLDIRISh UChUN TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN IMTIYOZLI KREDITLAR AJRATISh HISOBIGA EKSPORT QILUVChI KORXONALARNI QOʻLLAB-QUVVATLAShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-yanvardagi 30-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash, faoliyati samaradorligini oshirish va kredit siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 21-dekabrdagi PQ-4071-son qarori)”gi qaroriga asosan 2020-yil 18-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmoni bilan tasdiqlangan Iqtisodiyotning real sektori bazaviy tarmoqlari korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturining 1.5-bandi ijrosini taʼminlash, shuningdek aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar ajratish hisobiga eksport qiluvchi korxonalar faoliyatini qoʻshimcha ravishda ragʻbatlantirish, aholi bandligini oshirishga va yangi ish oʻrinlari tashkil etishga koʻmaklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport qiluvchi korxonalarning tijorat banklarining oʻz mablagʻlari va jalb qilingan mablagʻlari hisobiga aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun imtiyozli kreditlar olish yuzasidan murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha kichik guruh (keyingi oʻrinlarda Kichik guruh deb ataladi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport qiluvchi korxonalarning tijorat banklarining oʻz mablagʻlari va jalb qilingan mablagʻlari hisobiga aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun imtiyozli kreditlar olish yuzasidan murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Kichik guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari tomonidan oʻz mablagʻlari va jalb qilingan mablagʻlari hisobiga (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlariga muvofiq banklarning kapitallashuvini oshirish uchun ajratilgan maqsadli mablagʻlar bundan mustasno) eksport qiluvchi korxonalarga aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilish uchun aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun eksport qiluvchi korxonalarga tijorat banklarining imtiyozli kreditlarini olishda koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kichik guruh (Gʻaniyev) bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi axborotni har chorakda Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirishni monitoring va nazorat qilish boʻyicha Ishchi guruhga koʻrib chiqish uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi 288-son qarori bilan tasdiqlangan Iqtisodiyotning real sektori sohasida korxonalarni va investitsion faollikni kredit yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash masalalarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Markaziy bankka tijorat banklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda idoraviy normativ hujjatlarni va ichki hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 8-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
156-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-iyundagi 156-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport qiluvchi korxonalarning tijorat banklarining oʻz mablagʻlari va jalb qilingan mablagʻlari hisobiga aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun imtiyozli kreditlar olish yuzasidan murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha kichik guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻaniyev E.M.‎ —‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri, kichik guruh rahbari‎
Abdukarimov R.M. ‎ —‎ Markaziy bank raisining oʻrinbosari, kichik guruh rahbari oʻrinbosari‎
Xayrullayev Sh.Sh. ‎ —‎ Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari ‎
Fayzullayev Sh.N.‎ —‎ Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari‎
Mirzayev M.M.‎ —‎ Moliya vazirining oʻrinbosari‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Kichik guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda guruh tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-iyundagi 156-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport qiluvchi korxonalarning tijorat banklarining oʻz mablagʻlari va jalb qilingan mablagʻlari hisobiga aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun imtiyozli kreditlar olish yuzasidan murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAQTINChALIK NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom tijorat banklari tomonidan oʻz mablagʻlari va jalb qilingan mablagʻlari hisobiga (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlariga muvofiq banklarning kapitallashuvini oshirish uchun ajratilgan maqsadli mablagʻlar bundan mustasno) eksport qiluvchi korxonalarga aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish masalalarini koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Vaqtinchalik nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmoni bilan tashkil etilgan Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirishni monitoring va nazorat qilish boʻyicha Ishchi guruh;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik guruh — Eksport qiluvchi korxonalarning tijorat banklarining oʻz mablagʻlari va jalb qilingan mablagʻlari hisobiga aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun imtiyozli kreditlar olish yuzasidan murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha kichik guruh;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit mablagʻlari — Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasining 70 foizidan ortiq boʻlmagan stavka boʻyicha imtiyozli asosda beriladigan tijorat banklarining oʻz mablagʻlari va jalb qilingan mablagʻlari hisobiga (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlariga muvofiq banklarning kapitallashuvini oshirish uchun ajratilgan maqsadli mablagʻlar bundan mustasno) shakllanadigan mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qiluvchi korxona — Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan, oʻzi ishlab chiqargan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilayotgan yoki eksport qilishni nazarda tutayotgan korxona;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank — eksport qiluvchi korxonaga kredit beradigan tijorat banki.