Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH, SHUNINGDEK BAʼZILARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida” 2009-yil 30-martdagi PQ-1083-son va “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida” 2009-yil 30-martdagi PQ-1084-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 20-may,
142-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida aksiz markalarini joriy etishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1996-yil 18-iyuldagi 256-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshidagi “Paxta-bank” soʻzlari “Agrobank” ATB” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 14-avgustdagi 283-son qarorining 3-bandidagi “Paxta-bank” soʻzlari “Agrobank” ATB” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PQ-2841-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 200-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 12-dekabrdagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 50-son, 515-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
6. Vazirlar Mahkamasining “Qorakoʻlchilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va uni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 13-iyundagi 250-son qarorining 8-bandidagi “Paxta-bank” soʻzlari “Agrobank” ATB” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 26-dekabrdagi 537-son qarori 4-bandining birinchi xat boshidagi “Paxta-bank”, “Mevasabzavotbank”, “Gʻalla-bank” soʻzlari “Agrobank” ATB” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining “Qishloqni lizing shartlarida qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 70-modda):
a) 3-bandning ikkinchi xatboshidagi “Paxta-bank” soʻzlari “Agrobank” ATB” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandning uchinchi xatboshidagi “Paxta-bank” soʻzlari “Agrobank” ATB” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilova matnidagi “Paxta-bank”ka koʻrsatmalar tegishli kelishikda “Agrobank” ATB”ga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Respublika paxta tozalash sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 12-iyundagi 252-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 29-modda):
a) 10-bandning birinchi xatboshidagi “Paxta-bank” soʻzlari “Agrobank” ATB” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 9-ilova matnidagi “Paxta-bank”ka koʻrsatmalar tegishli kelishikda “Agrobank” ATB”ga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 24-oktabrdagi 419-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 10-son, 56-modda) bilan tasdiqlangan Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi daromad (foyda)larini taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 1-bandidagi “Jamgʻarmaning moliyaviy agentlari (“Paxta-bank” va “Gʻalla-bank”)” soʻzlari “Jamgʻarmaning moliyaviy agenti (“Agrobank” ATB”) soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini fermer xoʻjaliklariga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 5-yanvardagi 8-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 1-son, 2-modda):
a) 4-bandning birinchi xatboshidagi “Paxta-bank”, “Gʻalla-bank” soʻzlari “Agrobank” ATB, “Qishloq qurilish bank” ATB” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini fermer xoʻjaliklariga aylantirish boʻyicha komissiya toʻgʻrisida namunaviy nizomga ilovadagi “Paxta-bank” soʻzlari “Agrobank” ATB” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 15-fevraldagi 52-son qarori 2-bandining uchinchi xat boshidagi “Paxta-bank” aksiyadorlik-tijorat banki” soʻzlari “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 31-oktabrdagi 374-son qaroriga 1-ilovaning 16-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 63-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“16. “Agrobank” ATB”.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Kichik va mikro moliyalashtirishni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 11-avgustdagi 348-son qarorida:
a) 2-bandda:
beshinchi va yettinchi xatboshidagi “Paxta-bank”ka soʻzlari “Agrobank” ATBga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “Paxta-bank” soʻzlari “Agrobank” ATB” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-banddagi “Paxta-bank” soʻzlari “Agrobank” ATB” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga shoshilinch tibbiy yordam xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 2-dekabrdagi 537-son qaroriga 2-ilovadagi “Toshmatov Q.F. — “Paxta-bank” boshqaruvining raisi” soʻzlari “Boymuratov A.J. – “Agrobank” ATB boshqaruvining raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 9-fevraldagi 61-son qaroriga ilovadagi “Toshmatov Q.F. — “Paxta-bank” boshqaruvining raisi, Oʻrinboyev I.I. — “Gʻalla-bank” boshqaruvining raisi” soʻzlari tegishli ravishda “Boymuratov A.J. — “Agrobank” ATB boshqaruvining raisi, Toshmurodov Sh.M. — “Qishloq qurilish bank” ATB boshqaruvining raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 25-fevraldagi 87-son qaroriga 1-ilovadagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 15-modda) “Toshmatov Q.F. — “Paxta-bank” boshqaruvining raisi, Oʻrinboyev I.I. — “Gʻalla-bank” boshqaruvining raisi” soʻzlari tegishli ravishda “Boymuratov A.J. — “Agrobank” ATB boshqaruvining raisi”, “Toshmurodov Sh.M. — “Qishloq qurilish bank” ATB boshqaruvining raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Vazirlar Mahkamasining “Orolboʻyi genofondini muhofaza qilish xayriya jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 3-apreldagi 162-son qarorida:
a) 1-ilovada:
12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“12. “Agrobank” ATB”;
16-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“16. “Qishloq qurilish bank” ATB;
b) 2-ilovaning toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Boymuratov A.J. — “Agrobank” ATB boshqaruvining raisi”.
19. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qarorida:
a) “Toshmatov Q.F. — “Paxta-bank” boshqaruvining raisi” soʻzlari “Boymuratov A.J. — “Agrobank” ATB boshqaruvining raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 14-ilovadagi “Abdullayeva Sh.R. — Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisining oʻrinbosari”, “Toshmatov Q.F. — “Paxta-bank” boshqaruvining raisi” soʻzlari “Toʻlaganov Sh.A. — Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining oʻrinbosari”, “Boymuratov A.J. — “Agrobank” ATB boshqaruvining raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining Homiylik kengashi tarkibidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida” 2004-yil 27-avgustdagi 407-son qaroriga ilovadagi “Toshmatov Q.F. — “Paxta-bank” boshqaruvining raisi” soʻzlari Boymuratov A.J. — “Agrobank” ATB boshqaruvining raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Kichik va mikro moliyalashtirishni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 4-avgustdagi 186-son qaroriga ilovaning 5-bandidagi “Paxta-bank” soʻzlari “Agrobank” ATB” soʻzlari bilan almashtirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining “Oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy preparatlarini yetkazib berish va ulardan foydalanish samaradorligini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 24-fevraldagi 31-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 14-modda) 3-ilovadagi “Sharipov I.R. — “Paxta-bank” boshqaruvi raisining oʻrinbosari” soʻzlari “lavozimiga koʻra — “Agrobank” ATB boshqaruvi raisining oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2007-yil 21-dekabrdagi 266-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 12-son, 73-modda):
a) 7-bandning ikkinchi xatboshidagi “Paxta-bank” aksiyadorlik-tijorat banki” soʻzlari “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(23-bandining “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-iyuldagi 209-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 28-son, 322-modda)
v) 3-ilovadagi “Sharipov I.R. — “Paxta-bank” boshqaruvi raisining oʻrinbosari” soʻzlari “lavozimiga koʻra — “Agrobank” ATB boshqaruvi raisining oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokidagi “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash. II bosqich” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 27-avgustdagi 196-son qarorida:
a) 3-bandning uchinchi xatboshidagi “Paxta-bank” soʻzlari “Agrobank” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning “Izoh” satrining 3-bandidagi “Paxta-bank” soʻzlari “Agrobank” ATB” soʻzlari bilan almashtirilsin.
25. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi 288-son qarori bilan tasdiqlangan Iqtisodiyotning real sektori sohasida korxonalarni va investitsion faollikni kredit yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash masalalarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizom 2-bandining oltinchi xat boshidagi “Paxta-bank” aksiyadorlik-tijorat banki”, “Gʻalla-bank” aksiyadorlik-tijorat banki” soʻzlari “Agrobank” ATB”, “Qishloq qurilish bank” ATB” soʻzlari bilan almashtirilsin.
26. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 15-dekabrdagi 726-f-son farmoyishiga ilovadagi “Sharipov Ilhom Rahmonovich — “Paxta-bank” boshqaruvi raisining oʻrinbosari” soʻzlari “lavozimiga koʻra — “Agrobank” ATB boshqaruvi raisining oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Gʻalla-bank” ixtisoslashtirilgan aksionerlik-tijorat bankining faoliyat koʻrsatishi uchun shart-sharoitlar yaratishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 27-iyundagi 322-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan aksionerlik-tijorat “Paxta-bank”ni tashkil etish toʻgʻrisida” 1995-yil 27-iyuldagi 294-son qarori.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 21-son, 252-modda; 2011-y., 50-son, 515-modda; 2012-y., 28-son, 322-modda; 2017-y., 13-son, 200-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 09/17/969/0405-son; 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son, 13.04.2019-y., 09/19/300/2929-son; 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)