09.04.2009 yildagi 105-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.04.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

“NAVOIY” ERKIN INDUSTRIAL-IQTISODIY ZONASI FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish toʻgʻrisida” 2008-yil 2-dekabrdagi PF-4059-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasining maʼmuriy kengashi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida joylashtirish uchun investorlarni tanlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarni “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasining xoʻjalik faoliyati qatnashchilari sifatida roʻyxatdan oʻtkazish va ular tomonidan tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Navoiy viloyati hokimligi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan birgalikda “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasining bosh rejasida turar joy va ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurish uchun “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududiga tutashib ketgan 100 gektargacha maydondagi qoʻshimcha yer uchastkasini nazarda tutsin hamda yer uchastkasi zarur kadastr jihatdan rasmiylashtirilgan va foydalanish va boshqarish uchun “Navoiy” EIIZ direksiyasi” davlat unitar korxonasiga berilgan holda belgilangan tartibda ajratilishini amalga oshirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 9-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105-son

Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-apreldagi 105-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasining maʼmuriy kengashi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasining maʼmuriy kengashi (keyingi oʻrinlarda Maʼmuriy kengash deb ataladi) faoliyat koʻrsatishi tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maʼmuriy kengash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan davlat organlari vakillaridan tashkil etiladigan kollegial organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy kengashning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maʼmuriy kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Maʼmuriy kengashning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Maʼmuriy kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi (keyingi oʻrinlarda “Navoiy” EIIZ deb ataladi) faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori texnologik, jahon bozorlarida raqobatbardoshli mahsulotlarning keng doirasini ishlab chiqarish uchun zamonaviy yuqori unumli asbob-uskunalar va texnika, texnologik liniyalar va modullar, innovatsiya texnologiyalari joriy etilishini nazarda tutadigan “Navoiy” EIIZni oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli rivojlantirishning strategik yoʻnalishlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIIZ faoliyat koʻrsatishi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiyaning “Navoiy” EIIZni rivojlantirish boʻyicha asosiy vazifalari va yoʻnalishlarini belgilash hamda uning faoliyati ustidan nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan mezonlar asosida “Navoiy” EIIZ hududida ishlab chiqarishni joylashtirishda investorlarning investitsiya buyurtmanomalarini koʻrib chiqish va tegishli qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIIZning samarali faoliyat koʻrsatishi bilan bogʻliq boshqa vazifalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Maʼmuriy kengashning funksiyalari va huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yuklangan vazifalarga muvofiq Maʼmuriy kengash quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIIZni oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli rivojlantirish hamda uning faoliyat koʻrsatishi samaradorligini oshirishning strategik yoʻnalishi boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIIZning samarali faoliyatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan yillik investitsiya dasturlari va boshqa tashkiliy-texnik tadbirlarni tasdiqlaydi, shuningdek ularning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIIZning bosh rejasini koʻrib chiqadi va markazlashtirilgan manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan “Navoiy” EIIZning ishlab chiqarish infratuzilmasini qurish loyihalarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIIZni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni, “Navoiy” EIIZni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalarini va mablagʻlardan foydalanish tartibini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulki boʻlgan yer uchastkalari, binolar va inshootlarning ijara qiymatini belgilash yoʻli bilan “Navoiy” EIIZ faoliyatining butun davri mobaynida “Navoiy” EIIZ hududidan foydalanish va boshqarishni amalga oshiradi, yer uchastkalari, binolar va ishnootlarni ijaraga berish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan “Navoiy” EIIZ faoliyat koʻrsatishining belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan monitoring olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan investitsiya dasturlari va boshqa tashkiliy-texnik tadbirlar asosida “Navoiy” EIIZ direksiyasining amaliy saʼy-harakatlari rejasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan qarorlar Direksiya tomonidan oʻz vaqtida ijro etilishi, shuningdek “Navoiy” EIIZning mustaqil budjeti va “Navoiy” EIIZni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qiladi va monitoring olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIIZ direksiyasi direktorini tayinlaydi, u bilan mehnat shartnomasi