Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.02.2023 27.04.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1948
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.02.2023
Hujjat 07.05.2009 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 27-aprelda 1948-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3420, 08.02.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 7 va 51-moddalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror (2001-yil 10-noyabr, roʻyxat raqami 1080 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001-yil, 21-son);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaror (2003-yil 29-sentabr, roʻyxat raqami 1080-1 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 17-18-son);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaror (2007-yil 8-yanvar, roʻyxat raqami 1080-2 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 1-2-son, 17-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaror (2007-yil 7-avgust, roʻyxat raqami 1080-3 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 31-32-son, 337-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaror (2008-yil 31-may, roʻyxat raqami 1080-4 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 22-23-son, 216-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 16-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7/2-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 16-martdagi 7/2-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻRIQNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi 1996-yil, 2-songa ilova), “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi 1995-yil, 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi 1996-yil, 5-6-son, 54-modda), “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 1-2-son, 6-modda) va “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2004-yil, 20-son, 230-modda) qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-sonli “Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun roʻyxatdan oʻtkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-yil, 15-16-son, 130-modda) qaroriga muvofiq, banklar tomonidan milliy va chet el valyutasida bank hisobvaraqlarini ochish, ularni qayta rasmiylashtirish hamda yopish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Yoʻriqnomada quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank hisobvaragʻi — bank hisobvaragʻi shartnomasini tuzish orqali bank mijoz (hisobvaraq egasi) hisobvaragʻiga kelib tushgan pul mablagʻlarini qabul qilish va kiritib qoʻyish, mijozning hisobvaragʻidagi tegishli mablagʻlarni oʻtkazish va berish hamda hisobvaraq boʻyicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi topshiriqlarni bajarish vazifasini oʻz zimmasiga olishi natijasida bank va mijoz oʻrtasida vujudga keladigan munosabatlarni amalga oshirish vositasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarma depozit hisobvaragʻi — bu mijozlarning davriy badallari asosida shakllanib, muayyan maqsadni amalga oshirish uchun jamgʻariladigan va shu maqsad uchun yoʻnaltiriladigan yoxud shartnoma bekor qilinishi natijasida qaytariladigan mablagʻlar hisobi yuritiladigan hisobvaraq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli depozit hisobvaragʻi — shartnomada qatʼiy kelishilgan muddatga qoʻyilgan mijozlarning mablagʻlari hisobi yuritiladigan hisobvaraq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ssuda hisobvaragʻi — belgilangan tartibda mijozlarga berilgan kreditlarning hisobi yuritiladigan hisobvaraq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi — mijozlarning birinchi talabi bilanoq beriladigan yoki undagi oʻtkazib beriladigan mablagʻlarning hisobi yuritiladigan hisobvaraq.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mijozlar banklarda quyidagi turdagi bank hisobvaraqlarini ochishlari mumkin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jamgʻarma depozit hisobvaraqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) muddatli depozit hisobvaraqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ssuda hisobvaraqlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) boshqa depozit hisobvaraqlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektning davlat roʻyxatidan oʻtganidan soʻng birinchi marta milliy valyutada ochgan talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi uning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi (bundan keyingi oʻrinlarda asosiy hisobvaraq deb yuritiladi) hisoblanadi. Xoʻjalik yurituvchi subyekt asosiy hisobvaragʻini ochgandan keyin milliy va chet el valyutasida ochadigan barcha talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari uning ikkilamchi hisobvaraqlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlash yuridik shaxsning asosiy hisobvaragʻidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yuridik va jismoniy shaxslar oʻzlariga hisob-kitob va kassa xizmatlarini koʻrsatish uchun banklarni mustaqil ravishda tanlaydilar hamda bir yoki bir necha banklarda milliy va chet el valyutasidagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari, shuningdek, jamgʻarma, muddatli, ssuda va boshqa depozit hisobvaraqlarini ochish huquqiga egalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Budjetdan mablagʻ oluvchi muassasalarga Davlat budjeti hisobidan ajratiladigan mablagʻlarni kirim qilish va bu mablagʻlardan foydalanish uchun budjet hisobvaraqlari, shuningdek ushbu muassasalarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobini olib borish uchun talab qilib olinguncha, jamgʻarma va muddatli depozit hisobvaraqlari ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlashgan mablagʻlar hisobidan kapital qurilishni moliyalashtirish uchun yagona buyurtmachiga har bir qurilish obyekti boʻyicha alohida ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlar ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yuridik shaxslar oʻz asosiy hisobvaragʻini ochgandan keyin ular hisobga qoʻyilgan davlat soliq xizmati organini xabardor qilgan holda boshqa banklarda milliy va chet el valyutasidagi ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini ochish huquqiga egadirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi “Bank siri toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasiga muvofiq, bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar davlat soliq xizmati organlariga bank mijoziga (vakiliga) soliq solish masalalariga taalluqli hollarda qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mijozlar tomonidan bank hisobvaraqlari ochilayotganda, bank hisobvaragʻi shartnomasi tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank hisobvaragʻi shartnomasi boʻyicha yuzaga keladigan munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank hisobvaragʻi shartnomasida bank mijozning hisobvaragʻiga kelib tushayotgan mablagʻlarni hisobvaraqqa kirim qilish va uni kiritib qoʻyish, mijozning hisobvaraqdagi mablagʻlarni tasarruf etish borasidagi topshiriqlarini ijro etish shartlari, bu boradagi mijoz hamda bank huquqlari va majburiyatlari, bank xizmatlari uchun toʻlanishi lozim boʻlgan komissiyalar hamda boshqa shartlar