Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.10.2021 02.06.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1962
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining qarori, 02.06.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1962
Кучга кириш санаси
12.06.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.10.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Va Oʻrta Maxsus Taʼlim Vazirligining Oʻrta Maxsus, Kasb-Hunar Taʼlimi Markazi
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq Taʼlimi Vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Davlat Test Markazining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AKADEMIK LITSEYLAR, KASB-HUNAR KOLLEJLARI VA UMUM-TAʼLIM MAKTABLARI OʻQUVChILARINING UMUMTAʼLIM FANLARI BOʻYIChA RESPUBLIKA OLIMPIADALARINI OʻTKAZISh VA XALQARO FAN OLIMPIADALARI IShTIROKChILARINI TANLASh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 2-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1962]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 13-oktabrdagi 32-2021-sonli, Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 12-oktabrdagi 21-mh-sonli va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2021-yil 10-oktabrdagi 562-sonli ““Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining umumtaʼlim fanlari boʻyicha respublika olimpiadalarini oʻtkazish va xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini tanlash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1962-1, 16.10.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi “Oʻzbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi 226-sonli qaroriga muvofiq Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining umumtaʼlim fanlari boʻyicha Respublika olimpiadalarini oʻtkazish va xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini tanlash toʻgʻrisidagi nizom” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori Z. SATTOROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 1-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 Q/Q-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vaziri Gʻ. ShOUMAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 1-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat test markazi direktori B. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 1-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13/QQ-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2009-yil 1-maydagi 18 Q/Q, 20, 13/QQ-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining umumtaʼlim fanlari boʻyicha Respublika olimpiadalarini oʻtkazish va xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini tanlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi “Oʻzbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi 226-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 42-son, 422-modda) muvofiq akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining umumtaʼlim fanlari boʻyicha olimpiadalarni tashkil etish va oʻtkazish hamda xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini tanlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar oʻquvchi yoshlar oʻrtasida fan olimpiadalarini oʻtkazishning asosiy maqsad va vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oʻquvchi yoshlarning isteʼdodi va ijodiy qobiliyatini namoyon qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻquvchilarda oʻzlari tanlagan fanlar va ixtisosliklarni chuqur oʻrganishga qiziqishlarini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻquvchilarning kelajakdagi kasblarni toʻgʻri tanlashiga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fan olimpiadalarining vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda ushbu Nizom talablari asosida taʼlim muassasalaridagi oʻquv-tarbiya jarayonining zamonaviy talablar darajasida boʻlishini taʼminlash, fan oʻqituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish, qobiliyatli va isteʼdodli oʻquvchilarni aniqlash hamda tarbiyalashga qaratilgan ijodiy izlanishlari va mehnatini roʻyobga chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qobiliyatli oʻquvchilarni aniqlash, ragʻbatlantirish va kamolotga yetkazish jarayonida taʼlim muassasasi, ota-onalar va jamoatchilikning oʻzaro hamkorligini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) fan olimpiadalarining gʻoliblari orasidan xalqaro fan olimpiadalarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qiladigan oʻquvchilarni aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Respublika olimpiadalarini oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublika (fan) olimpiadalari har yili akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarining 1, 2, 3-kurs oʻquvchilari va umumtaʼlim maktablarining IX, X, XI sinflari (majburiy 12 yillik taʼlimga toʻliq oʻtilgungacha) hamda IX sinflar oʻquvchilari (majburiy 12 yillik taʼlimga toʻliq oʻtilgandan keyin) oʻrtasida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fan olimpiadalari toʻrt bosqichda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-bosqich — oʻqish joyi boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2-bosqich — tuman, shuningdek hududi tumanlarga boʻlinmagan shahar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 3-bosqich — viloyat boʻyicha, shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida va Toshkent shahrida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 