OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRINING
buyrugʻi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM MUASSASALARI BITIRUVCHILARINING YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 12-martdagi 86-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1963-4, 25.03.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 26-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 469-sonli qaroriga muvofiq buyuraman:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisida”gi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng 2009-yil 2-sentabrdan kuchga kiradi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 1996-yil 26-apreldagi 106-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisida”gi vaqtinchalik nizom (1996-yil 2-may, roʻyxat raqami 242) mazkur buyruq kuchga kirgandan soʻng oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 22-may,
160-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2009-yil 22-maydagi 160-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oliy taʼlimning Davlat taʼlim standartiga muvofiq oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari oʻquv jarayoni jadvaliga muvofiq oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Yakuniy davlat attestatsiyasi oliy taʼlim muassasasidagi har bir taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) boʻyicha tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
bitiruvchining bilim, malaka va koʻnikma darajasining davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiq kelishini kompleks baholash;
yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari boʻyicha bitiruvchilarga bakalavr (magistr) akademik darajasini berish masalasini hal qilish;
komissiya faoliyati natijalarini tahlil qilish va ular asosida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlashni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
4. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari oʻz faoliyatlarini mazkur Nizom hamda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasi va taʼlim mazmuniga qoʻyilgan Davlat taʼlim standartlari talablarini bajarishga yoʻnaltirilgan boshqa hujjatlarga tayangan holda olib boradilar.
II. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari
Oldingi tahrirga qarang.
5. Yakuniy davlat attestatsiyasi taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) oʻquv rejalariga muvofiq quyidagi turlardagi attestatsiya sinovlaridan iborat:
xorijiy til boʻyicha yakuniy davlat attestatsiya sinovi (oliy taʼlim muassasasi Kengashi qaroriga asosan oʻtkazilishi mumkin);
Keyingi tahrirga qarang.
taʼlim yoʻnalishi boʻyicha fanlararo (umumkasbiy va ixtisoslik) yakuniy davlat attestatsiya sinovi;
Keyingi tahrirga qarang.
diplom loyihasi himoyasi;
bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 7-noyabrdagi 26-2018-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1963-2, 12.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/1963-2/2318-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Xorijiy til boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi sinovi mazkur fanning davlat taʼlim standartida belgilangan zaruriy mazmunidan kelib chiqqan holda oʻquv dasturida nazarda tutilgan materiallarni talaba tomonidan oʻzlashtirilganlik darajasini aniqlashga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 7-noyabrdagi 26-2018-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1963-2, 12.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/1963-2/2318-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) boʻyicha fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi fanlar mazmuniga qoʻyiladigan talablar bilan bir qatorda, talaba tayyorgarligining mazkur taʼlim yoʻnalishi (mutaxassislik) boʻyicha malaka talablarida bitiruvchiga nisbatan nazarda tutilgan umumiy talablarga ham javob bera olish darajasini aniqlashga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 7-noyabrdagi 26-2018-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1963-2, 12.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/1963-2/2318-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Yakuniy davlat attestatsiyasini ixtisoslik fanlaridan (fanlararo) yakuniy davlat attestatsiya sinovi yoki diplom loyihasi himoyasi yoxud bitiruv malakaviy ishi (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi shaklida oʻtkazilishi bitiruvchilarning iqtidori, xohishi va taʼlim xususiyatidan kelib chiqqan holda oliy taʼlim muassasasi Kengashi qarori bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yakuniy davlat attestatsiyasiga oliy taʼlim muassasasi Kengashi qaroriga asosan xorijiy til boʻyicha yakuniy davlat attestatsiya sinovi qoʻshimcha sifatida kiritilishi mumkin.
Oliy taʼlim muassasasi Kengashining qarori bilan bitiruvchi uchun belgilangan yakuniy davlat attestatsiyasining shakli bir oʻquv yili davomida oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari oʻquv jarayoni jadvalida koʻrsatilgan muddatlarda fakultet dekani yoki oʻquv-uslubiy boʻlim (boshqarma) tomonidan tayyorlangan, oliy taʼlim muassasasi oʻquv ishlari boʻyicha prorektori tomonidan tasdiqlangan Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari jadvali asosida oʻtkaziladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 7-noyabrdagi 26-2018-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1963-2, 12.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/1963-2/2318-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Oliy taʼlim muassasalari tomonidan yetakchi professor-oʻqituvchilarni jalb etgan holda yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining dasturlari hamda baholash mezonlari ishlab chiqiladi hamda tayanch oliy taʼlim muassasasi bilan kelishgan holda oliy taʼlim muassasasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadi va talabalar eʼtiboriga yetkaziladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 7-noyabrdagi 26-2018-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1963-2, 12.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/1963-2/2318-son)
Keyingi tahrirga qarang.
III. Yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tarkibi
10. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari raisligiga nomzodlar oliy taʼlim muassasalari tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilib, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi raislari oliy taʼlim muassasasining idoraviy mansubligidan qatʼiy nazar, ushbu taʼlim muassasasida ishlamayotgan olimlar, ishlab chiqarishning yetakchi mutaxassislaridan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan bir yil (kalendar yil) muddatga tasdiqlanadi.
Bir kishi ketma-ket bir oliy taʼlim muassasasida tegishli yoʻnalish (mutaxassislik) boʻyicha ikki martadan ortiq yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining raisi boʻlishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Oliy taʼlim muassasasida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan raislar rahbarligida oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) buyrugʻi bilan xorijiy til boʻyicha yakuniy davlat attestatsiya sinovi (oliy taʼlim muassasasi Kengashi qaroriga asosan) va (yoki) taʼlim yoʻnalishi (mutaxassislik) boʻyicha fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi va diplom loyihasi yoki bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi yoki ixtisoslik fanlaridan yakuniy davlat attestatsiya sinovini oʻtkazish boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibi shakllantiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 7-noyabrdagi 26-2018-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1963-2, 12.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/1963-2/2318-son)
Keyingi tahrirga qarang.
13. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibi mutaxassis tayyorlovchi oliy taʼlim muassasasining ilmiy-pedagogik kadrlari (attestatsiya komissiyasi umumiy tarkibining 50 foizigacha), shuningdek mazkur soha kadrlarining isteʼmolchilari boʻlgan korxona, tashkilot va muassasalarning yuqori malakali mutaxassislari, turdosh oliy taʼlim muassasalarining yetakchi professor-oʻqituvchi va ilmiy xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimidagi tegishli soha olimlaridan iborat boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tarkibi kamida 5 nafar professor-oʻqituvchi va mutaxassislardan shakllantiriladi. Yakuniy davlat attestatsiyasida vasiylik kengashi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ota-onalar vakillari jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2015-yil 26-oktabrdagi 8-2015-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1963-1, 06.11.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 44-son, 571-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Yakuniy davlat attestatsiya sinovlari boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining tarkibi oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan bitiruv semestri boshlanishidan bir oy oldin tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Zaruriyat boʻlganda attestatsiya sinovlarining biri boʻyicha bitta rais rahbarligida bir nechta yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tuzilishi mumkin.
Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi vakillari ishtirok etishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oliy taʼlim muassasalarining davlat attestatsiyasidan oʻtmagan yoʻnalish va mutaxassislik bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi ushbu oliy taʼlim muassasasining yuqori turuvchi vazirlik (idora) tomonidan tashkil etiladigan davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 7-noyabrdagi 26-2018-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1963-2, 12.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/1963-2/2318-son)
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
16. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari boshlanishidan oldin yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi raislari bilan oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) shaxsan yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining tayyorgarlik darajasi, komissiya raislari va aʼzolarining vazifalari, bitiruvchilarga qoʻyilayotgan talablar, tartib-intizom toʻgʻrisida yigʻilish oʻtkazadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 7-noyabrdagi 26-2018-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1963-2, 12.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/1963-2/2318-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari yozma, test yoki ogʻzaki usulda tashkil etiladi va ushbu tartib oliy taʼlim muassasasi Kengashi qarori asosida taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilanadi hamda yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishidan olti oy oldin talabalar eʼtiboriga yetkaziladi. Talabalar sinov oʻtkaziladigan fanlar dasturlari bilan taʼminlanadilar, ularga tayyorgarlik koʻrish va maslahatlar berish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 7-noyabrdagi 26-2018-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1963-2, 12.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/1963-2/2318-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Yakuniy davlat attestatsiyasiga tegishli oʻquv reja va fan dasturlarini toʻliq tugatgan va oʻquv rejasida nazarda tutilgan barcha sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan talabalar qoʻyiladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2015-yil 26-oktabrdagi 8-2015-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1963-1, 06.11.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 44-son, 571-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari tegishli taʼlim dasturlarini toʻliq oʻzlashtirgandan keyin yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtishlari majburiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari va diplom loyihasi yoki bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi yoxud ixtisoslik fanlaridan yakuniy davlat attestatsiya sinovi yakuniy davlat attestatsiya komissiyalarining ochiq majlislarida, aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan holda, rais ishtirok etmagan taqdirda rais oʻrinbosari raisligida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Diplom loyihasi yoki bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi yoxud ixtisoslik fanlaridan yakuniy davlat attestatsiya sinovi ishlab chiqarish bazasida tashkil etilgan kafedra filiallarida sohaning yetakchi mutaxassislarini jalb etgan holda oʻtkazilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Yakuniy davlat attestatsiyasiga kiritilgan barcha turdagi attestatsiya sinovlari boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichi talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimiga muvofiq aniqlanadi hamda yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining majlis bayoni rasmiylashtirilgandan soʻng shu kunning oʻzida eʼlon qilinadi.