belgilab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank hisobvaragʻi shartnomasida mijozlarning bank hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlarni kiritib qoʻyganlik uchun (kredit aylanmasi uchun) vositachilik haqi undirish borasida shart belgilanishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mijozlar tomonidan hisobvaraqlar ochish uchun bankka mazkur Yoʻriqnomada koʻzda tutilgan hujjatlar taqdim qilingan kundan soʻng banklar ikki ish kuni mobaynida ularga hisobvaraqlar ochishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklar tomonidan ushbu Yoʻriqnomada koʻzda tutilgan hujjatlardan boshqa qoʻshimcha hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijozlar hisobvaraq ochish uchun taqdim qilingan hujjatlarning haqiqiyligi uchun javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun banklarda ochiladigan hisobvaraqlar uchun toʻlov miqdori eng kam oylik ish haqining bir baravaridan oshmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga hisobvaraqlar ochilgandan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmay, hisobvaraqlar ochilganligi toʻgʻrisida maʼlumot dasturiy ravishda shakllantirilib, Bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga uzatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraq ochish uchun asos boʻlgan hujjatlari, bank hisobvaragʻi shartnomasi, shuningdek, unga kiritilgan oʻzgartirishlar, mijozning manzili oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi bankka bergan xati va nomi oʻzgarganligini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi, asosiy va ikkilamchi hisobvaraqlar ochilganligi toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organlariga va asosiy hisobvaragʻini ochgan bankka yuborgan xabarning nusxasi hamda bekor qilingan imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchalar mijozning yuridik yigʻmajildida saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Banklarda mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq, mijozlarning hisobvaraqlarini roʻyxatga olish kitobi yuritiladi. Ushbu kitob raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan, bosh bankning bosh buxgalteri imzosi va muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim. Shuningdek, mijozlarning hisobvaraqlarini roʻyxatga olish kitobi kompyuterda dasturiy tarzda yuritilishi mumkin. Bundan tashqari, rezident va norezident yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ochiladigan hisobvaraqlarning roʻyxati takroran alohida hisobvaraqlarda yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Milliy valyutada talab qilib olinguncha, jamgʻarma, muddatli va boshqa depozit hisobvaraqlarini ochish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari boʻlgan rezident yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda dehqon xoʻjaliklari tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq hisobvaraq ochish toʻgʻrisida ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni xorijdan olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — yashash joyi boʻyicha davlat soliq xizmati organi tomonidan berilgan Tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan hamda notarial tasdiqlangan ikki dona varaqcha.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tadbirkorlik faoliyati subyekti boʻlmagan rezident yuridik shaxslar hamda Budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq hisobvaraq ochish toʻgʻrisida ariza;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) statistika organlari tomonidan berilgan Korxona va tashkilotlarning yagona davlat roʻyxatiga kiritilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan xamda notarial tasdiqlangan ikki dona varaqcha.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Rezident yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallariga talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun vakolatxona va filiallar tomonidan bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq hisobvaraq ochish toʻgʻrisida ariza;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yuridik shaxsning iltimosnomasi (iltimosnomada yuridik shaxsning “Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami” va “Xos raqami” koʻrsatilgan boʻlishi shart);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan hamda notarial tasdiqlangan ikki dona varaqcha.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻz faoliyatini yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshirmoqchi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ustav kapitalini shakllantirish uchun davlat roʻyxatidan oʻtgunlariga qadar taʼsischilarning (ishtirokchilarning) dastlabki badallarini kiritish uchun milliy va/yoki chet el valyutasida vaqtinchalik (mablagʻ yigʻish uchun) 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvaragʻi ochilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtinchalik hisobvaraq ochish uchun belgilangan tartibda bankka taʼsischilar (ishtirokchilar) nomidan ixtiyoriy shaklda hisobvaraq ochish toʻgʻrisida ularning ishonchli vakili tomonidan ariza taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat roʻyxatidan oʻtgandan keyin ushbu xoʻjalik yurituvchi subyektga mazkur Yoʻriqnomaga muvofiq asosiy hisobvaraq ochiladi hamda vaqtinchalik hisobvaraqdagi mablagʻlar ushbu hisobvaraqqa oʻtkaziladi va vaqtinchalik hisobvaraq yopiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Norezident yuridik shaxslar (immunitet hamda diplomatik imtiyozlardan foydalanadigan chet el diplomatiya va boshqa rasmiy vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar hamda ularning filiallari, shuningdek xorijiy tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasida xoʻjalik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan shugʻullanmaydigan vakolatxonalari) milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq hisobvaraq ochish toʻgʻrisida ariza;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan hamda notarial tasdiqlangan ikki dona varaqcha.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Rezident va norezident jismoniy shaxslar tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka mazkur Yoʻriqnomaning 5-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq hisobvaraq ochish toʻgʻrisida ariza hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport va unga tenglashtirilgan hujjatlar) taqdim qilinadi. Hisobvaraq ochish uchun ariza jismoniy shaxslar tomonidan shaxsan taqdim etilishi lozim, qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslar tomonidan jamgʻarma va muddatli depozit hisobvaraqlarini ochish uchun mazkur Yoʻriqnomaning ilovalarida keltirilgan tegishli shakldagi ariza taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, jismoniy shaxslar tomonidan qoʻshimcha ravishda shaxsni tasdiqlovchi hujjat shaxsan taqdim qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yuridik shaxslar boshqa banklarda ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻini ochishda ham asosiy hisobvaraq ochish uchun taqdim etiladigan barcha hujjatlarni taqdim etishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy hisobvaraq ochilgan bankda qoʻshimcha ravishda milliy valyutada ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi ochilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan maqsadli tadbirlar uchun hamda qonunchilik hujjatlari asosida ochiladigan ikkilamchi depozit hisobvaraqlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Boshqa depozit hisobvaraqlarini ochish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Chet el valyutasidagi talab qilib olinguncha, jamgʻarma, muddatli va boshqa depozit hisobvaraqlarini ochish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mijozlar tomonidan chet el valyutalarida hisobvaraqlar ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan ushbu Yoʻriqnomaning 12-bandida keltirilgan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tadbirkorlik faoliyati subyekti boʻlmagan rezident yuridik shaxslar, jumladan budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan ushbu Yoʻriqnomaning 13-bandida keltirilgan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) norezidentlar (jismoniy shaxslar bundan mustasno) tomonidan ushbu Yoʻriqnomaning 16-bandida keltirilgan hujjatlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) rezident va norezident jismoniy shaxslar tomonidan ushbu Yoʻriqnomaning 17-bandida keltirilgan hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, jismoniy shaxslar tomonidan qoʻshimcha ravishda shaxsni tasdiqlovchi hujjat shaxsan taqdim qilinadi va bank tomonidan ushbu hujjatlardan nusxa olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mijozlarga bitta bankda maʼlum bir chet el valyutasida faqat bitta talab qilib olinguncha depozit hisobvaraq ochilishiga ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Vakolatli banklarda rezident va norezident jismoniy shaxslarga arizada, kirim kassa orderida hamda omonat daftarchasida omonatchining familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatilmasdan, shuningdek, imzo namunasi rasmiylashtirilmay taqdim etuvchiga toʻlanadigan omonatlar boʻyicha chet el valyutasidagi talab qilib olinguncha va muddatli depozit hisobvaraqlar “Vakolatli banklar tomonidan erkin ayirboshlanadigan valyutada mijozning ism-sharifi soʻralmaydigan usulda depozitlar boʻyicha operatsiyalar bajarilishining tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (roʻyxat raqami 673, 1999-yil 15-mart) asosan ochilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Kredit shartnomasi asosida hisobvaraqlarni ochish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kredit shartnomasi kuchga kirgandan soʻng keyingi bank ish kunidan kechiktirmasdan bank rahbari yoki rahbar tomonidan vakolat berilgan shaxs tomonidan beriladigan kreditning muddati, miqdori va foiz stavkasi koʻrsatilgan holda, mijoz uchun ssuda hisobvaragʻi ochish toʻgʻrisida buxgalteriyaga berilgan farmoyishga asosan shu ish kunidan kechiktirmasdan mijozga ssuda hisobvaragʻi ochiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Vakillik hisobvaraqlarini ochish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Banklar uchun quyidagi vakillik hisobvaraqlari ochiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi milliy va chet el valyutasidagi vakillik hisobvaraqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) rezident banklardagi vakillik hisobvaraqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) norezident banklardagi vakillik hisobvaraqlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Rezident tijorat banklar milliy va chet el valyutasida vakillik hisobvaraqlarini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Hisob-kitob markazida ochadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Yangi tashkil etilayotgan bank taʼsischilari bank roʻyxatga olingunga qadar taʼsis badallarini yigʻish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida yoki boshqa tijorat bankida vaqtinchalik 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvaragʻini ochadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtinchalik hisobvaraqni ochish uchun vakolatli shaxs taʼsischilar nomidan hisobvaraq ochish toʻgʻrisida ariza taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklarga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida roʻyxatga olinib, bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya berilgandan keyin mazkur Yoʻriqnomaning 26 va 28-bandlariga muvofiq vakillik hisobvaragʻi ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakillik hisobvaragʻi ochilayotganda, vakillik munosabatlari toʻgʻrisida shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tijorat banki milliy valyutada vakillik hisobvaragʻi ochish uchun quyidagilarni taqdim qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq hisobvaraq ochish toʻgʻrisida ariza;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami berilganligi toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziyaning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) statistika organlari tomonidan berilgan Korxona va tashkilotning yagona davlat roʻyxatiga kiritilganligi toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqcha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Rezident banklarga chet el valyutasida vakillik hisobvaraqlari chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining litsenziyasi boʻlgan holdagina boshqa rezident vakolatli banklarda ochiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Vakolatli rezident banklar uchun xorijiy banklarda vakillik hisobvaraqlarini ochish “Chet elda hisobvaraqlar ochish uchun ruxsatnomalar berish tartibi”ga (roʻyxat raqami 610, 1999-yil 22-yanvar) muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Norezident banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida va Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli banklarida vakillik hisobvaraqlarini ochish uchun quyidagilar taqdim qilinadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) norezident bankning toʻliq nomi va uni roʻyxatdan oʻtkazgan davlatdagi yuridik manzili koʻrsatilgan holda hisobvaraq ochish toʻgʻrisida ariza (3-ilova);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) imzolar va muhr izi qoʻyilgan varaqcha hamda mazkur davlatning Markaziy (Milliy) banki tomonidan berilgan litsenziyaning legallashtirilgan nusxasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqcha ikki nusxada taqdim qilinadi. Varaqchaning bir nusxasi buxgalterda, ikkinchisi esa pul cheklarini rasmiylashtiruvchi nazoratchida turadi. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning imzolari namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqcha notarial tasdiqlanadi. Ularning vakolatxona va filiallarining imzolari namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchalari ham notarial tasdiqlanadi, tasdiqni talab qilmaydigan davlat muassasalari va norezident banklarning imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchalari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklarda mijozlarning bir nechta hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatiladigan boʻlsa, ulardan qoʻshimcha ravishda imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchalari yuqorida koʻrsatilgan tartibda talab qilinishi mumkin. Imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchalarda hisobvaraqlarning raqamlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Oʻzbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasiga muvofiq, yuridik shaxs rahbari imzolar namunalari varaqchasiga kiritiladigan imzolash huquqiga ega boʻlgan shaxslarning ikkita roʻyxatini tasdiqlaydi. Birinchi roʻyxatga — rahbarlik vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslar, ikkinchisiga — buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslar kiradi. Imzolar namunasi va asosiy muhr izi qoʻyilgan varaqcha notarial tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat koʻrsatayotgan dehqon xoʻjaligi rahbari va yakka tartibdagi tadbirkorlar muhri boʻlmagan hollarda, oʻzlarining notarial tasdiqlangan imzolari namunalarini taqdim qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovga taqdim etiladigan cheklarning raqamlarini tekshirish maqsadida bank mijozlarga bergan pul cheklari raqamlarini masʼul ijrochi va nazoratchilardagi mijozlarning imzolari hamda muhr izlari namunasi koʻrsatilgan varaqchada qayd etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Mijozlar imzolarni bevosita oʻz qoʻllari bilan qoʻyishlari shart (faksimile imzo muhri qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi imzo huquqi ikkinchi imzo huquqiga ega boʻlgan bosh buxgalter yoki boshqa shaxslarga berilishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Rahbar shaxslarga vaqtincha birinchi yoki ikkinchi imzo huquqi berilganda, shuningdek, rahbar tomonidan vakolat berilgan shaxslardan birortasi vaqtincha oʻzgarganda, vaqtincha vakolat berilgan shaxsning imzo namunasi qoʻyilib, amal qilish muddati koʻrsatilgan qoʻshimcha varaqcha taqdim qilinadi. Ushbu vaqtinchalik varaqcha rahbar tomonidan imzolanib, muhr qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchaga yuridik shaxslarga berilgan asosiy muhr yoki yuridik shaxs filialining yoxud vakolatxonasining muhr izining namunasi qoʻyilishi shart. Maxsus maqsadlar uchun, masalan, “Paketlar uchun”, “Ruxsatnomalar uchun”, “Devonxona” va shu kabilarga moʻljallangan muhrlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhr almashtirilganda yoki yoʻqolib qolganda, mijoz tomonidan birinchi va ikkinchi imzo huquqi berilgan shaxslar tomonidan rahbari va bosh buxgalteri (agar mijoz yakka tartibdagi tadbirkor yoki dehqon xoʻjaligi boʻlsa — yakka tartibdagi tadbirkor yoki dehqon xoʻjaligi boshligʻi) tomonidan imzolangan iltimosnoma asosida bank filiali rahbari tomonidan muhr tayyorlatish uchun zarur boʻlgan muhlat beriladi. Ushbu muhlat bir kalendar oyidan oshishi mumkin emas. Bir vaqtning oʻzida u muhr boʻlmagan vaqtda hisob-kitob-pul hujjatlarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi, vaziyatdan kelib chiqqan holda hujjatlar muhr izisiz topshirilishiga ruxsat beradi. Bunday hollarda bank rahbari yoki bosh buxgalteri imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchaga tegishli qaydlarni kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Yuridik shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat koʻrsatadigan dehqon xoʻjaliklari va yakka tartibdagi tadbirkorlarning yuridik manzili – ularning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasida koʻrsatilgan manzil hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxsning manzili — uning shaxsini tasdiqlovchi yoki unga tenglashtirilgan hujjatda qayd etilgan roʻyxatga olingan manzili hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobvaraq egasi oʻz manzilining oʻzgarganligi toʻgʻrisida oʻzining hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatayotgan bankka besh ish kuni davomida yozma xabar berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Yuridik shaxsning muhri oʻzgarganda, varaqchada koʻrsatilgan imzolardan birortasi almashtirilganda yoki qoʻshilganda, hisobvaraq egasi notarial tasdiqlangan yangi imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchani taqdim qiladi. Bekor qilingan imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchalar yuridik shaxsning yuridik yigʻmajildiga tikiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Mijozning yuridik yigʻmajildida oʻzgarishlarni rasmiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Qayta tashkil etilishi natijasida yangi tashkil etilgan yuridik shaxslarga hisobvaraqlar ushbu Yoʻriqnomada koʻrsatilgan tegishli hujjatlar taqdim qilinishi asosida ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomi oʻzgargan taqdirda, mijoz bankka roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan berilgan, nomi oʻzgarganligini tasdiqlovchi hujjatning nusxasini taqdim qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Yuridik shaxsga nisbatan sanatsiya eʼlon qilinganda, uning hisobvaraqlari boʻyicha yuzaga keladigan munosabatlar “Sanatsiya qilinayotgan korxona maxsus sanatsiya hisobvaragʻining ishlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1636, 2006-yil 3-noyabr) asosida tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Yuridik shaxs tugatilayotganda, uning barcha bank hisobvaraqlari tugatish komissiyasining tasarrufiga oʻtadi. Bunday holda, bankka tugatish komissiyasining amal qilish muddati koʻrsatilgan korxonani tugatish toʻgʻrisidagi qaror hamda tugatish komissiyasi rahbari va bosh buxgalterining imzolari namunalari qoʻyilgan varaqcha notarial tasdiqlangan holda taqdim qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Mijozning asosiy hisobvaragʻini boshqa bankka oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Xoʻjalik yurituvchi subyekt asosiy hisobvaragʻini boshqa bankka oʻtkazishi uchun u davlat soliq xizmati organining soliqlar hamda boshqa toʻlovlar boʻyicha oʻzining davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar oldida qarzdorligi mavjud emasligi toʻgʻrisida yozma maʼlumotnomasini taqdim etishi shart. Aks holda asosiy hisobvaraqni boshqa bankka oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Asosiy hisobvaraqni boshqa bankka oʻtkazish uchun mijoz tomonidan xizmat koʻrsatuvchi bankka ariza taqdim etiladi va chek daftarchalari qaytariladi. Shundan soʻng bank mijozning hisobvaragʻidagi qoldiqni yozma ravishda tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijoz asosiy hisobvaragʻi yopilayotgan bankdan olingan tasdiqnomani ariza bilan birga asosiy hisobvaraq ochilayotgan bankka taqdim etadi. Ushbu arizaga asosan, asosiy hisobvaraq ochilayotgan bank mijozga vaqtinchalik 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvaragʻini ochadi va bu toʻgʻrisida mijoz hamda hisobvaraq yopilayotgan bankka yozma ravishda xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Mijoz vaqtinchalik hisobvaraq ochilganligi toʻgʻrisidagi xabarni olgandan soʻng asosiy hisobvaraq yopilayotgan bankka asosiy hisobvaraqdagi mavjud mablagʻlar qoldigʻini asosiy hisobvaraq ochilayotgan bankdagi vaqtinchalik ochilgan hisobvaraqqa oʻtkazish toʻgʻrisida toʻlov topshiriqnomasi taqdim etadi. Asosiy hisobvaraqni yopayotgan bank mijoz yuridik yigʻmajildidagi hujjatlar va 2-sonli kartotekadagi (agar, mavjud boʻlsa) toʻlov hujjatlari roʻyxatini kiritib, ushbu hujjatlar asosiy hisobvaraq ochayotgan