26.04.2007 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN UKRAINA VAZIRLAR MAHKAMASI OʻRTASIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISh VA ULARNING OQIBATINI BARTARAF ETISh SOHASIDA HAMKORLIK TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Ukraina Vazirlar Mahkamasi, bundan buyon Tomonlar deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki xalq oʻrtasidagi anʼanaviy doʻstlik munosabatlarini mustahkamlashga, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Ukraina oʻrtasida davlatlararo munosabatlarni barcha choralari bilan rivojlantirishga tenglik va oʻzaro manfaatdorlik asosida har tomonlama hamkorlikka intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularning oqibatini bartaraf etish sohasidagi hamkorlik ikkala davlat farovonligi va xavfsizligiga koʻmaklashishini eʼtirof qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar ikkala mamlakat uchun xavfli ekanini anglab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida ilmiy-texnikaviy axborot almashish oʻzaro qiziqtirishini hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlardan birining kuchlari va vositalari bilan bartaraf qilib boʻlmaydigan favqulodda vaziyatlar paydo boʻlishi mumkinligini va favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida ikkala davlatning muvofiqlashtirilgan harakatlari zarur boʻlishini eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim maqsadlari uchun quyidagi atamalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“soʻrovchi Tomon” — boshqa Tomonga yordam koʻrsatish boʻyicha guruhlarini, asbob-uskunalar va taʼminot materiallarini yuborish toʻgʻrisida iltimos bilan murojaat qiladigan Tomon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“taqdim qiluvchi Tomon” — boshqa Tomonning yordam berish boʻyicha guruhlar, asbob-uskunalar va taʼminot materiallarini yuborish toʻgʻrisidagi iltimosini qanoatlantiruvchi Tomon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“vakolatli organ” — ushbu Bitimni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan ishlarga rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish uchun Tomonlardan har biri tayinlaydigan organ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yordam koʻrsatish boʻyicha guruh” — taqdim qiluvchi Tomonning mutaxassislaridan tashkil topgan, yordam koʻrsatish uchun moʻljallangan, zarur guruhlar, asbob-uskuna va materiallar bilan taʼminlangan guruh;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“favqulodda vaziyat” — soʻrovchi Tomon davlati maʼlum hududida avariya, xavfli tabiat hodisasi, halokat, tabiiy va boshqa ofat natijasida yuzaga kelgan odamlarning qurbon boʻlishiga olib keladigan vaziyat boʻlib, odamlar sogʻligʻiga yoki atrof-muhitga zarar yetkazishi, katta moddiy talofatlarga va odamlarning yashash sharoitlarining buzilishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin holatdir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“favqulodda vaziyatni oldini olish” — oldindan oʻtkaziladigan va favqulodda vaziyat paydo boʻlish xavfini mumkin qadar kamaytirishga qaratilgan va shuningdek bu vaziyat paydo boʻlgan taqdirda odamlar sogʻligʻini saqlashga, atrof-muhitga yetkazilgan zarar va moddiy talofat hajmini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf qilish” — favqulodda vaziyat paydo boʻlganda qilinadigan va odamlar hayotini qutqarishga va sogʻligʻini saqlashga, atrof-muhitga yetkazilgan zarar va moddiy talofat hajmini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyat zonasini cheklashga zona uchun xavfli faktorlar harakatini toʻxtatishga qaratilgan avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“favqulodda vaziyat zonasi” — soʻrovchi Tomon davlatining maʼlum hududida yuzaga kelgan favqulodda vaziyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“avariya-qutqaruv ishlari” — favqulodda vaziyat zonasida odamlarni, moddiy va madaniy boyliklarni qutqarish, atrof-muhitni muhofaza qilish, favqulodda vaziyatni cheklash va vaziyat uchun omillarni yoʻqotish yoki unga xos boʻlgan xavfli omillarni minimal darajaga keltirish boʻyicha harakatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“asbob-uskuna” — yordam koʻrsatish guruhining materiallari, texnik va transport vositalari, aslaha-anjomlari va aʼzolarning shaxsiy aslahalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“taʼminot materiallari” — favqulodda vaziyat natijasida zarar koʻrgan aholi oʻrtasida taqsim qilish uchun moʻljallangan moddiy vositalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tranzit davlati” — soʻrovchi Tomon davlat hududida yoki uchinchi davlat hududiga yetib borish maqsadida yordam koʻrsatish guruhlarining asbob-uskuna va taʼminot materiallari bilan hududidan oʻtadigan davlat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Vakolatli organlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni bajarish boʻyicha quyidagilar Tomonlarning vakolatli organlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbek Tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ukrain Tomonidan — Ukrainaning favqulodda vaziyatlar masalalari va aholini Chernobil halokati oqibatlaridan muhofaza qilish masalalari boʻyicha vazirligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa vakolatli organ tayinlangan taqdirda Tomonlar bir-birini diplomatik kanallar orqali yozma shaklda xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Hamkorlik shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim doirasidagi hamkorlik quyidagilarni koʻzda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli texnogen va ekologik jarayonlar, shuningdek tabiat hodisalari monitoringini tashkil qilish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni oldindan aytib berish va ularning oqibatlarini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga, shu jumladan birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha, tayyorlashni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlari ijro etuvchi hokimiyatlarining manfaatdor organlarining favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatish boʻyicha bahamjihat harakat qilishlarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar natijasida paydo boʻlishi mumkin boʻlgan ifloslanishlarning atrof-muhit va aholiga boʻladigan tahlikaga baho berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot loyihalarini birgalikda rejalashtirish, ishlab chiqish va amalga oshirish, ilmiy-texnikaviy adabiyot va tadqiqot ishlar natijalarini almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot, davriy nashrlar, metodik va boshqa adabiyot, video va fotomateriallar va shuningdek texnologiyalarni almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma konferensiyalar, seminarlar, ishchi majlislar, mashq va mashgʻulotlarni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma nashrlar va maʼruzalarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlari oʻquv yurtlarida mutaxassislar tayyorlash, stajorlar, oʻqituvchilar, olimlar va mutaxassislar bilan almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar vakolatli organlari oʻrtasida bahamjihat harakat qilishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnika, mulk va aslaha-anjom bilan uskunalashda oʻzaro yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularning oqibatini bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar rejalashtirish va oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik favqulodda vaziyatlar paydo boʻlishi toʻgʻrisida oʻzaro axborot bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf qilishda oʻzaro yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularning oqibatini bartaraf qilish sohasida Tomonlar vakolatli organlari muvofiqlashtirgan boshqa faoliyat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Tashkilotlar va muassasalar oʻrtasidagi hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish sohasida faoliyat yuritayotgan Tomonlar davlatlarining ijro etuvchi organlari, tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslari oʻrtasidagi hamkorlikni ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Qoʻshma komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni bajarish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Tomonlar vakolatli organlari favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf qilish sohasida hamkorlik boʻyicha qoʻshma komissiya taʼsis qiladilar, uning tarkibini, vazifalarini va ish tartibini belgilaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Vakillarni qabul qilish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimda nazarda tutilgan faoliyatda ishtirok etishlari uchun vakillarning yurib turishlari bilan bogʻliq boʻlgan va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf qilishda yordam koʻrsatish bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan barcha xarajatlarda har bir Tomon oʻz qismini oʻzi qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Yordam koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf qilishda yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi soʻrovlarni amalga oshiruvchi organlar, Tomonlarning vakolatli organlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordam diplomatik kanallar orqali yuborilgan soʻrovga asosan koʻrsatiladi, unda soʻrovchi Tomon favqulodda vaziyatning xususiyati toʻgʻrisida axborot taqdim etadi, zarur yordamning turini va hajmini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim qiluvchi Tomon qisqa muddatlarda soʻrovchi Tomonning murojaatini koʻrib chiqadi va uni beriladigan yordam imkoniyati, hajmi va shartlari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordam koʻrsatish boʻyicha guruhlarga rahbarlik qilishni soʻrovchi Tomonning vakolatli organi shu guruhlar rahbarlari orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Yordam turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf qilishdagi yordam guruhlarini, asbob-uskunalarni, taʼminot materiallarini yuborish yoʻli orqali yoki boshqa soʻralayotgan shaklda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordam koʻrsatish boʻyicha guruhlar favqulodda vaziyat zonalarida avariya-qutqaruv ishlarini bajarish uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovchi Tomon yordam koʻrsatish boʻyicha guruhlar rahbarlarini favqulodda vaziyat zonasida va aniq ish uchastkalarida yuzaga keladigan vaziyat toʻgʻrisida axborot beradi va zarurat boʻlganda bu guruhlarni tarjimonlar va aloqa vositalari va shuningdek qoʻriqchilar bilan taʼminlaydi va bepul