10.01.1992 yildagi PF-318-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SSSR IChKI IShLAR VAZIRLIGINING IChKI QOʻShINLARI VA OʻQUV YuRTLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida”gi Qonunga, “Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi haqida 1991-yil 21-dekabrdagi Shartnomaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. SSSR Ichki ishlar vazirligi ichki qoʻshinlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan qoʻshilmalari, alohida qismlari va boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasining yurisdiksiyasiga olinsin va respublika Ichki ishlar vazirligi qaramogʻiga oʻtkazilsin. Ular negizida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ichki qoʻshinlari qoʻshilmasi ilovaga* muvofiq tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova keltirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika hududida joylashgan ichki qoʻshinlarga rahbarlik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. SSSR Ichki ishlar vazirligining Toshkentdagi oliy maktabi va SSSR Ichki ishlar vazirligi ichki qoʻshinlarining Toshkentdagi oliy harbiy-texnika bilim yurti Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qaramogʻiga oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (oʻrtoq Z.A. Almatov) SSSR Ichki ishlar vazirligi ichki qoʻshinlari qoʻshilmalari, qismlari va alohida boʻlinmalarini, oʻquv yurtlarini 1992-yil 1-yanvargacha boʻlgan holatda barcha shaxsiy tarkibi, qurollari, moddiy-texnikaviy va boshqa mulki bilan qabul qilib olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir oy muddat ichida ichki qoʻshinlar tuzilmasi, nizomi, shtatlariga, uning tarkibiga kirgan oʻquv yurtlariga oid takliflar tayyorlansin va Oʻzbekiston Respublikasining hukumati koʻrib chiqishi uchun taqdim etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. SSSR Ichki ishlar vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga oʻtadigan harbiy tuzilmalari va oʻquv yurtlarining komandirlar tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi barcha harbiy xizmatchilarni va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoya qilishni kafolatlashini nazarda tutib, shaxsiy tarkib oʻziga yuklatilgan vazifalarni ogʻishmay bajarishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot komiteti Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tarkibi oʻzgarganligi munosabati bilan uni mablagʻ va moddiy-texnikaviy jihatdan taʼminlash masalalarini birgalikda koʻrib chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 10-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-318-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 2-son, 101-modda)