bankka topshirilganligi haqida ikki nusxada dalolatnoma tuzadi. Dalolatnoma bank boshqaruvchisi va bosh buxgalteri tomonidan imzolanib, asosiy muhr qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomaning har ikki nusxasiga mijozning yuridik yigʻmajildidagi hujjatlar va 2-sonli kartotekadagi toʻlov hujjatlarining asl nusxalari ilova qilinib, pochta, feldyeger aloqasi yoki kuryer orqali asosiy hisobvaraq ochilayotgan bankka yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy hisobvaraqni ochayotgan bank ushbu dalolatnomaga ilova qilingan hujjatlarni qabul qilib olgandan keyin mazkur dalolatnomaga ilova qilingan yuridik yigʻmajilddagi hujjatlar va 2-sonli kartotekadagi toʻlov hujjatlarining asl nusxalarini olganligini tasdiqlab, bank boshqaruvchisi va bosh buxgalteri tomonidan imzolanib, asosiy muhr qoʻyiladi. Dalolatnomaning bir nusxasi pochta, feldyeger aloqasi yoki kuryer orqali asosiy hisobvaraq yopilayotgan bankka yetkazib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu hujjatlarni hisobvaraq egasi yoki uchinchi shaxslar orqali berib yuborish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Dalolatnomaning asosiy hisobvaraq ochayotgan bank boshqaruvchisi va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan va muhr qoʻyilgan nusxasi olingandan keyin mijoz tomonidan yopilayotgan asosiy hisobvaraqdagi mablagʻlarni ushbu hisobvaraq ochilayotgan bankda ochilgan vaqtinchalik hisobvaraqqa oʻtkazish toʻgʻrisidagi toʻlov topshiriqnomasi ijro qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy hisobvaraqni yopayotgan bank berib yuborilgan barcha hujjatlardan nusxa koʻchirib, belgilangan tartibda oʻz arxivida saqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy hisobvaraqni ochayotgan bank ushbu hisobvaraqni yopayotgan bankdan hujjatlar va mablagʻlarni olgandan keyin mijozga yangi asosiy hisobvaraqni ochadi, unga vaqtinchalik hisobvaragʻidagi qoldiqni oʻtkazadi va mazkur vaqtinchalik hisobvaraqni yopadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy hisobvaraq oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot axborotlar bazasida ikki oy davomida saqlanadi. Ushbu muddat tugagandan soʻng oʻtkazilgan asosiy hisobvaraq toʻgʻrisidagi maʼlumot arxivlanadi va belgilangan tartibda saqlanadi, shu bilan bir vaqtda, mazkur hisobvaraq toʻgʻrisidagi maʼlumot bazadan oʻchiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazilgan asosiy hisobvaraq boʻyicha kelib tushgan toʻlov hisob-kitob hujjatlari roʻyxatdan oʻtkazilgach, quyidagi mazmundagi xabar bilan joʻnatuvchiga qaytariladi: “Hisobvaraq yopildi. __________ bankning __________ filialiga murojaat qiling”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Asosiy hisobvaraq boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatish va hisobvaraqni yopish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Asosiy hisobvaraq boʻyicha operatsiyalar faqat hisobvaraq egasining farmoyishiga koʻra yoki hisobvaraqdagi pul mablagʻlari surishtiruvchi, tergovchi qarori boʻyicha yoxud sud ajrimiga koʻra xatlanganda, shuningdek, qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa hollarda toʻxtatib qoʻyilishi mumkin. Bunday holda, pul mablagʻlari faqat qaror yoki ajrimda koʻrsatilgan summaga xatlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish sud tartibida amalga oshiriladi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish aniqlangan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagi tartibda xatlangan yoki toʻxtatilgan hisobvaraqlarni (ham asosiy, ham ikkilamchi) boshqa banklarga oʻtkazish hamda ushbu hisobvaraqlar egalarining boshqa hisobvaraqlarni ochishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Bank hisobvaragʻi shartnomasi hisobvaraq egasining arizasiga yoki bankning talabiga koʻra bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankning talabiga koʻra bank hisobvaragʻi shartnomasi sud orqali quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) mijozning hisobvaragʻida saqlanayotgan pul mablagʻlari summasi bank qoidalarida yoki shartnomada koʻzda tutilgan eng kam miqdordan oz boʻlsa, agar bunday summa bank tomonidan bu haqda mijozni ogohlantirgan kundan boshlab bir oyda tiklanmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) bank hisobvaragʻi shartnomasida boshqa muddat nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu hisobvaraq boʻyicha bir yil davomida operatsiyalar amalga oshirilmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobvaraqdagi pul mablagʻlarining qoldigʻi mijozning tegishli yozma arizasi olingandan keyin kechi bilan yetti kun ichida mijozga beriladi yoki uning koʻrsatmasiga muvofiq boshqa hisobvaraqqa oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank hisobvaragʻi shartnomasining bekor qilinishi mijozning hisobvaragʻini yopish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari — yuridik shaxslar ixtiyoriy tugatilayotganda, xabardor qilish muddatidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ularning milliy valyutadagi ikkilamchi depozit hisobvaraqlari, jamgʻariladigan depozit hisobvaraqlari hamda muddatli depozit hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatuvchi banklar — tugatuvchining ularni yopish haqidagi arizasi asosida mazkur hisobvaraqlarni yopadilar va uning toʻlov topshiriqnomasi asosida ulardagi mavjud mablagʻlar qoldiqlarini tugatilayotgan yuridik shaxslarning asosiy hisobvaragʻiga oʻtkazadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ularning xorijiy valyutadagi ikkilamchi depozit hisobvaraqlari, jamgʻariladigan depozit hisobvaraqlari hamda muddatli depozit hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatuvchi banklar — tugatuvchining ularni yopish haqidagi arizasi asosida mazkur hisobvaraqlarni yopadilar va uning toʻlov topshiriqnomasi asosida mavjud mablagʻlar qoldiqlarini tugatilayotgan yuridik shaxslarning uning milliy valyutadagi asosiy hisobvaragʻi ochilgan joyda ochilgan xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga yoki boshqa vakolatli bankdagi xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga, agar ularning asosiy hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatuvchi bank vakolatli bank hisoblanmasa, oʻtkazadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yuridik shaxslarning asosiy hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatuvchi bank tugatish jarayoni tugaganidan soʻng tugatuvchining arizasiga asosan bir ish kuni davomida asosiy hisobvaragʻini yopadi va tugatuvchiga asosiy hisobvaraqning yopilishi haqida maʼlumotnoma beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Korxonalar olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonalari — uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari boʻyicha pul operatsiyalarini oʻtkazish bilan moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmagan hollarda (dehqon va fermer xoʻjaliklari bundan mustasno), banklar uch kunlik muddat ichida bunday korxonalar haqida ular hisobga qoʻyilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga tegishli choralar koʻrish uchun axborot berishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning bank hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisidagi tegishli qarori taqdim etilganda, banklar keyingi ish kunidan kechiktirmay xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlarini yopadilar. Bunda, korxonalarning yopiladigan hisobvaraqlaridagi mablagʻlari qoldiqlari bank tomonidan foydalanish huquqisiz maxsus hisobvaraqlarga oʻtkaziladi. Korxonalarning bankka toʻlash uchun taqdim etilgan kreditorlik qarzi esa alohida koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalarning bank hisobvaraqlari yopilgandan soʻng ularning nomiga kelib tushadigan mablagʻlar foydalanish huquqisiz maxsus hisobvaraqlarga oʻtkaziladi. Foydalanish huquqisiz maxsus hisobvaraqlarga toʻplangan mablagʻlar banklar tomonidan birinchi navbatda korxonalarning budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar oldidagi qarzlarini toʻlashga, qolgan summalar esa ularning kreditorlik qarzlarini kalendar navbatida toʻlashga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalarning yopiladigan hisobvaraqlardagi mablagʻlari bank tomonidan foydalanish huquqisiz 29842 — “Harakatsiz depozit majburiyatlari” hisobvaragʻiga kirim qilinadi va bankka toʻlov uchun taqdim etilgan korxonaning kreditorlik qarzdorligi alohida koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalarni tugatish boʻyicha maxsus komissiya tomonidan korxona keyingi faoliyatining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan yoki belgilangan tartibda tugatish komissiyasi tayinlangan paytdan boshlab ushbu korxonaning hisobvaraqlari tegishlicha korxonaning oʻz tasarrufiga yoki tugatish komissiyasining tasarrufiga oʻtadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvaragʻi yopilayotganda, oldindan u bilan bogʻliq boʻlgan barcha hisobvaraqlar yopiladi. Bir vaqtning oʻzida hisobvaraqni yopish moʻljallanayotgani toʻgʻrisida soliq va bojxona organlariga xabar beriladi, shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektning budjet oldidagi qarzlari toʻgʻrisida maʼlumot soʻraladi. Soliq va bojxona organlari tomonidan bankka xoʻjalik yurituvchi subyektning budjet oldida majburiyatlari yoʻqligi toʻgʻrisidagi xabarnoma (maʼlumotnoma) taqdim qilingandan keyin mijozning chek daftarchasi foydalanilmagan cheklari va foydalanilgan cheklarning milklari bilan qaytariladi. Shundan keyin, mijozning foydalanilmagan cheklar raqamlari koʻrsatilgan arizasiga asosan hisobvaraqni yopish kunida qoldiq tasdiqlangan holda hisobvaraq yopiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Yopilayotgan, shuningdek, boshqa banklarga oʻtkazilayotgan hisobvaraqlar boʻyicha foydalanilmagan cheklarni mijozlardan faqat bosh buxgalter yoki uning oʻrinbosari qabul qilish huquqiga ega. Bosh buxgalter va uning oʻrinbosari topshirilgan har bir chekning imzo qoʻyiladigan qismini qirqib olish yoʻli bilan ularni darhol soʻndirishi zarur. Shundan keyingina cheklar unga xizmat koʻrsatuvchi masʼul ijrochiga beriladi. ijrochi hisobvaraqni yopish uchun taqdim qilingan toʻlov topshiriqnomasini dasturiy yoʻl bilan kiritishi hamda uni tekshirish va imzolash uchun bosh buxgalterga yoki uning oʻrinbosariga taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Hisobvaraqlar yopilayotganda va ulardagi tegishli mablagʻlar qoldigʻi “Boshqa debitorlik hisobvaraqlar”iga kirim qilinganda, bank bosh buxgalteri yoki uning oʻrinbosari yopilayotgan hisobvaraqdan mijozga oxirgi marta koʻchirma berilgan kundan boshlab ushbu hisobvaraqqa kiritilgan barcha yozuvlarni hujjatlar boʻyicha sinchiklab tekshirishi, ssuda va bank xizmatlari uchun hisoblangan hamda toʻlangan foizlarni inobatga olgan holda chiqarilgan oxirgi qoldiqning toʻgʻriligiga ishonch hosil qilishi va yopilayotgan hisobvaraqqa tegishli yozuvlarni kiritib, imzo chekishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobvaraq yopilgandan soʻng bank mijozga (mijoz tugatilganda — taʼsischilarga) barcha taqdim qilingan talablardan ozod boʻlgan pul mablagʻlarning qoldigʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Boshqa depozit hisobvaraqlarning barchasi mijozning arizasiga asosan istalgan vaqtda yopiladi. Bunda, ushbu mijozga ochilgan maxsus hisobvaraqlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yopiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ssuda hisobvaraqlari bank rahbari yoki rahbar tomonidan vakolat berilgan shaxsning farmoyishiga asosan berilgan kreditlar va unga hisoblangan foizlar toʻlovi toʻliq amalga oshirilgandan keyin yoki ssuda hisobvaragʻining kredit qoldigʻi koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaragʻiga oʻtkazilgandan keyin yopiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Mijoz majburiy tugatilganda, mijozning asosiy hisobvaragʻi tugatish komissiyasi nomiga rasmiylashtiriladi va uning tasarrufiga oʻtkaziladi. Asosiy hisobvaraqqa xizmat koʻrsatuvchi bankka mijozni tugatish toʻgʻrisida qarorni, shuningdek, tugatish muddati koʻrsatilgan va tugatish komissiyasini tuzgan tashkilot yoki shaxs tomonidan tasdiqlangan rahbar hamda bosh buxgalterning imzo namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqcha taqdim etiladi. Mijozning hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatuvchi boshqa banklarga tugatish muddati koʻrsatilgan tugatish toʻgʻrisidagi qaror nusxasi taqdim etiladi. Shundan soʻng barcha ikkilamchi hisobvaraqlar yopiladi va ushbu hisobvaraqlardagi mablagʻlar majburiy ravishda tugatish komissiyasiga rasmiylashtirilgan asosiy hisobvaraqqa oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Tugatish komissiyasi oʻz ishini yakunlaganidan keyin oʻz hisobvaragʻini yopish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xoʻjalik yurituvchi subyektlar budjet oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarganliklari toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organlarining xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) roʻyxatdan oʻtkazgan idoraning Davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida qarori nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) foydalanilmagan cheklar va foydalanilgan cheklarning milklari bilan chek daftarchasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Tugatish komissiyasining hisobvaragʻida taqdim qilingan talablardan ozod boʻlgan pul mablagʻlarining kredit qoldigʻi mavjud boʻlsa, ushbu qoldiq mijozlarning taʼsischilariga yoki tugatish komissiyasining va tugatilgan mijozning taʼsischilari majlisining qaroriga asosan boshqa hisobvaraqqa oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Hisobvaraq yopilganligi uchun haq olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Tijorat banklarining vakillik hisobvaraqlari banklarni tugatish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari asosida yopiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijozlarga ochilgan hisobvaraqlarni roʻyxatga olish kitobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎ Mijozning nomi‎ Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami‎ Hisobvaraq ochilgan sana‎ Hisobvaraq raqami‎ Hisobvaraq yopilgan sana‎ Hisobvaraqni yopish uchun asos
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‏ ________________________bankning ‎‎