4-bosqich — respublika boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Fan olimpiadasining birinchi bosqichida umumtaʼlim maktablari va akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarining barcha oʻquvchilari ishtirok etishlari mumkin. Navbatdagi bosqichlarda esa faqat oldingi bosqichlarda I, II, III oʻrinni egallab, gʻolib boʻlganlar qatnashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻoliblar 76 — 100 ball toʻplagan oʻquvchilar orasidan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Birinchi bosqichda akademik litseylar va umumtaʼlim maktablarining chuqurlashtirilgan fanlar boʻyicha I oʻrinni egallagan oʻquvchilari olimpiadaning II bosqichida qatnashmasdan toʻgʻridan toʻgʻri 3-bosqichida qatnashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Fan olimpiadalarining barcha bosqichlarida gʻoliblar ham fanlar boʻyicha, ham kurslar (sinflar) boʻyicha alohida-alohida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi “Oʻzbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi 226-sonli qaroriga muvofiq fan olimpiadalarini tashkil etish va oʻtkazish uchun masʼuliyat tegishli ravishda akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Xalq taʼlimi vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakunlovchi — toʻrtinchi bosqich boʻyicha — majburiy 12 yillik taʼlimga toʻliq oʻtilgungacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga va Xalq taʼlimi vazirligiga, majburiy 12 yillik taʼlimga oʻtilgandan keyin esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Fan olimpiadalarini oʻtkazish boʻyicha butun tadbirlar kompleksini bajarish uchun Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda ularning hududiy boʻlinmalari oʻz buyruqlari bilan tashkiliy qoʻmitalar, hakamlar hayʼatlari, apellatsiya komissiyalari va boshqa tuzilmalarni tashkil etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tashkiliy qoʻmitalar fan olimpiadasiga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazishda yagona ilmiy-uslubiy yondashuvni taʼminlaydilar, hakamlar hayʼatlari, apellatsiya komissiyalari tarkibini shakllantiradilar va tasdiqlaydilar, testlar va sinov topshiriqlarini tayyorlashni tashkil etadilar, baholash mezonlarini va yakunlar chiqarish tartibini tasdiqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Fan olimpiadalarining barcha bosqichlarida tashkiliy qoʻmita, hayʼat aʼzolarining farzandlari, hayʼat aʼzolarining oʻquvchilari yoki yaqin qarindoshlari ishtirok etayotgan boʻlsa, ushbu shaxslar tashkiliy qoʻmita qarori asosida tashkiliy qoʻmita yoki hayʼat aʼzolari tarkibidan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Xalq taʼlimi vazirligi fan olimpiadalarining barcha bosqichlarini, 4-bosqichini oʻtkazishda esa Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan hamkorlikda tasdiqlangan mezonlar hamda oshkoralik tamoyillari asosida oʻtkazish chora-tadbirlarini belgilaydilar va amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Xalq taʼlimi vazirligi fan olimpiadalarining barcha bosqichlari uchun ishlab chiqilgan test topshiriqlari, yozma va amaliy ishlarni Davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlariga mazmunan mos kelishini hamda murakkabligiga qoʻyiladigan talablarning oliy taʼlim muassasalariga qabul qilinadigan abituriyentlar bilimlari darajasiga muvofiq boʻlishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Koʻzi ojizlar maxsus maktab-internatlari oʻquvchilari orasida ona tili va adabiyot, matematika fanlaridan olimpiada Brayl usulidagi yozuv asosida oʻtkaziladi. Topshiriqlar tashkiliy qoʻmita tasdiqlagan ijodiy guruhlar tomonidan ishlab chiqiladi, maxfiyligi taʼminlanadi hamda qatnashchilar koʻrsatgan natijalar baholash mezonlari asosida baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Fan olimpiadalari gʻoliblarining yoki boshqa qatnashchilarning ishlarini oʻzga jamoa rahbarlari, ishtirokchilar va ularning ota-onalariga koʻrsatish qatʼiyan man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Fan olimpiadalari jarayonida oʻrnatilgan tartib-qoidalarga rioya qilmagan oʻquvchilar hakamlar hayʼati qarori bilan olimpiadadan chetlashtiriladi. Bu haqda tuzilgan dalolatnoma hakamlar hayʼati raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Fan olimpiadasining birinchi bosqichini oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Fan olimpiadasining birinchi bosqichini oʻtkazish masʼuliyati akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari direktorlari zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Birinchi bosqichda umumtaʼlim maktablarining 9 — 11-sinf oʻquvchilari va akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarining 1 — 3-kurs oʻquvchilari uchun topshiriqlar taʼlim muassasasi tashkiliy qoʻmitasi tomonidan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Olimpiadaning birinchi bosqichida umumtaʼlim maktablari va akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarining barcha oʻquvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Fan olimpiadalarining birinchi bosqichi natijalari taʼlim muassasasining pedagogik kengashlarida muhokama etiladi va olimpiada oʻtkazilgan fanlardan I, II, III oʻrinni egallagan gʻoliblarning tuman olimpiadasida qatnashishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV.Fan olimpiadasining ikkinchi bosqichini oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Fan olimpiadasining