Yakuniy davlat attestatsiyasiga kiritilgan barcha turdagi attestatsiya sinovlarida mualliflikni oʻzlashtirishga (plagiatga) yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday holat aniqlanganda davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan bitiruvchiga tegishli attestatsiya sinovidan qoniqarsiz baho qoʻyiladi yoki qoʻyilgan ijobiy baho bekor qilinadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 7-noyabrdagi 26-2018-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1963-2, 12.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/1963-2/2318-son)
20. Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari natijalari asosida ularga taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) boʻyicha bakalavr (magistr) darajasi berish haqida qaror qabul qiladi.
Yakuniy davlat attestatsiya komissiyalarining qarorlari ochiq ovoz berish yoʻli bilan, majlisda ishtirok etuvchilarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan holda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Oliy taʼlim muassasasi bitiruvchisi yakuniy davlat attestatsiyasi tarkibiga kiritilgan yakuniy davlat attestatsiya sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng unga muvofiq darajadagi oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom va uning ilovasi beriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 7-noyabrdagi 26-2018-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1963-2, 12.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/1963-2/2318-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Fanlar dasturlarini oʻzlashtirishda katta yutuqlarga erishgan va oʻquv rejasidagi barcha fanlarning kamida 3/4 qismi boʻyicha 86 ball va undan yuqori (5 baholik tizimda 5 baho (aʼlo) oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga erishgan, (boshqa fanlar boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichi 71 balldan (5 baholik tizimda oʻzlashtirish koʻrsatkichi 4 bahodan (yaxshi) kam boʻlmagan), shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari boʻyicha kamida 86 ball (5 baholik tizimda 5 baho (aʼlo) oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga ega boʻlgan bakalavriat bitiruvchisiga “imtiyozli” diplom beriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 7-noyabrdagi 26-2018-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1963-2, 12.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/1963-2/2318-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovidan oʻta olmagan shaxs oʻqish muddati tugagandan soʻng, arizasiga muvofiq yakuniy davlat attestatsiyasi sinovini keyingi yillarda qayta topshirish huquqiga ega. Bunda oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) shaxsni yakuniy davlat attestatsiyasi sinovini qayta topshirishga qoʻyish boʻyicha buyruq chiqarishi lozim.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 7-noyabrdagi 26-2018-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1963-2, 12.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/1963-2/2318-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovidan qayta oʻta olmagan talabaga akademik maʼlumotnoma beriladi va u oʻrnatilgan tartibda, toʻlov-kontrakt asosida tegishli kursga oʻqish uchun qayta tiklanishi mumkin.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 7-noyabrdagi 26-2018-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1963-2, 12.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/1963-2/2318-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 7-noyabrdagi 26-2018-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1963-2, 12.12.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/1963-2/2318-son)
26. Uzrli sabab bilan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlariga kelmagan talabalar rektorning buyrugʻi bilan yakuniy davlat attestatsiya komissiyasining ishi yakunlanishiga qadar boshqa muddatlarda oʻtkaziladigan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlariga kiritilishi mumkin.
27. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarida olgan bahosiga eʼtiroz bildirgan bitiruvchilarning arizalarini koʻrib chiqish uchun rektor buyrugʻi bilan apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonida qoʻyilgan bahodan norozi boʻlgan bitiruvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi baholari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch kun muddat ichida apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish huquqiga egadirlar.
29. Apellyatsiya komissiyasi oʻz xulosasini bitiruvchiga bir kun muddat ichida maʼlum qilishi lozim.
30. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining ishi boʻyicha yillik hisobot oliy taʼlim muassasasi Ilmiy kengashida koʻrib chiqiladi. Mazkur Ilmiy kengashga yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari raislari taklif qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2015-yil 26-oktabrdagi 8-2015-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1963-1, 06.11.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 44-son, 571-modda)
V. Yakuniy qoidalar
32. Mazkur Nizomda belgilangan qoidalar boʻyicha nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Ushbu Nizom Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK, Davlat soliq qoʻmitasi, Badiiy akademiya, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-aprel
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK raisi A. RAMATOV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-aprel
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-aprel
Badiiy akademiya raisi T. QOʻZIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-aprel
Navoiy kon-metallurgiya kombinati Bosh direktori Q. SANAQULOV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-aprel
Xalq taʼlimi vaziri Gʻ. SHOUMAROV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-aprel
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-aprel