20.03.2006 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN QOZOGʻISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI OʻRTASIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

ChEGARAOLDI HUDUDLARDA FUQAROLIK MAQSADIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VA QOZOGʻISTON RESPUBLIKASINING RADIOXIZMATLARI TOMONIDAN FOYDALANILADIGAN 30.0 — 1000.0 MGS RADIOChASTOTA POLOSASIDAGI RADIOChASTOTA OʻZLAShTIRUVLARINI MUVOFIQLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati, bundan keyin Tomonlar deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa sohasida hamkorlikni rivojlantirish istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaloqa, televideniye va radioeshittirish xizmatlariga talab darajasini hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlari radioxizmatlarining oʻzaro zararli xalaqitlarni oldini olish maqsadida 30.0 — 1000.0 MGts radiochastotalar polosasidagi radiochastota oʻzlashtiruvlarini muvofiqlashtirish zarur deb hisoblab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro Elektraloqa Ittifoqi (XEI)ning Radioaloqa reglamentiga muvofiq faoliyat yuritib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim maqsadlarida quyidagi atamalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“chegaraoldi hudud” — bir Tomonning davlat radioelektron vositalari boshqa Tomon davlat hududida, televideniye va radioeshittirishdan tashqari, ushbu Bitimda koʻrsatilgan xalaqitlarni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasidagi chegaraning har ikki tomonida kengligi 50 km boʻlgan Tomonlar davlatlarining hududini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“maxfiy axborot” — radiochastota oʻzlashtiruvlarini muvofiqlashtirish jarayonida ishtirok etayotgan vakolatli davlat organlari bilan ruxsati chegaralangan, Tomonlarning davlat siriga taalluqli boʻlmagan maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“radiochastota oʻzlashtiruvlarini muvofiqlashtirish” — radioelektron vositalarni ishga tushirish va foydalanish uchun ushbu radioelektron vositalarning radiochastota oʻzlashtiruvlari xususiyatlariga muvofiq Tomonlar roziligini olish jarayonini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning hamkorligi xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan meʼyorlari, Tomonlar davlatlarining milliy qonun hujjatlari va ushbu bitim qoidalari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni bajarish boʻyicha nazorat qilish va harakatlarni muvofiqlashtirishni amalga oshirish boʻyicha Tomonlarning vakolatli organlari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston tomonidan — Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qozogʻiston tomonidan — Axborotlashtirish va aloqa boʻyicha Qozogʻiston Respublikasi agentligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar vakolatli organlarining qayta tashkil etilishida rasmiy nomi oʻzgargan holda ular bu haqda bir-birlarini diplomatik kanallar orqali kechiktirmasdan xabardor etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning vakolatli organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Bitim doirasida zarur axborot almashuvini amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalaqitlar paydo boʻlgan holda, ularni aniqlaydilar va chora koʻradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Bitimni qoʻllash doirasida jarayon mexanizmlarini belgilaydilar va qabul qiladilar, muvofiqlashtirish hududini oʻrnatadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Bitim doirasida texnik asosda radioxizmatlarning radiochastota oʻzlashtiruvlarini muvofiqlashtirish yoki alohida radiochastota polosalaridan foydalanish boʻyicha bitimlarni tuzishga oid takliflarni Tomonlar davlatlarining milliy qonun hujjatlarida koʻrsatilgan tartibda kiritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar chegaraoldi hududlarda radioxizmatlarning turli xil stansiyalarining 30.0 — 1000.0 MGts radiochastota polosasida radiochastotalardan foydalanishni muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha ushbu Bitim qoidalariga muvofiq hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitimga muvofiq quruqlikdagi harakatchan, qayd qilingan, radioeshittirish va boshqa radioxizmatlar stansiyalarining radiochastota oʻzlashtiruvlarini muvofiqlashtirish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar vakolatli organlarining masʼuliyatiga kirmaydigan radioxizmatlar stansiyalarining radiochastota oʻzlashtiruvlarini muvofiqlashtirish ushbu Bitimning ajralmas qismi boʻlgan tegishli bayonnomalar tuzilmagunga qadar ushbu Bitim qoidalari bilan tartibga solinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 5-moddada koʻrsatilgan radiochastotalar polosasida, davlatlarning chegaraoldi hududlarida joylashgan stansiyalar, shuningdek Tomonlarning vakolatli organlari tomonidan tuziladigan muvofiqlashtiruvning texnik asoslari boʻyicha qoʻshimcha bitimda tegishli xizmatlarga belgilangan darajadan yuqori boʻlgan xalaqitlarni chegaraoldi hududda hosil qilgan taqdirda chegaraoldi hududlar tashqarisidagi alohida stansiyalarning radiochastota oʻzlashtiruvlari muvofiqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Chegaraoldi