Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2024 03.11.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1636
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 03.11.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1636
Кучга кириш санаси
13.11.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN CHIQARISH, RAQOBAT VA TADBIRKORLIKNI
QOʻLLAB-QUVVATLASH DAVLAT QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanatsiya qilinayotgan korxona maxsus sanatsiya hisobvaragʻining ishlash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 3-noyabrda 1636-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 23-noyabrdagi 28-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3580, 25.11.2024-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonunining 32-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-iyuldagi 362-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sudgacha sanatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ning 10-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sanatsiya qilinayotgan korxona maxsus sanatsiya hisobvaragʻini ishlash tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash
davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULASHOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 7-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 7-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
276-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish davlat qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 7-iyuldagi 2, 276-V-son qarori bilan
“TASDIQLANGAN”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanatsiya qilinayotgan korxona maxsus sanatsiya hisobvaragʻining ishlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 6-noyabrdagi “Respublika komissiyalari va kengashlari faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida” PF-3675-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-iyuldagi 362-son “Korxonalarning bankrotligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq sanatsiya qilinayotgan korxonaning bank hisobvaragʻini qoʻllash va uning ishlash mexanizmini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Milliy valyutadagi maxsus sanatsiya hisobvaragʻi unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Hayʼatining (bundan buyon matnda Agentlik Hayʼati deb yuritiladi) qaroriga koʻra davlat madadi bilan sudgacha sanatsiya qoʻllanganda iqtisodiy nochor korxonaga ochiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 9-martdagi 14/02 va 276-V-4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1636-4, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/1636-4/0458-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maxsus sanatsiya hisobvaragʻini ochish uchun sanatsiya qilinayotgan korxona uning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatayotgan bankka maxsus sanatsiya hisobvaragʻi ochishga ariza taqdim etadi. Arizaga Agentlik Hayʼatining korxonaga nisbatan sudgacha sanatsiyani joriy etish toʻgʻrisidagi qarorining Agentlik tomonidan tasdiqlangan nusxasi, moliyaviy sogʻlomlashtirish biznes-rejasi va barcha kreditorlar qarzlarini soʻndirishning Agentlik Hayʼati maʼqullagan jadvali ilova qilinadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 9-martdagi 14/02 va 276-V-4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1636-4, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/1636-4/0458-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sanatsiya qilinayotgan korxonaning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatuvchi bankka mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilganidan soʻng sanatsiya qilinayotgan korxonaning talab qilib olinguncha asosiy hisobvaragʻiga maxsus sanatsiya hisobvaragʻi maqomi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat koʻrsatuvchi bank oʻsha kuniyoq 2-kartotekaning va sanatsiya qilinayotgan korxonaning ushbu bankdagi boshqa barcha bank hisobvaraqlarining amal qilishini toʻxtatib, ulardagi mavjud mablagʻlarni sanatsiya qilinayotgan korxonaning maxsus sanatsiya hisobvaragʻiga oʻtkazadi. Bunda sanatsiya qilinayotgan korxonaning chet el valyutasidagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi avvalgi rejimda faoliyatni davom ettiradi, uni tasarruf etish huquqi sanatsiya qilinayotgan korxonaga oʻtadi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 9-martdagi 14/02 va 276-V-4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1636-4, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/1636-4/0458-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari harakati bilan bogʻliq va oʻzaro hisob-kitoblarning maxsus chizmalari boʻyicha maxsus hisobvaraqlar harakatini toʻxtatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 9-martdagi 14/02 va 276-V-4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1636-4, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/1636-4/0458-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari harakati bilan bogʻliq maxsus hisobvaraqlarning ishlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini boshqarish departamenti tomonidan belgilanadi.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 9-martdagi 14/02 va 276-V-4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1636-4, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/1636-4/0458-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus hisobvaraqlar orqali oʻzaro hisob-kitoblarning maxsus chizmalarini oʻtkazish tartibi oʻzaro hisob-kitob qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan tegishli organ tomonidan qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda belgilanadi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ayni vaqtda xizmat koʻrsatuvchi bank elektron pochta orqali sanatsiya qilinayotgan korxonaga talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisobvaraqlari ochilgan boshqa barcha banklarga, uning raqami va qabul qilish sanasini koʻrsatgan holda Agentlik Hayʼatining qaroriga havola qilib, ushbu hisobvaraqlarni yopish va ulardagi mavjud mablagʻlarni sanatsiya qilinayotgan korxonaning maxsus sanatsiya hisobvaragʻiga oʻtkazish talabini yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-kartotekada akseptni kutayotgan toʻlov hujjatlari mablagʻlarni oluvchilarga “__________ (korxona nomi)ga nisbatan Agentlik Hayʼatining 20___ yil ________ dagi ____son qarori bilan sudgacha sanatsiya joriy etilgan” belgisi bilan qaytariladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 9-martdagi 14/02 va 276-V-4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1636-4, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/1636-4/0458-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agentlik Hayʼati tomonidan sanatsiyani dastlab