Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 13.04.2009 yildagi PQ-1096-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 11.08.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ONA VA BOLA SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISh, SOGʻLOM AVLODNI ShAKLLANTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Homiladorlarga tibbiy yordam koʻrsatish hamda ona va bola salomatligini muhofaza qilish tizimini rivojlantirish va mustahkamlash, har bir viloyat markazi va yirik shaharlarda sogʻlom bola tugʻilishi va tarbiyalanishi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlovchi perinatal va skrining markazlari tashkil etish borasidagi umumdavlat chora-tadbirlarini roʻyobga chiqarish boʻyicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish va ularning samaradorligini oshirish, shuningdek tibbiyot muassasalari hamda jamoat tashkilotlari tomonidan keng chora-tadbirlar kompleksini, shu jumladan oilada va jamiyatda reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, jismoniy va maʼnaviy barkamol avlodni shakllantirish yuzasidan tushuntirish tadbirlarini bajarish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qayd qilib oʻtilsinki, butun respublika miqyosida aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sogʻlom avlod tugʻilishi hamda tarbiyalanishini yaxshilash boʻyicha erishilgan katta ijobiy siljishlar bilan bir qatorda, ishlarning ushbu muhim yoʻnalishida jiddiy kamchiliklar mavjud va ayrim viloyatlar hokimliklari, tibbiyot va boshqa muassasalar rahbarlari tomonidan unga yetarli darajada eʼtibor berilmayapti.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 1-avgustdagi PQ-2221-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 32-son, 397-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hukumat komissiyasi (Sh.M. Mirziyoyev) manfaatdor vazirliklar, idoralar va tegishli tuzilmalarni jalb etgan holda bir oy muddatda, eng avvalo, uzoq tumanlarda homilador ayollarga tibbiy yordam koʻrsatish muassasalari, onalik va bolalikni muhofaza qilish, skrining markazlari roʻyxatini belgilasin hamda ularning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, zamonaviy tashxis qoʻyish va davolash uskunalari, zarur reagentlar va vositalar bilan toʻliq jihozlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin. Ushbu vazifani amalga oshirish uchun xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning imtiyozli kreditlari hamda grantlari jalb etilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hukumat komissiyasi (Sh.M. Mirziyoyev) ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimi muassasalari (homilador ayollarga tibbiy yordam koʻrsatish muassasalari, perinatal va skrining markazlari, ayollar reproduktiv salomatligi markazi va boshqalar) faoliyatini chuqur tahlil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu muassasalarga rahbarlik qiluvchi mansabdor shaxslarni attestatsiyadan oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur muassasalar kadrlari tarkibini ayniqsa tugʻilish, ona va bola oʻlimi darajasi yuqori boʻlgan tumanlarda malakali mutaxassislar — akusher-ginekologlar, neonatologlar va pediatrlar bilan mustahkamlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot xodimlarining ona va bola salomatligini muhofaza qilish masalalari boʻyicha malakasini tizimli ravishda oshirish dasturini ishlab chiqsin va qabul qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha darajalardagi Xotin-qizlar qoʻmitalarining ona va bola salomatligini muhofaza qilish masalalari boʻyicha profilaktika-tushuntirish ishlarini olib borish yuzasidan faoliyatini tanqidiy oʻrganib chiqsin hamda Xotin-qizlar qoʻmitalari raislari — viloyat, shahar va tumanlar hokimlari oʻrinbosarlarining umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlgan ushbu vazifani hal etishdagi ishlarini faollashtirish va shaxsiy javobgarligini oshirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari, “Sogʻlom avlod uchun” va “Mahalla” jamgʻarmalari, boshqa jamoatchilik tashkilotlari bilan birgalikda:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joylarda, mahallalarda va oʻquv muassasalarida sogʻlom oilani shakllantirish muammolari, “Sogʻlom ona-sogʻlom bola” maqsadli vazifasini amalga oshirishning asl mohiyatini, ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sogʻlom avlod tugʻilishi va tarbiyalanishi boʻyicha olib borilayotgan ishlarning nechogʻlik ahamiyatga ega ekanligini aholiga tushuntirish va ularning ongiga yetkazish boʻyicha tizimli ravishda oyliklar oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot muassasalarining, ayniqsa qishloq joylarda, reproduktiv salomatlik, ona va bola salomatligini muhofaza qilish masalalarida oilalardagi bilimlar va tibbiy madaniyatni oshirish boʻyicha profilaktika-tushuntirish ishlarini olib borish yuzasidan ishlarini kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib boriladigan tushuntirish va profilaktika ishlariga mahalla qoʻmitalari va boshqa jamoat tuzilmalarining keng jalb etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 13-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1096-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 16-son, 199-modda; 2014-y., 32-son, 397-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)