tibbiy xizmat koʻrsatadi va ularning harakatlarini muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordam koʻrsatish boʻyicha guruhlarning asbob-uskunalari favqulodda vaziyat zonasida 72 soat davomida mustaqil harakat qilishlari uchun yetarli boʻlishi kerak. Zaxiralar tamom boʻlgandan keyin agar Tomonlar qoʻshimcha ravishda kelishmagan boʻlsalar, soʻrovchi Tomon ishni davom ettirish uchun ushbu guruhlarni zarur vositalar va oziq-ovqat bilan taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Yordam koʻrsatish boʻyicha guruhlarning davlat chegarasini kesib oʻtish shartlari va ularning soʻrovchi Tomon davlati hududida boʻlish rejimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordam koʻrsatish boʻyicha guruhning davlat chegarasini kesib oʻtishi har bir guruh aʼzosining pasport hujjati mavjud boʻlganda davlat chegarasidan oʻtkazish punktlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordam koʻrsatish boʻyicha guruh rahbari oʻzining pasport hujjatlari bilan birga chegaraoldi nazorat organlariga taqdim etuvchi Tomonning vakolatli organlari bergan, guruhning yordam koʻrsatish maqsadida ketayotganini tasdiqlovchi hujjatni va guruh tarkibida ketayotgan shaxslar roʻyxatini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordam koʻrsatish boʻyicha guruhlarning aʼzolari soʻrovchi Tomon davlati hududida boʻlgan vaqtlarida shu davlat qonunlariga rioya qilishga majburdirlar. Shu oʻrinda ular taqdim etuvchi Tomon davlati yurisdiksiyasi ostida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chegaradan oʻtkazish tartibi va kinologik guruhlarning boʻlishi har bir alohida holatda soʻrovchi Tomon davlati qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordam koʻrsatish boʻyicha guruhlarning joydan-joyga yurishi ularning asbob-uskunasini va taʼminot materiallarini tashish avtomobil, temir yoʻl, suv yoki havo transportida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordam koʻrsatish uchun transport turlaridan foydalanish tartibini Tomonlarning vakolatli organlari ijro etuvchi hokimiyatning tegishli organlari bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Favqulodda vaziyatlar oqibatini bartaraf qilishda yordam koʻrsatish uchun asbob-uskuna va taʼminot materiallarini olib kirish va olib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar oqibatlari bartaraf qilinayotganda yordam koʻrsatish uchun soʻrovchi Tomon davlati hududiga olib kirilayotgan va taqdim etuvchi Tomon davlati hududidan olib chiqiladigan asbob-uskuna, taʼminot materiallari va guruh aʼzolarining shaxsiy ashyolarining bojxona rasmiylashtiruv ishlari Tomonlar davlatlari qonunchiligiga muvofiq yengillashtirilgan va ustuvorlik tartibida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordam berish boʻyicha guruhlarning favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf qilishda foydalanish uchun moʻljallangan asbob-uskuna va taʼminot materiallaridan boshqa har xil tovarlarni olib oʻtish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordam berish boʻyicha ishlar tamom qilingandan keyin olib kirilgan asbob uskuna soʻrovchi davlat Tomon hududidan olib chiqilishi kerak. Yuzaga kelgan ayrim vaziyatlar tufayli asbob-uskunani olib chiqish imkoniyati boʻlmasa, u soʻrovchi Tomonning vakolatli organiga kelishilgan shartlar asosida begʻaraz yordam sifatida berilishi mumkin. Bu holda soʻrovchi Tomonning vakolatli va bojxona organlarini berilgan asbob-uskuna turlari, miqdori va joylashgan joyini koʻrsatib xabardor qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarar koʻrgan shaxslarga tezkor tibbiy yordam koʻrsatish zarurat tugʻilganda soʻrovchi Tomon davlati hududidagi tarkibida narkotik moddalar boʻlgan tibbiy preparatlar zarur miqdorda olib kirilishi mumkin. Bu holda yordam koʻrsatish boʻyicha, guruh rahbari Tomonlarning bojxona organlariga tarkibida narkotik moddalar boʻlgan tibbiy preparatlar toʻgʻrisida, ularning turlari va miqdori koʻrsatilgan deklaratsiyani taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu tibbiy preparatlar soʻrovchi Tomonga berilmaydi va faqatgina shu Tomon vakillarining nazorati ostida malakali tibbiy xodimlar tomonidan ishlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarkibida narkotik moddalar boʻlgan, ishlatilmay qolgan tibbiy preparatlar soʻrovchi Tomonning bojxona nazorati ostida ushbu preparatlar roʻyxati va miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar asosida olib chiqilishi kerak. Tarkibida narkotik moddalar boʻlgan, ishlatilgan tibbiy preparatlar uchun soʻrovchi Tomon bojxona organi ularning ishlatilganligi toʻgʻrisida yordam koʻrsatish boʻyicha guruhning rahbari va vrachi imzolagan va soʻrovchi Tomon vakolatli organi vakili tasdiqlagan aktni koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Tranzit
