Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.11.2024 30.05.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1960
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.11.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI GʻAZNACHILIGIGA INSONPARVARLIK YORDAMI VA TEXNIK KOʻMAKLASHISH VOSITALARINI OLUVCHILAR TOMONIDAN BANK HISOBVARAQLARIDAN KOʻCHIRMALAR VA INSONPARVARLIK YORDAMI HAMDA TEXNIK KOʻMAKLASHISH VOSITALARI TOʻGʻRISIDAGI MAʼLUMOTLARNI TAQDIM ETISH QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 30-mayda 1960-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 7-noyabrdagi 47-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalarini oluvchilar tomonidan bank hisobvaraqlaridan koʻchirmalar va insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1960-1, 25.11.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-noyabrdagi PQ-1005-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalaridan maqsadli foydalanishni muvofiqlashtirish, hisobga olish va nazorat qilish Departamentini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 48-son, 472-modda) 5-bandiga asosan va insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalari boʻyicha maʼlumotlarni tizimlashtirish maqsadida buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalarini oluvchilar tomonidan bank hisobvaraqlaridan koʻchirmalar va insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish Qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 30-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-son

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2009-yil 30-aprel 47-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalarini oluvchilar tomonidan bank hisobvaraqlaridan koʻchirmalar va insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI

Mazkur qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat budjetining gʻazna ijrosi toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-noyabrdagi PQ-1005-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalaridan maqsadli foydalanishni muvofiqlashtirish, hisobga olish va nazorat qilish Departamentini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 48-son, 472-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalarini oluvchilar tomonidan bank hisobvaraqlaridan koʻchirmalar va insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalari oluvchilar (keyingi oʻrinlarda — grant oluvchilar) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga ushbu Qoidalarning 1, 2 hamda 3-ilovalarida keltirilgan shakllarga muvofiq bank hisobvaraqlaridan koʻchirmalar va insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (keyingi oʻrinlarda — maʼlumotlar) majburiy tartibda taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga maʼlumotlarni, bevosita chet el davlatlari, ularning federal yoki munitsipal tashkiliy tuzilmalari, xalqaro va chet el tashkilotlari, shuningdek, boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning (keyingi oʻrinlarda — donorlar) dastur hamda kelishuvlarida yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining insonparvarlik yordamlari bilan bogʻliq boʻlgan tadbirlarni oʻzaro muvofiqlashtirilishiga masʼul hisoblangan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha Kompleks rahbarining qarorlarida belgilangan insonparvarlik yordami oluvchilar, texnik koʻmaklashish vositalari boʻyicha esa xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda chet el hukumati tashkilotlarining texnik koʻmaklashishni taqdim etish toʻgʻrisidagi qarorlarida koʻrsatilgan, texnik koʻmaklashish vositalarini oluvchilar taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maʼlumotda barcha ustun, qator va rekvizitlar toʻldirilishi shart. Agar grant oluvchida tegishli maʼlumotlarning yoʻqligi sababli u yoki bu qator (ustun) toʻldirilmay qolgan hollarda, ushbu qator (ustun) ustiga toʻgʻri chiziq tortiladi. Maʼlumotdagi yozuvlar, yozuv mashinalari, mexanizatsiyalashtirish vositalari yoki axborot texnologiyalari yordamida amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maʼlumot grant oluvchi tashkilotning rahbari va bosh hisobchisi tomonidan imzolanadi va muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maʼlumotda oʻchirishlar va tuzatib yozishlar boʻlmasligi lozim. Xatolar tuzatilgan taqdirda, grant oluvchining rahbari tomonidan tasdiqlangan, tegishli izohlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maʼlumot milliy valyuta va AQSh dollarida toʻldiriladi. Boshqa chet el valyutasida rasmiylashtirilgan insonparvarlik yordami (texnik koʻmaklashish) grant oluvchi tomonidan ushbu insonparvarlik yordami (texnik koʻmaklashish) olingan kunda amalda boʻlgan, Markaziy bankning kursi boʻyicha AQSh dollarida qayta hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Jalb etilayotgan insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jalb etilayotgan insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalari, shu jumladan, natura koʻrinishidagi insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumot (mazkur Qoidalarga 1-ilova) donorlar tomonidan dasturlar va bitimlar tasdiqlangan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining insonparvarlik yordamlari bilan bogʻliq boʻlgan tadbirlarni oʻzaro muvofiqlashtirilishiga masʼul hisoblangan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha Kompleks rahbarining qarorlari, shuningdek, xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda chet el hukumati tashkilotlarining texnik koʻmaklashishni taqdim etish toʻgʻrisidagi qarorlari tasdiqlangan kunning ertasi kuni grant oluvchining joylashgan joyidan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining tegishli boʻlinmalariga pochta orqali yoki qoʻlda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jalb etilayotgan insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotning ustunlari quyidagicha toʻldiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A ustunida — tartib raqami koʻrsatiladi;