tuzadi va uning faoliyati tartibini belgilaydigan hujjatlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIIZ direksiyasi shtat jadvalini va uning xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIIZ direksiyasiga “Navoiy” EIIZ xoʻjalik faoliyati qatnashchilari bilan tegishli ijara shartnomasi tuzish vakolatini beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har choraklik asosida direktorning “Navoiy” EIIZ direksiyasi moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIIZda joylashtirish uchun investorlarni tanlaydi, investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimlarning asosiy shartlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimlarni muddatidan oldin bekor qilish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy kengash uning vakolatiga kiritilgan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maʼmuriy kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralardan, xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Maʼmuriy kengashning vakolatiga tegishli boʻlgan maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillarining, shuningdek Maʼmuriy kengash aʼzolarining Maʼmuriy kengash vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha hisobotlari va maʼruzalarini majlislarda eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kengash faoliyatining eng muhim masalalari va unga yuklangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha takliflarni oʻrganish va tayyorlash uchun ishchi guruhlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro eʼtirof etilgan kompaniyaga “Navoiy” EIIZni boshqarish boʻyicha huquqlarni shartnoma asosida berish uchun bunday kompaniyani tanlovda tanlash tartibi va shartlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralardan, xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, shuningdek “Navoiy” EIIZ hududida ishlab chiqarishni joylashtirish uchun investitsiya buyurtmanomalari beradigan investorlardan taklif etilayotgan loyiha bilan bogʻliq statistik maʼlumotlarni va boshqa maʼlumotlarni soʻrash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Maʼmuriy kengash faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maʼmuriy kengashga rais boshchilik qiladi, uning vakolatiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy kengash majlislari kun tartibini belgilash va ularni chaqirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy kengash tomonidan qabul qilingan qarorlar bajarilishi nazorat qilinishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklangan vazifalar boʻyicha Maʼmuriy kengash aʼzolarining ishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy kengashning samarali ishlashini taʼminlash yuzasidan boshqa saʼy-harakatlarni bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Maʼmuriy kengashning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb ataladi) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Maʼmuriy kengashning ishchi organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy kengashning navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallar oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi hamda unga “Navoiy” EIIZ direksiyasidan, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralardan, xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan va Maʼmuriy kengash aʼzolaridan zarur materiallar va ekspert xulosalarni olish huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kun tartibi masalalari boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlanishini tashkil etadi va koʻrib chiqish uchun ularni Maʼmuriy kengashga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy kengashning qarorlariga muvofiq boshqa materiallarni Maʼmuriy kengashning koʻrib chiqishi uchun taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maʼmuriy kengash oʻz majlisini zaruriyatga koʻra, biroq yil choragida kamida bir marta oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Majlisni Maʼmuriy kengash raisi oʻtkazadi, u boʻlmaganda esa — u tomonidan vakolat berilgan Maʼmuriy kengash raisining oʻrinbosari oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy kengash majlisi, agar roʻyxatdan oʻtkazish tamom boʻlish paytida majlisda qatnashish uchun kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa huquqiy vakolatli boʻladi (kvorumga ega boʻladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Maʼmuriy kengashning qarori majlisda qatnashayotgan aʼzolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda Maʼmuriy kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy kengashning har bir aʼzosi qabul qilinayotgan qarorlar boʻyicha oʻz fikrini yozma ifodalash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy kengash raisi qarorlar tezkor qabul qilinishi maqsadida komissiya aʼzolari bilan kelishilgan ayrim masalalar boʻyicha soʻrov oʻtkazish yoʻli bilan kengashning qarorini tasdiqlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Maʼmuriy kengash qarorlari Maʼmuriy kengash majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Maʼmuriy kengash majlisining bayonnomasiga uning barcha aʼzolari viza qoʻyadi, kotib tomonidan imzolanadi, Maʼmuriy kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi va bir hafta muddatda Maʼmuriy kengash aʼzolariga va manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy kengash bayonnomasining asl nusxasi va unga oid materiallar ishchi organda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Maʼmuriy kengash qarorlari bajarilishini nazorat qilish ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ishchi organ Maʼmuriy kengash qarorlari bajarilishini muntazam ravishda oʻrganadi va koʻrib chiqadi, zaruriyat boʻlsa Maʼmuriy kengash raisiga tegishli takliflarni kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Maʼmuriy kengash aʼzolaridan birining tashabbusi bilan navbatdan tashqari majlis oʻtkazilishi mumkin. Maʼmuriy kengashning navbatdan tashqari majlisini oʻtkazish toʻgʻrisidagi asoslangan talab yozma shaklda ishchi organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Navbatdagi majlisda koʻrib chiqish uchun Maʼmuriy kengash kun tartibiga kiritilgan masalalar ishchi organ tomonidan majlis oʻtkazilishidan oldin 5 kundan kechikmay Maʼmuriy kengashning har bir aʼzosiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kun tartibi oʻzgargan taqdirda ishchi organ Maʼmuriy kengashning har bir aʼzosini majlis boshlanishidan oldin uch kundan kechikmay bundan oʻzgarishlar toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Maʼmuriy kengash “Navoiy” EIIZ tugatilgandan keyin belgilangan tartibda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan muddatidan oldin oʻz faoliyatini toʻxtatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-apreldagi 105-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida joylashtirish uchun investorlarni tanlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi (keyingi oʻrinlarda “Navoiy” EIIZ deb ataladi) hududida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun unda joylashtirish uchun investorlarni tanlash tartibini tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Navoiy” EIIZda joylashtirish uchun investorlarni tanlash boʻyicha tashkiliy masalalarni hal etish Maʼmuriy kengashning ishchi organiga va “Navoiy” EIIZ direksiyasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Investorlarni tanlashni tashkil etish bosqichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Navoiy” EIIZda joylashtirish uchun investorlarni tanlash ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tanlashning birinchi bosqichida investor “Navoiy” EIIZ direksiyasiga Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha “Navoiy” EIIZ hududida ishlab chiqarishni joylashtirishga toʻldirilgan investitsiya buyurtmanomasini (keyingi oʻrinlarda investitsiya buyurtmanomasi deb ataladi) taqdim etadi. Investitsiya buyurtmanomasiga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investor davlat roʻyxatidan oʻtkazganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasasi tomonidan belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi savdo reyestridan koʻchirma;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif etilayotgan loyihaning biznes-rejasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning tegishli sohadagi ish tajribasining tasdiqnomasi, tegishli sohada amalga oshirilgan shunga oʻxshash loyihalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs mavjud boʻlgan davr, biroq kamida oxirgi uch yil uchun moliyaviy hisobot boʻyicha auditorlik tashkilotining xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorning vakolatli shaxslari imzolari namunalarini tasdiqlaydigan hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha hujjatlar investor tomonidan “Navoiy” EIIZ direksiyasiga davlat tiliga yoki rus tiliga oʻgirilgan tarjima belgilangan tartibda ilova qilingan holda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Navoiy” EIIZ direksiyasiga taqdim etiladigan biznes-rejada quyidagi asosiy holatlar aks ettirilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan mahsulotning nomi, hajmi va turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqariladigan mahsulotning moʻljallanayotgan narxi va sotish bozorlari, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulot ishlab chiqarish hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif etilayotgan loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan infratuzilmaviy va muhandislik inshootlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish uchun “Navoiy” EIIZ hududi uchastkasining moʻljallanayotgan oʻlchamlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xom ashyo bazasi mavjudligi hamda loyihani amalga oshirish davrida xom ashyo va materiallar bilan taʼminlashning kafolatlangan imkoniyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik talablar hisobga olingan holda moʻljallanayotgan ishlab chiqarishning texnologiyasi tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanish moʻljallanayotgan savdo markasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy samaradorlik hisob-kitobi, shuningdek loyihani amalga oshirishning eng samarali texnik, tashkiliy va iqtisodiy yechimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishda foydalanish moʻljallanayotgan texnologik asbob-uskunalarning xususiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moʻljallanayotgan kapital qoʻyilmalar miqdori, moliyalashtirish manbalari va qarz mablagʻlari jalb etilgan taqdirda moʻljallanayotgan garov taʼminoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etiladigan ish oʻrinlari soni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Navoiy” EIIZ direksiyasi 5 ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizomning 4 va 5-bandlarida belgilangan talablarga muvofiqligini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim hollarda tanlovda qatnashish uchun berilgan investitsiya buyurtmanomasini koʻrib chiqishda loyiha boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar/hujjatlar soʻralishi mumkin. Bunday holda taqdim etilgan hujjatlar “Navoiy” EIIZ direksiyasi tomonidan qoʻshimcha soʻralgan maʼlumotlar/hujjatlar taqdim etilgan paytdan boshlab 5 ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tanlovda qatnashish uchun berilgan investitsiya buyurtmanomasini koʻrib chiqish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya buyurtmanomasi belgilangan talablar buzilgan holda berilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchli boʻlmagan yoki buzilgan maʼlumotlar mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investor taklif etilayotgan loyihani amalga oshirish uchun zarur moliyaviy mablagʻlarga va texnik vositalarga ega ekanligi yoki ega boʻlishining isboti mavjud boʻlmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ikkinchi bosqichda investor tomonidan taqdim etilgan investitsiya buyurtmanomalari, hujjatlar Direksiya direktori tomonidan imzolangan tegishli xulosa ilova qilingan holda “Navoiy” EIIZ direksiyasi tomonidan Maʼmuriy kengashning ishchi organiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Maʼmuriy kengash tomonidan investitsiya buyurtmanomalarini koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ishchi organ “Navoiy” EIIZ direksiyasi tomonidan taqdim etilgan investitsiya buyurtmanomalarini koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda Maʼmuriy kengashga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Navoiy” EIIZ hududida ishlab chiqarishni joylashtirish uchun investorni tanlash boʻyicha qaror qabul qilishda Maʼmuriy kengash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorning moliyaviy va texnologik qurbini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning umumiy iqtisodiy samaradorligi va uni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini (ishlab chiqarish quvvatlarini oqilona joylashtirish, tashkil etiladigan ish oʻrinlari, tarmoqdagi tarkibiy oʻzgartirishlarga taʼsiri, ishlab turgan quvvatlardan foydalanish, zarur xom ashyo, materiallar va infratuzilma mavjudligini);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ham ichki, ham tashqi bozorlarda tayyor mahsulotni sotish imkoniyati va istiqbollarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki 4 raqamdan biri darajasida birlamchi xom ashyo bilan taqqoslaganda TIF TN kodi boʻyicha ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi va pirovard mahsulotning tovar pozitsiyasi oʻzgarishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik asbob-uskunalar darajasining zamonaviy sifat standartlariga (ISO 9001 va ISO 14001) muvofiqligi, loyihada xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimi mavjudligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etilayotgan korxona xodimlari shtatini jalb etilgan xodimlar umumiy sonining kamida 80 foizi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan butlash, ularga stajirovkadan oʻtish va malaka oshirish imkoniyatini berishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar hajmini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy kengashning qarori bilan belgilanadigan boshqa omillarni koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya buyurtmanomalarini koʻrib chiqishda tayyor mahsulot ishlab chiqarishda xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni izchil texnologik qayta ishlashda oʻzaro hamkorlik qiladigan yuridik shaxslar tashkil etish orqali “Navoiy” EIIZ hududida ishlab chiqarishning toʻliq siklini taʼminlashni nazarda tutadigan loyihalarga ustunlik beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Maʼmuriy kengash investitsiya buyurtmanomalarini 10 ish kuni mobaynida koʻrib chiqadi va:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIIZ hududida ishlab chiqarishni joylashtirish mumkinligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq va asoslangan mulohazalar va kamchiliklarni koʻrsatgan holda taqdim etilgan hujjatlar puxta ishlanishi zarurligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishni joylashtirish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agar koʻrib chiqish jarayonida Maʼmuriy kengash tomonidan investor oʻzi toʻgʻrisida notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etganligidan dalolat beradigan holatlar aniqlansa, uni koʻrib chiqish toʻxtatiladi va investorga asoslangan xulosa yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ushbu Nizomning 11-bandi uchinchi xatboshiga muvofiq puxta ishlangan investitsiya buyurtmanomalari koʻrib chiqish uchun takroran bevosita Maʼmuriy kengashga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Investitsiya buyurtmanomasi boʻyicha Maʼmuriy kengashning ijobiy qarori Maʼmuriy kengash majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi hamda “Navoiy” EIIZ direksiyasi va investor oʻrtasida “Navoiy” EIIZ hududida Investitsiyalash toʻgʻrisida bitim tuzish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Majlis bayonnomasi nusxasi Maʼmuriy kengashning qarori bilan birgalikda Maʼmuriy kengash bayonnomasi tasdiqlangan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida ishchi organ tomonidan investorga yoki uning vakolatli shaxsiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Investor taqdim etiladigan maʼlumotlar va hujjatlarning ishonchliligi, oʻz majburiyatlarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻz vaqtida, toʻliq va zarur tarzda bajarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Maʼmuriy kengash aʼzolari, ishchi organ va “Navoiy” EIIZ direksiyasi maxfiy maʼlumotlar oshkor qilinganligi, investitsiya buyurtmanomalari va unga ilova qilingan materiallar oʻz vaqtida koʻrib chiqilmaganligi va sifatsiz koʻrib chiqilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-apreldagi 105-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasining xoʻjalik faoliyati qatnashchilari sifatida roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida xoʻjalik yurituvchi subyektlarni xoʻjalik faoliyati qatnashchilari (keyingi oʻrinlarda “Navoiy” EIIZ qatnashchisi deb ataladi) sifatida roʻyxatga olish tartibi va muddatlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi (keyingi oʻrinlarda “Navoiy” EIIZ deb ataladi) qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish uch bosqichda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bosqich — “Navoiy” EIIZ maʼmuriy kengashi (keyingi oʻrinlarda Maʼmuriy kengash deb ataladi) tomonidan “Navoiy” EIIZ hududida joylashtirishga investorlarni tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bosqich — “Navoiy” EIIZ direksiyasi bilan “Navoiy” EIIZda joylashtirishga tanlovdan oʻtgan investor oʻrtasida “Navoiy” EIIZ hududida investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimni (keyingi oʻrinlarda investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim deb ataladi) kelishish va tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bosqich — qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat roʻyxatidan oʻtkazish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni “Navoiy” EIIZ qatnashchilari reyestriga kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Navoiy” EIIZ hududida joylashtirish uchun investorlarni tanlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Maʼmuriy kengash tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Investitsiyalash toʻgʻrisida bitim tuzish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻtkazilgan tanlov natijalari boʻyicha “Navoiy” EIIZ hududida joylashtirish uchun Maʼmuriy kengashning ijobiy qarorini olgan investorlar investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimni kelishish va tuzish uchun “Navoiy” EIIZ direksiyasiga murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim “Navoiy” EIIZ direksiyasi va investor (investorlar) oʻrtasida tuziladi hamda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalar obyekti va hajmi, “Navoiy” EIIZ hududida amalga oshiriladigan faoliyat turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddatlari va shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorning quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalash hajmi, ishlab chiqarishning muayyan hajmini taʼminlash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning kafolatlangan darajasi va mahsulot sifati, oʻzi ishlab chiqargan tovarlarni va ishlar (xizmatlarni) eksport qilish hajmi, atrof muhitni muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlariga rioya qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, mehnat haqidagi qonunlar va texnika xavfsizligi, mol-mulkni sugʻurta qilish va javobgarlik, ishlab chiqarish faoliyatining boshqa jihatlari boʻyicha huquq va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIIZ direksiyasining huquq va majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, pudrat ishlariga shartnomalar tuzish muddatlari, moliyalashtirish manbalari, loyihani amalga oshirish jadvallari, investitsiya loyihasini amalga oshirish ustidan texnik nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investor tomonidan oʻz majburiyatlari bajarilishi toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etish tartibi va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylashish joyi va ajratiladigan yer uchastkasi oʻlchami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim shartlariga rioya qilinmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimga oʻzgartirishlar kiritish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimni toʻxtatish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimdan kelib chiqadigan nizolarni hal etish tartibi va koʻrib chiqish joyiga doir koʻrsatmalarni oʻz ichiga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimda investitsiya loyihasining oʻziga xosligiga qarab boshqa shartlar, shu jumladan quyidagi shartlar boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish, muhandislik infratuzilmasi va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha tomonlarning oʻzaro majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy shaxslaridan boʻlgan xodimlarni yollash va oʻqitish boʻyicha investorning majburiyatlari, texnologiyalardan foydalanish shartlari, shuningdek tashkil etilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt xodimlarini oʻqitish boʻyicha investorning majburiyatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimni tayyorlash uchun investor “Navoiy” EIIZ direksiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim loyihasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIIZ hududida joylashtirish uchun Maʼmuriy kengashning ijobiy qarori nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning biznes-rejasi nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Investordan ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilmagan qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Investorlar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etiladigan maʼlumotlar va hujjatlarning ishonchliligi va haqiqiyligi uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim loyihasi va boshqa materiallar “Navoiy” EIIZ direksiyasi tomonidan ular olingan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaruriyat boʻlganda “Navoiy” EIIZ direksiyasi investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimning ayrim qoidalari boʻyicha vakolatli davlat organlarining xulosasini soʻrashi mumkin. Bunda investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim loyihasini koʻrib chiqishning umumiy muddati ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan muddatdan ortiq boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Zaruriyat boʻlgan taqdirda investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim qoidalarini kelishish maqsadida “Navoiy” EIIZ direksiyasi bilan investor (investorlar) oʻrtasida muzokaralar oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan muddatga va “Navoiy” EIIZ direksiyasi faoliyat koʻrsatishidan ortiq boʻlmagan muddatga tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Investor bilan “Navoiy” EIIZ direksiyasi oʻrtasida investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim investor tomonidan tashkil etilgan xoʻjalik yurituvchi subyektga “Navoiy” EIIZ qatnashchisining guvohnomasi berilgan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimning amal qilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim tuzilgan muddat tamom boʻlgandan keyin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxs “Navoiy” EIIZ qatnashchisi maqomidan mahrum etilgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIIZ muddatidan oldin tugatilgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni “Navoiy” EIIZ qatnashchilari sifatida roʻyxatga olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Investor investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim imzolangan paytdan boshlab 10 ish kuni mobaynida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga u tomonidan tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “Navoiy” EIIZ hududida joylashtirish uchun investorlar tomonidan tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash investorning ixtiyoriga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorning oʻzi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida — “Navoiy” EIIZ direksiyasi yoxud boshqa shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish amalga oshirilgandan keyin investor tomonidan “Navoiy” EIIZ direksiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIIZ qatnashchisi reyestriga kiritishga ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIIZ qatnashchisi sifatida Maʼmuriy kengash tomonidan belgilangan miqdorda roʻyxatdan oʻtkazilganlik uchun toʻlov toʻlanganligini tasdiqlaydigan hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. “Navoiy” EIIZ direksiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida ikki ish kuni mobaynida xoʻjalik yurituvchi subyektni “Navoiy” EIIZ qatnashchilari reyestriga kiritadi va “Navoiy” EIIZ qatnashchisi guvohnomasini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. “Navoiy” EIIZ direksiyasi “Navoiy” EIIZ qatnashchilari reyestriga tegishli yozuv kiritilgan kundan boshlab bir kun muddatda oʻz hududida joylashgan davlat soliq va bojxona xizmati organlari boʻlinmalariga xoʻjalik yurituvchi subyekt “Navoiy” EIIZ qatnashchilari reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. “Navoiy” EIIZ direksiyasi tomonidan beriladigan “Navoiy” EIIZ qatnashchisi guvohnomasi xoʻjalik yurituvchi subyektlar “Navoiy” EIIZ qatnashchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Taʼsis hujjatlarida qayd etilgan “Navoiy” EIIZ qatnashchisining ustav fondi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda shakllantirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. “Navoiy” EIIZ qatnashchilari ishlab chiqarish dasturlarini mustaqil shakllantiradilar va oʻzlari ishlab chiqargan oʻzlari toʻliq tasarruf qiladigan mahsulotlarni (ishlar, xizmatlarni) sotadilar, “Navoiy” EIIZ hududida ishlab chiqarilgan tovarlar, ishlar (xizmatlar) boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq har qanday tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Xoʻjalik yurituvchi subyektni “Navoiy” EIIZ qatnashchisi maqomidan mahrum qilishga faqat “Navoiy” EIIZ qatnashchisi tomonidan qonun hujjatlari va investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim buzilgan taqdirda “Navoiy” EIIZ direksiyasining arizasi boʻyicha yoʻl qoʻyiladi hamda bu investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimning amal qilishi toʻxtatilishiga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIIZ direksiyasi sudning xoʻjalik yurituvchi subyektni “Navoiy” EIIZ qatnashchisi maqomidan mahrum etish toʻgʻrisidagi qarori kuchga kirgan sanadan boshlab uch kun mobaynida “Navoiy” EIIZ qatnashchilari reyestriga xoʻjalik yurituvchi subyektlar “Navoiy” EIIZ qatnashchisi maqomidan mahrum etilganligi toʻgʻrisidagi yozuvni kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. “Navoiy” EIIZ direksiyasi “Navoiy” EIIZ qatnashchilari reyestriga tegishli yozuv kiritilgan kundan boshlab bir kun muddatda oʻz hududida joylashgan davlat soliq va bojxona organlariga xoʻjalik yurituvchi subyekt “Navoiy” EIIZ qatnashchisi maqomidan mahrum etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni maʼlum qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 15-son, 189-modda; 35-son, 385-modda; 2011-y., 47-son, 489-modda; 2017-y., 1-son, 12-modda; 15-son, 252-modda)