hududlardagi qabul qiluvchi stansiyalarning radiochastota oʻzlashtiruvlarini muvofiqlashtirish ularni xalaqitlardan muhofaza etish zaruriyati yuzaga kelgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar quyidagi radiochastota toifalarini belgilaydilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa tarmoqlari (uyali aloqa, radioeshittirish tarmoqlari, radiorele liniyalari va boshqalar)ni rivojlantirish uchun Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari muvofiqlashtirishi lozim boʻlgan rejalashtirilgan aloqa tarmoqlari radiochastota. Bunday tarmoqlar katta mablagʻlarni talab qilishi, ularni ishga tushirishda uzoq muddatlar sarflanishi mumkin va faqat muvofiqlashtirilgan va tasdiqlangan chastota-hududiy rejalar natijasida yaratilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar muvofiqlashtirgan va foydalanish uchun kelishilgan muvofiqlashtirilgan radiochastota.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtirilgan radiochastotani tayinlash (oʻzlashtirish) boshqa Tomon bilan oldindan muvofiqlashtirilgan shartlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Muvofiqlashtirilganlar toifasidagi radiochastota roʻyxatiga kirgan radiochastota oʻzlashtiruvlari Tomonlar oʻzaro kelishuv asosida amalga oshirgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Tomonning barcha radiochastota oʻzlashtiruvlari muvofiqlashtirilgan deb quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yilgacha markazlashtirilgan sobiq Sovet Ittifoqi aloqa maʼmuriyati tomonidan belgilangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Bitim kuchga kirish davrigacha ikkala Tomon aloqa maʼmuriyatlari tomonidan muvofiqlashtirilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro Elektraloqa Ittifoqining Butunjahon va Mintaqaviy radioaloqa konferensiyalarida qabul qilingan Rejalarga kiritilgan Tomonlarning radiochastota oʻzlashtiruvlari boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim imzolanishi davrida XEI Haftalik sirkulyarining birinchi qismida chop etilgan Tomonlarning radiochastota oʻzlashtiruvlariga berilgan talabnomalar ushbu Bitim qoidalariga koʻra muvofiqlashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlarning har biri yuqorida koʻrsatilgan toifadagi radiochastotalar roʻyxatiga ega boʻlishi va ularni oʻtkazilgan muvofiqlashtirish asosida toʻldirib borishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar muvofiqlashtirilgan radiochastotalar (stansiyalar) roʻyxatlari bilan kelishilgan shaklda almashadilar. Roʻyxatlarga faqat chegaraoldi hududlarda joylashgan yoki bu hududlarda xalaqitlarni yuzaga keltirayotgan stansiyalarning tavsifi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar radiochastotalarining roʻyxatlari, qoidaga koʻra, har yili Tomonlar ekspertlarining yigʻilishlarida aniqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Bitimning 5-moddasida koʻrsatilgan radiochastotalar polosasidagi Tomonlarning amaldagi stansiyalari orasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xalaqit vaziyatlarini Tomonlar koʻrib chiqadilar va ularni bartaraf etish choralarini koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalaqit sifatida radioaloqa xizmatining sifatini jiddiy yomonlashuviga olib keluvchi yoki bir necha bor uzuvchi yoxud muvofiqlashtiruvning texnik asoslari boʻyicha qoʻshimcha bitimda belgilangan xalaqitning maksimal yoʻl qoʻyilgan kuchlanishlar maydoni darajasining oshishi sababli uning faoliyatini tugatuvchi har qanday nurlanishlar deb hisoblanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar oʻrtasida axborot almashish tartibi, axborotning maxfiylik darajasi va uning muhofazasi, shuningdek har bir muayyan holatda axborotni berishda maxfiylikni buzganligi uchun masʼuliyat ushbu Bitim va Tomonlar davlatlarining milliy qonun hujjatlari asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar davlatlarining milliy qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda chegaraoldi hududlarda joylashgan fuqarolik maqsadida ishlayotgan radioelektron vositalar boʻyicha Tomonlar faoliyati uchun zarur boʻlgan hujjatlarni Tomonlar bir-biriga topshirish majburiyatini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar oʻz faoliyatlarida foydalanish uchun olgan maxfiy axborotga ega boʻlgan zarur maʼlumotlarni qatʼiyan maqsadli holda ishlatishlari shart. Maxfiy axborotdan foydalanish huquqiga ega boʻlgan mutaxassislar doirasi Tomonlar davlatlarining milliy qonun hujjatlariga muvofiq, aniqlanadi. Bunda Tomonlar chastota oʻzlashtiruvlarining xalqaro muvofiqlashtiruviga masʼul shaxslardan zarur minimal soni maxfiy axborotdan foydalanish huquqiga ega boʻlish zaruriyatidan kelib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maxfiy axborotdan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxslar maxfiy axborot bilan ishlashda Tomonlar davlatlarida oʻrnatilgan talablarga rioya qilishga majburlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tomonlar sir saqlash va olingan axborotni oshkora qilmaslik boʻyicha barcha choralarni koʻrish majburiyatini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Berilayotgan axborot