17.11.2008 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN MALAYZIYA HUKUMATI OʻRTASIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
anglashuv Memorandumi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim sohasida hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Malayziya Hukumati nomidan Malayziya Oliy taʼlim vazirligi (bundan keyin alohida “Tomonlar” deb ataluvchilar),
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim sohasida ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro ikki tomonlama doʻstona munosabatlarni mustahkamlashni istab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim sohasining iqtisodiy rivojlanish va ikki mamlakat xalqlari oʻrtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashda muhim omil ekanligini eʼtirof etgan holda; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik ikkala mamlakat uchun ham foyda keltirishiga ishongan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Anglashuv Memorandumi maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar, ushbu Anglashuv Memorandumining qoidalari hamda har qaysi mamlakatning amaldagi qonunlari, qoidalari, yoʻriqnomalari va milliy siyosatiga amal qilib, teng huquqlilik va oʻzaro manfaatdorlik asosida ikki mamlakat oʻrtasida oliy taʼlim hamda bilimni yuksaltirish va intellektual rivojlanish sohasidagi hamkorlikni qoʻllab-quvvatlashga kelishib oldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Hamkorlik shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz mamlakatlarida ushbu Anglashuv Memorandumi predmetini tartibga soluvchi oliy taʼlim sohasida amalda boʻlgan qonunlar, qoidalar, yoʻriqnomalar va milliy siyosatga asoslangan holda qoʻyidagi sohalarda texnikaviy hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish uchun zarur boʻlgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga harakat qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oʻzaro manfaatli deb topilgan dasturlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Malayziya Oliy taʼlim vazirligi bilan oʻtkaziladigan maslahatlashuvlar yordamida oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida professor va oʻqituvchilar, ekspertlar va talabalarning almashinuvini ragʻbatlantirish hamda qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish. Bunday almashinuv dars berish va/yoki izlanish boʻyicha qoʻshma hisobot tayyorlash, ilmiy maqola chop etish yoki ilmiy tashrifdan iborat boʻlishi mumkin. Qabul qiluvchi vazirlik tomonidan oʻtkaziladigan almashinuv dasturning muddatlari va shartlari har ikki vazirlik rahbarlari tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) texnikaviy, kasb-hunar va oliy taʼlimning manfaatli sohalarida oʻzaro yordamni qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Tomonlarning oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olishni davom ettirish uchun grantlar ajratish boʻyicha choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oliy taʼlim muassasalarining ikki tomonlama texnikaviy, kasb-hunar va oliy taʼlim sohalaridagi oʻzaro manfaatli boʻlgan dasturlarini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) taʼlim sohasining maʼmuriy xodimlari va oʻqituvchilari, jumladan malaka oshirish sohasida mashgʻul boʻlganlarning malakasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Tomonlarning oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida baholash tizimi va shunga oʻxshash dasturlar hamda akademik, kasb-hunar va malakaviy kvalifikatsiyalarini oʻzaro tan olish imkoniyatlarini oʻrganib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo) oʻquv adabiyotlari, oʻqitish boʻyicha yordam, axborot va koʻrgazmali qoʻllanmalar bilan almashishda, shuningdek muhim ahamiyatga ega boʻlgan maxsus koʻrgazmalar va seminarlar tashkil qilishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, matematika va tabiiy fanlar sohasidagi oʻzaro yordamni qoʻllab-quvvatlash; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) Tomonlar tomonidan oʻzaro kelishib olinadigan oliy taʼlim sohasidagi hamkorlikning har qanday boshqa jabhalarida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Vakolatli organlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Anglashuv Memorandumini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Malayziya Hukumati nomidan — Malayziya Oliy taʼlim vazirligi masʼul etib tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Almashinuv dasturlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir almashinuv dasturning tafsilotlari vakolatli organlar tomonidan muvofiqlashtiriladi va ularni Tomonlar tasdiqlashi talab qilinadi, shuningdek oʻqituvchilar, talabalar yoki oʻquv materiallari almashinuvi albatta bir vaqtning oʻzida ikki taraflama amalga oshirilmasligi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Moliyaviy kelishuvlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Memorandumda qayd etilgan hamkorlikka oid tadbirlarni moliyalashtirish Tomonlarning moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, alohida har bir holat yuzasidan oʻzaro kelishuv asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Qoʻshma ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar ushbu Anglashuv Memorandumini amalga oshirish boʻyicha Qoʻshma ishchi guruhni tashkil etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Qoʻshma