Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“AHOLINI ISh BILAN TAʼMINLASh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA”GI QONUNNI AMALGA KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni yangi tahrirda qabul qilinganligi sababli amalda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan. “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 1998-yil 1-maydagi 616-I-son Qonuniga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1993-yil 1-iyulga qadar boʻlgan muddat ichida:
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga taqdim etsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini va idoraviy meʼyoriy hujjatlarni “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonunga muvofiqlashtirsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
855-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 239-modda)