B ustunida — donor mamlakat va donor nomi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V ustunida — loyiha nomi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
G ustunida — insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalarini jalb etish maqsadi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
D ustunida — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalarining olinishi maʼqullangan hujjat raqami va sanasi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
E ustunida — dastur, bitim yoki tegishli qaror boʻyicha insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalarining milliy valyutadagi umumiy summasi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
J ustunida — dastur, bitim yoki tegishli qaror boʻyicha insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalarining AQSh dollaridagi umumiy summasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Kelib tushgan insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kelib tushgan insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalari, shu jumladan, natura koʻrinishidagi insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalarining kelib tushganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot (mazkur Qoidalarga 2-ilova) boʻyicha operatsiyalar amalga oshirilgan kunning ertasi kuni grant oluvchining joylashgan joyi boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining tegishli boʻlinmalariga pochta orqali yoki qoʻlda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kelib tushgan insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotda, “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimida rasmiylashtirilgan yuklar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Maʼlumotning manzil qismi quyidagi tartibda toʻldiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oluvchi” ustunida — grant oluvchining oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan taʼsis hujjatlariga muvofiq toʻliq nomi koʻrsatiladi;

“Mamlakatlar/donorlar” ustunida — donorning mamlakati va donor koʻrsatiladi;

“Loyiha nomi” ustunida — loyihaning toʻliq nomi koʻrsatiladi;

“Loyihani maʼqullash toʻgʻrisidagi hujjatning nomi” ustunida — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining loyihani maʼqullash toʻgʻrisidagi qarorining nomi koʻrsatiladi.

12. Kelib tushgan insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalari toʻgʻrisidagi ustunlar quyidagi tartibda toʻldiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A ustunida — tartib raqami koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B ustunida — insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalarining kelib tushganligini tasdiqlovchi hujjatlar koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V va G ustunlarida — hisobvaraq-fakturalar yoki boshqa insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalarining kelib tushganligini tasdiqlovchi hujjatlar raqami va sanasi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
D ustunida — kelib tushgan insonparvarlik yordami yoki texnik koʻmaklashish vositalarining milliy valyutadagi summasi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
E ustunida — kelib tushgan insonparvarlik yordami yoki texnik koʻmaklashish vositalarining AQSh dollaridagi summasi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
J ustunida — insonparvarlik yordami yoki texnik koʻmaklashishning qisqacha tavsifi koʻrsatiladi. Ushbu ustun faqat natura koʻrinishidagi insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalari kelgandagina toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalarining ishlatilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalari, shu jumladan, natura koʻrinishidagi insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalarining ishlatilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot (mazkur Qoidalarga 3-ilova) ishlatilish boʻyicha operatsiyalar amalga oshirilgan kunning ertasi kuni grant oluvchining joylashgan joyi boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining tegishli boʻlinmalariga qoʻlda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Maʼlumotning manzil qismi quyidagi tartibda toʻldiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oluvchi” ustunida — grant oluvchining oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan taʼsis hujjatlariga muvofiq toʻliq nomi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mamlakatlar/donorlar” ustunida — donorning mamlakati va donor koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Loyiha nomi” ustunida — loyihaning toʻliq nomi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Loyihani maʼqullash toʻgʻrisidagi hujjatning nomi” ustunida — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining loyihani maʼqullash toʻgʻrisidagi qarorining nomi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalarining ishlatilishi toʻgʻrisidagi ustunlar quyidagi tartibda toʻldiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A ustunida — tartib raqami koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B ustunida — insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish ishlatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V va G ustunlarida — hisobvaraq-fakturalar yoki boshqa insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalarining ishlatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar raqami va sanasi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
D ustunida — insonparvarlik yordami yoki texnik koʻmaklashish vositalarning ishlatilgan summasi milliy valyutadagi summasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi shakllarda tushgan insonparvarlik yordami yoki texnik koʻmaklashish vositalaridan foydalanilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul shaklida — grant oluvchilar tomonidan chek va toʻlov hujjatlari asosida sarflangan summa koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy vosita koʻrinishidagi natural shaklda — hisobvaraq-faktura va boshqa hujjatlar (qabul qilish dalolatnomasi va h.k.) asosida asosiy vositaning qiymati koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy vosita boʻlmagan, natural shakldagi tovar-moddiy boyliklar koʻrinishida — hisobvaraq-faktura va isteʼmol qilinganligini (hisobdan chiqarilganligini) yoki ularni toʻgʻridan-toʻgʻri isteʼmolchilarga berilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (hisobdan chiqarish dalolatnomasi, tarqatish vedomosti va h.k.) asosida tovar-moddiy boyliklar qiymati koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
E ustunida — insonparvarlik yordami yoki texnik koʻmaklashish vositalarining ishlatilgan summasi AQSh dollarida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qoidalarga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga taqdim etilayotgan maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligi uchun grant oluvchilar rahbarlari va bosh hisobchilari javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalarini oluvchilar tomonidan bank hisobvaraqlaridan koʻchirmalar va insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish Qoidalariga
1- ILOVA