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tranzit davlati Tomoni oʻz davlatining hududi orqali taqdim etuvchi Tomonning yordam koʻrsatish boʻyicha guruhlarini, asbob-uskunasini va taʼminot materiallarini uchinchi davlatga shu davlat bilan favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularning oqibatini bartaraf qilish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida imzolangan bitimlar asosida va Tomonlar davlatlarining milliy qonunchiligiga muvofiq toʻxtatmay oʻtkazib yuborishga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Havo kemalaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etuvchi Tomonning vakolatli organi soʻrovchi Tomonning vakolatli organiga yordam berish uchun havo kemalaridan foydalanishga qaror qabul qilinigan toʻgʻrisida xabar qiladi, bunda havo kemalarining tiplari, taniqlik belgilari, marshruti, ekipaj aʼzolarining soni, yukning xususiyati, parvoz qilish, qoʻnish joyi va vaqti koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovchi Tomon taqdim etuvchi Tomon havo kemalarining oʻz davlati hududining maʼlum punktiga uchib borishga ruxsat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parvozlar Xalqaro fuqaro aviatsiya tashkiloti oʻrnatgan parvoz qoidalariga va har bir Tomon davlatlarining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Xarajatlarni qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Tomonlar boshqa toʻgʻrisida kelishib olishmagan boʻlsalar, soʻrovchi Tomon taqdim etuvchi Tomonga yordam berishi bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovchi Tomon yordam berish toʻgʻrisidagi iltimosini bekor qilishi mumkin, ammo bu holda taqdim etuvchi Tomon qilgan xarajatlari uchun tovon olishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Tomonlar boshqa toʻgʻrisida kelishib olishmagan boʻlsalar, xarajatlar taqdim etuvchi Tomondan bu toʻgʻrida olingan talabnoma olingandan keyin darhol qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etuvchi Tomon yordam koʻrsatish boʻyicha guruhlar aʼzolarini sugʻurta qiladi. Sugʻurtani rasmiylashtirish boʻyicha xarajatlar yordam koʻrsatish boʻyicha qilinadigan umumiy xarajatlarga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etuvchi Tomon havo kemalarining uchib oʻtishi, qoʻnishi, aerodromda turishi va undan parvoz qilishi uchun toʻlovdan va shuningdek aeronavigatsiya xizmatlari uchun toʻlovdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etuvchi Tomonning havo kemalariga yoqilgʻi va texnik xizmat koʻrsatish uchun xarajatlarni qoplash toʻgʻrisidagi masalalarni Tomonlar har biri alohida holda hal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Zararni qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bu voqea ushbu Bitimni amalga oshirish boʻyicha vazifalarni bajarish davomida yuz bergan boʻlsa, soʻrovchi Tomon yordam koʻrsatish boʻyicha guruh aʼzolarining yarador boʻlishi yoki oʻlimi bilan bogʻliq xarajatlarni oʻz zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yordam koʻrsatish boʻyicha guruh aʼzosi soʻrovchi Tomon davlati hududida ushbu Bitim qoidalarini amalga oshirish bilan bogʻliq vazifalarni bajarish vaqtida yuridik yoki jismoniy shaxsga zarar yetkazsa, zararni soʻrovchi Tomon uning yordam berayotgan fuqarolari zarar yetkazgan hollarda qoʻllaniladigan qonunchilikka muvofiq qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordam koʻrsatish boʻyicha guruh aʼzosi ataylab yoki dagʻal eʼtiborsizlik natijasida keltirilgan zararni taqdim etuvchi Tomon qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Axborotdan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim doirasida faoliyat natijasida olingan axborot Tomonlar davlatlari qonunchiligiga muvofiq oshkor etilmaydigan axborotdan tashqari, agar Tomonlar vakolatli organlari yozma shaklda boshqa toʻgʻrisida kelishmagan boʻlsalar, Tomonlardan har birining oddiy amaliyoti va koʻrsatmalari asosida eʼlon qilinadi va ishlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Nizoli masalalarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda yoki qoʻllashda kelib chiqadigan nizolar Tomonlarning oʻzaro muzokaralari va maslahatlashuvlari yoʻli bilan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning oʻzaro kelishuvlariga koʻra ushbu Bitimga alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin, bunda bayonnomalar ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi. Qayd qilingan bayonnomalar ushbu Bitimning 19-moddasi qoidalariga asosan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Boshqa shartnomalarga nisbatan munosabat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim Tomonlar ishtirokchi boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga taʼsir qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim cheklanmagan muddatga tuzildi va Tomonlarning davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida oxirgi yozma xabarnomasi olingan muddatda kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlardan biri ikkinchi Tomonning Bitimni bekor qilish toʻgʻrisidagi istagi haqida tegishli xabarnomani olgan kundan 90 kun oʻtib Bitim oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim oʻz kuchini yoʻqotishi, agar Tomonlar boshqacha kelishuvga erishmagan boʻlsalar, uning doirasida amalga oshirilayotgan, boshlangan, biroq tugatilmagan faoliyatlarga taʼsir qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2007-yil 26-aprelda, ikki nusxada har biri oʻzbek, ukrain va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar autentikdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni qoʻllash va talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda rus tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2008-y., 3-4-son)