(bankning nomi)

_______________________filialiga‎‎
_____________________________________________________________dan‎‎

(arizachining nomi)‎‎

A R I Z A‎‎

‎‎__________________________________________________________________

(hisobvaraq egasining nomi)

‎‎____________________________________nomiga _____________________da
‎‎

‎‎(valyutaning nomi)

‎‎________________________________________________________hisobvaraq

‎‎(talab qilib olinguncha, muddatli, jamgʻarma depozit va boshq,)

‎ochishingizni soʻrayman.‎‎
‎‎Manzil____________________________________________________________________________________________________________________________.
20___y. “___” __________________ ____________________________

(toʻldirilgan sana) ‎‎

(rahbarning imzosi)

‎‎ ____________________________‎‎
‎‎

(bosh buxgalterning imzosi)‎‎

M.Oʻ.‎


‎‎‎
‎__________________________________________________________________

‎‎BANKNING BELGISI

‎‎Hisobvaraqni ochish hujjatlarini tekshirdim: bosh buxgalter_____________
‎‎

(imzo)‎

_________________da _______________________________________________

(valyutaning nomi)‎ ‎

‎‎‎‎(talab qilib olinguncha, muddatli, jamgʻarma depozit va boshq.)

‎‎____________________________________hisobvaraq ochishga ruxsat beraman.
‎‎‎

Boshqaruvchi _______________

‎‎(imzo)

‎‎Hisobvaraq 20__yil “___” _______________da ochildi.
Hisobvaraq raqami_________________________________________________.
Boshqa belgilar ____________________________________________________
‎‎__________________________________________________________________
__________________________________________________________________‎‎
__________________________________________________________________��‎
__________________________________________________________________‎‎
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan
‎VARAQChA

Hisobvaraq egasi_________________

BANK BELGISI

________________________________
‎________________________________
Imzolar namunalarini qabul qilishga ruxsat‎

(toʻliq nomi)‎

Bosh buxgalter
‎yoki uning oʻrinbosari _____________‎
‏Manzili________________________‎
‎________________________________

(imzo)‎ ‎

Sana: 20__ yil “___” ____________.‎‎
Yuqori tashkilotining nomi _______‎
‎________________________________‎