ikkinchi bosqichini oʻtkazish masʼuliyati Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hududiy boshqarmasi va tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi rahbarlarining zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ikkinchi bosqich uchun test, yozma va amaliy ishlar viloyat tashkiliy qoʻmitasi tomonidan tayyorlanib, maxfiyligi taʼminlangan holda oʻtkaziladigan kuni maxsus vakillar tomonidan yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Fan olimpiadasining ikkinchi bosqichi yakunlari hududiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmalari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari kengashlarida koʻrib chiqiladi, III bosqichda ishtirok etuvchi oʻquvchilar roʻyxati tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Fan olimpiadasining uchinchi bosqichini oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Fan olimpiadalarining uchinchi bosqichini tashkil etish Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Xalq taʼlimi vazirligining hududiy boʻlinmalari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Fanlardan yozma ish variantlari, testlar hamda amaliy ishlar Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi tomonidan malakali mutaxassislar jalb qilingan holda koʻp variantlilik asosida hamda maxfiyligi taʼminlangan holda tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tayyorlangan topshiriqlar Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi tomonidan tavsiya qilingan ekspert guruhlari tomonidan birgalikda ekspertiza qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlab olingan topshiriqlar tashkiliy qoʻmitaning ikki mutaxassis boʻlmagan vakili tomonidan konvertlarga solinib, Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi va Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining muhri qoʻyiladi. Muhrlangan konvertlar viloyatlarga Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlim markazi va Xalq taʼlimi vazirligining masʼul xodimlari tomonidan yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Fan olimpiadasining uchinchi bosqichi yozma ish, test va amaliy ishlar respublikaning barcha hududlarida hamda Toshkent shahrida bir kunda va bir vaqtda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Uchinchi bosqichda qatnashgan oʻquvchilar tomonidan bajarilgan ishlar viloyat tashkiliy qoʻmitasi tomonidan tahlil etiladi. Fanlar boʻyicha gʻolib boʻlgan oʻquvchilarning bajargan test topshiriqlari, yozma ish va amaliy ishlari hamda tavsiya etilgan boshqa hujjatlar xatosiz rasmiylashtirilgan holda olimpiada tugagan kunning ertasiga viloyat tashkiliy qoʻmitasi raisi yoki masʼul kotibi tomonidan respublika tashkiliy qoʻmitasining vakiliga shaxsan topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Uchinchi bosqichda avvalgi oʻquv yilida fan olimpiadasining viloyat bosqichida birinchi oʻrinni egallagan 10-sinf oʻquvchilari va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining 2-kurs oʻquvchilari ham toʻgʻridan toʻgʻri ishtirok etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Qoraqalpogʻiston Respublikasida qoraqalpoq tili va adabiyoti fani boʻyicha oʻtkaziladigan uchinchi bosqich olimpiadasida 76 va undan yuqori ball toʻplab, I, II, III oʻrinlarni egallagan gʻoliblar yakunlovchi IV bosqich sinovlaridan ozod etiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi “Oʻzbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi 226-sonli qarorida belgilangan fan olimpiada gʻoliblariga beriladigan imtiyozlardan toʻliq foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Qoraqalpoq tili va adabiyoti fani boʻyicha 3-bosqich olimpiada topshiriqlarini tayyorlash masʼuliyati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Fan olimpiadasining toʻrtinchi bosqichini oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining hududiy boshqarmalari olimpiadaning uchinchi bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchilarni 4-bosqichga uyushqoqlik bilan tayyorlash maqsadida barcha tashkiliy chora-tadbirlarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Uchinchi bosqich olimpiadasida I, II, III oʻrinni egallab, gʻolib boʻlgan 3-kurs (11-sinf) oʻquvchilari IV bosqichda qatnashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻoliblar 76 — 100 ball toʻplagan oʻquvchilar orasidan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Fan olimpiadasining 4-bosqichidagi test sinovlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan, amaliy ishlar Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi tomonidan malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda koʻp variantlilik asosida hamda maxfiyligini taʼminlagan holda tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Respublika fan olimpiadalari oʻtkaziladigan joyga ishtirokchilarni olib kelish va olib ketish, ularning yashash va yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha barcha tashkiliy chora-tadbirlar masʼuliyati Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Xalq taʼlimi vazirligining hududiy boʻlinmalari rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Respublika fan olimpiadalarining toʻrtinchi bosqichida fanlardan 76 va undan yuqori ball toʻplab, I, II, III oʻrinlarni egallagan umumtaʼlim maktablarining 11-sinf hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining 3-kurs oʻquvchilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi “Oʻzbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi 226-sonli qaroriga binoan oliy oʻquv yurtlariga test sinovlarsiz hamda qoʻshimcha imtihonlarsiz kirish imtiyoziga ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etuvchi oʻquvchilarni tanlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etuvchi oʻquvchilarni tanlash Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Respublika fan olimpiadasining III bosqichida umumtaʼlim fanlardan 1 — 5-oʻrinlarni egallagan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 2, 3-kurs oʻquvchilari hamda umumiy oʻrta taʼlim muassasasining 10, 11-sinf oʻquvchilari xalqaro fan olimpiadasida qatnashish uchun tanlovda ishtirok etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Tanlovning birinchi bosqichida I, II, III oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar keyingi bosqichda ishtirok etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Tanlov oʻtkazish joyi va muddati Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Xalq taʼlimi vazirligi tavsiya qilgan ekspert guruhi tomonidan tanlovda qatnashgan oʻquvchilarning yozma ishlari tekshiriladi va gʻoliblar aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Gʻoliblarni aniqlashda oʻquvchilarning nazariy va amaliy bilimlarini masalalar yechishga tatbiq etish qobiliyatlari, topshiriqlarning original yechimlarini topishlari, yozma javoblarni toʻla bayon etishi va ilmiy xulosalar chiqarishi eʼtiborga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Hakamlar hayʼati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Fan olimpiadalarining barcha bosqichlarini oʻtkazish uchun har bir fan boʻyicha 5 — 7 kishidan iborat hakamlar hayʼati tarkibi tuziladi va tashkiliy qoʻmitalar tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Hakamlar hayʼati quyidagi vazifalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) fan olimpiadalari ishtirokchilari tomonidan bajarilgan ishlarni tasdiqlangan baholash mezonlari asosida tekshiradi va baholaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) fanlar boʻyicha gʻoliblarni aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) fan olimpiadalari yakunlari yuzasidan belgilangan tartibda qaror matnlarini tayyorlaydi va rasmiylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) fan olimpiadalari natijalarini olimpiada qatnashchilari va jamoa rahbarlari ishtirokida eʼlon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) oʻtkazilgan olimpiada natijalari haqida tashkiliy qoʻmitaga batafsil hisobot beradi va zarur hujjatlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Hakamlar hayʼati tarkibiga tavsiya qilingan aʼzolar olimpiadaning faqat bitta (tuman ( shahar), viloyat yoki respublika) bosqichida ishtirok etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Har bir fan boʻyicha tuzilgan hakamlar hayʼati aʼzolari oʻzlari orasidan fan raisini saylaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Hakamlar hayʼati raisi va aʼzolari uzluksiz ravishda ikki yildan ortiq olimpiada hakamlari tarkibiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Auditoriya rahbari va nazoratchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Fan olimpiadasining barcha bosqichlarida olimpiada jarayonini boshqarish, tashkiliy ishlarni bajarish, adolat tamoyillariga amal qilinishini taʼminlash maqsadida tashkiliy qoʻmita tomonidan qurʼa tashlash (olimpiada oʻtkazilishidan oldin) yoʻli bilan olimpiada oʻtkazilayotgan xonalarga auditoriya rahbari va nazoratchi tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Auditoriya rahbarlari quyidagi vazifalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tegishli fan boʻyicha hakamlar hayʼati aʼzolarini olimpiada hujjatlari bilan tanishtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) fan olimpiadasi jarayonida oʻrnatilgan tartib-qoidalarga amal qilmagan oʻquvchilarni dalolatnoma tuzib, hakamlar hayʼatiga topshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) test, yozma ish, amaliy ishlarni shifrlab tekshirish uchun hakamlar hayʼatiga topshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) hakamlar tomonidan tekshirilgan ishlarni shifr boʻyicha roʻyxatini tuzadi va gʻoliblarni aniqlash uchun hayʼatga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. Apellatsiya komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Hakamlar hayʼati tarkibiga kirmagan bittadan fan mutaxassislaridan iborat apellatsiya komissiyasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Tashkiliy qoʻmitaning raisi bevosita apellatsiya komissiyasi raisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Apellatsiya komissiyasi tomonidan olimpiada qatnashchilarining shikoyatlari va arizalari olimpiada oʻtkazilgan kunning oʻzida qabul qilinadi va koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Fan olimpiadalari qatnashchilarining arizalari apellatsiya komissiyasi raisi, oʻquvchi va hakamlar hayʼati aʼzolari ishtirokida apellatsiya komissiyasi aʼzosi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Apellatsiyaga fan olimpiadalari qatnashchilarining faqatgina oʻzlari tomonidan bajarilgan ishlari boʻyicha arizalari koʻrib chiqish uchun qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Apellatsiya komissiyasi zaruriyat boʻlganda, hakamlar hayʼati qarorini bekor qilish va ularga oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 23-son, 266-modda)