07.04.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1937
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.10.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT PATENT IDORASI DIREKTORINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SANOAT MULKI OBYEKTI PATENTINING AMAL QILISHINI TIKLASH QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 7-aprelda 1937-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 30-iyuldagi OʻRQ–164-son Qonuniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishini tiklash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat patent idorasi direktori B.A. AMONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 11-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat patent idorasi direktorining 2009-yil 11-martdagi 33-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishini tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-yil, 19-son, 143-modda) (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) muvofiq sanoat mulki obyekti patentining amal qilishini tiklash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qonunning 281-moddasiga muvofiq patentni oʻz kuchida saqlab turganlik uchun patent boji belgilangan muddatda toʻlanmaganligi sababli amal qilishi tugatilgan sanoat mulki obyekti patentining (bundan buyon matnda Patent deb yuritiladi) amal qilishi patent egasining iltimosnomasiga koʻra tiklanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishini tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) patentning amal qilishi tugatilgan sanadan eʼtiboran uch yil muddat ichida, biroq patentning Qonunda nazarda tutilgan amal qilish muddati tugagunga qadar topshirilishi mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1937-1, 30.09.2011y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 418-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Patentning amal qilishini tiklash uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Patentning amal qilishini tiklashga doir ishlarni yuritish mustaqil ravishda patent egasi yoki patent vakili tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Iltimosnomani berish va koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Patentning amal qilishini tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma mazkur Qoidalarga ilovada keltirilgan shakl boʻyicha taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnoma patent egasi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs nomidan iltimosnoma lavozimi koʻrsatilgan holda rahbar tomonidan imzolanadi. Imzo muhr bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Patent egasining patentning amal qilishini tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnomasiga patentning amal qilishini tiklash uchun belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning 34-moddasiga muvofiq patent egasi tomonidan, shuningdek tegishli yilda patentni oʻz kuchida saqlab turish uchun patent boji toʻlanishi hamda bu haqda ham iltimosnomaga tegishli hujjat ilova qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patentning amal qilishini tiklash va patentni oʻz kuchida saqlab turish uchun boj toʻlanganlik holati bitta toʻlov hujjati bilan tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan miqdorda patent bojlari toʻlanganligini tasdiqlovchi yuqorida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilmaganda, iltimosnomani koʻrib chiqishga doir yuridik ahamiyatga ega harakatlar amalga oshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Zaruriyat boʻlganida iltimosnomaga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma, shuningdek vorislik huquqi yoki merosga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Iltimosnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar Agentlikka bevosita beriladi yoki pochta orqali yuboriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1937-1, 30.09.2011y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 418-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Iltimosnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh kunlik muddat ichida barcha kerakli hujjatlarning mavjudligi va ularni ushbu Qoidalarning 1 — 8-bandlarida belgilangan talablarga mos kelishi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu Qoidalarning 5 — 7-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan kerakli hujjatlar mavjud boʻlmagan va/yoki notoʻgʻri rasmiylashtirilgan taqdirda, patent egasiga yoki uning vakiliga mavjud boʻlmagan va/yoki tuzatilgan hujjatlarni soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy ichida taqdim etish zarurligi toʻgʻrisida soʻrovnoma yuboriladi. Bunda iltimosnomani koʻrib chiqishning belgilangan muddatining oʻtishi yetishmayotgan yoki tuzatilgan hujjatlarning oxirgisi kelib tushgunga qadar toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Qoidalarning talablariga mos kelganida patentning amal qilishi tiklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patentning amal qilishini tiklash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishli Davlat reyestriga kiritiladi va Agentlikning rasmiy axborotnomasida eʼlon qilinadi. Patent egasiga yoki uning vakiliga patentning amal qilishi tiklanganligi toʻgʻrisida bildirishnoma yuboriladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1937-1, 30.09.2011y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 418-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Qoidalarning talablariga mos kelmaganida, shuningdek tuzatilgan yoki yetishmayotgan hujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilmagan taqdirda Agentlik patent egasiga yoki uning vakiliga iltimosnomani qanoatlantirish rad etilganligi toʻgʻrisida rad etish asoslari koʻrsatilgan bildirishnoma yuboradi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1937-1, 30.09.2011y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 418-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishini tiklash qoidalariga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik xiyoboni, 59-uy
‎_____________________________ ‎

(F.I.O., yoki yuridik shaxsning nomi)‎

Manzil ______________________
‎Telefon______________________ ‎



‎‎‎ILTIMOSNOMA‎

 — ixtiroga‎
‎‎ —‎ foydali modelga
 — sanoat namunasiga (keraklisi [x] bilan belgilansin)
‎‎
‎________ — raqamli patentning amal qilishini tiklab berishingizni soʻrayman.
‎‎Patentning amal qilishi patentni oʻz kuchida saqlab turish uchun patent boji toʻlanmaganligi sababli tugatilgan. ‎


‎Ilova qilinayotgan hujjatlar (keraklisi [x] bilan belgilansin)‎‎
‎‎
‎‎ — patentning amal qilishini tiklash uchun boj hamda tegishli yilda patentni oʻz kuchida saqlab turish uchun patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;‎
‎‎‎ — merosga boʻlgan huquqni yoki vorislik huquqini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;‎
 — ishlarni yuritish uchun ishonchnoma.

‎‎‎
Patent egasi ‎

______________________________‎

(lavozimi, F.I.O., imzo)‎

Sana _________ ‎

(M.Oʻ.)‎

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1937-1, 30.09.2011y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 418-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 15-son, 193-modda; 2011-y., 40-son, 418-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)