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kredit mablagʻlari ajratish, qoidaga koʻra, kreditni 12 oygacha berish muddati bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Vaqtinchalik nizom talablariga muvofiq boʻlmagan eksport qiluvchi korxonalarga kreditlar ajratish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda banklarning ichki kredit siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Kichik guruhning asosiy funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yuklangan vazifalarni bajarish doirasida Kichik guruh quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan eksport qiluvchi korxonalarning kredit hujjatlari belgilangan muddatlarda oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qiluvchi korxonalarning kredit mablagʻlari olish boʻyicha hujjatlarini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklarning kredit faolligini kengaytirishga va eksport qiluvchi korxonalarning kredit mablagʻlari olishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlarni tezkorlik bilan va sifatli koʻrib chiqish, shuningdek Kichik guruhning majlislari oʻtkazilishini oʻz vaqtida tashkil etish uchun Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining buyrugʻi asosida vazirlikning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va malakali mutaxassislaridan Ishchi organ shakllantiriladi. Ishchi organga Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining soʻrovi asosida boshqa vazirliklar va idoralardan mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Eksport qiluvchi korxonalarga kredit mablagʻlari ajratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kredit mablagʻlari banklar tomonidan keyinchalik qayta ishlash, ishlab chiqarish va oʻzi ishlab chiqargan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilish uchun xomashyo va materiallar xarid qilish, shuningdek aholining ish bilan bandligini taʼminlash maqsadida eksport qiluvchi korxonalarning aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Eksport qiluvchi korxona kredit mablagʻlari olish uchun Ishchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit mablagʻlari olish uchun ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi ishlab chiqargan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish uchun moʻljallanayotgan xaridorlar bilan tuzilgan shartnomalarning nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit olishning maqsadlari va foydalanish yoʻnalishlari, shuningdek moʻljallanayotgan summa, kreditning muddati va foiz stavkasi, pul mablagʻlarining prognoz oqimi, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilishga buyurtmalar portfelining tuzilishi va ularni sotish bozorlari, shuningdek kreditning oʻzlashtirilishi va qaytarilishiga taalluqli boʻlgan boshqa maʼlumotlar koʻrsatilgan biznes-reja;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qiluvchi korxona faoliyat koʻrsatishi davrida, biroq oxirgi 3 yildan ortiq boʻlmagan davrda eksport qiluvchi korxonaning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan davlat soliq xizmati organlari tomonidan tasdiqlangan buxgalteriya balansi (1-shakl), moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-shakl), debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisida maʼlumotnoma (2a-shakl);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit boʻyicha moʻljallanayotgan taʼminlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (mol-mulk garovi, kafolatlar, kafillik, sugʻurta polisi va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qiluvchi korxonaning boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan maʼqullangan mahsulotlar (tovarlar, ishlar va xizmatlar) tannarxini, ishlab chiqarishning materiallar sigʻimi va energiya sigʻimini kamaytirish, ishlab chiqarishning rentabelliligi va foyda keltiruvchanligini oshirish, moliyaviy oqimlarni boshqarishni takomillashtirish va ortiqcha shtat birliklarini qisqartirish boʻyicha moliyaviy reja, shuningdek ushbu moliyaviy rejani amalga oshirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, yangidan tashkil etilayotgan korxonalar va/yoki ishlab chiqarishlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kichik guruh taqdim etilgan hujjatlarni 2 kun mobaynida ularning ushbu Nizomning 6-bandi talablariga muvofiqligi yuzasidan koʻrib chiqadi va, ular muvofiq boʻlmagan taqdirda, Kichik guruh aʼzolari va bankka yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kichik guruh aʼzolari taqdim etilgan hujjatlarni bir hafta muddatda koʻrib chiqadi va Ishchi organga quyidagi mezonlarga eʼtiborni qaratgan holda oʻz xulosalarini taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqariladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishning tashqi bozorlari konyunkturasi oʻzgarishini hisobga olgan holda eksport qiluvchi korxonani va tarmoqni yanada rivojlantirish istiqbollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqda eksport qiluvchi korxonaning ahamiyati, sotish hajmlarini koʻpaytirish va eksport qiluvchi korxonalar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini oʻzlashtirish koʻlamlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon bozori konyunkturasi nuqtai nazaridan ishlab chiqarish taklif qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksportga sotish istiqbollarini, uni eksport qilish hajmini marketing baholashni hisobga olgan holda eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlar (tovarlar, ishlar, xizmatlar) ulushining moʻljallanayotgan ishlab chiqarish umumiy hajmining kamida 80 foizi darajasida boʻlishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlar (tovarlar, ishlar va xizmatlar) tannarxini pasaytirish, ishlab chiqarishning rentabelliligi va foyda keltiruvchanligini oshirish boʻyicha moliyaviy rejaning bajarilishi, eksport qiluvchi korxonaning moliyaviy ahvoli, budjet oldida, banklarning kreditlari, kommunal xizmatlar, ish haqi boʻyicha qarzlar mavjudligi, shuningdek debitorlik-kreditorlik qarzdorlik tahlili.