Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.04.2017 09.04.2009 yildagi 104-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.04.2017
Hujjat 09.04.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XORIJIY FUQAROLAR VA FUQAROLIGI BOʻLMAGAN ShAXSLARNING “NAVOIY” ERKIN INDUSTRIAL-IQTISODIY ZONASI HUDUDIGA KIRIShI, UNDAN ChIQIB KETIShI, U YERDA BOʻLIShI VA IShGA YoLLANIShINING SODDALAShTIRILGAN TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-sonli “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish toʻgʻrisida” 2008-yil 2-dekabrdagi PF-4059-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududiga kirishi, undan chiqib ketishi, u yerda boʻlishi va ishga yollanishining soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududiga kirish va undan chiqish uchun vizalar berish, Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek xorijiy ishchi kuchini jalb qilish uchun ruxsatnoma berish va hududdagi xoʻjalik faoliyati qatnashchilariga mehnat faoliyati huquqini tasdiqlash hamda ularning amal qilish muddatini uzaytirish davlat boji va boshqa toʻlovlar undirilmasdan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtmanomalariga binoan “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududidagi tegishli boʻlinmani belgilangan tartibda zarur aloqa kanallari bilan va ularning uzluksiz ishlashini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 9-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-apreldagi 104-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududiga kirishi, undan chiqib ketishi, u yerda boʻlishi va ishga yollanishining soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi (keyingi oʻrinlarda “Navoiy” EIIZ deb ataladi) hududiga kirishi, undan chiqib ketishi, u yerda boʻlishi va ishga yollanishining soddalashtirilgan tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududiga kirishi, undan chiqib ketishi, u yerda boʻlishi va ishga yollanishining soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisida Nizomni bajarish yuzasidan xatti-harakatlar sxemasi ushbu Nizomga ilovada berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomning amal qilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIIZ hududidagi xoʻjalik faoliyati qatnashchilariga va ularning oila aʼzolariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIIZ hududidagi xoʻjalik faoliyati qatnashchilari tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jalb etiladigan xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomning maqsadi uchun ushbu bandda koʻrsatilgan shaxslar “Navoiy” EIIZ hududidagi xorijiy fuqarolar deb ataladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Navoiy” EIIZ direksiyasi “Navoiy” EIIZ hududidagi xorijiy fuqarolarning umumiy hisobini yuritadi hamda xorijiy fuqarolarga ularning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va ushbu Nizomda nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarini oʻz vaqtida tushuntirishni taʼminlaydi, shuningdek ularning vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlash, respublika hududida yurishi va ular uchun belgilangan bu yerda boʻlish muddati tugagach Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishini taʼminlash yuzasidan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tanlab olishdan oʻtmagan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kirishi, u yerda boʻlishi va undan chiqib ketishini rasmiylashtirish, shuningdek ular tomonidan xorijiy ishchi kuchlarini jalb etish umumiy ravishda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. “Navoiy” EIIZ hududidagi xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalarini rasmiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Navoiy” EIIZ hududidagi xorijiy fuqarolarga kirish vizalari “Navoiy” EIIZ direksiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga beradigan yozma iltimosnomasi asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ayrim davlatlar fuqarolari uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirishning ushbu Nizomda nazarda tutilganidan boshqa yanada qulayroq tartibi belgilangan boʻlsa, qulayroq boʻlgan tartib qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Navoiy” EIIZ direksiyasining xorijiy fuqaroning Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizasi berish uchun yozma iltimosnomasini koʻrib chiqish muddati iltimosnoma berilgan kundan boshlab ikki ish kunidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Navoiy” EIIZ hududidagi xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasiga (kirish, kirish-chiqish) kirish vizalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan, ular mavjud boʻlmagan taqdirda — boshqa mamlakatlarning ular bilan ayrim konsullik funksiyalarini bajarish toʻgʻrisida ahdlashuv mavjud boʻlgan diplomatik vakolatxonalari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xorijiy mamlakatlarga qatnovlar mavjud boʻlgan aeroportlardagi konsullik byurosi tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalari “Navoiy” EIIZ hududidagi xorijiy fuqarolarga bir yilgacha muddatga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) tomonidan berilgan mehnat faoliyatiga huquqning tasdiqnomasi amal qiladigan muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasiga kirish uchun koʻp martalik vizalar “Navoiy” EIIZ hududidagi xorijiy fuqarolarga bir yilgacha muddatga yoki Agentlik tomonidan berilgan mehnat faoliyatiga huquqning tasdiqnomasi amal qiladigan muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Navoiy” EIIZ hududidagi xorijiy fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish vizalari olish uchun Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalariga ikki nusxada toʻldirilgan belgilangan shakldagi anketa-arizani, milliy pasportni yoki uning oʻrnini bosadigan hujjatni, “Navoiy” EIIZ direksiyasi iltimosnomasini, Oʻzbekiston Respublikasiga kontraktlar (shartnomalar) boʻyicha ishlash uchun uch oydan koʻp muddatga kelayotganlar esa — Agentlik tomonidan berilgan mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomani ham taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kirish vizasi Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida haqiqiydir, xorijiy fuqarolarning kirishi uchun yopiq boʻlgan joylar, obyektlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Navoiy” EIIZ hududidagi xorijiy fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasining kirish uchun ochiq boʻlgan hududi boʻylab erkin yurishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. “Navoiy” EIIZ hududidagi xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Navoiy” EIIZ hududidagi xorijiy fuqarolar “Navoiy” EIIZga tutashgan, uy-joylar va ijtimoiy infratuzilmalar qurish uchun ajratilgan va “Navoiy” EIIZ Bosh rejasida nazarda tutilgan hududda yashaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIIZ hududidagi xorijiy fuqarolar “Navoiy” EIIZ direksiyasi va ichki ishlar organlari bilan kelishgan holda boshqa hududda ham yashashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “Navoiy” EIIZ hududidagi xorijiy fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi hududida milliy pasportlari yoki uning oʻrnini bosadigan boshqa hujjatlari boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish asosida yashaydilar. Milliy pasportlar yoki uning oʻrnini bosadigan boshqa hujjatlar yetib kelgandan keyin bir sutka mobaynida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtish uchun “Navoiy” EIIZ direksiyasiga taqdim etiladi, bayram va dam olish kunlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “Navoiy” EIIZ hududidagi xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish va uning muddatini uzaytirish Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Kirish, chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “Navoiy” EIIZ hududidagi xorijiy fuqarolar “Navoiy” EIIZ direksiyasining yozma murojaatnomalari asosida Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Kirish, chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkaziladi. Murojaatnomalar, bayram va dam olish kunlaridan tashqari, roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak boʻlgan xorijiy fuqarolar tomonidan vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish uchun milliy pasportlar yoki ularning oʻrnini bosadigan hujjatlar topshirilgan vaqtdan boshlab uch sutka mobaynida berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIIZ hududidagi xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish va uning muddatini uzaytirish “Navoiy” EIIZ direksiyasi yozma murojaatnomalarida koʻrsatilgan davr uchun, lekin viza amal qiladigan muddat doirasida bir kun muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. “Navoiy” EIIZ hududidagi xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazishdan ozod qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. “Navoiy” EIIZ hududidagi xorijiy fuqarolar milliy pasportlarini yoki uni oʻrnini bosadigan hujjatlarini oʻzi bilan birga olib yurishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIIZ hududidagi xorijiy fuqarolar milliy pasporti yoki uning oʻrnini bosadigan hujjatlari yoʻqolganligi toʻgʻrisida darhol “Navoiy” EIIZ direksiyasiga va ichki ishlar organlariga xabar qilishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. “Navoiy” EIIZ hududidagi xorijiy fuqarolar tomonidan shaxsiy va xizmat avtotransport vositasidan foydalanish, Oʻzbekiston Respublikasi hududida avtotransport vositalarini boshqarish uchun haydovchilik guvohnomalarini qoʻllanish, xorijiy fuqarolarning transport vositalarini davlat texnik koʻrigidan oʻtkazish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolariga tegishli boʻlgan avtomototransportni foydalanish uchun xorijiy fuqarolarga yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashaydigan xorijiy fuqarolarga berish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. “Navoiy” EIIZ hududidagi xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida yurishi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqini cheklash, ularning bu yerda boʻlish muddatini qisqartirish va ularni respublikadan tashqariga chiqarib yuborish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. “Navoiy” EIIZ hududidagi xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish vizalarini rasmiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. “Navoiy” EIIZ hududidagi xorijiy fuqarolar uchun Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish vizalarini (chiqish, chiqish-kirish vizalarini) berish va ularning amal qilish muddatini uzaytirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Kirish, chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Kirish, chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. “Navoiy” EIIZ hududidagi xorijiy fuqarolar vizalar berish va ularning amal qilish muddatini uzaytirish uchun milliy pasportini yoki uning oʻrnini bosadigan hujjatini koʻrsatgan holda “Navoiy” EIIZ direksiyasiga murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIIZ direksiyasi iltimosnoma va ikki nusxada toʻldirilgan belgilangan shakldagi anketa-ariza bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Kirish, chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga yoki Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Kirish, chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. “Navoiy” EIIZ hududidagi xorijiy fuqaroning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish vizalarini (chiqish, chiqish-kirish vizalarini) berish va ularning amal qilish muddatini uzaytirish yuzasidan buyurtmanomasini koʻrib chiqish muddati buyurtmanoma berilgan kundan boshlab besh ish kunidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. “Navoiy” EIIZ hududidagi xorijiy fuqarolarga koʻp martalik chiqish-kirish vizalari bir yilgacha muddatga yoki Agentlik tomonidan berilgan mehnat faoliyatiga huquqning tasdiqnomasi amal qiladigan muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ushbu Nizomning 21-bandida koʻrsatilgan ichki ishlar organlari “Navoiy” EIIZ hududidagi xorijiy fuqaroning anketa-arizasini koʻrib chiqish natijalariga koʻra amal qilish muddati koʻrsatilmagan chiqish vizasini xorijiy fuqaroning milliy pasportiga yoki uning oʻrnini bosadigan hujjatiga yopishtirib qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIIZ hududidagi xorijiy fuqarolar koʻp martalik chiqish-kirish vizalari yopishtirib qoʻyilgandan keyin “Navoiy” EIIZ direksiyasining bildirishnomasi bilan chet elga koʻp martalab chiqishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. “Navoiy” EIIZ hududidagi xorijiy fuqarolarning ishga yollanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. “Navoiy” EIIZ hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan xorijiy fuqaro faqat oʻzining nomiga qonun hujjatlarida belgilangan shaklda Agentlik tomonidan berilgan mehnat faoliyatiga huquqning tasdiqnomasi (keyingi oʻrinlarda tasdiqnoma deb ataladi) mavjud boʻlgan taqdirdagina ishga yollanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tasdiqnomaning amal qilish muddati xorijiy ishchi kuchini jalb etish huquqiga berilgan ruxsatnomaning amal qilish davridan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ish beruvchiga Agentlik tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan shaklda xorijiy ishchi kuchini jalb etish huquqiga ruxsatnoma (keyingi oʻrinlarda ruxsatnoma deb ataladi) tasdiqnoma berish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnoma bir yil muddatga beriladi va bu muddat tomonlarning kelishuviga koʻra, ish beruvchi tomonidan ushbu Nizomning 29-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etish asosida, mehnat kontraktining amal qilish muddati oʻtgungacha uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Xorijiy xodim uchun tasdiqnoma ish beruvchiga xorijiy ishchi kuchini jalb etish huquqiga ruxsatnoma bilan birgalikda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. “Navoiy” EIIZ qatnashchisi ruxsatnoma tasdiqnomani olish uchun Agentlikka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan shakldagi ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIIZ xoʻjalik faoliyati qatnashchisi guvohnomasining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIIZ direksiyasining iltimosnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy xodimning fotosuratli anketasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy xodim uchun OIV-infeksiyasi yoʻqligi toʻgʻrisidagi sertifikat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt loyihasi yoki xorijiy xodimlarni jalb etish niyati va shartlari toʻgʻrisida xorijiy fuqarolar yoki xorijiy tashkilotlar bilan oldindan ahdlashilganlikni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnoma/tasdiqnoma muddatini uzaytirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: belgilangan shakldagi ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan shakldagi ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIIZ direksiyasining iltimosnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy xodimning fotosuratli anketasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy xodim uchun OIV-infeksiyasi yoʻqligi toʻgʻrisidagi sertifikat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnoma/tasdiqnomaning asl nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. “Navoiy” EIIZ hududidagi xorijiy fuqarolar uchun ruxsatnoma/tasdiqnoma berish yuzasidan hujjatlarni koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligining mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy boshqarmasi xulosalarini talab qilmasdan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ruxsatnoma/tasdiqnoma berish (uning muddatini uzaytirish) toʻgʻrisidagi qaror Agentlik tomonidan, ish beruvchi ushbu Nizomning 29-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni bergan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ruxsatnoma boshqa ish beruvchilarga berilmaydi. Ruxsatnoma asosida jalb etiladigan xorijiy xodimlar boshqa ish beruvchiga ishlash uchun oʻtkazilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ruxsatnoma/tasdiqnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, uni bekor qilish, shuningdek xorijiy xodimlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuborish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududiga kirishi, undan chiqib ketishi, u yerda boʻlishi va ishga yollanishining soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududiga kirishi, undan chiqib ketishi, u yerda boʻlishi va ishga yollanishining soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bajarish yuzasidan xatti-harakatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 15-son, 188-modda; 2012-y., 31-son, 357-modda)