‎‎BOShQA BELGILAR‎

(vazirlik, idora, markaziy muassasa va boshq.)‎

________________________________‎
‎________________________________‏
‎________________________________
‎________________________________
‎________________________________
‎________________________________

________________________________.
Hisobvaraq boʻyicha operatsiyalar bajarilayotganda maʼlum qilinayotgan imzolar va muhr namunalarini shart deb hisoblashingizni soʻraymiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Teskari tomoni‎‎‎‎
‎‎____________________________ ‎‎Hisobvaraq raqami __________________‎‎________‎

‎(xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi)


‎‎
Lavozimi‎ Familiyasi, ismi, otasining ismi‎ Imzo namunalari‎

Birinchi yoki ikkinchi imzo huquqidan vaqtincha foydalanuvchi mansabdor shaxslar vakolat muddatlari

Birinchi imzo‎
Ikkinchi imzo‎

Muhr izi namunasi‎ ‎‎‎


‎Vakolat va imzolarni tasdiqlagan xoʻjalik yurituvchi subyekt muhrining oʻrni ‎‎


‎‎Xoʻjalik yurituvchi
‎subyektning rahbari_________________________

(imzo)‎

‎‎Ustav (nizom) asosida faoliyat yurituvchi rahbarning vakolatlari va imzosini tasdiqlayman ___________________________________________________________‎

‎‎(yuqori tashkilot rahbari yoki rahbar oʻrinbosarining lavozimi, F.I.O. va imzosi)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariusning tasdiq ustxati*

Berilgan chek daftarchalari

Men, _____________________ notarial‎‎

Sana‎

№ dan‎

№ gacha‎

Sana‎

№ dan‎

№ gacha‎

(nomi)

‎‎idorasining notariusi______________

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎fuqarolar__________________________

‎‎(hisobvaraq egasi — tashkilotning rahbari va

‎‎______________________________ning

‎‎bosh (katta) buxgalteri)

imzolari haqiqiyligini tasdiqlayman.
_______shahri Sana: 20___ yil “____” _‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Vakolat va imzolar yuqori tashkilot tomonidan tasdiqlanmagan tashkilotlarning hisobvaraqlari boʻyicha talab qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan
‎VARAQChA

(norezidentlar uchun)

‎‎__________________________________________________________________

‎‎(hisobvaraq egasining nomi)

Manzil ___________________________________________________________‎‎
_______________________bankning_________________________ filialiga
________________________________________________________-raqamli
hisobvaraq boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirishda shart boʻlishi hisoblanadigan bizning nomimizdan hujjatlarni imzolashga (shaxsan/birgalikda) vakolat berilgan shaxslarning imzolar namunalarini, shuningdek, muhr namunasini maʼlum qilamiz.
Familiyasi, ismi, otasining ismi‎ Lavozimi‎ Imzo namunasi‎ Muhr namunasi‎ Alohida belgilar‎
‎‏
‎‎20__ y. “____” _____________
Vakolatli hisobvaraq egasining imzosi ____‎_______
___________________________________________________________

BANKNING BELGILARI

Hisobvaraq raqami _________________________________________________
‎‎Valyuta _____________________________________________________
‎‎Hisobvaraq ochilgan sana 20__ y. “___” _____‎_______
‎‎Imzolar namunalarini qabul qilishga ruxsat beraman:
‎‎Bankning bosh buxgalteri
yoki uning oʻrinbosari ____________‎

(imzo)

‎‎Boshqa belgilar_____________________________________________________
‎‎__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
________________________bankning‎

(bankning nomi )‎

_______________________filialiga‎
(arizachining familiyasi, ismi, otasining ismi)
_____________________________dan

‎‎A R I Z A

‎‎__________________________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎__________________________________nomiga________________________da

(valyutaning nomi)‎

________________________________________________________hisobvaraq‎‎

talab qilib olinguncha, muddatli, jamgʻarma �epozit va boshq.)‎

ochishingizni soʻrayman.
_______________________________________________________-raqamli‎‎
hisobvaragʻim boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirishda shart boʻlishi hisoblanadigan imzolarim (Men tomondan vakolat berilgan shaxslarning imzolari) namunalarini maʼlum qilaman.
Sana: 20___y. “___” _______________‎

____________________________‎

(hisobvaraq egasining imzosi)‎

‎‎__________________________________________________________________

‎‎BANKNING BELGISI

Hisobvaraq ochish boʻyicha hujjatlarni tekshirdim: bosh buxgalter _________‎‎

(imzo)‎

‎‎__________________da______________________________________________
(valyutaning nomi)‎ (talab qilib olinguncha, muddatli, jamgʻarma depozit va boshq.)‎
‎‎___________hisobvaraq ochishga ruxsat beraman.
Boshqaruvchi _______________‎

(imzo)

Hisobvaraq 20__yil “___” _______________da ochildi.
‎‎Hisobvaraq raqami _________________________________________________
‎‎Boshqa belgilar ____________________________________________________
Omonat daftarchasining raqami ‎‎______________________________________
‎‎______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 18-son, 229-modda, 26-son, 300-modda, 45-son, 487-modda; 2010-y., 3-4-son, 35-modda, 38-son, 337-modda; 2011-y., 32-33-son, 342-modda, 38-son, 392-modda; 2012-y., 31-son, 362-modda; 2014-y., 18-son, 205-modda; 2015-y., 6-son, 73-modda, 37-son, 493-modda; 2016-y., 24-son, 294-modda; 2017-y., 12-son, 192-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 10/18/1948-14/0583-son, 10.08.2018-y., 10/18/1948-15/1688-son, 25.10.2018-y., 10/18/1948-16/2099-son; 20.02.2019-y., 10/19/1948-17/2655-son, 23.08.2019-y., 10/19/1948-18/3620-son; 10.02.2020-y., 10/20/1948-19/0148-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)