belgilangan muddatdan koʻpga uzaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda maxsus sanatsiya hisobvaragʻi sanatsiya yakunlanishigacha amal qilishda davom etadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 9-martdagi 14/02 va 276-V-4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1636-4, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/1636-4/0458-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mablagʻlarni sanatsiya hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarishga faqat sanatsiya qilinayotgan korxonaning toʻlov topshiriqnomalari asosida yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maxsus sanatsiya hisobvaragʻiga quyidagilar qayd etiladi: asosiy faoliyatdan, ortiqcha mol-mulkni, tovar-moddiy boyliklarni sotishdan kelib tushayotgan mablagʻlar, valyuta tushumini sotishdan tushadigan mablagʻlar, shuningdek ilgari tuzilgan shartnomaviy majburiyatlar boʻyicha toʻxtatilgan hisobvaraqlarga kelib tushgan mablagʻlar va boshqa tushumlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sanatsiyaning borishi va qarzlarni soʻndirish jadvali bajarilishining monitoringini Agentlik amalga oshiradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 9-martdagi 14/02 va 276-V-4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1636-4, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/1636-4/0458-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sanatsiya boshlanganidan soʻng olti oy mobaynida qarzni soʻndirish jadvali (jadvallari) buzilib, bu hol qarzdorning moliyaviy ahvoli yomonlashishi bilan bogʻliq boʻlsa, Agentlik Hayʼatining (shu jumladan kreditorlarning) koʻrib chiqishiga sanatsiyaning samarasizligi munosabati bilan sudgacha sanatsiyani muddatidan avval tugatish toʻgʻrisida taklif kiritilishi mumkin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 9-martdagi 14/02 va 276-V-4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1636-4, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/1636-4/0458-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. MAXSUS SANATSIYA HISOBVARAGʻI BOʻYICHA OPERATSIYALARNI AMALGA OSHIRISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maxsus sanatsiya hisobvaragʻidagi sanatsiya qilinayotgan korxonaning toʻlov topshiriqnomasi bilan Qarzni soʻndirish jadvaliga muvofiq joriy toʻlovlar va toʻlovlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy toʻlovlar deganda sudgacha sanatsiya rejimida korxonaning ishlab chiqarish faoliyati jarayonida yuzaga kelgan pul majburiyatlari va majburiy toʻlovlar tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Joriy toʻlovlarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga haq toʻlash, alimentlar, mualliflik shartnomalari boʻyicha haqlar, fuqarolarning hayot yoki sogʻliqqa yetkazilgan zararni qoplash talablari boʻyicha hisob-kitoblar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga soliqlar va yigʻimlar boʻyicha toʻlovlar;
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 9-martdagi 14/02 va 276-V-4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1636-4, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/1636-4/0458-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro muddati sanatsiya davrida boshlangan kreditlar boʻyicha joriy toʻlovlar va bank komissiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular yetkazib beradigan mahsulot va bajaradigan ishlar uchun mahsulot yetkazib beruvchilar va pudratchilarga boʻnak hamda asosiy toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish ehtiyojlari boʻyicha hisob-kitoblar, shu jumladan energiya resurslarining barcha turlari, aloqa xizmatlari, xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar, taʼmirlash-foydalanish xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan kreditlar boʻyicha, shuningdek ijro muddati sanatsiya davrida boshlangan, hukumat kafolati bilan taʼminlangan kreditlar boʻyicha bank va Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi oldidagi majburiyatlarga doir hisob-kitoblar.
(11-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 9-martdagi 14/02 va 276-V-4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1636-4, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/1636-4/0458-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy toʻlovlarga ehtiyoj boʻlmaganida sanatsiya hisobvaragʻi mablagʻlarining qoldiqlari qarzni soʻndirish jadvalini muddatidan avval ijro etishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sanatsiya qilinayotgan korxonaning chet el valyutasidagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi boʻyicha operatsiyalar Markaziy bankning ushbu hisobvaraqning amal qilishini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlari bilan belgilangan tartibda, sanatsiya qilinayotgan korxonaning topshiriqlariga koʻra oʻtkaziladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 9-martdagi 14/02 va 276-V-4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1636-4, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/1636-4/0458-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. SANATSIYA HISOBVARAGʻINING AMAL QILISHINI TUGATISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Maxsus sanatsiya hisobvaragʻining amal qilishi belgilangan sanatsiya muddati yakunlanganda yoki Agentlik Hayʼati tomonidan sanatsiyani muddatidan avval tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda tugatiladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 9-martdagi 14/02 va 276-V-4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1636-4, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/1636-4/0458-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat koʻrsatuvchi bankka Agentlik Hayʼatining sanatsiyani muddatidan avval tugatish toʻgʻrisida qarorining Agentlik tomonidan tasdiqlangan nusxasi taqdim etilgan kundan boshlab maxsus sanatsiya hisobvaragʻining amal qilishi toʻxtatiladi va u talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaragʻi sifatida amal qilishda davom etadi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 9-martdagi 14/02 va 276-V-4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1636-4, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/1636-4/0458-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ana shu kuni xizmat koʻrsatuvchi bank 2-kartotekaning amal qilishini tiklaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. YAKUNIY QOIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 7-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 7-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 43-44-son, 437-modda; 2014-y., 28-son, 349-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/1636-4/0458-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)