‎Jalb etilayotgan insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalari toʻgʻrisidagi

‎MAʼLUMOT*

‎‎200_yil “___”_________ holatiga

‎‎_______________________________________________________________

oluvchining nomi

‎T/r Mamlakatlar/ donorlar Loyiha nomi Jalb etish maqsadi‎ Qachon maʼqullangan (raqami va sanasi) Umumiy summasi
soʻmda‎ AQSh dollarida‎
A‎ B‎ V‎ G‎ D‎ E‎ J‎

1‎

2‎

….‎

‎‎‎Rahbar ___________________
‎Bosh hisobchi _______________
M.Oʻ.‎
Taqdim etish sanasi 200__y. “___”___________‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Natura koʻrinishidagi insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalarini ham oʻz ichiga olgan xolda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalarini oluvchilar tomonidan bank hisobvaraqlaridan koʻchirmalar va insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish Qoidalariga
2-ILOVA

Kelib tushgan insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalari toʻgʻrisidagi

MAʼLUMOT*

200_ yil “___” ________ holatiga

‎‎Oluvchi ___________________________________
Mamlakatlar/ donorlar _______________________
‎Loyiha nomi _______________________________
Loyihani maʼqullash toʻgʻrisidagi hujjatning nomi________________________
T/r‎ Hujjatning nomi Kelib tushganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura yoki boshqa hujjatlar rekvizitlari‎‎ Kelib tushgan summa Izoh
sanasi‎ raqami‎ soʻmda AQSh dollarida‎
A‎ B‎ V‎ G‎ D‎ E‎ J‎

1‎

2‎

….‎

‎‎Rahbar ___________________
‎Bosh hisobchi _______________
M.Oʻ.‎
‎Taqdim etish sanasi 200__yil “___”___________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Natura koʻrinishidagi insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalarini ham oʻz ichiga olgan xolda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalarini oluvchilar tomonidan bank hisobvaraqlaridan koʻchirmalar va insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish Qoidalariga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalarining ishlatilishi toʻgʻrisidagi

‎MAʼLUMOT*

‎200_ yil “___”_________ holatiga

Oluvchi ________________________________________
‎‎Mamlakatlar/ donorlar ____________________________
‎Loyiha nomi ____________________________________
‎‎Loyihani maʼqullash toʻgʻrisidagi hujjatning nomi________________
T/r Hujjatning nomi Kelib tushganligi yoki ishlatilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura yoki boshqa hujjatlarning rekvizitlari‎‎ Ishlatilgan summa
sanasi‎ raqami‎ soʻmda‎ AQSh dollarida‎
A‎ B‎ V‎ G‎ D‎ E‎

1‎

2‎

….‎

‎‎
‎Rahbar
___________________
‎‎Bosh hisobchi _______________
M.Oʻ.
‎‎Taqdim etish sanasi 200__yil “___”__________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Natura koʻrinishidagi insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalarini ham oʻz ichiga olgan xolda.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 23-son, 264-modda)