ishchi guruhi tegishli muassasalar va agentliklar vakillari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi vakili tomonidan boshqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Malayziya Hukumati nomidan Qoʻshma ishchi guruhi tegishli muassasalar va agentliklar vakillari ishtirokida Malayziya Oliy taʼlim vazirligi vakili tomonidan boshqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoʻshma ishchi guruhi yiliga kamida bir marta yoki Tomonlar ushbu Anglashuv Memorandumining bajarilishini muhokama qilish maqsadida oʻzaro kelishilgan paytdan yigʻilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Maxfiylik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Memorandum yoki unga muvofiq tuzilgan boshqa kelishuvlarning bajarilishi vaqtida har bir Tomon boshqa Tomonga taqdim etgan yoki undan qabul qilgan hujjat, axborot yoki boshqa maʼlumotlarning maxfiyligiga rioya qilish majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar ushbu Anglashuv Memorandumining amal qilish muddati tugatilishiga qaramasdan Tomonlarning oʻzaro kelishuvi asosida belgilangan muddatga ushbu moddaning qoidalari oʻz kuchini saqlab qolishiga rozi boʻldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqni himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqning himoyasi Tomonlarning amaldagi tegishli qonunlar, qoidalar va yoʻriqnomalarga hamda har ikkala Tomonlar imzolagan xalqaro bitimlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlardan birining nomi, belgisi va/yoki rasmiy emblemasidan nashr, hujjat va/yoki boshqa qogʻozlardan foydalanish, ushbu Tomonning yozma ruxsatisiz taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning 1-qismida koʻrsatilgan qoidalardan qatʼi nazar, amalga oshiriladigan har qanday texnologik yangilik, mahsulot va xizmatlarning rivojlanishiga oid intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Tomonlarning birgalikdagi faoliyati yoki Tomonlarning oʻzaro hamkorlikda amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida yaratilgan boʻlsa, oʻzaro kelishuvga muvofiq har ikkala Tomonga tegishli hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Tomonlardan birining yakka yoki alohida faoliyati yoxud yakka yoki alohida amalga oshirgan tadqiqotlari natijasida yaratilgan boʻlsa, faqat oʻsha Tomonga tegishli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Bajarilishini toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Tomon milliy xavfsizlik, manfaat, jamoat tartibi va sogʻligʻidan kelib chiqqan holda ushbu Anglashuv Memorandumining bajarilishini vaqtinchalik toʻliq yoki qisman toʻxtatib qoʻyish huquqini saqlab qoladi, bunday toʻxtatish boshqa Tomonning diplomatik kanallar orqali yozma xabardor qilinganidan soʻng darhol amal qila boshlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Qayta koʻrib chiqish, oʻzgartish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlardan biri Anglashuv Memorandumining barcha yoki biror bir qismini qayta koʻrib chiqish, oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida ikkinchi Tomonga yozma ravishda murojaat qilishi mumkin. Har qanday Tomonlar oʻzaro rozilik bildirgan qayta koʻrib chiqish, oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish yozma holda amalga oshiriladi va ular Ushbu Anglashuv Memorandumining ajralmas qismi hisoblanadi. Bu kabi qayta koʻrib chiqish, kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar Tomonlar belgilab qoʻygan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Barcha qayta koʻrib chiqishlar, oʻzgartish va qoʻshimchalar ularning kuchga kirguniga qadar ushbu Anglashuv Memorandumidan kelib chiqqan yoki unga asoslangan Tomonlarning huquq va majburiyatlariga taʼsir etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Memorandum qoidalarini talqin qilish va/yoki bajarishda va/yoki qoʻllashda Tomonlar oʻrtasida vujudga keladigan har qanday kelishmovchilik yoki uchinchi tomonga yoxud xalqaro sudlarga murojaat etmasdan, Tomonlar oʻrtasida diplomatik kanallar orqali doʻstona maslahatlashuv va/yoki muzokara oʻtkazish yoʻli bilan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Kuchga kirishi, amal qilishi va oʻz kuchini yoʻqotishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Anglashuv Memorandumi imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va 5 (besh) yil davomida amal qiladi. Bundan soʻng, agar Tomonlardan biri Anglashuv Memorandumining tugatish niyati boʻlgan muddatdan kamida 6 (olti) oy oldin ushbu Anglashuv Memorandumini bekor qilish haqida yozma ravishda diplomatik kanallar orqali xabar bermasa, Anglashuv Memorandumi oʻz-oʻzidan keyingi 5 (besh) yillik muddatga uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Anglashuv Memorandumining oʻz kuchini yoʻqotishi uning oʻz kuchini yoʻqotishiga qadar kelishilgan tadbirlar/dasturlarning amalga oshirilishiga oʻz taʼsirini koʻrsatmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni tasdiqlab, oʻz Hukumatlari tomonidan tegishli vakolat quyida imzo chekuvchilar Ushbu Anglashuv Memorandumini imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2008-yil 17-noyabr kuni olti (6) asl nusxada, har ikkisi (2) oʻzbek, malay va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Matnlarni talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2008-y., 3-4-son)