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ishchi organ Kichik guruh aʼzolarining tegishli xulosalari olingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida eksport qiluvchi korxonaning ushbu Vaqtinchalik nizomning 5-bandi talablariga muvofiqligi (nomuvofiqligi) toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Kichik guruh majlisi oʻtkazilishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Kichik guruh majlisiga Kichik guruh aʼzolariga eksport qiluvchi korxonaning kredit tarixi toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etish va taqdim etilgan biznes-rejani kredit berish mumkinligi yuzasidan tahlil qilish uchun bankning vakillari taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kichik guruhning qarori tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va Ishchi organ tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqish hamda qonun hujjatlariga va bankning ichki kredit siyosatiga muvofiq kredit mablagʻlari berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun bir kun muddatda bankka taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Eksport qiluvchi korxonalarning buyurtmanomalarini koʻrib chiqishda bank eksport qiluvchi korxonadan qonun hujjatlariga va bankning ichki kredit siyosatiga muvofiq kredit qoʻmitasi (yoki Kengashi)ning qarorini qabul qilish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bankning kredit qoʻmitasi (yoki Kengashi) kredit boʻyicha hujjatlar bankka topshirilgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida tegishli qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bankning kredit qoʻmitasi (yoki Kengashi)ning kredit mablagʻlari berish toʻgʻrisidagi ijobiy qarori tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda eksport qiluvchi korxonaga va Ishchi organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit mablagʻlari berish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda bank bir kun muddatda eksport qiluvchi korxona bilan kredit shartnomasi tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bankning kredit qoʻmitasi (yoki Kengashi) tomonidan kredit mablagʻlari berish rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda bank bankning kredit qoʻmitasi (yoki Kengashi)ning tegishli qarori qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kech boʻlmagan muddatda rad etishning asoslangan sabablarini koʻrsatgan holda eksport qiluvchi korxonani va Ishchi organni yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Kredit mablagʻlaridan foydalanish monitoringini olib borish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bank qonun hujjatlariga, kredit shartnomasiga va bankning ichki kredit siyosatiga muvofiq berilgan kredit mablagʻlaridan foydalanilishining monitoringini olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Berilgan kreditlardan boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda bank kreditni tuzilgan kredit shartnomasiga muvofiq korxonaning bankdagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamidan muddatidan oldin undirib olishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bank har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga va Ishchi organga dastlab berilgan kredit summasini, kredit boʻyicha qarz qoldigʻini, hisoblangan va toʻlangan foiz toʻlovlari summasini, kredit mablagʻlaridan maqsadli foydalanganlik va kredit monitoringi amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda eksport qiluvchi korxonalar boʻyicha axborotni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi har oyda Ishchi organga eksport qiluvchi korxonalar tomonidan tuzilgan eksport kontraktlari natura va qiymat ifodasida amalda bajarilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-iyundagi 156-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi 288-son qarori bilan tasdiqlangan Iqtisodiyotning real sektori sohasida korxonalarni va investitsion faollikni kredit yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash masalalarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tadbirkorlik subyektlari tomonidan tayyor mahsulot ishlab chiqarish va sotish, ichki bozorni mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan toʻldirish maqsadida zamonaviy asbob-uskunalar va mini-texnologiyalar sotib olish, shuning hisobiga qoʻshimcha ish oʻrinlari tashkil etish va aholi daromadini oshirish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi—beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maqsadli mablagʻlar hisobiga kreditlar, qoidaga koʻra, imtiyozli shartlarda, investitsiya maqsadlari uchun kamida 1 yillik imtiyozli davr bilan kamida 3 yil muddatga ajratiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshi uchinchi xat boshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 9-bandning ikkinchi xatboshidagi “aylanma kapitalini toʻldirish uchun nazarda tutilgan kreditlar, shuningdek” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 20-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“20. Maqsadli mablagʻlar hisobiga kredit olish uchun korxona Ishchi organga ushbu Vaqtinchalik nizomning 11-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etadi.”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 22-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 24-son, 271-modda)