maxfiyligining darajasini axborotni berayotgan Tomon belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlarning vakolatli organlari aloqa texnikasining tez rivojlanishi va koʻrsatilgan protseduralarini oʻz vaqtida oʻzgartirishlar kiritish zaruriyati yuzaga kelgani sababli texnik vositalar va boshqa masalalarda qoʻllaniladigan muvofiqlashtirishni oʻtkazish protseduralarini ishlab chiqish va tasdiqlashga masʼul ekspertlarni tayinlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Aloqa texnikasi taraqqiyotini hisobga olib, Tomonlar muvofiqlashtiruvning texnik asoslarini aniqlash va kelgusida rivojlantirish maqsadida ekspertlar yigʻilishlarini oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Tomon uning uchun radiochastotalar roʻyxatlarida belgilanmagan yangi radiochastota oʻzlashtiruvidan foydalanishdan oldin yoki muvofiqlashtirilganlar toifasiga kiruvchi radiochastotalar roʻyxatiga oʻzgartish kiritishni xohlasa, u XEI Radioaloqa reglamenti talablariga asosan muvofiqlashtirishni oʻtkazishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Muvofiqlashtirish uchun soʻrovnoma yuborilgan Tomon uni koʻrib chiqishi va 60 kun ichida asoslangan yozma javob yuborishi lozim. Agar u soʻralayotgan radiochastota oʻzlashtiruvidan foydalanishga rozi boʻlmasa, muammoni qoniqarli tarzda hal etish uchun oʻz takliflarini berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar muvofiqlashtirish uchun yozma soʻrov xatini yuborgan Tomon 90 kun ichida yozma tarzda javob olmasa, u boshqa Tomonning soʻralayotgan radiochastota oʻzlashtiruvidan foydalanishga eʼtirozi yoʻq deb hisoblaydi, uni muvofiqlashtirilgan radiochastotalar roʻyxatiga kiritadi va bu haqda boshqa Tomonni yozma ravishda xabardor etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagi hollarda radiochastota oʻzlashtiruvlarini muvofiqlashtirish talab qilinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) agar muvofiqlashtirilgan radiochastota oʻzlashtiruvidan foydalanuvchi stansiyada boshqa Tomon davlati hududida xalaqit paydo boʻlishiga olib kelmaydigan tavsiflargina oʻzgargan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) agar ilgari muvofiqlashtirilgan radiochastotada ishlaydigan qoʻshimcha stansiyaning ishga tushirilishi boshqa Tomon davlati hududida xalaqit paydo boʻlishiga olib kelmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Muvofiqlashtirilgan radiochastota oʻzlashtiruvidan foydalanuvchi asosiy stansiyaning ishi toʻxtatilsa, boshqa Tomonga uning oʻrniga ishga tushirilgan stansiyaning texnikaviy tavsifi xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Barcha hollarda, Tomonlardan biri muvofiqlashtirilgan radiochastota oʻzlashtiruvlari roʻyxatiga muvofiqlashtirishni talab qilmaydigan oʻzgartirishlar kiritsa, jumladan muvofiqlashtirilgan stansiyadan foydalanishni toʻxtatgan holda ham, u bunday oʻzgartirishlar toʻgʻrisida boshqa Tomonga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalaqitlarni sezayotgan qabul qiluvchi stansiyasiga ega boʻlgan Tomon hududida xalaqitlarni yuzaga keltiruvchi uzatgich stansiyalar joylashgan boshqa Tomonni bu haqda xabardor qiladi. Tomonlar xalaqitlarga tegishli masalalarni oʻzaro hamjihatlik va hamkorlik asosida hal etish uchun barcha kerakli choralarni koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitimda koʻzda tutilmagan barcha masalalar boʻyicha Tomonlar Radioaloqa Butunjahon konferensiyalari qoidalari, Radioaloqa xalqaro reglamenti va Xalqaro Elektraloqa Ittifoqining tavsiyalariga amal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitim Tomonlar ishtirok etgan xalqaro bitimlarni va Tomonlarning har birida radiochastotalardan foydalanishni tartibga soladigan milliy qonun hujjatlarining Tomonlar bajarishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilish yoki qoʻllashda nizo va kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda Tomonlar ularni maslahatlashuv va muzokaralar yoʻli bilan hal etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ekspertlar uchrashuvlari xususida oldindan kelishib oladilar, tashkiliy masalalar uchrashuv oʻtkaziladigan davlat hududidagi Tomon hal qiladi, moliyaviy masalalar har bir Tomon zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimga muvofiq Tomonlarning oʻzaro hamkorligida rus tilidan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimga Tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra ushbu Bitimning ajralmas qismlari hisoblangan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning aloqa maʼmuriyatlari XEI Bosh kotibini ushbu Bitim tuzilganligi va uning mazmuni toʻgʻrisida xabardor etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini Tomonlar bajarganligi toʻgʻrisida oxirgi yozma xabarnoma olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim noaniq muddatga tuziladi va Tomonlardan biri uning amal qilishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida boshqa Tomonga yozma xabarnomani yuborgan sanadan olti oy oʻtgunga qadar oʻz kuchini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2006-yil 20-martda ikki asl nusxada, oʻzbek, qozoq va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2008-y., 3-4-son)